Abdulla Qodiriy O’tkan kunlar yozg‘uchidan


Download 1.12 Mb.
bet79/221
Sana05.01.2023
Hajmi1.12 Mb.
#1080095
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   221
Bog'liq
Abdulla Qodiriy-O\'tkan kunlar

2. UNUTMAYSIZMI?..

Uning bu galgi Marg‘ilon yo‘liga qo‘zg‘alishi ortiqcha bir og‘irliq bilan, ikkilanish bilan o‘ralg‘an edi. Kumushbibi uchun dunyoga sig‘masliq bir shodliqning, ko‘rguchi ko‘zlariga ishona olmasliq bir baxtning bu gal ko‘tarib bo‘lmayturg‘an bir qayg‘u, chidab bo‘lmayturg‘an bir hasrat bo‘lib borishini ul yaxshi tushunar edi. Har bir gal Marg‘ilon borg‘anida olib boraturg‘an nafis sovg‘alari bu gal juda zaharlik, ortiqcha alamlik bir sovg‘ag‘a aylangan, Kumushbibi bu sovuq kundash sov-g‘asini ko‘rganda ehtimol...


nimalar bo‘lar va qandog‘ hollarga tushar edi. Bu mudhish sovg‘ani ehtimolki, uning ota-onalari ham qabul qilmaslar: birdan-bir yolg‘iz qizlari uchun bunday gapning yarashmasini aytib: «Sovg‘ang ham kerak emas, o‘zing ham» degan javob bilan yuziga ham urarlar. Mana, uning bu galgi og‘ir harakati va qo‘zg‘alishig‘a nimalar sabab edi.


Bu og‘riqqa orzu egalarining qistoqlari nihoyat berdi. Ya’ni chor-nochor bu tuturiqsiz sovg‘ani ko‘tarib yo‘lg‘a tushishka majbur bo‘ldi.


Otning boshini o‘z ixtiyoriga qo‘yg‘an, ilgarigidek yurak oshiqishlari ichida otni tez yurishka qistamay suvga tushkan nondek bo‘kib-bo‘shashib, yuz xil sovuq, yaramas xayollar qo‘lida ezilib, o‘zining dunyoda bormi-yo‘qmilig‘ig‘a ham tushunmay keta beradir.


Hozir ko‘klam kunlari: qirlar, tog‘lar, soylar; ko‘k-qizil, oq-qora, sariq-zangor, pushti-go‘las va tag‘in allaqancha ranglik chechaklar bilan ustlarini bejab, qishi bilan to‘nggib arang yetishkan oshiqlarig‘a yangi hayot, yangi umid beradilar. Qish bo‘yi alla qaysi go‘r







www.ziyouz.com kutubxonasi 77

O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy



ostlarida junjib chiqg‘an qush zotlari: chumchuqlar, chittaklar, to‘rg‘aylar, sa’valar va boshqa allaqancha qush durkumlari o‘z to‘plari bilan vijir-vijir, chug‘ur-chug‘ur sayrab kuladirlar, yer yuzini tutkan chechak gilamlari ustini o‘pib yalaydirlar, yotib cho‘qiydirlar, sapchib uchadirlar... uzoq-uzoqdan kakku qush ham arzi vujud qiladir: «kakku-kakku».


Poyonsiz qirlarning nihoyatsiz bijir-bijir ko‘rib to‘ymasliq ko‘k gilamlari va ularning dimog‘larg‘a majburiy iskatkan davo islari, yoqimliq hidlari har qandog‘ ishdan chiqayozg‘an hayot egasini ozg‘ina bo‘lsa ham epka ola biladirlar. Shuningdek, bu chechak qirlari o‘z bag‘rida suzib borg‘an Otabekni ham o‘ziga qaratmay qo‘ymaydir. Uning fikri anuv qorong‘uliqlar ichida suzma ham ko‘zi chechak va sabzalar tomoshasida, dimog‘i hidlar istishmomida, qulog‘i qushlar nag‘masida bo‘ladir. Nima bo‘lsa ham tevaragidagi ko‘klam bejaklarini ko‘zdan kechira boradir. Bora-bora fikri ham shu ko‘rinishlardan hissa olmoqqa boshlaydir.


— Hov ana bir qaldirg‘och, to‘g‘rig‘a qarab o‘qdek otilib boradir, uchkan yo‘lida vijir-vijir sayrab ham qo‘yadir. Qaldirg‘ochning qayg‘usi yo‘q, suyganining oldig‘a tezroq yetish uchun shoshadirg‘andir: sayrog‘i ham suyganining ko‘rish shodlig‘i uchundir...


Baxtlik qaldirg‘och: olg‘an sovg‘asi ham qo‘rqunch emasdir, ota-onasining ham orzu-havaslari yo‘qdir. Ularning turmush qonunlari juda yengil, ikav-ikav, suygan-suyganni oladirlar-da tog‘larda, yerlarda, ko‘klarda uchib yuruyberadirlar. Men ham shu qaldirg‘ochdek uning sari otilib, vijir-vijir sayrab uchar edim.


Uning qaldirg‘ochliq qanoti ota-ona mukofoti bilan qayrilg‘an. Unga uchkali erk bermaydir-lar. Lekin hayvon uning qayrilg‘an qanotig‘a qaramasdan o‘zining eski adim tashlashida qirlar, tog‘lar oshib suvlar kechadir; yetti-sakkiz qayta borib kelgan tanish shahariga intilgandan intila beradir. Bu oshishlar, bu kechishlar o‘zga vaqtlarda Otabek uchun huzur va oshiqish bag‘ishlag‘an bo‘lsalar, bu gal uni nafratlandiradirlar, bormay qaytish fikri halidan-hali ko‘ngliga kelib turadir.


Uzoqda qo‘sh haydab yurgan yigitning ashulasi eshitiladir: «Ikki yorni ajratuvchi bu falakning gardishi!» Ruhlik, kuchlik ko‘krakdan chiqg‘an bu ashula tevarakni zir-r etdirib yuborg‘andek, Otabekka ham boshqacha bir ta’sir beradir. Go‘yo bu dehqon uning istiqbolidan hikoya qilg‘andek bo‘ladir. Bu bayt dehqonning og‘zidan yana takrorlanib tag‘in tevarakni yong‘iratadir. Endi Otabekning ko‘nglidan bir gap ham o‘tib ketadir: «Ikki yorni ajratquchi bu falakning gardishi emas, ota-onaning orzusi!» O‘zining sirlik ma’nosig‘a Otabekning istiqbolini olib ko‘ringan bu bayt nihoyat uni yig‘latadir. Ko‘z yoshlari yuzi orqaliq egarining qoshig‘a va otining yolig‘a toma boshlaydir...


* * *

Marg‘ilong‘a to‘rt qo‘nib kirar edi, bu gal oltinchi qo‘nishda yetdi. Tevarakdan asr azoni eshitilgan vaqtda otdan qo‘ndi. Otini qutidorning yo‘lagiga yetaklar ekan, negadir yuragi o‘ynab ketdi. Bu gal o‘z odatidan o‘n kunlar chamasi kechikkani uchun «balki kutib o‘ltur-g‘andir» deb o‘ylab haligi yurak o‘ynog‘isi tag‘in ham kuchaydi va yo‘lakdan mehmonxona havlisig‘a chiqg‘ach, ixtiyorsiz otining bo‘ynig‘a suyalib to‘xta-moq-qa majbur bo‘ldi.


Chindan ham ul ayvonning oldida kutib o‘lturgan edi. Xayolot ichida Otabekning kelib kirganini sezmay ham qoldi. Nihoyat, qora ohu ko‘zlarni to‘ldirib bunga qaratib olg‘ach, o‘rnidan turdi-da, ichkari havlisig‘a burilib keta berdi. Bu burilish ma’nosig‘a Otabek alla-qachon tushunib qolg‘an, bu o‘zining kechikib uni zoriqdirg‘ani uchun... Kechikish uchun bunchalik araz qilg‘an bu go‘zalning kundash uchun qandog‘ holga tushmog‘i ma’lum edi. Otabek tamom bir esankirashda qoldi. Otini axtaxonag‘a bog‘lab, sovg‘a-salom to‘ldirib kelgan ipak xurjinni ko‘tarib ichkariga kirdi. Suyukli kuyavni yo‘lakda ko‘rgan Oftob oyim qilib turg‘an yumishini uloqtirib Otabekning oldig‘a yugurdi, jonini ming






Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling