Abdulla Qodiriy O’tkan kunlar yozg‘uchidan
Download 1.12 Mb.
|
Abdulla Qodiriy-O\'tkan kunlar
www.ziyouz.com kutubxonasi 6
O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy ish shu yaqin oralardag‘ina bo‘ldi: Toshkanddagi jum’alik gap majlislaridan birida bir kishi Azizbekni maxtar va bu maxtovg‘a qarshi ikkinchisi «nega munchalik maxtaysan, Azizbekning asli bir bachcha-da» der. Ularning bu muzokaralarini chetda eshitib turgan xufiyalardan biri bu so‘zni Azizbekning qulog‘iga yetkazur. Ertasiga Azizbek mazkur ikki kishini o‘z huzuriga oldirib maxtovchig‘a ulug‘ mansab ato qilar va ikkinchisini o‘limga buyurar... Bu hukm majlisida hozir turgan otam mahkumning gunohini so‘raganida Azizbek jallodga baqirar: «Tezroq olib chiq!» Otam tag‘in qulliq qilg‘anida jallodg‘a buyurar: «Qo‘ling-dag‘ini bo‘shatib, o‘rniga hojini olib chiq!» — Mana ko‘rdingizmi, otamning qadru qiymatini. — Bo‘lmasa aholi xong‘a shikoyatnoma yozmaydirmi? — Nechanchi shikoyatnomani so‘raysiz, — dedi Otabek, — Azizbekdan zulm, jafo ko‘rganlar bilan birgalikda endi o‘ninchi shikoyatnomamizni yuborg‘andir-miz... Lekin xonning yo‘lboshchisi bo‘lg‘an kishining o‘zi zulmda Azizbekdan bir necha zina baland o‘rinni ishg‘ol etkuchi kimsa bo‘lsa, biz qandog‘ qilayliq. Ammo shunisi ham borki, shu keyingi vaqtlarda Azizbek Qo‘qonning yorlig‘ va farmonlarini iltifotsiz qoldira boshladi. «Itoatdan bosh tortmasin...» degan mulohazada yozg‘an shikoyatlarimizdan markazning ko‘z yumishi ham ehtimoldir. Har holda Toshkand aholisi Azizbek istibdodidan ortiq to‘yindi, kimdan ko‘mak so‘rashg‘a ham bilmaydir. Yusufbek hojining qanday odam ekani ayniqsa Akram hojiga onglashilib, bu to‘g‘rida ortiq bahs qilinmadi va so‘z boshqa xususlarga o‘tdi. Ziyofat samimiyat bilan chaqirilg‘anliqdan dasturxon qadrlik mehmonga maxsus turlangan edi. Ziyo shohichi bilan o‘g‘li Rahmatning har zamon mehmonlarni dasturxonga qistashlari boshqalarning ishtahalarini ochishg‘a sabab bo‘lsa ham, ammo bizning Otabekka sira ham asar qilmas, xayollanib o‘ltirar edi. Ul nima to‘g‘rida xayol surib, qaysi to‘g‘rida o‘ylar edi — buni bi-lish qiyin bo‘lsa ham, biroq uning hozirgi ba’zi harakatlari diqqatni jalb etarlik edilar: xayol surar ekan, uning ko‘zlari ixtiyorsiz kabi qarshisidagi qutidorg‘a qaraydirlar, qutidorning ko‘zi o‘ziga tushdi deguncha ko‘zini undan olib dasturxondagi ko‘ngli tilamagan narsalarga urina boshlaydir... Otabekning bu holini majlisdagilar sezmasalar-da, ammo Homid uni ta’qib etkandek edi. — Savdo bilan qanday shaharlarga bordingiz, bek?— deb qutidor so‘radi. — O‘zimizning shaharlardan ko‘pini ko‘rdim, — dedi bek, — o‘ris shahardan Shamayga ham bordim. — Ha, ha, siz Shamayga ham bordingizmi? — deb Ziyo shohichi ajablandi. — O‘tkan yil borg‘on edim, — dedi bek, — borishim noqulay bir vaqtga to‘g‘ri kelib ko‘b mashaqqatlar chekdim. — Chin savdogar siz emishsiz, — dedi qutidor, — biz shu yoshqa kelib hali o‘zimizning kattaroq shaharlari-mizni ham ko‘ralmadik; siz o‘risning Shamayigacha borg‘ansiz. — Yurgan daryo, o‘lturgan bo‘ryo emish, — dedi Akram hoji. O‘ris shaharlariga borib savdo qilg‘uchilar Turkistonda juda oz hisobda bo‘lib, chet ellarni ko‘rgan Otabek majliska tansiqlandi. O‘rislar to‘g‘risida allaqanday xayoliy rivoyatlar eshitib yurgan qutidor va Ziyo shohichilar-ning Otabekdan haqiqiy holni bilgilari kelib, undan Shamayda ko‘rib, kechirganlarini so‘radilar. Otabek Shamay xotirotini so‘zlab berdi. O‘rislarning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotlarini eshitkuchilarni tongg‘a qoldirib, ortiq tafsiloti bilan aytib chiqg‘ach: — Shamayga bormasimdan ilgari o‘z hukmdorlig‘i-mizni ko‘rib; boshqalar ham shundaydir, deb o‘ylar edim, — dedi bek, — lekin Shamay manim fikrimni ost-ust qilib, o‘zimni ham butunlay boshqa kishi yasadi. Men o‘risning idora ishlarini ko‘rib, o‘z idoramizning xuddi bir o‘yinchoq bo‘lg‘anlig‘ini iqror etishka majbur bo‘ldim... Bizning idoramiz bu kungi tartibsizligi bilan ketabersa holimizning nima bo‘lishig‘a aqlim yetmay |
ma'muriyatiga murojaat qiling