Abdulla Qodiriy Rovshan barber


Download 202.44 Kb.
Pdf ko'rish
Sana03.11.2020
Hajmi202.44 Kb.
#140200
Bog'liq
Abdulla Qodiriy - Vikipediya


Abdulla Qodiriy

Rovshan barber



Abdulla Qodiriy (asosiy taxalluslari:

Qodiriy, Julqunboy) (1894.4.10-Toshkent-

1938.10.4) – XX a. yangi oʻzbek

adabiyotining ulkan namoyandasi, 

oʻzbek

romanchiligining



 asoschisi; 20-yillardagi

muhim ijtimoiy-madaniy jarayonlarning

faol ishtirokchisi. Bogʻbon oilasida

tugʻilgan. Otasi Qodirbobo (1820–1924)

xon, beklar qoʻlida sarbozlik qilgan, rus

bosqini paytida (1865) 

Toshkent

mudofaasida

 qatnashgan. Otasi


boshidan oʻtgan sarguzashtlar Abdulla

Qodiriyning qator asarlari, xususan tarixiy

romanlarining yuzaga kelishida muhim rol

oʻynagan. Abdulla Qodiriy musulmon

maktabida (1904–06), rus-tuzem

maktabida (1908–12), Abulqosim shayx

madrasasida (1916–17) taʼlim oldi;

Moskvadagi adabiyot kursida (1925–26)

oʻqidi. Yoshligidanoq qadimgi Sharq

madaniyati va adabiyoti ruhida tarbiya

topgan; arab, fors va rus tillarini

oʻrgangan. Jahon adabiyotini ixlos bilan

mutolaa qilgan.


Abdulla Qodiriy

Tavalludi

1894-yil 4-oktabr

Toshkent

Vafoti

1938-yil 10-aprel

Toshkent,

O‘zbekiston SSR



Fuqaroligi

 SSSR


Oilasi kambagʻallashganligi sababli

bolalikdan mustaqil mehnat qila



Millati

o‘zbek


Sohasi

shoir, yozuvchi



Mashhur ishlari

„Oʻtkan kunlar“,

„Mehrobdan chayon“

,

„Obid ketmon“



Mashhur sovrinlari

Alisher Navoiy

nomidagi O‘zbekiston

Respublikasi Davlat

mukofoti, 

Dini

Islom


Faoliyati

boshladi, turli kasblarni egalladi, mahalliy

savdogarlarga kotiblik va gumashtalik

qildi (1907–15). 1917-yil Oktyabr davlat

toʻntarishidan soʻng Eski shahar ozuqa

qoʻmitasining sarkotibi (1918), 

„Oziq


ishlari“

 gazetasining muharriri (1919),

Kasabalar shoʻrosining sarkotibi (1920),

„Mushtum“ jurnalining tashkilotchilaridan

va tahrir hayʼati aʼzosi (1923–26).

Abdulla Qodiriy ijodiy faoliyatining

boshlanishi 1910-yillarning oʻrtalariga

toʻgʻri keladi. „Sadoi Turkiston“

gazetasining 1914-yil 1 aprel sonida

Abdulla Qodiriy imzosi bilan „Yangi

Ijodi


masjid va maktab“ sarlavhali xabar

bosiladi. Bu boʻlajak adibning

matbuotdagi dastlabki chiqishi edi.

Oradan koʻp oʻtmay, uning „Toʻy“,

„Ahvolimiz“, „Millatimga“, „Fikr aylagil“

kabi sheʼrlari, 

„Baxtsiz kuyov“

 dramasi,

„Juvonboz“

 hikoyasi chop etiladi (1914–

1915). Abdulla Qodiriy ijodining dastlabki

namunalari boʻlgan bu asarlar

millatparvarlik, maʼrifatparvarlik ruhida

yozilgan boʻlib, jadidchilik gʻoyalari bilan

sugʻorilgandir. Muallif unda xalqning

zabun holatidan kuyib soʻzlaydi, millatni

uygʻonishga daʼvat etadi, fikrlashga

chorlaydi. Abdulla Qodiriyning 

„Uloqda“

hikoyasi (1916) avvalgi asarlari bilan

tenglashtirib boʻlmaydigan darajada


yuqori boʻlib, XX tongidagi oʻzbek realistik

adabiyotining choʻqqisi, realistik

hikoyaning eng yaxshi namunasi

hisoblanadi.

Abdulla Qodiriyning 1917-yil Oktyabr

toʻntarishidan keyingi faoliyati asosan

matbuot bilan bogʻlangan. Uning 1919–

1925-yillar oraligʻida yozgan maqolalari

soni 300 atrofida. Abdulla Qodiriyning

publitsistik chiqishlari avvalo oʻsha

davrning tarixiy hujjati, zamonasining

solnomasi. 20-yillar oʻrtalarida yozilgan

„Kalvak Mahzumning xotira daftaridan“

,

„Toshpoʻlat tajang nima deydir?“



 satirik

Hikoyalari



hikoyalar turkumida yozuvchi kulgusi

„xarakter kulgusi“ darajasiga koʻtarildi.

Muallif bunda hayotdagi, odamlar

tabiatidagi muayyan salbiy hodisalarni

sof mafkuraviy nuqtai nazardan turib,

nuqul biryoqlama qoralash, fosh etish

yoʻlidan bormay, xarakter va hodisalarni

xolis turib, murakkabligi, ziddiyatlari bilan

koʻrsatishga jazm etadi.

Abdulla Qodiriy shoʻro hokimiyatining

dastlabki yillarida qizgʻin jurnalistik

faoliyati bilan barobar oʻzbek

adabiyotidagi birinchi roman – „Oʻtkan

kunlar“ni yaratdi (1919–1920).

„Oʻtkan kunlar“ romani


Romandan boblar 1922-yil „Inqilob“

jurnalida eʼlon etildi. 1924–1926-yillari

har bir boʻlimi alohida-alohida kitob

holida bosildi. „Oʻtkan kunlar“ yaratilgan

davr oʻzbek xalqi uchun millatning erki,

ozodligi, mustaqilligi, jahondagi oʻrni

masalasi hayot-mamot ahamiyatiga

molik edi. Abdulla Qodiriy mintaqamiz

taraqqiyparvar ziyolilari safida turib ona

yurtning, millatning taqdiri ustida astoydil

qaygʻurdi, oʻzicha najot yoʻlini izladi.

Avvaliga u bolsheviklarning yolgʻon

vaʼdalariga ishondi, ammo adib bu

vaʼdalar qogʻozda qolib ketayotganini,

yovuz mustamlaka siyosati mohiyat-

eʼtibori bilan oʻzgarmay qolayotganini,

munofiqona tus olayotganini, el orasida


buzgʻunchilik, fitna, sinfiy-mafkuraviy

adovat avj oldirilib, birodarkushlik urushi

boshlanib ketganligini, shoʻrlik xalq bu

qonli siyosatning qurboni boʻlayotganini

oʻz koʻzi bilan koʻrdi. Ayniqsa, Qoʻqon

muxtoriyatining tor-mor etilishi koʻpgina

hur fikrli ziyolilar qatori Abdulla

Qodiriyning qalbini larzaga soldi. Adib

„Oʻtkan kunlar“ romani orqali xalqning

milliy ongini uygʻotmoqchi boʻldi,

„tariximizning eng kir, qora kunlari“ –

yurtni mustamlaka balosiga giriftor etgan

keyingi „xon zamonlari“ – XIX a.

oʻrtasidagi mudhish tarixiy jarayonlar

haqida soʻz ochib, bu ayanchli

haqiqatdan xalqqa saboq bermoqchi

boʻldi.


„Oʻtkan kunlar“ romanining maʼno

mundarija doirasi nihoyatda keng . Unda

xilma-xil insoniy taqdirlar, ijtimoiy-siyosiy,

maʼnaviy-axloqiy, oilaviyishqiy

muammolar qalamga olingan. Biroq ular

orasida yurtning, millatning taqdiri,

mustaqilligi masalasi alohida ajralib

turadi. Binobarin el-yurtning mustaqilligi,

birligi masalasi romanning asosini tashkil

etadi. Asarning bosh qahramonlari

Otabek va Yusufbek hojilar shu yurt

istiqloli, faravonligi, osoyishtaligi yoʻliga

hayotini, jonini tikkan fidoyi kishilardir.

„Oʻtkan kunlar“ bamisoli ulkan va tiniq

„Oʻtkan kunlar“ romanining

maʼno mundarija doirasi



koʻzgu, unda oʻzbek millatining muayyan

tarixiy sharoit, vaziyatdagi turmushi, urf-

odatlari, ruhiy-maʼnaviy dunyosi, boʻy-

basti, qiyofasi keng koʻlamda aniq-

ravshan gavdalantirilgan. „Oʻtkan kunlar“,

bir qarashda, anʼanaviy ishq dostonlarini

ham eslatadi. Unda Otabek bilan

Kumushning ishqiy sarguzashtlari, fojiasi

juda katta mahorat bilan tasvir etilgan.

Asardagi ishqiy sarguzashtlar kitobxonni

hayajonga soladi, Otabek bilan

Kumushning goʻzal baxtini barbod etgan

omillar kishini chuqur oʻyga toldiradi.

Muallif oshiqlarning ishqiy sarguzashtlari

bahonasida muayyan tarixiy davrni –

Turkistonning rus bosqini arafasidagi

ahvoli, qora kunlarini koʻz oldimizda


gavdalantiradi. Qodiriy ishqiy

sarguzashtlar koʻrinishida oʻlkaning

tutqunlikka tushishining bosh sababi

jaholat, qoloqlik va oʻzaro ichki nizolardir

degan fikrni gʻoyat ustalik bilan aytadi.

Garchi romanda adib shaxs harakteri va

qismatini muhit, sharoit, ijtimoiy

muammolar bilan chambarchas

aloqadorlikda tasvir va taxlil etsada,

inson shaxsining muhit va sharoitga

bogʻliq boʻlmagan tugʻma, sirli-sehrli

gʻaroyib shevalariga ham eʼtiborni tortadi.

Bu jihatdan bir oila, bir xil sharoitda

tugʻilib voyaga yetgan sajiya-harakter,

surat va siymo vajidan ikki olam –

egachisingil Zaynab va Xushroʻybibi

obrazlarining talqini gʻoyat ibratlidir. Biri


mute, itoatkor, nuqul oʻzgalar izni bilan ish

koʻradi; ikkinchisi esa dadil, mustaqil, oʻz

baxti va taqdiri uchun faol kurash olib

boradi. Yozuvchi bu ikki shaxs

harakteriga xos tugʻma xususiyatlarni

shargʻlash bilangina cheklanmaydi,

bunday hislatlarning oʻsha kimsalar,

qolaversa oʻzgalar taqdiriga koʻrsatgan

taʼsiri, fojeiy oqibatlarini ham ifoda etadi.

Oʻzini boshqalar ixtiyoriga topshirib

qoʻygan Zaynab shu ojizligi tufayli oʻz

baxtiga zomin boʻlibgina qolmay, yana

oʻsha ojizligi tufayli oʻzgalar qutqusi

orqasida beixtiyor jinoyatga qoʻl uradi –

Kumushga zahar beradi. Mustaqillik,

dadillik – yaxshi hislat, biroq unga

xudbinlik aralashsa baloi azimga


aylanishi mumkin. Xushroʻybibi oʻz baxti

uchun kurashadi; shaxsiy manfaatlari

yoʻlida hech narsadan qaytmaydi;

birovlarning koʻz yoshlari hisobiga,

oʻzgalarning baxtiqaroligi evaziga oʻz

baxtini tiklaydi. Romandagi Oʻzbek oyim

obrazi ham nihoyatda tabiiy va goʻzal

siymolardan biridir. Dumbul tabiat bu ayol

oʻgʻli Otabek, qolaversa kelinlari –

Kumush, Zaynab taqdirlarining

chigʻallashib ketishi, oxiri fojiaga yuz

tutishida bosh sababchi ekani ayon.

Biroq har qancha gunohkor boʻlmasin,

oʻta andishali adib uni keskin qoralashga

tili bormaydi. Nima boʻlganda ham,

Oʻzbek oyim, baribir ona… Ayni paytda

rostgoʻy, realist yozuvchi onaning pala-


partish, dovdir xattiharakatlaridan,

tabiatidagi ayrim kamchiliklaridan koʻz

yumib oʻtolmaydi. Bu borada adibga

xalqona yumor qoʻl keladi. Bu obraz

tasviri boshdan-oyoq ajib serjilo – ham

kinoya-kesatiqgarga, ham ardoq-mehrga

toʻla yumor bilan yoʻgʻrilgan. Xullas,

„Oʻtkan kunlar“ romani toʻqima

qahramonlarning hayotiylik kasb etishi va

tarixiy voqealarga uygʻunligi jihatidan

ham, mujassamot butunligi va tilidagi

nafosati jihatidan ham oʻzbek adabiyoti

xazinasidagi durdonalar qatoridan oʻrin

olgandir. „Oʻtkan kunlar“ oʻzbek

adabiyotida ilk roman boʻlishining oʻzi

bilanoq ilgari bosilgan katta qadam edi.

Unda realizmning asosiy tamoyillari


yuqori badiiy saviyada amalga oshirildi.

Roman, umuman, oʻzbek adabiyotida

yetuk realizmga asos soluvchilik rolini

oʻynadi.


Abdulla Qodiriy ikkinchi yirik asari

„Mehrobdan chayon“ni 1928-yil fevralda

yozib tugatdi. Roman 1929-yil

Samarqandda bosilib chiqdi. Garchi bu

roman mavzui ham XIX adabiyot

hodisalari – „xon zamonlari“ davridagi

oʻzboshimchaliklarni koʻrsatishga

qaratilgan boʻlsada, unda roman yozilgan

davr ruhi kuchli. Asarni „Mehrobdan

„Mehrobdan chayon“

romani


chayon“ deb atash, ziyoli ulamolarni

qahramon qilib tanlashdan murod

muqaddas dargoh – sajdagohdan

chiqqan, oʻsha dargohga nomunosib

munofiq, qallob, tuban kimsalarga,

hasadgoʻy, eʼtiqodsiz kishilarga ishoradir.

Romanda Anvar bilan Raʼnoning sevgi

sarguzashti, qalb nazokati shoirona

tarannum etilgan. Maktabdor Solih

mahdumning yumoristik obrazi

adabiyotshunoslikda yozuvchining jiddiy

yutugʻi, kashfiyoti sifatida eʼtirof qilingan.

„Mehrobdan chayon“

romanining mazmuni



Garchi „Mehrobdan chayon“da davr

zugʻumi muayyan darajada sezilsa ham,

adibda goho tarafkashlik mayllari

koʻrinsada, amalda realizm mavqeida

turgan, tarixiy haqiqatni mumkin qadar

haqqoniy ifodalashga intilgan.

Yozuvchining „Mehrobdan chayon“dagi

realistik mahorati Solih maxdum obrazida

juda yorqin namoyon boʻlgan. Romanda

muallif yengil hazil-mutoyiba, kulgi-yumor,

piching, kinoya-kesatiq, hajv orqali

maxdum tabiatiga xos „maqtab

boʻlmaydigan“ xususiyatlarni batafsil

koʻrsatadi. Bunday xususiyatlarning ichki

va tashqi ijtimoiy ildizlarini ham ochadi.

Ayni paytda mahdumning „hamma

nuqsonlarini yuvib ketarlik“ fazilatini ham


taʼkidlaydi: „nima boʻlganda ham maxdum

oʻz zamonasining eng oldingi

domlalaridan, Qoʻqon aksariyatining

savodxon boʻlishlariga sababchi

ustozlardan“. Romandagi Anvar bilan

Raʼno obrazlari, bir qarashda, romantik

qahramonlarday taassurot beradi.

Barkamollik – aql-zakovat, doʻstga,

sevgiga sadoqat, erk, adolat yoʻlidagi

shijoat bobida ular afsona, doston

qahramonlarini eslatadilar. Ishqiy

mulohazalar bobida bu ikki yosh juda

erkin, oralaridagi gap-soʻzlar bir qadar

kitobiy, shoirona… Masalaga sinchiklab

qaralsa, Anvar va Raʼnodagi favqulodda,

kitobiy tuyulgan hislatlar, ularning

„gʻayritabiiy“ xatti-harakatlari mantiqan va


ruhiy jihatdan asoslangan. Ular maktab

koʻrgan, yaxshi tarbiya, chuqur bilim

olgan, Sharqning yuksak madaniyati,

gumanistik gʻoyalarini oʻzlari uchun chin

eʼtiqod, bosh maqsad qilib olgan

odamlardir. Adib asar personajlari

qismati bilan bogʻliq holda muhim tarixiy

hodisalar, shaxslar, sarguzashtlar haqida

ham maʼlumot beradi. Solih maxdumning

kechmishi, ota-bobolari qismati

bahonasida keltirilgan Amir Umarxonning

kanizi toʻgʻrisidagi hikoya, haq ishlari

uchun jabr ko‘rgan Sayidxon, mulla Siddiq

va Moʻminjonlarning achchiq qismati,

Xudoyorxon tarixi toʻgʻrisidagi

maʼlumotlar, Ogʻacha oyim

sarguzashtlari, xon harami, xotinlari,


oʻrdadagi qullar haqidagi aniq

maʼlumotlar asarda salmoqli oʻrin tutadi.

Ular bilan tanishganda hujjatli-tarixiy,

publitsistik asar oʻqiyotganday boʻlasiz.

Yozuvchi baʼzan qahramonlari tabiatini,

xususan haramdagi qizlar fojiasini hazil-

mutoyiba, oʻyin-kulgi orqali ochib beradi.

Ammo bu kulgili boʻlib tuyulgan hodisalar

zamirida jiddiy insoniy drama va

shafqatsiz haqiqat yotadi. Xullas,

„Mehrobdan chayon“ hayot haqiqatini

„orttirmay va kamitmay“ oʻz holicha

jamiki qirralari, tovlanishlari bilan

gavdalantirgan, xarakterlar olamini,

ruhiyatini oʻziga xos ohanglar, boʻyoqlar

vositasida kashf etib bergan oʻxshashi

yoʻq badiiy obidadir.


Abdulla Qodiriyning tarixiy romanlari 20-

yillardagi yangi oʻzbek adabiyoti oldida

turgan murakkab gʻoyaviy-badiiy

muammolarning juda koʻpini yechib berib,

adabiy taraqqiyotning tezlanishiga xizmat

etdi. Keyinroq oʻzbek adabiyotining atoqli

vakillari qatoriga koʻtarilgan Oybek, Gʻafur

Gʻulom, Abdulla Qahhor Abdulla Qodiriy

ijodining katta taʼsiri ostida yetuk

yozuvchi boʻlib yetishdilar. Abdulla

Qodiriy ijodining milliy adabiyotlarga

taʼsirini tojik, turkman, qozoq va qirgʻiz

Abdulla Qodiriy tarixiy

romanlarining 20-yillardagi

yangi oʻzbek adabiyotiga

taʼsiri


adabiyotining Sadriddin Ayniy, M. Avezov,

X. Deryayev, Chingiz Aytmatov singari

yirik vakillari ham qayta-qayta qayd

etishgan. Nemis adabiyotshunoslari

N.Tun, I. Baddauf, amerikalik

tadqiqotchilar E. Olvort, 

Xristofor Murfi

,

asli eronlik amerika olimi 



Eden Nabi

Abdulla Qodiriy ijodi boʻyicha jiddiy ishlar

qilganlar. Abdulla Qodiriy ijodidagi chuqur

mazmunni jozibador va ravshan shaklda

ifoda eta olish, hayotdan yirik va salmoqli

voqealarni tasvir uchun tanlay olish,

hayotdagi dramatik vaziyatlarga eʼtibor,

shaklning ixchamligi va katta prozada

ortiqchaliklardan xoli ifodaning ustunligi,

soʻzning maʼnoga mosligi va yorqinligi,

hammadan ham muhimi – kishilar


harakteridagi muhim xususiyatlarni koʻra

olish va tasvir eta bilish yosh avlod uchun

doimo ibrat namunasi boʻlib kelmoqda.

Oybek aytganidek, „Oʻtkan kunlar“

romanida yozuvchi til ustida katta

mahorat koʻrsatadi. Romanning tili

haqiqatan boy, boʻyoqli, sodda, ifoda

kuchi zoʻr, ommaga anglashilarlik bir

tildir. Oʻzbek adabiy tilining shakllanishida

bu asarning roli, shubhasiz, katta. Abdulla

Qodiriy yosh adabiy avlodni doimo jahon

realistik adabiyotidan oʻrganishga

chaqirar, oʻzi ham jahon klassiklarini

mutolaa etish va ularning asarlarini

oʻzbekchaga tarjima qilish jarayonida

realizm ustalaridan oʻqib-oʻrganib borar

edi. Adib oʻz kasbi haqida toʻxtalib


shunday degan edi: „Yozuvchilikda bir

qonun bor: hammadan ilgari maʼno,

undan soʻng shu maʼnoni ifoda qilish

uchun soʻz qurish, soʻzgina emas,

sanʼatkorona, yaʼni shundogʻ soʻzki,

aytmoqchi boʻlgan fikringizning ifodasi

uchungina maxsus yaratilgan boʻlib,

yasama boʻlmasin. Mana shu shartni

bajarib, bu jihatdan taʼmin etilgach,

boshqa masalalarga oʻtishga haq olgan

boʻlasan…“.

Abdulla Qodiriy 30-yillardagi murakkab

sharoitda ham ijodni davom ettirdi. 1934-

yil qishloq hayotidan „Obid ketmon“

„Obid ketmon“ qissasi


qissasini yozdi. Asardagi Obid obrazi

oʻzbek adabiyotidagi noyob hodisa. Uni

oʻzbek xalqining mehnat, dehqonchilik

madaniyati bobidagi yetukligi timsoli,

deyish mumkin. Yozuvchi bu obraz

tasvirida oʻsha davrda odat tusiga kirgan

tor „sinfiylik“ doirasidan ancha chetga

chiqib, umuminsoniy qadriyatlarni

ardoqlash yoʻlidan boradi; xolis turib

qishloq xoʻjaligini jamoalashtirish

harakatining bir qancha tomonlarini

haqqoniy koʻrsatdi; ichki muammo –

ziddiyatlarni ochib berdi, kolxoz tuzumi

oxir-oqibatda odamlardagi tashabbusni,

shaxsiy egalik, manfaatdorlik tuygʻusini

soʻndirishligini aytdi. Qodiriyning mazkur

qissasini oʻzbek adabiyotidagi birinchi


„ishlab chiqarish“ qissasi, Obidni esa

birinchi ishbilarmon odam obrazi deyish

mumkin. Abdulla Qodiriy bu oʻrinda

iqtisod, xoʻjalik masalalarining bilimdoni,

tadqiqotchisi sifatida ham koʻrinadi; asar

bosh qahramonining harakteri, ruhiy

olami asosan mehnatda, xoʻjalik ishlarida

ochiladi.

Abdulla Qodiriy zukko tilshunos,

zabardast tarjimon sifatida ham katta

ishlar qildi. U tatar fizik olimi 

Abdulla


Shunosiyning

 „Fizika“ (1928), 

Gogolning

„Uylanish“ (1935), Anton Chexovning

„Olchazor“ (1936) asarlarini oʻzbekchaga

Tarjima asarlari



tarjima qildi. Qozonda bosilgan „Toʻla

ruscha-oʻzbekcha lugʻat“ni (1934)

tuzishda ishtirok etgan.

Abdulla Qodiriy asarlari, ayniqsa

romanlari, jahon miqyosida tez tarqaldi.

„Oʻtkan kunlar“ ozarbayjon tilida 1928-

yilda, „Mehrobdan chayon“ tojik tilida

1935-yilda, „Obid ketmon“ rus tilida 1935-

yilda nashr etildi. Shundan buyon bu

asarlar rus, qozoq, uygʻur, tatar, arab,

italyan, ingliz, nemis va boshqa tillarda

qayta-qayta nashr etilib kelayotir.

Adibning boshqa tillarga

tarjima qilingan asarlari



Abdulla Qodiriyning 44 yillik umri, 20 yillik

ijtimoiy va ijodiy faoliyat davri keskin

kurashlar, taʼqibu tahdidlar ichida oʻtdi.

Rostgoʻy adib sho‘ro davri haqidagi badiiy

asarlarida, publitsistikasida shoʻro

voqeligiga xos ziddiyatlarni, siyosatdagi

xato va kamchiliklarni xolis turib

koʻrsatishga jazm etdi. Ammo uning bu

urinishlari birin-ketin zarbaga uchray

boshladi. 1926-yil „Mushtum“da bosilgan

„Yigʻindi gaplar“ hajviyasidagi tanqidiy

mulohazalari uchun „aksilinqilobiy

harakat qilganlik“da ayblanib qamoqqa

olinadi, turli boʻxtonlar bilan sudlanadi.

Sudda u mardona turib oʻz shaʼnini

Vafoti


himoya qiladi. „Obid ketmon“ qissasi ham

shoʻro mafkurachilariga maʼqul kelmaydi,

keskin tanqidga uchraydi; „ideologik

buzuqliklar va xatolar“ga toʻla, „siyosiy

tutruqsiz“ asar sifatida baholanadi.

Yozuvchining tarixiy romanlarining esa

asosiy mavzusi – millat taqdiri, birligi, el-

yurt qaygʻusi, mustaqilligi, shaxs erki,

ijtimoiy adolat uchun kurash gʻoyalari

bilan yoʻgʻrilganligi tufayli ham hukmron

mafkuraga zid asarlar boʻlib chiqdi. Millat

ruhini yorqin aks ettirgan, xalqning, oʻzga

millat kitobxonlarining sevimli asarlariga

aylangan bu romanlar shoʻro davri

siyosati uchun zararli kitoblar sifatida

bot-bot qoralandi. 30-yillar oʻrtalariga

kelib, bu mashʼum kampaniya avjiga


chiqdi. Gʻofir Gʻulom, Abdulla Qahhor,

Uygʻun kabi shogirdlarining "donos"lari

ortidan Abdulla Qodiriy 1937-yil 31-

dekabr kuni xibsga olindi. 9 oylik

qamoqdagi soʻroq-tergov, qiynoq,

xoʻrlikdan soʻng Choʻlpon, Fitrat kabi

maslakdoshlari bilan birga qatl etildi.

Qodiriy xibsga olingach, asarlari „zararli“

sanalib oʻtda yoqildi, kutubxonalardan

yoʻqotildi, ularni oʻqish taʼqiqlandi.

Abdulla Qodiriy 

Alisher Navoiy nomidagi

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofoti

(1991), „Mustaqillik“ ordeni bilan

taqdirlandi (1994). 

Abdulla Qodiriy

Xotira


nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi

Davlat mukofoti

 taʼsis etilgan. 

Toshkent


Davlat Madaniyat institutiga

,

Toshkentdagi madaniyat va istirohat



bogʻiga, respublikaning turli shaharlari

ko‘chalariga, respublikamizdagi koʻplab

madaniyat muassasalariga uning nomi

berilgan. „Oʻtkan kunlar“ va „Mehrobdan

chayon“ romanlari asosida kinofilmlar

(1969, 1996, 1973) va koʻp seriyali

telefilmlar yaratilgan. Oilalarda farzand

tugʻilsa, Abdulla Qodiriy romanlari

qahramonlari nomlarini qoʻyish rasm

boʻlgan. Eng muhimi, Abdulla Qodiriy,

uning hayoti, ijodi haqidagi bor haqiqatni

aytish, yozish, asarlarini asl holida

„tahrirsiz“ chop etish uchun yoʻl ochilgan.


Abdulla Qodiriy. Toʻla asarlar toʻplami,

1-jild. Sheʼrlar. Hikoya va ocherklar.

Hajviyalar. T.: Fan, 1995.

Abdulla Qodiriy. Oʻtgan kunlar.

Mehrobdan chayon (romanlar). T.,

1992.


Oybek, Asarlar [19 jildli], 16-jild (Abdulla

Qodiriyning ijodiy yoʻli), T., 1979; Qodiriy

H., Otam haqida, T., 1983; Abdulla

Qodiriy zamondoshlari xotirasida, T.,

1988; Boqiy N., Qatlnoma, T., 1992;

Qoʻshjonov M., Oʻzbekning oʻzligi, T.,

1994; Normatov U., Qodiriy bogʻi, T.,

Nashr qilingan asarlari

Ilmiy adabiyotlar


1995; Normatov U., „Oʻtgan kunlar“

hayrati, T., 1996. Umarali Normatov,

Bahodir Karimov.

Qoʻshjonov M. Abdulla Qodiriyning

tasvirlash sanʼati. T.: Fan, 1966.

Qoʻshjonov M. Oʻzbekning oʻzligi. T.,

1994.

Mirzaev I. Abdulla Qodiriyning ijodiy



evolyutsiyasi. T.: Fan, 1977.

Qodiriy H. Otam haqida. T., 1983.

Normatov U. Qodiriy bogʻi. T., 1995.

Karimov B. 20 asr oʻzbek

adabiyotshunosligida talqin

muammosi (Qodiriyshunoslik

misolida). FFD dissertatsiyasi, T., 2002


  So‘nggi tahrir 5 oylar avval Malikxan tomonidan amalga oshirildi  

Matndan CC BY-SA 3.0  litsenziyasi boʻyicha

foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan

boʻlsa).


Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada

Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-

2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.

"

https://uz.wikipedia.org/w/index



.php?

title=Abdulla_Qodiriy&oldid=20943



92

" dan olindi 



Download 202.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling