Abdullaxon II reja: abdullaxon II


Abdullaxon II davrida shaharsozlik, ilm-fan va adabiyot


Download 36.83 Kb.
bet3/4
Sana17.06.2023
Hajmi36.83 Kb.
#1538950
1   2   3   4
Bog'liq
ABDULLAXON II

Abdullaxon II davrida shaharsozlik, ilm-fan va adabiyot


Abdullaxon II davrida mamlakatda shaharsozlik, adabiyot, ilm-fan taraqqiy etgan. Buxoro madaniyat, ilm-fan markaziga aylangan Hofiz Tanish Buxoriyning Abdullanoma („Sharafnomayi shohiy“) (1584-89), Amin Ahmad Roziyning „Haft iqlim“ (1583), Mutribiyning dunyo xaritasi ilova qilingan „Tazkiroti shuaro“ (taxminan. 1593-95) va boshqa ilmiy asarlar yaratildi. Buxoroda mashhur Abdullaxon kutubxonasi tashkil qilingan. Unda mashhur xattotlar Mir Ali Hiraviy, Ahmad Husayniylar va boshqa kitob koʻchirish bilan mashgʻul boʻlishgan. Hasanxoja Nisoriyning „Muzakkiri ahbob“ asari Abdullaxon II ga bagʻishlangan. Bu davrda shoir, adib va ilohiyotchi olimlardan Mushfiqiy, Nizom Muammoiy, Muhammad Darvish oxund, qozi Poyonda Zominiy, mulla Amir, Muhammad Alti Zohid, tabiblardan mavlono Abdulhakim va boshqa yashab ijod etgan. Abdullaxon IIning oʻzi ham isteʼdodli shoir boʻlib, „Xon“ taxallusi bilan oʻzbek va fors tillarida sheʼrlar yozgan. Mamlakatda (Buxoro, Samarqand, Toshkent, Balx va boshqa shaharlarda) hunarmandchilik, savdo-sotiq rivojlangan. Hunarmandlar turli ipak matolar, uy-roʻzgʻor, zargarlik buyumlari, qurol-yarogʻlar va boshqa tayyorlardilar. Movarounnahr ustalari tayyorlagan buyumlar ichki va tashqi bozorda juda xaridorgir boʻlgan[4].
XVI asr tarixchisi, oʻzbeklarning Qatagʻon qabilasidan boʻlgan Muhammad Yar ibn Arab Qatagon „Musaxir al-bilad“ („Mamlakatlarni zabt etish“) asarini yozgan. Asarda Shayboniylar, jumladan, Abdullohxon II davri haqida hikoya qilinadi.[5]

Harbiy sanʼat rivojlanishi


Harbiy sanʼat taraqqiy etgan. Qoʻshin tarkibini nayza, qilich, manjaniq, naftandoz va shotular bilan qurollangan otliq va piyoda qismlar tashkil qilgan. 16-asr ikkinchi yarmidan qoʻshin Turkiya va Rossiyadan keltirilgan pilta miltiq va zambaraklar bilan qurollana boshlagan (yana qarang Buxoro xonligi)

Oʻlimi


Abdullaxon II 1598-yil 8-fevralda Samarqandda vafot etgan. Uning vafoti toʻgʻrisida manbalarda maʼlumotlar turlicha. Baʼzi manbalarda Abdullaxon II oʻz ajali bilan vafot etgan deyilsa[6], baʼzi mualliflar xonning vafotiga oʻgʻli Abdulmoʻminxon sababchi boʻlgan deb hisoblaydi[7]. Joʻybor shayxlari xonadoniga mansub Muhammad Tolib oʻzining „Matlab ut-tolibin“ asarida Abdullaxon II oʻz oʻgʻli Abdulmoʻminxon buyrugʻi bilan Boqimuhammadbiy tomonidan zaharlanib oʻldirilgan, deya qayd etadi. Lekin bu maʼlumot taxminiy ekanligini ham eslatib oʻtadi[6].
1588/89-yili Abdullaxon II Abdulmoʻminxonni qoʻshin bilan Xurosonga yuboradi. Shahzoda zimmasiga yuklatilgan vazifani yaxshi uddalaydi. Biroq uning boshiga oliy hukmdorlikni qoʻlga kiritishdek ahmoqona xayol paydo boʻladi. U Amir Muhammad Boqi Doʻrmonni otasining ovqatiga zahar solib qoʻyishga koʻndiradi. Bu ish amalga oshiriladi. Abdullaxon 10 kun jisman va ruhan qattiq azob-uqubatni boshidan kechiradi, Samarqanddagi Chaqar mahallasida, Goʻri Amir yaqinida vafot etadi. Uning jasadi oʻgʻli yetib kelguncha 20 kun atrofida shu yerda saqlanadi. Shundan soʻng xonning janozasi oʻqilib, Buxoroda Bahouddin Naqshband majmuasidagi Daxmai shohonga dafn qilinadi[7].
A. Jumanazarga koʻra, Abdullaxonning oʻlimi voqeasiga yana aniqlik kiritilishi talab etiladi. Sababi, Mutiribiy bu borada Abdulmoʻminxon taxtga koʻz tikkan boʻlsa-da, otasini oʻldirishga ulgurmagani haqida maʼlumot bergan[7].

Download 36.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling