96
so’z qo’llash mahoratiga qaratadi. Asar badiiyatini ochish ko’zlangan ushbu bobda
magistrant o’z oldiga qo’ygan maqsadga to’la erisha olgan. Unda metafora asosida
badiiy –tasvir vositalarining yaratilishi hamdametonimiyaning semantik- uslubiy
imkoniyatlaridan foydalanish, sinekdoxa asosida ma’nosi ko’chgan so’zlar
semantikasiga asosiy e’tibor qaratilgan. Ma’no ko’chish usullarining
badiiy asar
tilini boyitishdagi o`rni “Qutadg’u bilig”ning asliyati va tabdili asosida amalga
oshirilgan.Yusuf Xos Hojibning so’z qo’llash mahorati
asliyatdan keltirilgan
yorqin misollar yordamida tahlilga tortilgan.
MDning xulosa qismida mavzu yuzasidan barcha nazariy xulosalar
umumlashtirilib, yakunlangan. Ishda berilgan
umumiy xulosalar bitiruv
magistrlik dissertatsiyasining mazmuniga to`la mos tushadi. Shu bilan birga
ishda ba`zi juz`iy
kamchiliklar ham uchraydi, ammo ular ishning ilmiy va
amaliy qimmatini pasaytirmaydi.
Men, O’zbek tili va adabiyoti ta’lim yo’nalishi
magistranti Abdullayeva
Sarvinozning
“Yusuf Xos Hojib “Qutadg’u bilig“ asarining leksik-semantik
xususiyatlari“mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasini tugallangan magistrlik
tadqiqoti sifatida ijobiy baholayman va himoyaga tavsiya etaman.
Do'stlaringiz bilan baham: