Abdullayeva Urqiya Boshlangch 4 kurs


Download 28 Kb.
Pdf ko'rish
Sana06.11.2023
Hajmi28 Kb.
#1752269
Bog'liq
Abdullayeva Urqiya



Abdullayeva Urqiya Boshlangch 4 kurs 
1. Morfologiya. So’zning morfem tarkibi. O’zbek tilida so’z yasalishi 
Topshiriq. 
1.Morfologiya.So’zning morfem tarkibi.
2.O’zbek tilida so’z yasalishi.
3.Yordamchi so’z turkumlari va alohida olingan so’zlar.
Grammatika 2qismdan ,ya’ni morfologiya va sintaktiksisdan iborat.So’zlarning grammatik 
ma’nolari va ularni ifodalovchi grammatik shakllarni o’rganuvchi tilshunoslik bo’limi 
morfologiya sanaladi.Morfologiya yunoncha morphe ,,shakl’’,logos ,,so’z’’, ,,ta’limot’’ degan 
ma’nolarni anglatadi.Morfologiya so’zning grammatik ma’nosini va bu ma’nolarni ifodalovchi 
vositalarni o’rganadi.Grammatik ma’no quyidagi vositalar yordamida ifodalanadi; 
1.Qo’shimchalar yordamida;uyga,ukam,kelsa,boraman,.
2.Yordamchi so’zlar vositasida;Qalam bilan, yozdi, son uchun oldim.
3.So’z tartib orqali;keng ko’cha[birikma]-ko’cha keng [gap].
4.Ohang yordamida ;Dars tugadi.[darak gap]Dars tugadi?[so’roq gap] Dars tugadi[his-hayojon 
gap].
5.So’zlarni juftlash va takrorlash orqali;qozon-tovoq[jamlash ma’nosi],baland-
baland[kuchaytirish ma’nosi]binolar.
6.Urg’u yordamida;gular,gular[fe’l], yigitcha[ot],-yigitcha[ravish],olma[ot]-olma[fe’l].
Morfologiya so’z turkumlari,ularga xos grammatik ma’nolarni,har bir turkumga xos grammatik 
kategoriyalarni yiuzaga keltiruvchi grammatik shakl va grammatik ma’nolar va shakni 
o’rganadi.Til tizimimdan iborat bo’lganidek,uning morfologiya ham o’ziga xos tizimni tashkil 
etadi.O’z navbatida ,morfologik tizim ham o’ziga xos kichik tizimlardan tashkil topadi.Ulardan 
har birining mohiyati yoritilishi bilan,tilning morfologiyasi yaxlit holda,tizim sifatida 
o’rganiladi.Har bir so’z turkumiga xos ichki tizim shu turkumga xos morfologik kategoriyalar 
tashkil etadi.Morfologik kategoriyalar so’z turkumiga xos ma’lum bir hodisaga oid umumiy va 
xususiy ma’nilar va bu ma’nolarni ifodalovchi so’z shakllari birligidan iborat bo’ladi.Boshqacha 
aytganda,morfologik tizm ichidagi ichki tizmlardan birining mohiyati belgilanadi. M; fe’lning 
zamon kategoriyasi fe’l morfologiyasida alohida tizimni tashkil etadi. SHuning uchun fe’lning 
zamonlariga nisbatan ,, fel zamonlar tizimi’’degan ibora ham qo’llanadi. Fe’lning zamon 
kategoriyasi, zamon tizimining mohiyati shundan ibortaki,zamon shakllarining barchasi 
harakatning nutq vaqtiga munosabatini bildiradi.
So’zning tarkibi; Asos va qo’shimchalar. 
So’z tarkibi asos va qo’shimchalardan iborat.So’zning asosiy ma’nosini ifodalab, mustaqil 
qo’llana oladigan qismi asos[o’zak] deyiladi.Mustaqil qo’llana olmaydigan ,asosga qo’shilib, 
unga yangi yoki qo’shimcha ma’no yuklaydigan, shuningdek, so’zlarni bog’lashga xizmat 
qiladigan qismga qo’shimcha deyiladi.Morfema -so’zning bo’linmas eng kichik ma’noli 
qismi.Asos ham,qo’shimcha ham morfema hisoblanadi.Ter+im+chi+lik,muomala+lar+imiz+ni 
so’zlarida to’rttadan morfema bor. Morfema ikki turli bo’ladi; asos morfema,qo’shimcha 
morfema.Asos morfema-yetakchi morfema,qo’shimcha morfema-ko’makchi 
morfema.So’zlarning eng kichik ma’noli qismlarini o’rganuvchi tilshunoslik bo’limiga 
morfemika deyiladi.So’zning tub ma’noli qismiga asos deyiladi. Asosda qo’shimchalar qo’shish 
natijasida qo’shish natijasida turli xil ma’nolar yuzaga chiqariladi.M;tin-ch,tin-ch-lik,ti-im-
siz,be-tin- im kabi so’zlarning asosi ,,tin’’ so’zdir,lekin qo’shimcha qo’shilishi bilan ma’no 
o’zgarib boradi.


Mustaqil so’z turkumlari. 
Mustaqil so’zlar lug’aviy ma’noga ega nominative vazifa bajaradigan ,ya’ni 
predmet,hodisa,belgi,harakat kabilarni ataydigan yoki unga ishora qiladigan va gapning mustaqil 
bo’lagi vazifasida
kela oladigan so’zlardir.Mustaqil so’z turkumlariga ot,sifat, olmosh, fe’l,son,ravish kiradi.
Ot -shaxs ,narsa ma’nolarni, shuningdek,joy nomlarini bildirib,kim? Nima?qayer? so’roqlariga 
javob bo’luvchi so’zlar.Ot shaxs otlari,narsa -buyum otlari, o’rin-joy otlariga bo’linadi.
Bir turdagi shaxs ,narsa,o’rin-joy,faoliyat-jarayon nomlarni bildiruvchi otlar turdosh otlar 
deyiladi.
SHaxs otlari kim? So’rog’iga javob bo’luvchi ,shaxslarni yoshiga ,yashash joyiga,mansab -
unvoniga,kasb-koriga,qarab nomlanib keladi.
Sifat-otga bog’lanib,uning belgisini bildiruvchi qanday?,qanaqa?,so’roqlariga javob bo’luvchi 
so’zlar sifat deyiladi.Sifatlar quyidagi darajalarga bo’linadi; oddiy daraja,qiyosiy 
daraja,ozaytirma daraja,orttirma daraja.
Narsalarning son -sanog’ini va tartibini bildirib qachon,necha,nechanchi,so’rog’lariga javob 
bo’ladigan so’zlar son deyiladi. 
Olmosh boshqa so’zlar ,shuningdek,so’z birikmasi va gap o’rnida almashtirib 
qo’llanuvchi,ularga ishora qiluvchi yoki so’roq bildiruvchi so’zlardir.Olmoshlar quyidagi 
turlarga bo’linadi;ko’rsatish olmoshlari,kishilik olmoshlari,o’zlik olmoshlari,so’roq 
olmoshlari,belgilash olmoshlari,gumon olmoshlari,bo’lishsizlik olmoshlari.
Fe’l-nima qilmoq, nima bo’lmoq so’roqlariga javob bo’lib,shaxs yoki narsalarning 
harakat,holotini atab kelgan so’z turkumi.
Ravish-harakat -holatning bajarilish tarzi,o’rni,daraja- miqdor kabi belgilarni bildiruvchiva 
qanday? Qachon? Qancha? So’roqlariga javob bo’luvchi so’zlar ravish deyiladi.
Yordamchi so’z turkumlari va alohida olingan so’zlar.
Yordamchi so’zlar-atash ma’nosiga ega bo’lmagan ,ma’lum so’roqga javob bo’lmaydigan va gap 
bo’lagi vazifasida kelmaydigan so’zlardir. 
Ko’makchi -ot, olmosh, harakat nomi va sifatdoshlardan keyin kelib ularni hokim so’zga 
bog’lanish uchun xizmat qiluvchi bilan,uchun,kabi,singari,orqali,sayin sari ,haqida, uzra 
so’zlardir.
Bog’lovchi-gapning uyishiq bo’laklarini va qo’shma gap tarkibidagi soda gaplarni o’zaro 
bog’lash uchun xizmat qiluvchi yordamchi so’zlardir.
Yukalamalar-so’z yoki gaplarga so’roq ,ta’kid ayirish-chegaralash,gumon,o’xshatish,inkor kabi 
ma’nolarni yuklovchi so’z va qo’shimchalardir.
Alohida olingan so’zlar.
Ifodalangan fikrga so’zlovchining munosabatini bildiradigan so’zlarga modal so’zlar 
deyiladi.Modal so’zlar ham kelib chiqishi jihatidan sof modal so’zlar va vzifadosh modal 
so’zlarga boi’linadi. 
His -hayajon,buyruq-xitob,haydas-chaqirish ma’nolarni ifodalaydigan sozlarga undov sozlar 
deyiladi.Undov so’zlar;his-hayajon undovl;ar,buyruq-xitob undovlar,urf-odat undovlarga 
bo’linadi.
Narsalarning tovushiga va holatiga taqlidni bildiradigan so’zlar taqlid so’zlar deyiladi.
Taqlid so’zlar nimaga tasqlidni bildirishiga ko’ra ikiga bo’linadi;
1.Tovushga taqlid so’zlar,


2.Holatga taqlid so’zlar.
Narsalarning ovoziga taqlidni bildiruvchi so’zlar tovushga taqlid so’zlar sanaladi.
Narsalarning holatiga taqlidni bildiruvchi so’zlar holatga taqlid so’zlar deyiladi.
Test.
1.Otlarning qaysi turlari -lik,-chilik,- garchilik,-ik ,im, iq qo’shimchalari yordamida yasaladi.
A]o’rin-joy otlari.
B]faoliyat-jarayoin otlari.
C]narsa otlari.
2. Fe’ldan ot yasovchi narsa oti yasavchi qo’shimchalarni toping.
1]gich;2]-k,3]don, 4]ma,5]-q; 6]-vchi.
A]2,4,5, B]2,4,5,6 C]1,2,4,5
3.-ch qo’shimchasi qaysi so’zda ot yasalmagan?
A]ovunch b]tinch C] yupanch.
4.Berilgan gapda olmoshning qanday ma’no turlari qo’llangan?
5.Qaysi so’roq olmoshi kelishik qo’shimchalarini qabul qilmaydi?
A]qancha B]nega C]nima
6.Mustaqil ma’nosini yo’qotish darajasiga ko’ra ,ko’makchilar nechi guruhga bo’linadi. 
A]2ta B]3ta C]4ta.
7.Sof bog’lovchilar qaysilar?
A]va ,hamda B] goh… goh,ba’zan C]na..na
8.Ya’ni, kim bog’lovchilari qaysi turiga kiradi.
A] sabab B]aniqlov bog’lovchi C] zidlov
9.Sof ko’makchilarga nimalar kiradi?
A] hamda, va lekin , B]bilan, uchun ,kabi
C]u, yu, da
10.Ishonch bildiradigan modal so’zlar qaysilar?
A]ehtimol, balki B]albatta ,shaksiz. C]xullas, demak.
402-guruh talabasi Quvondiqova Barchinoy. 
http://fayllar.org 

Download 28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling