Abdulvoxidov tursunalining web ilovalarni yaratish texnologiyalari fanidan


Download 1.3 Mb.
bet1/8
Sana22.02.2023
Hajmi1.3 Mb.
#1220188
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Kurs ishi -Abdulvoxidov Tursunali




O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA-MAXSUS TA’LIM
VAZIRLIGI
NAMANGAN MUHANDISLIK-QURILISH
INSTITUTI

AXBOROT TIZIMLARI VA TEXNOLOGIYALARI KAFEDRASI
7M-KTUDT-21 GURUH MAGISTRANTI
ABDULVOXIDOV TURSUNALINING
WEB ILOVALARNI YARATISH TEXNOLOGIYALARI FANIDAN
KURS ISHI

Namangan-2023
Mavzu: Talabalar turar joyi saytini yaratish

MUNDARIJA
KIRISH
I bob. Internet va uning ahamiyati.
1.1. Web saytlar va ulardan foydalanish.
1.2. Web sayt yaratish texnologiyalari.
1.3. Qidiruv tizimlari va ularning imkoniyatlari.
II bob. Wordpressda Web sayt yaratishning nazariy asoslari.

2.1. Google Sites-da veb-sayt yaratish


2.2. Google Sites-da NamMQI talabalar turar joyi saytini yaratish
Xulosa
Adabiyotlar

Bizning asrimizda kompyuter texnologiyalari jahonda tez sur’atlar bilan rivojlanayotgan sohalardan biri. Kompyuterlar shiddat bilan insonlar hayotiga kirib bormoqda. Ya`ni, har bir ish sohasini internet global tarmog`isiz, ta’lim muassasalarida esa sinf xonalarini komp`yutersiz tasavvur qilish qiyin. Komp`yuter texnologiyalari inson hayotida, barcha korxonalarda, firmalarda, o`quv joylarida, davlat muassasalarida katta ahamiyat kasb etmoqda.


Hozirgi vaqtda har bir tashkilot qaysi sohada ish olib bormasin, dunyo bozoriga chiqish uchun o`z faoliyatida internetdan foydalanishga katta e`tibor qaratmoqda.
Internetda axborotni joylashtirish uchun uning ekrandagi ko`rinishi qulay bo`lishiga, ya`ni Web-sahifasiga e`tibor berish zarur, chunki saxifadagi foydalanuvchi axborot har tomonlama bo`lishi mumkin va u Web-saytga joylashtiriladi. Aql bilan yaratilgan sayt, qoida bo`yicha, informatsion yagona bus-butun bo`lishi va joylashtirilgan axborotning ahamiyatiga qarab, ma`lum standartga ega bo`lishi kerak.
Axborot bugun inson hayotida eng muhim omilga aylanib bormoqda. Axborot o`z bilimini boyitishga yordam beradi, dunyoqarashini kengaytiradi va madaniy farovonligini yaxshilaydi. Internetga kirish axborot xazinasiga kirishdek, foydalanuvuchilarga cheksiz bilim qatlamini ochib beradi va qiziqarli onlarga, yaxshi tadqiqotlarga ega bo`lgan foydalanuvchilar uchun juda katta keng miqyosdagi imkoniyatlar beradi.
Xalqaro aspektda internet bilimi erkin axborot almashuviga, xalqaro tajriba almashuviga, alohida tijorat munosabatlarini o`tkazishga va er sharining har xil nuqtasidagi odamlarni bir biri bilan bog`lanib turishiga shart-sharoitlar ochib beradi. Internet bilimi faqat sahifama–sahifa ko`chib o`tish va kerakli axborotni tezda topish degani emas. Internet bilimi deganda, yuqoridagilarga qo`shimcha ravishda unga o`zining axborotini joylashtira bilish tushuniladi.
Bunda shunday joylashtirish kerakki, oqibatda bu axborot foyda keltirsin. Internetda axborotni joylash uchun Web sahifa zarur.
Hozirgi kunga kelib dunyoda ta’lim berish va ta’lim olish dolzarb masalalardan biriga aylandi. Chunki aynan sifatli ta’lim biz yashab turgan dunyoni turli muammolardan qutqarishda muhim rol oynashi endi xech kimga sir emas. Shu tufayli davlatlar ta’lim sohasiga katta mablag ajratmoqdalar. Bu borada mamlakatimizda ham salmoqli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.Ayni kezda 112 guruh va 1348 tovar va xizmatlar sinfidan iborat bo'lgan O'zbekiston Respublikasi tovarlar va xizmatlarning yagona elektron tasniflagichi uchun veb-portal joriy qilingan. Mahsulotlar va xizmatlar identifikatsiya kodlari yordamida 900 mingdan ortiq elektron hisob-fakturalar yaratilgan.
Shunday bolishiga qaramay ta’lim tizimimizda hali oz yechimini kutayotgan qator masalalar borki ularni bartaraf etmasdan zamonaviy sifatli ta’lim haqida gapirib bolmaydi. Xususan axborot olish va foydalanish tezligi juda yiriklashgan hozirgi davrda, fikrimizcha, ta’lim tizimiga raqamli texnologiyalarni jalb etmasdan ta’lim sifatini oshirish va ijtimoiy faol yoshlarni tarbiyalash mumkin emas. Biz ilgari ta’lim dasturlarini an’anaviy usulda ma’ruza shaklida olib borganmiz. Bu ham yirik xajmli kitoblar va qo’llanmalar orqali amalga oshirilgan. Bu oz navbatida ta’lim sifatining u qadar yuqori bolishini ta’minlamagan. O’quvchilar turli qo’shimcha materiallarni o’zlashtirish uchun ham yirik xajmdagi adabiyotlar va katta qappaygan sumkalarni ko’tarib yurishga majbur bo`lgan. Endilikda ta’limni raqamlashtirish jarayoni boshlandi.
Bu esa ta’lim oluvchiga zamonaviy qulayliklar yaratib ta’lim olishni osonlashtirmoqda. Raqamli texnologiyalar joriy etilgan ta’lim tizimi vostilari rolini multimediyalar, kodoskop, kompyuter, noutbuk, internetga ulangan televizorlar, telefon liniyalar, smart doska, proyektorlar bajarib beradi. Bugun ular bilan ta’lim tizimining qurollantirilishi o’quvchilarga dars mashgulotlarini sifatli otilishini ta’minlaydi. Bugungi pandemiya sharoiti ta’lim tizimida raqamli texnologiyalar qo’llanilishi yaxshi samara berishini isbotladi. Televideniya orqali berib borilgan onlayn darslar raqamli ta’limga o’tishning bir debochasi sifatida qabul qilsak bo’ladi. Bu jarayon oquvchiga uydan chiqmay turib ham ta’lim olish mumkinligini isbotlab berdi.
Raqamli ta’limga otishning boshqa afzalliklari to’grisida ham fikr yuritadigan bolsak ularga quyidagilarni kiritish o’rinlidir:
- o’quvchilar xohlagan joyida va xohlagan vaqtida ta’lim olish imkoniga ega boladi;
- o’quvchilar mutaxasis yetishmaydigan uzoq qishloqlarda ham fanlarni tanlash va uydan turib ta’lim olish imkiniga ega boladi;
- internetdan axborot olish va undan foydalanish madaniyati shakllanadi;
- ta’lim tizimini yangi bosqichga kotaradi;
- vaqt va mablag sarfini keskin kamaytiradi;
- “raqamli dunyo”da yo’qolib qolmaslik va yaxshi ish topishda ustunliklarga ega boladi.
Bugun mamlakatimizning barcha xududlarida ham internet tezligi yetarli emas. Bu esa o’z navbatida raqamli ta’lim tizimiga o’tishga t’osqinlik qiladi. Buni bartaraf etish uchun esa xukumat darajasidagi katta ishlar amalga oshirish talab etiladi. Prezidentimizning Oliy Majlisga murojaatnomalarida ayni shu sohada ko’rsatmalar berilgani biz fikr yuritayotgan sohada sezilarli yuksalish yuz berishiga ishontiradi.
Wi-Fi zonalar IT parklar ochilishi raqamli ta’lim tizimini yuksalishiga xizmat qiladi. Raqamli ta’limning joriy etilishi o’qituvchilar orasida ishsizlikni keltirib chiqarishi extimolini yuzaga keltiradi, ammo buni ham bartaraf etish imkoni mavjud. Buning uchun o’qituvchilarni raqamli texnologiyalar bilan ishlash qobiliyatini o’stirish va internet orqali turli ochiq kurslar tashkil etish orqali bandligini ta’minlash mumkin. Bunda nafaqat mamlakatimizdagi balki chet eldagi qator ta’lim oluvchilarni ham jarayonga jalb etish imkoni bo’ladi. Bu o’z navbatida mustaqil mablag’ topish imkonini bersa ikkinchidan o’qituvchini o’z ustida ko’proq ishlashi va raqobat tufayli ta’lim sifatini yanada ortishiga xizmat qiladi. Hozirgi vaqtda bunga telegram kanallari orqali amalga oshirilayotgan ta’limni misol sifatida keltirish mumkin. Bu kanallar orqali o’zlashtirish ko`p vaqt talab etadigan bilimlar qisqa muddatda yetkazib berilmoqda.
Xulosa sifatida aytish mumkinki raqamli texnologiyalarni ta’lim tizimiga joriy etilishi mamlakat ta’lim tizimini modernizatsiya qilishda katta rol o’ynaydi. Zamonaviy ta’limni tashkil etish va ta’lim samaradorligini ortishiga xizmat qiladi. Shu bilan birga jahon hamjamiyatida muhim o’rin egallashimizni ta’minlaydi.
WEB-texnologiyalarning rivojlanishi bilan ularni o’quv jarayonida qo‘llash va rivojlantirish dolzarb masalalardan biri bo’lib kelmoqda. Ayni vaqtda ushbu sohaning asosiy yo’nalishlaridan biri elektron kitoblar yaratish hisoblanadi. Oxirgi o‘n yillikda elektron kitoblar ahamiyati yuqori darajada oshdi va ular nashriy kitoblar bilan birgalikda o‘quv vositasi sifatida pedagogika tarkibiga to’liq kiritildi. Lekin shuni aytish joizki, ular nashriy kitoblardan bir nechta xususiyatlari va imkoniyatlari bilan ajralib turadi. Bunga misol sifatida elektron kitoblarga qo‘shiladigan animatsiya va tovush effektlarini keltirishimiz mumkin. Elektron kitoblar mohiyati oshishi bilan ularni ishlab chiqarish vositalari ham rivojlanib kelmoqda. Elektron kitoblar yaratuvchi dasturiy vositalarga Microsoft FrontPage, Macromedia Flash, Macromedia Dreamweaver, Goldfusion va boshqalarni keltirishimiz mumkin. Ushbu dasturiy vositalar interaktiv muhitda elektron kitob yaratish uchun kerak bo’lgan asboblarni taqdim etadi va bu imkoniyatdan oddiy foydalanuvchilar ham foydalanishlari mumkin. Yaratilayotgan barcha elektron kitoblar asosida gipermatniy belgilash tili yotadi (Hyper Text Markup Language).  Shuni inobatga olib, elektron kitobning qaysi dasturiy vositasida yaratilishidan qat’iy nazar, uni Microsoft Windows operatsion tizimi yordamida o‘qib olishimiz mumkin. Elektron kitob ma’lumotlarini o‘qish dasturi brauzer deb ataladi (Internet Explorer, Netscape Navigator va boshqalar).
Internet global tarmog‘i rivojlanishi bilan axborot texnologiyalari sohasida ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash, qabul qilish va uzatishning yangi vositalari paydo bo‘lmoqda. Ushbu yangiliklarni inobatga olgan holda, elektron kitoblarning yana bir qulayligi, ularni tarmoqda ko‘rish va o‘qish mumkinligidir.
Kurs ishining maqsad va vazifalari - “Namangan muhandislik-qurilish insituti kimyoviy texnologiyalar kafedrasi web saytini yaratish va uni ma`lumotlar bilan to`ldirish” mavzusidagi kurs ishimning eng asosiy maqsadi :

  1. Web sayt yaratuvchi dasturiy vositalarni o`rganish;

  2. Web sayt yaratuvchi dasturiy vositalarning imkoniyatlarini taqqoslash va chuqur o’rganib chiqish;

  3. Kafedraning qiyinchiliksiz kunlik ma`lumotlarni yangilay oladigan dasturiy vosita orqali web saytni yaratish.

Kurs ishining tadqiqot obyekti. Tadqiqot ob’yektiga quyidagilarni ko’rsatish mumkin : Kimyoviy texnologiya kafedrasi web sayti tadqiqot predmetiga quyidagilarni ko’rsatish mumkin : Microsoft Word, Microsoft Power Point, Microsoft Picture Manager, Wordpress dasturlari yordamida yaratilgan web sahifalar. Olingan asosiy natijalar: Kimyoviy texnologiya kafedrasi rasmiy web sayti yaratildi va internet tarmog`ida joylashtirildi.
Usullari: Natijalarni hal qilishda ilmiy uslubiy kompyuter texnalogiyalari va informatikaga oid adabiyotlar tahlillarini o`rganish, kuzatish, tahlil qilish, internet forum tajriba eksprement kabi metodlardan foydalanilgan.

Kurs ishidan olingan natijalarning yangiligi va amaliy ahamiyati: Natijalarga ilmiy jihatdan yondashadigan bo’lsak, bu ishning ilmiy yangiligi va amaliy ahamiyati quyidagilar:


1. Masalaning qo’yilishini o’rganib chiqqan holda Wordpress dasturini o`zim tanlab o`rganib chiqib web saytni yaratdim.
2. Amaliy ahamiyati juda katta, chunki : yaratilgan saytdan kafedra foydalanishi mumkin.



Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling