Абдуназарова Шабнам Жамшид қизи


Download 26.95 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi26.95 Kb.
#206534
Bog'liq
Abdunazarova yakuniy


Билет №1

Абдуназарова Шабнам Жамшид қизи



  1. Ўзбекистонда аудиторлик фаолиятини меъёрий-ҳуқуқий тартибга солиш тизими ва унинг элементлари

  2. Харажатлар ва маҳсулот ишлаб чиқариш таннархи таҳлили.

  3. Аудиторлик фаолиятининг моҳияти, мақсади ва вазифалари.

Javoblar:

  1. O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining jahon iqtisodiy integratsiyasiga asta-sekin qo’shila borishi barcha sohada bo’lgani kabi auditorlik faoliyatida ham tub o’zgarishlarni amalga oshirishni taqozo etmoqda. Shu boisdan, auditni xalqaro talablarga muvofiq o’zgartirish keyingi vaqtlarda O’zbekiston uchun tobora dolzarb ishga aylanmoqda. Bozor munosabatlarini jadallashtirishda respublikamizning jahon bozoriga yanada chuqurroq kirib borishi iqtisodiy islohotlarni rivojlantirishni, iqtisodiy munosabatlarni yanada kengroq amalga oshirish uchun auditorlik faoliyatini xalqaro standatlarga moslashtirishni taqozo qilmoqda. Bu borada auditorlik faoliyatining milliy standartlari ishlab chiqilmoqda. Hozirgi kunga kelib quyidagi auditning milliy standartlari tasdiqlangan:

- Auditni rejalashtirish;

- Audit ishi sifatini nazorat qilish;

- Auditorlik tekshiruvini hujjatlashtirish;

- Muhimlik va auditorlik tavakkalchiligi;

- Moliyaviy hisobotda bo’lgan boshqa axborot;

- Ma’lumotlarning kompyuter ishlovi (MKI) sharoitida audit;

- Tahliliy taomillar;

- Auditorlik tanlash;

- Ekspert xizmatidan foydalanish;

- Moliyaviy hisobotning chalkashliklari aniqlanganida auditorlik tashkilotining ish tutishi;

- Auditorlik tekshiruvini o’tkazishda me’yoriy-huquqiy hujjatlarga rioya etishni tekshirish;

- Xo’jalik yurituvchi sub’ekt faoliyati bilan tanishishAuditorlik dalillari;

- Aloqador shaxslar o’rtasida bitimlar bo’yicha auditorlik dalillarini olish taomillari - Moliyaviy hisobot tuzilgan sanadan keyingi hodisalar;

Boshqa auditor ishi natijalaridan foydalanish.

- Auditorlik hisoboti va moliyaviy hisobot to’g’risidagi auditorlik xulosasi

- Maxsus savolni tekshirish natijalari bo’yicha auditor hisoboti

- Auditorlik tashkilotlarining kasbga doir xizmatlari

O’zbekiston Respublikasi auditorlik faoliyatining 3, 4, 5, 6, 9, 10, 11, 13, 14, 16-son milliy standartlari «Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi O’zbekiston

Respublikasi Qonuni, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 10 iyundagi «Oliy Majlisning XIV sessiyasida O’zbekiston Republikasi Prezidentining ma’ruzasida keltirilgan asosiy qoidalarni amalga oshirilishi chora-tadbirlari to’g’risida»gi 296-son qarori asosida ishlab chiqilgan va ular O’zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini me’yoriy jihatdan tartibga solish unsuri bo’lib hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi auditorlik faoliyatining 25, 31, 50, 55, 56, 60, 70, 80, 90-son milliy standartlari «Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi qonuni, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 22 senyabrdagi «Auditorlik faoliyatini takomillashtirish va auditorlik tekshiruvlari rolini oshirish to’g’risida» 365-son qaroriga asosan ishlab chiqilgan va ular O’zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini me’yoriy tartibga solish elementi hisoblanadi.


  1. Foydani ko`paytirish va rentabellikni oshirish uchun xarajatlarni kamaytirish va

tannarx darajasini pasaytirish imkoniyatlarni aniqlash choralarini ko`rish zarur.Shu nuqtai nazardan tahlil katta ahamiyatga ega. Tahlilning maqsadi bo`lib, ishlab chiqarish xarajatlarini va tannarx darajasini omilli tahlil qilish asosida ularning hajmini kamaytirish va darajasini pasaytirish imkoniyatlarini aniqlash hisoblanadi.

Ushbu maqsadga tahlil quyidagi vazifalarni amalga oshirish orqali erishadi:

1.Ishlab chiqarish xarajatlari hajmini omilli tahlil qilish va omillar tasiriga baho

berish;


2. Ishlab chiqarish xarajatlarini har bir xarajat elementlari bo`yicha o`zgarishini

omilli tahlil qilish va baho berish;

3. Mahsulot tannarxi darajasini o`rganish va uning o`zgarishiga ta`sir qiluvchi

omillarning ta`sirini aniqlab, baho berish;

4 Mahsulot tannarxi tarkibi va tarkibiy tuzilishini har bir xarajat moddalari bo`yicha o`zgarishini omilli tahlil qilish va baho berish;

5.Tannarxni pasaytirish imkoniyatlarini ko`rsatish va ulardan foydalanish bo`yicha tavsiyalar berish. Mahsulot tannarxi korxona xo`jalik faoliyatining barcha tomonlarini aks ettiruvchi umumlashtirilgan ko`rsatkichdir. Ushbu ko`rsatkichni to`g`ri hisoblash va tahlil qilish asosida uni kamaytirish yo`llarini ko`rsatish iqtisodiyot nuqtai nazaridan katta ahamiyatga egadir. Tannarx deganda tayyor mahsulotni yetishtirish uchun sarf bo`lgan ishlab chiqarish xarajatlarining pul shaklida ifodalanishi tushuniladi.

Tannarx o`z navbatida jami mahsulot tannarxi, mahsulot birligi tannarxi va 1 so`mlik mahsulotga to`g`ri keladigan xarajat ko`rsatkichlariga bo`linadi.


  1. Jamiyatning rivojlanib borishi bilan iqtisodiy munosabatlar ham rivojlanib

borgan,natijada xo`jaliklarda o`z ixtiyorida bo`lgan mulklardan ko`proq foyda olish masalasi dolzarb muammoga aylanib borgan. Ushbu jarayon auditning kelib chiqishigasababchi bo`lgan. Audit tadbirkorlik faoliyatining ma`lum bir turi sifatida shakllandi va rivojlanib bormoqda. Auditning paydo bo`lishi 1850 yillarga to`g`ri keladi, ya`ni shu davrda Buyuk Britaniyada paydo bo`lgan.Keyinchalik Amerika,Yevropa va Osiyoning qator mamlakatlarida rivoj topgan.Auditorlik faoliyati mamlakatimiz – O`zbekistonda ham tashkil topgan va rivojlanib bormoqda«Audit» so`zining ma`nosi adabiyotlarda turlicha talqin qilinib, kelingan. Ayrimlarida u lotin tilidan olingan bo`lib, «U eshitadi», «Eshitaman» degan ma`noni, boshqa birlarida esa ingliz tilidan olingan bo`lib, «U yordam beradi», «Ko`maklashadi» degan ma`noni bildiradi, deb ko`rsatilgan. Bulardan tashqari audit so`zi «Tekshiradi», «Taftish qilish» degan ma`noni bildiradi deb qayd qilingan fikrlar ham mavjud. Ma`lum ma`noga ega bo`lgan ushbu so`zlar shaklan bir-biridan farq qilsa ham, ular mazmunan bir-biriga yaqin, bir-birini to`ldiruvchi so`zlardir. Faoliyat to`g`risidagi ma`lumotlarni eshitib, ko`rib, tekshirishdan o`tkazib, nuqson-kamchiliklarni aniqlab, ularni tugatish yo`llarini ko`rsatish orqali ko`maklashish o`ziga xos bo`lgan audit faoliyati bo`lib hisoblanadi. Audit bugungi kunda maxsus kasb, faoliyat turi va fan tariqasida tan olingan. Audit deganda korxonalar va tashkilotlarning moliyaviy holatini va u bilan bog`liq bo`lgan moliyaviy axborotlarni tekshirish va iqtisodiy tahlil etish hamda ular asosida xulosa va tavsiyalar berish usuli tushuniladi. Auditning maqsadi-xo`jalik yurituvchi sub`yektning moliyaviy hisoboti va u bilan bog`liq bo`lgan moliyaviy axborotlarini tekshirish asosida, ulardagi ma`lumotlarning Qonun va qonunosti hujjatlari talablariga mos kelish-kelmaslik holatini aniqlash hamda xo`jalik faoliyati samaradorligini oshirish va buxgalteriya hisobini takomillashtirish bo`yicha taklif va tavsiyalar berishdan iboratdir.

Auditning vazifalari. Audit o`z maqsadiga quyidagi vazifalarni amalga oshirish orqali erishadi:

1.Harakatdagi Qonunlar, Nizomlar va boshqa meyoriy hujjatlarga xo`jalik faoliyatini yuritishda amal qilinayotganligini tekshirish;

2.Xo`jalikda mavjud bo`lgan mol-mulkdan maqsadli foydalanish darajasini

tekshirish;

3.Byudjetga tegishli bo`lgan soliqlarning hisoblanishi va o`tkazilishining to`g`riligini tekshirish;

4.Debitorlik va kreditorlik qarzlari bo`yicha o`zaro hisob-kitoblarning to`g`riligini tekshirish;

5.Buxgalteriya hisobi schyotlarining yuritilish holatining to`g`riligini tekshirish;

6.Moliyaviy hisobotning to`g`ri tuzilganligini va undagi ma`lumotlarning

haqqoniyligini tekshirish va baho berish;

7.Audit natijalarini umumlashtirish va rasmiylashtirish;

8.Biznes-rejani tuzish va buxgalteriya hisobini yuritish bo`yicha maslahat va



tavsiyalar berish.
Download 26.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling