Abdurahimova Vasila Odilbek qizi FarDU, maktabgacha taʼlim, 3-kurs talabasi Annotasiya


Download 16.51 Kb.
bet1/2
Sana16.06.2023
Hajmi16.51 Kb.
#1504410
  1   2
Bog'liq
maqola tekshirildi (2)


XUSUSIY MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTLARI VA OILA HAMKORLIGIDA TARBIYALANUVCHILARNING AXLOQIY MADANIYATNI SHAKLLANTIRISH


Xallokova Maksudaxon Ergashevna - FarDU, maktabgacha ta`lim kafedrasi katta o`qituvchisi, (PhD)
Abdurahimova Vasila Odilbek qizi - FarDU, maktabgacha taʼlim, 3-kurs talabasi


Annotasiya. Usbu maqolada xususiy maktabgacha ta`lim tashkilotlari hamda oila hamkorligida tarbiyalanuvchilarning axloqiy madaniyatini shakllantirish jarayonining o`ziga hos hususiyatlari yoritilgan.
Kalit so`zlar: maktab, tarbiyachi, axloqiy madaniyat, modda.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev “Zamonaviy maktabgacha ta`lim sog`lom va barkamol avlodni voyaga yetkazishda muhim o`rin tutadi”, deya ta`kidlaydi. Hozirgi kunda O`zbekistin Resplikasida maktabgacha ta`lim vazirligi tassarufidagi maktabgacha ta`lim tashkilotlarida bolalarni sifatli maktab ta`limiga tayyorlashga alohida e`tibor qaratilgan.


Xususan, 2018-yilda maktabgacha ta`lim sohasida bolalar qamrovi 34.4% tashkil etgan bo`lsa, bu ko`rsatkich 2019- yil yarim yilligi yakuniga 40.5% ni tashkil etib, maktabgacha ta`lim sohasini rivojlantirish borasida islohatlarning sezilarli natijalari kuzatilmoqda. 2020-yili ushbu ko`rsatkichlar 60.9%ga yetgazildi.
Bugungi kunga kelib respublikamizda 18 254 ta maktabgacha ta`lim yo`lga qo`yilgan bo`lib, 1699 566 nafar bolalar qamrab olingan. Bulardan mavjud MTMlarning 6197 tasi davlat tasarrufidagi maktabgacha ta`lim tashkilotlarini tashkil etadi. Nodavlat sektordagi 12057 ta bog`chaning 788 tasi davlat xususiy sherikchilik asosidagi , 10224 tasi oilaviy , 1025 tasi xususiy maktabgacha ta`lim tashkilotlarini tashkil etadi.
O`zbekiston Respublikasi Prezdidentining 2018-yildagi 30-sentabrdagi PQ-3955-sonli “Maktabgacha ta`lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora tadbirlari to`g`risida”gi qaror vaO`zbekiston Respublikasi maktabgacha ta`lim vazirining 2018-yil 21-nayabrda 2-MX sonly buyrug`i asosida maktabgacha ta`lim tashkilotlarida kuzatuv kengashi ishi boshlandi .Kuzatuv kengashi raisi ota-onalar va kengasg kotibi maktab o`qtuvchilardan a`zolari MTT pedagoglari ota-onalar mahalla vakillaridan tashkil topgan bo`ladi .BU esa MTTning yanada gullab yashnashi uchun ayyni muddo bo`ldi.”Talim to`g`risidagi qonun”ning 30-moddasi orqali farzandlarning tarbiyasi va ularning ta`lim olishlari qonuniy huquqlari va manfaatlari himoyasi borasida ota-onalarning o`rni va javobgarligi oshirildi. Maktabgacha yoshdagi bolaning maktab ta`limiga o`tishi uning hayoti , qiziqishlari, axloqi bo`yicha tubdan o`zgarishlar yuzaga chiqdi.Maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalarni maktab talimiga tayyorlashda yoki oilada maktab ta`limiga tayyorlashda bola uchun qiyin bo`lmagan bilim , tushinchalar ko`nikma va malaka bilan tanishtirish kerk bo`ladi.Bolalarga birinchi bo`lib talimni oilada beriladi, bola dastlabki xayot ko`niklarini oilada oladilar yani ota – onadan oladi bu ota ona oldida turgan asosiy maqsad va vazifa ya`ni ota –ona uchun ham qarz ham farzdir.
Axloq arabcha so`zdan olingan bo`lib xulq-atvor ma`nolarini bildiradi. Axloq - ma`naviyatning tarkibiy qismi sifatida shaxsni kamolotining yuqori bosqichi sanaladi. Axloq kishining bir biriga bolgan munosabatlari, oilada oila a`zolariga nisbata axloqiy madaniyatni ko`rishimiz mumkin boladi bunda kattalarni bir birlariga bo`lgan xulq atvorlari, xatti harakatlari orqali odoadi.blarini nomoyon qiladilar. Inson taraqqiyotida axloq muhim o`rin tutadi. Sharqning buyuk mutafakkirlari insonni axloqiy komol toptirish, uni har tamonlama rivojlantirish, ma`naviy qiyofasini shakllantiradi. Axloqni shakllantirishida va uning ijtimoiy o`rnida dinning ahamiyati katta. Islom dinining asosiy maqsadlaridan biri, insonga yomonlikning zararlarini bayon qilish va yomon yo`lga kirib ketgan insonlarni yaxshi yo`lga chorlash, axloqiy madaniyatning bir ko`rinishi, desak bo`ladi. Zardushdiylikning muqqatddas kitobi Avestoda yaxshilik va ezgulik hudosi Ahuramazda bilan yomonlik va yovuzlik hudosi Axramanyu o`rtasidagi kurash abadiy davom etdi, axloq bu kurashning ifodasidir, degan g`oya ilgari surilgan.
Xristiyan, Yaxudiy va boshqa dinlarda ham axloq, yaxshilik, yomonlik o`z ifodasini topgan.Axloq shaxs yoki guruh faoliyatini baxolash orqali jamiyatdagi munosabatlarni boshqarish mexanizimi emas . Axloq shunchaki munosabatlarni tartibga keltirish uchungina emas , balki ularbi uyg`unlashtirish uchun ham zarur Munosabatlarni boshqarish ikki xil usul billan amalga oshadi : xulq -atvorni rag`batlantirish va jazolash .
Axloqiy madaniyatni bolalargan singdirish avvalo oiladan boshlanadi. Oilada ota onalarni axloqiy madaniyati qanchalar yuqoridarajada shakillanganligini mitti insonlarda yani bolalarda ko`rishimiz mumkun bo`ladi. Oila ulug` qo`rg`on bu qo`rg`onda bolalar qanchalik axloqli va madaniyatli bo`lib tarbiya topganligini ko`rishimiz mumkin bo`ladi. Biz o`zbek ekanmiz oilalarda va mahallada bolalarni axloqiga va tarbiya madaniyatiga alohidan urg`u beiladi shuning uchun ham xalqimizda bir maqol bor “Bola aziz odobi undanda aziz“, “Bodobli bola elga manzur“.
Bolalarga madaniyat tushunchasini singdirish uchun birinchi o`rinda ota- onalar ko`magi kerka bo`ladi. Bolalarda axloqiy madaniyatni shakillantitishda oila va tarbiyachi birgalikda uyg`un holatda ishlashi kerak. Tarbiyachilar ularga axloqiy madaniyat tushunchalarini tengdoshlari bilan bo`ladigan suhbatlar orqali o`rgatishi zarur. Bola axloqi to`g`risidagi kamchiliklarini bolalar oldida izza qilish orqali emas, ota-ona bilan individual tarzda ishlash lozim. Chunki bu usulda ularni axloqiy madaniyatga chaqiradigan bo`lsak bola ruhiyatiga, psixalogiyasiga salbiy ta`sir ko`rsatishimiz mumkin. Bolalar psixaloyiyasi juda murakkab, ya`ni bolalarda tezda arazlash, ruhiyati sinish kabi holatlar kuzatiladi. Bu jarayonda oqilona harakatlar tarbiyachidan talab etiladi.
Bolalarda axloqiy madaniyatni shakllantirishda axloqiy qadiriyatlarimiz va madaniyatimizni singdirish zarur. Bolalarga qadiriyatlarimizga bo`lgan hurmat tuyg`sini va axloqiy madaniyati tuyg`ularini tushuntirishimiz kerak bo`ladi. Bolalar asosan ko`rish va eshitish orqali yaxshi eslab qoladilar, shuning uchun axloqli va axloqsiz bolalarni farqlashlari uchun video roliklar, ko`rgazmalar, rasmlar orqali han bolalarga tushuncha berishimiz mumkin. Ishontirish orqali bolalarni axloqiy tarbiyalash katta yordam berdi “Kasal bo`lmaslik uchun ovqatlanishdan oldin qo`lni yuvish kerak”, “O`rtog`ini urush yo`monligi“ kabi. Ishontirish o`z navbatida namuna ko`rsatishda qo`l keladi.
Bundan tashqari bolalarga axloqni aks etiruvchi ertaklarni o`qib berish ham katta yordam beradi. Tarbiyachi o`zi ertak oqib berganda bolalar bilan ertakni tahlil qilib, bolalardan ertak qahramonlari xulqi va axloqi haqida suxbat va savol-javob uyushtirish mumkin. Bundan tashqari bolalarning o`zlariga ertak qahramonlari rollarini berib, sahna ko`rinish tashkillash va buni o`z ko`zlari bilan ko`rishlari bolalarda sezilarli xulosani shakllantirishda muhim funksiya bajaradi.



Download 16.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling