Abduraimov Doston
Download 0.5 Mb. Pdf ko'rish
|
1-mavzu fizika
- Bu sahifa navigatsiya:
- Abduraimov Doston
Abduraimov Doston 1-test 1. Uzunligi 450 m ga teng bo‘lgan yo‘lovchi poezd, 300 m uzunlikdagi ko‘prikdan o‘tdi. Bunda poezdning bosib o‘tgan yo‘li nimaga teng? A) 450 m B) 300 C) 150 m D) 750 m 2. Tennis koptogi 3 m balandlikdan erga tushdi va erdan qaytib ko‘tarilayotganda, 70 sm balandlikda tutib olindi. Koptokning yo‘li va ko‘chishini toping. A) 3 m; 70 sm B) 3,7 m; 2,3 m C) 3,07 m; 2,03 m D) 3 m; 2,3 m 3. Velosipedchi to‘g‘ri yo‘l bo‘ylab g‘arbga tomon 7 km yurdi, so‘ngra qaytib sharq tomon yana 3 km yo‘l yurdi. Velosipedchining yurgan yo‘li-L(km) va ko‘chish moduli-S(km) nimaga teng? A) L=10; S=4 B) L=10; S=10 C) L=3; S=4 D) L=4; S=3 4. Havo shari vertikal yo‘nalishda 200 m balandlikka ko‘tarilgach, shamol uni gorizontal yo‘nalishda 150 m masofaga eltib bordi. Havo sharining o‘tgan yo‘li (m) va ko‘chish modulini (m) toping. A) 350; 250 B) 350; 50 C) 350; 200 D) 200; 150 5. Moddiy nuqtaning A dan V ga Harakatlanishdagi AVSD traektoriyasi berilgan, Nuqtaning bosib o‘tgan yo‘li va ko‘chishi nimaga teng? A) 12; 4 B) 20; 4 C) 4; 20 D) 16; 4 ; 6. Biror jism XOY tekislikda harakat qilmoqda. Quyidagi tenglamalarning qaysi biri uning harakat traektoriyasi bo‘lishi mumkin? A) x=5t + 6 B) x=x 0 + 6t C) S x =5t, S u =at 2 /2 D) y=5x + 6 7. Turist gorizontga nisbatan 30° burchak hosil qilgan qiyalikda 200 m yo‘l bosdi. Turistning vertikal yo‘nalishdagi ko‘chishini aniqlang (m). A) 173 B) 100 C) 200 O) 141 8. Avtomobil gorizontga nisbatan 30° burchak hosil qilgan qiyalikdan 200 m ga ko‘tarildi. Avtomobilning gorizontal yo‘nalishdagi ko‘chishini toping. A) 173 B) 100 C) 200 D) 141 9. Samolyot avval shimol tomonga 40 km, so‘ngra sharq tomonga 30 km masofaga parvoz qildi. Uning ko‘chishini toping. A) 30 km B) 40 km C) 50 m D) 70 km 10. Jism koordinatlari (4; 2) (m) bo‘lgan nuqtadan koordinatlari (0;-1) (m) nuqtaga ko‘chgan. Jism ko‘chishini toping (m). A) 5 B) 4 C) 3 D) 7 Abduraimov Doston 1.d 2.b 3.a 4.a 5.b 6.d 7.b 8.a 9.c 10.a Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling