Abduramanov xamid xudaybergenovich arabov nurali uralovich xolmuxamedov muhsinjon murodullaevich
-jadval Asosiy engil sanoat mahsulotlarining aholi tomonidan iste’mol qilinishi
Download 1.86 Mb. Pdf ko'rish
|
9.3-jadval
Asosiy engil sanoat mahsulotlarining aholi tomonidan iste’mol qilinishi, aholi jon boshiga (yil boshiga nisbatan) Ko’rsatkichlar 1991 y 2001 y 2010 y 2012 y Matolar, jami (metr) 7,1 5,6 9,7 10,0 shu jumladan: Paxta tolasidan tayyorlangan gazlamalar (metr) 2,2 2,2 2,9 3,0 Jun gazlama (metr) 0,3 0,3 0,7 0,8 Zig’ir tolasidan to’qilgan matolar, shoyi, ipak gazlamalar (metr) 1,8 3,2 4,6 4,7 Aralash matolar 0,7 - 1,5 1,5 Ustki kiyimbop trikotaj (dona) 0,6 1,1 2,5 2,6 Ichki kiyimbop trikotaj (dona) 0,9 1,6 3,5 3,6 Charm poyafzal (juft) 1,6 3,2 3,4 3,5 Paypoq mahsulotlari (juft) 3,7 6,0 6,7 6,7 Aholi ehtiyojlarini ta’minlash uchun zarur bo’lgan nooziq-ovqat mahsulotlarning katta qismi ilgari respublikamizda ishlab chiqarilmas, balki chetdan keltirilar edi. Jumladan, televizorlar, kir yuvish mashinalari, elektr changyutgichlar, engil mashinalar 100 foiz, gazmollarning qariyb 40 foizi, barcha turdagi oyoq kiyim va boshqa shunga o’xshash mahsulotlarning 30 foizi chetdan olinib kelinardi. Mustaqillik yillarida yurtimizda iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarishning ancha faol o’sishi asosan 2000 yildan so’ng, mamlakatimizda ularni ishlab chiqarishni rag’batlantiradigan shart-sharoitlar bosqichma-bosqich yaratila boshlanganidan keyin kuzatildi. 183 Hozirgi vaqtda mamlakatimiz sanoati aholining sifatli mebel, gilam mahsulotlari, engil avtomobillarga bo’lgan ehtiyojini to’liq ta’minlay oladi. Yurtimizda televizorlar, kondistionerlar va ekologik xavfsiz muzlatgichlar ishlab chiqarish hajmi sezilarli darajada o’sdi. Trikotaj mahsulotlari, oyoq kiyimlar tayyorlash va engil sanoatning boshqa tarmoqlari yuqori sur’atlar bilan rivojlanib bormoqda. Agar 2000 yilga qadar, o’tish davrining ob’ektiv shart-sharoitlari tufayli, aholining asosiy nooziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan talabi va ta’minoti pasaygan bo’lsa, so’nggi o’n yillikda bu boradagi ko’rsatkichlarda barqaror o’sish tendenstiyasi kuzatilmoqda. Bu jarayonda uy xo’jaliklari eskirgan va noquylay maishiy va elektrotexnika buyumlaridan voz kechib, yangi, zamonaviy, sifat jihatidan eski buyumlardan keskin farq qiladigan mahsulotlarni tez sotib olmoqda. Qayd etilgan davrda mutlaqo yangi mahsulotlar paydo bo’ldi. Bugun ularni xonadon egalari katta qiziqish bilan sotib olmoqda: raqamli televizor va fotoapparatlar, sun’iy yo’ldosh antennalari va mobil telefonlar, DVD pleyerlar, kompyuter va unga qo’shimcha qurilmalar, noutbuklar va boshqa elektron texnikalar, qurilish materiallarining yangi turlari, qadoqlash buyumlari va boshqa ro’zg’or ashyolari shular jumlasidandir. Shunisi e’tiborliki, xonadonlarning zamonaviy maishiy va elektrotexnika bilan ta’minlanish sur’atlari yurtimizning barcha hududlarida bir maromda, mutanosib tarzda o’sib bormoqda (9.4-jadval). Download 1.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling