254
ATAMALAR LUG‘ATI
Aholi daromadlari – bu alohida shaxs yoki oila (uy xo‘jaligi)
tomonidan
turli manbalardan ma’lum davr mobaynida olinadigan va iste’mol, jamg‘arma, turli
yig‘in va soliqlarga sarflanadigan pul va natural tushumlar majmuasidir.
Aholi daromadlari indeksatsiyasi –
olingan mehnat va boshqa
daromadlarning xarid qobiliyatini saqlash va tiklashga qaratilgan davlat mexanizmi
tushuniladi.
Аhоlini ijtimоiy muhоfаzа qilish – bu dаvlаt tоmоnidаn munоsib
turmushni, ya’ni jаmiyat rivоjining zаmоnаviy bоsqichidаgi stаndаrtlаrgа mоs
mоddiy tа’minоtni vа insоnning erkin rivоjlаnishini tа’minlаsh mаqsаdidа dаvlаt
tоmоnidаn kаfоlаtlаnаdigаn vа
аmаlgа оshirilаdigаn huquqiy, ijtimоiy-iqtisоdiy
vа tаshkiliy tаvsifdаgi chоrа-tаdbirlаr mаjmuаsi.
Aksiya – bu uning egasi hissadorlik jamiyati kapitaliga o‘zining ma’lum
hissasini qo‘shganligi va uning foydasidan dividend shaklida daromad olish huquqi
borligiga guvohlik beruvchi qimmatli qog‘oz.
Aholining pul daromadlari –
bu ish haqi, tadbirkorlik faoliyatidan
olinadigan daromad, nafaqa, pensiya, stipendiya shaklidagi barcha pul tushumlari,
mulkdan foiz,
dividend, renta, qimmatli qog‘ozlar, ko‘chmas mulk, qishloq
xo‘jaligi mahsulotlari, hunarmandchilik buyumlarini sotishdan
va har xil xizmatlar
ko‘rsatishidan kelib tushadigan daromadlar.
Do'stlaringiz bilan baham: