Abduramanov xamid xudaybergenovich arabov nurali uralovich xolmuxamedov muhsinjon murodullaevich


Download 1.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/170
Sana18.06.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1592317
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   170
 
 


82 
4.3. Transfertlarni hisoblash tartibi 
 
Transfertlar, odatda, uncha katta bo’lmagan hajmda va muntazam ravishda 
to’lab boriladigan joriy transfertlarga hamda bir marta (yoki muntazam 
bo’lmagan), odatda yaxlit yirik summada to’lanadigan kapital transfertlarga 
ajratiladi. 
Halqaro standartlarga muvofiq ravishda, ushbu metodikada aholining 
umumiy daromadlari tarkibiga faqat joriy transfertlar kiritiladi va ularni joriy hisob 
davrida xarajat qilish imkoniyati mavjud bo’ladi. 
Joriy transfertlar ijtimoiy ajratmalarga (ijtimoiy sug’urta to’lovlari va 
ijtimoiy yordam choralariga) va boshqalarga (tashkilotlardan va boshqa uy 
xo’jaliklaridan to’lanadigan to’lovlarga) bo’linadi. 
Transfertlardan olingan daromadlarni hisoblashda quyidagi ma’lumotlardan 
foydalaniladi: 
 O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari 
pensiya jamg’armasining pensionerlar soni va ularga tayinlangan pensiyalar 
to’g’risidagi ma’lumotlari; 
 O’zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish 
vazirligining aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash (kam ta’minlangan oilalar uchun
18 yoshgacha bolalari bo’lgan oilalar uchun, 2 yoshgacha bolalari bo’lgan 
ishlamaydigan onalar uchun nafaqalar) to’g’risidagi ma’lumotlari; 
 O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining aholidan pul tushumlari va 
aholiga pul mablag’lari to’lovlari, shuningdek, chet elga va chet eldan amalga 
oshirilgan pul o’tkazmalari to’g’risidagi ma’lumotlari; 
 uy xo’jaligiga boshqa uy xo’jaliklaridan amalga oshirilgan to’lovlar 
to’g’risidagi ma’lumotlar qismi bo’yicha uy xo’jaliklari kuzatuvi natijalari. 
 
 
 
 


83 

Download 1.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling