Abdurashid abdurahmonov turkiy adabiyotning qadimgi davri


Download 8.37 Mb.
Pdf просмотр
bet1/29
Sana05.12.2019
Hajmi8.37 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
74085

M J
ABDURASHID  ABDURAHMONOV
TURKIY  ADABIYOTNING 
QADIMGI  DAVRI

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
OLIY VA 0 ‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
ALISHER NAVOIY NOMIDAGI SAMARQAND 
DAVLAT UNIVERSITETI
ABDURASHID ABDURAHMONOV
TURKIY ADABIYOTNING 
QADIMGIDAVRI
(Eng qadimdan islomgacha bo‘lgan davr)
Oliy о ‘quv yurtlariningjttologfya fakultetlari 
bakalavr hamda magistrlari uchun qo ‘llanma
Oliy va о ‘rta maxsus ta 'lim vazirligi tomonidan bakalavriat (to ’Цт 
yo ‘nalishi: 5220100
  -
 
filologiya (o ‘zbekfihlogiyasi) hamda 
magistriat (mutaxassisligi: 5A 220101
  -
 
adabiyotshunoslik (o‘zbek)lar 
uchun о ‘quv qo ‘llanma sifatida tavsiya etilgan
Tashkent 
«Yangi asr avlodi» 
2005

Turkiy  xalqlar  adabiyotining  tarixi juda  qadimiy  davrlardan 
boshlanadi.  Lekin islomdan avvalgi turkiy  adabiyotning tarixi maxsus 
darslik-qo‘llanma sifatida yaratilmagan. Hozirgacha mavjud darsliklarda 
esa  bu  davr  to‘g ‘risida  ayrim  rivoyat  va  afsonalar,  shuningdek, 
toshbitiklami keltirish bilan cheklaniladi, xolos. Turkiy xalqlar og'zaki 
ijodining ilk davrini barcha turkiy xalqlaming qadimgi madaniyati bilan 
mushtarak  holatda  o ‘rganish  masalaning  mohiyatini  birmuncha 
oydinlashtiradi.  Mazkur qo‘llanmada ana shu masala e’tiborga olingan 
bo‘lib, u islomdan awalgi turkiy xalqlar og'zaki ijodi tarixini o‘rganishda 
yangi ma’lumotlar beradi.
Qo'llanma  oliy  o ‘quv  yurtlari  filologiya  fakultetlarining 
bakalavr,  magistrlari,  shuningdek,  o'rta maxsus  ta’lim maktablarining 
adabiyot o ‘qituvchilariga mo'ljallangan.
M as’ul muharrir:
Botirxon 
VALJXO‘JAYEV,  akademik
Taqrizchilar:
Nasimxon RAHMONOV,
О ‘zbekiston Milliy universitetining professori, filologiya fanlari
doktori
Rahmonqul ORZIBEKOV,
Samarqand Davlat universitetining 
professori, filologiya fanlari doktori
ISBN 5-633-01823-0
©  Abdurashid Abdurahmonov. «Turkiy adabiyotning qadimgi davri». 
«Yangi asr avlodi», 2005-yil

TU RKIY AD ABIYO TN IN G  Q A D IM IY  
Q A T LA M LA R I
Mustaqilligimiz sharofati bilan xalq va Vatan tarixi, adabiy, 
ilmiy  va niadaniy merosmng qadim-qadim zamonlarga borib 
taqaladigan  ildizlarini  chuqur  va  xolisona  о ‘rganish 
im koniyatlari pay do  bo ‘Idi.  Shutting  natijasida  turkiy 
xalqlarning  qadimgi  davrlarda  yaratgan  adabiy-badiiy 
yodgorliklarini izlash,  ularning namunalarini  aniqlash,  tahtil 
va  talqin  qilish  ishlari  ham jadal sur’atlar  bilan  amalga 
oshirilmoqda.
M a ’lumki, turkiy xalqlarning qadimgi tarixi va madaniyati 
jahon  turkiyshunos  olimlarni  anchadan  beri  qiziqtirib 
kelmoqda.  Bu sohada turli tillarda qator tadqiqotlar amalga 
oshirilgan,  mavjud bo 'Igan,  aniqlangan yodgorliklar nashr 
Ztftirilgan,  tarjima  ham  qilingan.  Shuning bilan  bir  qator da 
kiy  xalqlar  og‘zaki  ijodining go'zal namumfari bo ‘Igan 
tjtfoyat,  afsona,  doston  va boshqa janrlardagi asarlari ham 
untt&hlashtiri$hni taqozo etadi:
iShunisi hafn borki,  turkiy xalqlarning qadimiy tarixiy va 
adabiy у gdnomalarining ко ‘p qismi saqlanib qolmqgan bo ‘Isa- 
da,  ukfming ayrimlari yunon,  xitoy, агф, /ог$, german,  гщ, 
fia v y a n   xalq lari  tillariUa'  m tilgan  ta rixiy-a d a b iy 
yodgorliklarda o'ziga xos tarzda ifodalanganhoMa saqlangan. 
ЩЫагтщ hammasini о ‘rganish,  tartibga solish,  m a ’liim bir 
tyulosalarga  kelish  esa  nihoyatda  ко ‘p  mehndt  va  uzluksiz
3

izlanishlami talab etadi. Bunday ishni amalga oshirish esa turkiy 
xalqlar qadimgi adabiyoti tarixini yaratishga qo ‘yilgan jiddiy 
qadamsanaladi. Ana shunday mas ’uliyatli vazifani anglab, uni 
amalga  oshirishga  bel bog'lagan  adabiyotshunos Abdurashid 
Abdurahmonov ко ‘pyillik  izlanishlari natijasibo ‘Imish «Turkiy 
a d a b iy o tn in g   qa dim g i  d a vri»   d eb  nom langan  о ‘quv 
qo ‘llanmasini yaratdi.
M a zk u r  qo'llanm ada  m um toz  adabiyotshunoslikdagi 
tazkira-bayoz  tuzish  a n ’anasi  davom   ettirilganday  bo'lib 
tuyuladi.  Chunki unda, bir tomondan, qadimgi turkiy adabiyot 
to 'g ‘risida та ’lumot berish mavjud bo Isa,  ikkinchi tomondan, 
bu  m a ’lumotni  tasdiqlovchi adabiy  matnlar  ancha  mufassal 
tarzda  keltiriladi.  Bu  matnlar  esa  m uallif tomonidan  turli 
manbalardan to ‘plangan bo ‘lib, hatto ayrimlarini muallifning 
о 'zi  о ‘zb e k   tiliga  ham  tarjim a  qilgan.  N a tija d a   tu rk iy 
x a lqlarn in g  qadim gi  davrlardan   to rtib   m ilodning  VIII 
asrgacha  yaratilgan  boy  adabiy  meros  matnlari  bir jo y d a  
jamlangan.  Bu esa,  о ‘z  navbatida, shu davr adabiyoti tarixini 
о ‘rganuvchi bakalavr,  magistrlar uchun ham,  maktab,  litsey, 
kollejlarning  о ‘qituvchilari uchun  ham  va  umuman  olganda, 
turkiy xalqlarning qadimgi adabiyoti tarixi bilan qiziquvchilar 
uchun ham ancha qulaylik tug ‘diradi.  Chunki о ‘quvchi и yoki 
bu yodgorlik-adabiy matnni о ‘qish  va tahlil qilish uchun turli 
manbalar,  nashrlarni  axtarib  yurmaydi.  Ana  shu jihatdan 
qo ‘llanmada  tarixiy-adabiy matnlarni keltirishga  ко ‘p   о ‘rin 
ajratilganini та ’qullash mumkin.
M azkur qo ‘llanmani ко 'zdan kechirish shundan guvohlik 
beradiki, qadimgi turkiy adabiyot о ‘z  qatlamlari, janrlar rang- 
barangligi,  m avzularning  turli-tum anligi,  ta rix iy-b a d iiy 
obrazlarining о ‘ziga xosligi bilan diqqatni jalb etadi.  Ularda 
turkiy xalqlarning qadimiy diniy va badiiy tafakkuri jarayoni 
о ‘ziga  xos  tarzda  ifodalangan.  Shuning  bilan  birga  bunday 
diniy  va  badiiy  tafakkurning  boshqa  qavm  va  xalqlar  diniy 
hamda  badiiy  tafakkuri,  adabiy  m erosi  bilan  mushtarak 
jih a tla ri  va fa rq la ri  ham  nam oyon  bo ‘lib  turadi,  badiiy 
muammolaridan ham mulohazalar yuritiladi.

Umuman  olganda,  A b d u ra sh id   A bdu rahm onovning 
«Turkiy  adabiyotning  qadim gi  davri»  qo'llanm asi  islom

taraqqiyotiga  qadar  bo ‘Igan  davrdagi  turkiy xalqlar  badiiy 
ijodining  rang-barang  mahsuli  bo'lmish  yodgorliklar  bilan 
tanishish,  и laming  umumiy  adabiy jarayon  tarixida  tutgan 
mavqeini belgilashda о ‘z hissasini qo ‘sha oladi.
Albatta,  mazkur qo 'llanma bu sohadagi ilk qadamlardan 
biri  bo'lgani  uchun  undan  hamma  muammolar  yechimini 
axtarish qiyin.  Shunday bo ‘lsa-da,  qo ‘llanma qadimgi turkiy 
adabiyot  haqida m a ’lum m a ’noda  m a ’lumotnoma  vazifasini 
o'taydi.  Agar  muhtaram  о 'quvchi  o ‘z  xohish-istaklarini 
bildirib,  uni  yanada  mukammallashtirish  uchun  muallifga 
ко ‘так bcrsa,  nuran a lo nur bo ‘lajak,  deb о ‘ylayman.
Botirxon  VALIXO‘JA YEV, 
akademik

K 1RISH
« T arix  -   xa lq   m a ’naviyatining  asosidir».  X a lq im iz 
та ’naviyatining shakllanishida tariximizning uzoq о ‘tmishida 
yaratilgan  badiiy  adabiyot  alohida  qadr-qimmatga  ega. 
Jahondagi  k o 'p la b   xalqlar da  o 'zin in g   a n tik   (lotincha 
«qadimiy»)  davr  adabiyoti  mavjud.  Qadimshunos  olimlar 
«antik» so ‘ziniyunon va rim adabiyotiga nisbatan qo ‘llasalar- 
da, aslidaMisr, Eron, Xitoy,  Hindis ton, Bobil (Vavilon) kabi 
m am lakatlarning  m adaniyati  ham  yunonlardan  oldinroq 
(2700-2800-yillar  m uqaddam )  yuzaga  kelgan.  Turkiy 
adabiyotning ham antik davri bo 'Iganmi?
Islomgacha bo ‘Igan turkiy adabiyot ham о ‘zining qadimiy 
ildizlariga  ega.  Bu  davrda  adabiyot  asosan  og ‘zaki shaklda 
paydo  bo ‘Igan  va  rivojlangan  deb  hisoblash  mumkin.  Bu 
adabiyot  tarixini  o'rganish juda  muhim  masala  bo'lsa-da, 
о ‘ziga xos murakkab jihatlaribar. Abu Rayhon Beruniy arab 
bosqinchilari  qadimiy  Xorazmni  egallab  bo'lgandan  s o ‘ng 
am alga  oshirgan  h a ra ka tla ri  t o ‘g ‘risida  quyidagicha 
qayg ‘urib yozadi: «Qutayba Xorazm xatini yaxshi biladigan, 
ularning  xa bar  va  rivoyatlarini  o'rgangan  va  bilim ini 
boshqalarga  о ‘rgatadigan kishilarni halok  etib,  butkul yo V/ 
qilib yuborgan  edi.  Shutting  uchun  и  (xabar  va  rivoyatlar) 
islom davridan keyin,  haqiqatni bilib bo 'Imaydigan darajada 
yashirin  qoldi».  B u y u k   m u ta fa kkirn in g   bu f i k r i  fa q a t 
Xorazmdagina emas,  arablar M arkaziy Osiyoning, umuman
bo sib  olgan barcha mamlakatlarning madaniyatini,  tarixini
yozuvi,  a d a b iyo tin i  yo  ‘q  qildi.  Shutting  a so ra ti  bois, 
islomgacha  bo ‘Igan  davrda  turkiy  xalqlar  о ‘rtasida  qanday 
ijtimoiy tuzum bo ‘Iganligi,  ularning adabiyoti,  madaniyati va
6

hatto diniy e ’tiqodlari xususida aniq fikrlar bayon etilmaydi, 
ziddiyatli qarcishlar yuzaga keladi.
T urkiy  xalqlar  o g 'za k i  ijodi  tarixining  ilk   davrlari 
о ‘rganilganda turkiylar nomi bilan shuhrat qozongan ко ‘plab 
xalqlarning madaniyatiga murojaat qilish о 'rinlidir.  Chunki 
bugungi kunda  mustaqil millat  sifatida  shakllangan  о ‘zbek, 
qozoq,  qirg'iz,  boshqird,  qoraqalpoq,  turkman,  uyg'ur, 
ozarbayjon,  gagauz,  usmonli  turk,  tatar,  yoqut  va  boshqa 
xalqlar qadimgi turkiylarning avlodlaridir.
Q adim gi  tu rkiyla rn in g   y u za g a   k e lish i  m uqaddas 
kitoblardan biri «Bibliya»da, shuningdek, ко ‘plab afsonalarda 
Nuh payg ‘ambarning farzandi  Ydfas nomi bilan bog ‘lanadi. 
«Bibliya»da  Yofasning  Go ‘mer,  M a  ’juj,  Go ‘merning  esa 
A shkanoz  ismli  o'g'illari  b o ‘Iganligi  ko'rsatiladi.  Fanda 
Go ‘mer  turkiylarning  kimmer,  M a ’ju j  -   Gog  va  Mago 'g, 
Ashkanoz -  s k i f  qavmlariningpaydo bo ‘lishiga asos bo ‘Igani 
aytilgan.  Tarix  otasi  Gerodot  (miloddan  avvalgi  V asr) 
«Tarix» asarining to ‘rtinchi kitobida skiflar va ularga yaqin 
qavmlarning  turmush  tarzi,  hayoti bilan  bog ‘langan  rivoyat 
ham da  afsonalarni  keltiradi,  skifla rn in g  fo r sla r   bilan 
urushlarini  ко ‘rsatadi.  Bu  davr  tarixchilarining  asarlarida 
turkiy qavmlar skif, kimmer, sak, massaget kabi nomlar bilan 
yuritilgan.  Qadimgi  turkiylarning  hayoti Kteziy  (miloddan 
avvalgi  V -IV  asr),  Xares  M itilenskiy  (miloddan avvalgi I V  
asr),  Polien  (miloddan  avvalgi I I  asr),  Strabon  (miloddan 
avvalgi  I  asr),  Diodor  (miloddan  avvalgi  I  asr)  va  boshqa 
antik  tarixchilaniing  kitoblarida  yoritilgan,  rivoyat  hamda 
afsonalari keltirilgan.
T a rixd a   « tu rk»   s o 'z i  bir  qavm ga  m ansub  k o 'p la b  
xalqlarning  umumiy  nomi sifatida  shakllandi.  V asrga  doir 
x ito y   m anbalarida  « tu rk»   s o 'z i  tu ro n lik la r,  tu rkla r 
ma ’nolarida qo ‘llanilgan. Bu so ‘z ot ma ’nosida kelsa «kuch - 
quvvat»,  sifat  vazifasida kelsa  «kuchli,  quvvatli»  ma  nosini 
bergan. Bundan tashqari, и «yetuk»,  «bilimdon»,  «dono» kabi 
tushunchalarni ham ifodalaydi.  Eramizgacha Turk xoqonligi 
katta  hududda  hukmronlik  qilgan.  V II-II asrlarda  Janubiy 
Sibiri,  Enasoy  (Enasoy)  va  Irtish  daryosi  b o ‘ylari,  hozirgi 
Mojariston,  ( Vengriya),  C hexiya  va  Slovakiya,  Hazar 
dengizi  bo'ylari,  Eron,  Iroq,  Suriya  va  Turkiya  davlatlari
1

о ‘rnida sak-iskit imperiyasi barpo bo ‘Igan.  Qadimgi turkiy lar 
yashaydigan  hududlar  Sharq  manbalarida  Turon,  yunon 
tarix chilarining  kitoblarida  esa  S k ifiy a   m am lakati  deb 
yuritilgan.
Turkiy xalqlar og ‘zaki ijodining qadimgi davrlarini tiklash 
va о ‘rganish uchun yetarli asoslar bor.
I.  Ijtimoiy-siyosiy aloqalar,  tildagi so 'z,  ibora va atcimalar
diniy  tushuncha,  tafakkurlarning yaqinligi hamda bir xilligi 
jihatidan  antik  davrdagi  ayrim  xalqlarning  madaniyati  va 
adabiyotida turkiylarga xos umumiy tipologik yaqinliklar bor. 
Shu  nuqtai  nazardan  qaraganda,  miloddan  avvalgi  uch 
minginchi yillarda Kichik  Osiyoda yashcigan shumerlarning 
diniy  tasavvurlari,  tili  va  adabiy  qarashlarida  mushtaraklik 
seziladi.  Yoki hozirgi  O'zbekiston  hududida  islomga  qadar 
mesopatamiyaliklarning  qishloqlari  bo ‘Iganligi  to ‘g ‘risida 
arab  ta rix c h ila ri  y o zib   qoldirgan  m a ’lu m o tla r  ham 
qimmatlidir.
II.  E ng  qadim gi  davrlardan  islom gacha  yashagan 
tarixchilarning  asarlarida  turkiylarning  ajdodlari  -   iskit, 
kim m er,  sak,  m a ssa g et  va  boshqa  qavm larning  ta rix  
maydoniga  kelishi,  orzu-umidlari,  qahramonligi  va  turli  xil 
turmush urinishlari haqida saqlangan barcha asotirlar, afsona 
va  rivoyatlar  turkiylarga  mansub  m illatlar  uchun  teng 
darajada xizm at qiladigan adabiy yodgorliklardir.
III.  A n tik  davr  adabiyoti,  jumladan,  yunon  adabiyotida 
tu rkiy   xa lq la r  h a y o ti  yo ritilg a n   asarlar  ham   mavjud. 
Shuningdek,  bu  adabiyotda  tu rkiy  xalqlar  tom onidan 
yaratilgan rivoyat hamda cifsonalardan ham foydalanish yoki 
turkiy adabiy syujetlaming ко ‘chib о ‘tishi an ’analari seziladi. 
H atto  yirik  eposlarning  bir  x il  syujetga  ( «Odisseya»  va 
«Alpomish») egaligi yoki turkiy qavmlar о ‘rtasida Prometey 
to ‘g ‘risida  mavjud adabiy syujetlar yunon  adabiyotida  turli 
adabiy janrlardagi asarlar yaratilishiga asos bo 'lishi qadimgi 
xalqlar  adabiyotini  qiyosiy  о ‘rganish  masalasini  о ‘rtaga 
qo ‘yadi. 
. 

.
IV.  Har  bir  xalqhing  o ‘ziga  xos  shcikllanish jarayoni 
mavjud.  Turkiy  qavmlarning  ham  bir  necha  millat  sifatida 
shakllanishi aynan shunday xususiyatga ega.  Qadimgi Xitoy 
yilnomalari,  О ‘rxwi yodgorliklari,  Rashididdinning  «Jome ’
8

ut-tavorix»  (X III  asr),  M irzo  Ulug'bekning  «To'rt  ulus 
tarixi», Abulg'oziBahodirxonning «Shajarai turk», «Shajarcii 
tarokima»,  Hasan A to Abushiyning «Turkiy qavmlar tarixi» 
kabi  asarlarida  bu  masala  tarixiy  nuqtai  nazardan  chuqur 
yoritilgan.  Turkiy xalqlarning ibtidoiy shakllanish davrlari -  
qavmlarga nom qo ‘yish, ularga dono urug ‘ boshlig 'ining otalik 
qilishi  ko'plab  badiiy  asarlarda  o ‘z  ifodasini  topgan.  Bu 
o'rinda  « 0 ‘g ‘uznoma»,  «Qo'rqut otakitobi»,  «Turk xoqoni 
Shu va Iskandar»  (M ahmud Koshg ‘ariyning «Devonu lug ‘otit 
turk» kitobida saqlangan syujet asosida) kabi dostonlar turkiy 
xalqlar og ‘zaki ijodining qadimgi davrlarini yoritishda muhim 
adabiy manba sanaladi.
V.  Miloddan  avvalgi  V II  asrlarda  skif-kim m erlam ing 
hukmdorlaridan biri Prototey,  otasi Paritiy bo ‘Igan.  Paritiy 
ossuriy tarixchilarining ma ’lumotiga ко ‘ra Go ‘g  (Gogjning 
о ‘g ‘lidir.  G o'g  va  M a g o 'g   -   Y a ’ju j - M a ’ju jla r  tu rkiy  
qavmlarning  eng jangovar  nrug‘laridan  sanalib,  shimoldagi 
davlatda hukmronlik qilishgan  va  VIII- VII asrlarda  Kichik 
O siyo d a g i  d eya rli  barcha  d a vla tla rn i  izm la rig a 
bo ‘ysundirishgan.  Yunon  va  ossuriy  tarixchilari skiflarning 
ulkan  sarkardasi sifatida  tan  olingan  M adini  Prototeyning 
о ‘g ‘li  deb  bilishadi.  M adi  esa  uzoq  asrlar  davomida  turkiy 
adabiyotda Alp Er To ‘nga, fo rsiy adabiyotda Afrosiyob nomi 
bilan  tasvirlangan  qahramonning  tarixdagi prototipidir. 
Demak,  bu  qahramon fa o liy a ti  bilan  bog ‘langan  turkum 
rivoyat lar, afsonalar va dostonlar turkiy adabiyotning qadimgi 
davrlarini tiklashda boy yodgorlik hisoblanadi.
VI.  0 ‘rxun-Enasoy  toshbitiklarining  topilishi  qadimgi 
turkiy  yo zm a   adabiyot  m avjud  bo ‘Iganligining  beqiyos 
namunasidir. Bu bitiklarda aks etgan badiiy tasvir, g ‘oya xalq 
og'zaki  ijodida  yaratilgan  asarlar  bilan  hamohang  turadi. 
Osmonni  muqaddas  Tangri  deb  tushunish  turkiylar  uchun 
hamma  davrlarga  xos  xususiyat  b o ‘Igan  va  islomgacha  bu 
ta lim ot о ‘z qimmatini yo ‘qotmagan.
VII.  Milodimizning  I I I  asridan  boshlab  moniylik,  V III 
asrning  ikkinchi  yarmidan  buddaviylik  oqimidagi  turkiy 
adabiyotning yuzaga kelishi yozm a adabiyot shakllanishiga 
ham asos bo ‘Idi.  Turk olimi ReshidRahmet A ratning tasnifiga 
ко ‘ra,  qadim gi  tu rkiy   y o zm a   adabiyotga  asos  solgan
9

shoirlarning hayoti va ijodi to 'g ‘risida quyidagi ma ’lumotlar 
saqlanib qolgan.
1. 
Aprinchur  Tegin  (ikki she’ri  bilan  taniqlidir).  2.  Kul 
Tarxon  (yo lg ’iznomiginasaqlangan).  3. SingkuSeli Tutung 
(Turk о ‘Ikalari va ularning ко ‘lami kengligidan bahs yuritgan 
mashhur  Chin  sayyohi  Husn-Tsangning  sayohatnomasini 
o'ninchi  asrning  birinchi  yarmida  turkchaga  ustalik  bilan 
tarjima qilgan shoirdir. Bu tarjima Parij milliy kutubxonasida 
saqlanadi).  4.  Ki-ki  (Burxan-Budda  muhitida yetishgan  bu 
sho irn in g   ik k i  s h e ’ri  s a q la n g a n ).  5.  P ra ty a n -S h iri 
(Sanskritchadan tarjima qilgan,  lekin shoirning turkcha ismi 
saqlanmagan).  6.  Asig  Tutung  (birgina  to'rtlikning  ichida 
nomi keltirilib o'tiladi).  7.  Chusuya Tutung (Burxon muhitida 
yetishgan  bu  shoirning  «G evezelik  B o 'ya si»   bir  s h e ’ri 
mavjuddir).  8.  Kalim  Key si  (Burxon  rahbarlari  avlodidan 
sanalgan bu shoirning birgina sh e ’ri saqlangan).  9.  Chuchu 
(«Devonu lug 'otit turk»da nomi keltirilgan bu shoirning hech 
qanday asari saqlanib qolmagan.  Balki koshq‘arliklar tilidan 
yozib olingan ajoyib о 'git va о ‘maklarning bir qismi bu shoirga 
tegishlidir).
О ‘zbek  adabiyotshunosligida  turkiy  adabiyotning  antik 
davrini  belgilash  masalasiga  birinchilardan  bo'lib professor 
A b d u r a u f F itra t  kirishgan  edi.  U  « O 'z b e k   ada b iyo ti 
namunalari»  kitobida  о ‘zbek adabiyotining dastlabki davrini 
«Qabilaviy adabiyot» deb hisoblaydi.  UningJikricha, qabilaviy 
adabiyotning  eng  muhim  ko'rinishi  doston  adabiyotidir.  Bu 
o'rinda  и  «Chistoni  Eligbek  hikoyasi»,  «Alpomish»  dostoni, 
M ahmud Koshg'ariyning  «Devonu  lug‘otit  turk»  kitobidan 
«Yoz  o'yinlari»  (6  ta  to'rtlik),  «Ovdan  urushqa»  (12  ta 
to ‘rtlik)ni  ko'rsatadi.  Ikkinchi  davrni  esa  «Feodallik  davri 
adabiyoti»  deb  nom laydi  va  unga  V III  asr dan  islom iy 
adabiyotgacha  bo ‘Igan  davrni  asos  qilib  oladi.  Ikkinchi davr 
adabiyoti namunalari qatoriga esa О ‘rxun у ozuvlaridagi adabiy 
parchalar,  «Alp  Er  To'nga»  marsiyasi  (8  ta  to'rtlik),  «Yoz 
haqida»  (5  ta  to'rtlik)  hamda  «Qo'rqut  ota  kit obi»  dostoni, 
shuningdek,  «Devonu  lu g ‘otit  turk»dan  a x lo q iy-ta ’limiy 
xususiyatga  ega  bo'lgan  she’riy parchalar  kiritilgan.  Fitrat 
о 'zbek adabiyoti tarixining uchinchi davrini «Savdo sarmoyasi 
davri  adabiyoti»  deb  ataydi  hamda  uning  namunasi  sifatida
10

Yusuf Xos Hojibning «Qutcidg ‘u bilig», Ahmad Yugnakiyning 
«Hibbatul haqoyiq»  va  о ‘zbek  mumtoz  adabiyotida  so ‘nggi 
asrlarda yaratilgan о ‘nlab asarlar dan parchakir beradi.
Islomgacha bo ‘Igan turkiy xalqlar og'zaki ijodini alohida 
davr sifatida о 'rganish dolzarb masaladir.  Chunki bu davrda 
turkiy lar  о ‘rtasida  diniy  e ’tiqodlar  boshqachaligi,  qavmlar 
shakllanish davrini о ‘taganligi, mifologik tasavvurlarda jahon 
xalqlari bilan umumiy о 'xshashlik holatlari mavjudligi badiiy 
adabiyotdagi  g 'o ya viy  yo'nalish  o ’ziga  xos  tarzda  ro 'y 
b erg a n lig in i  k o 'rs a ta d i.  T u rk   o lim i  A h m e d   Q aboqli 
islomgacha  bo ‘Igan  turk  adabiyotini  to ‘rt  davrga  bo  lib 
о ‘rga n ish n i  m aqsadga  m u vo fiq   deb  hisoblaydi.  U 
davrlashtirish  tamoyiliga  turk  qavmlari  va  davlatlarining 
tarixda tutgan о ‘m i nuqtai nazaridan yondashadi:
1. 
Saka turklar davri  (miloddan avvalgi  VII-II asrlar).
2. 
Хип  (К ип)  turklari  davri  (miloddan  avvalgi  II I  va 
milodimizning I I  asri).
3. 
Ко ‘к  turklar davri  (552- 745-yillar).
4. 
Uyg'urlar davri  (745-840-yillar).
B izn in g   n a za rim izd a ,  tu r k iy   a d a b iy o tn i  bunday 
davrlashtirish,  birinchidan,  uning  ta rix iy   qatlam larini 
unutishga  sabab  bo'ladi,  ikkinchidan,  qadimgi  davrlarda 
turkiylarning jahon  xalqlari  madaniyati,  adabiyoti  bilan 
mushtaraklik tomonlarini ochib berishga monelik qiladi.
Qadimgi  turkiy  adabiyot  davri haqidafikr yuritilganda, 
albatta,  M arkaziy  Osiyoda  turkiy xalqlar bilan yonma-yon 
yashagan, bu hududdagi madaniyatni yaratishda birga xizm at 
qilgan boshqa xalqlarning turmush tarzi va adabiyotiga ham 
murojaatetishkerak.  Masalan,  «Avesto» zardushtiylik nuqtai 
nazaridan ко ‘p  xalqlarga bir о ‘Ichamda xizm at qiladi.
Fanda adabiyotlar tarixi ijtimoiy-siyosiy hayot  va adabiy 
jarayondagi о ‘zgarishlarga  tayanilgan holda  turli davrlarga 
bo ‘lib о ‘rganilgan. Albatta,  turkiy adabiyot tarixining qadimgi 
davrlari  bo ‘yicha  to ‘plangan  adabiy  manbalar  ham  uni 
turlicha davrlashtirish imkonini beradi.  Uni shartli tarzda uch 
davrga bo ‘lish  mumkin:
1. 
T u rk iy   qavm larning  shakllanish  davri  ada b iyo ti 
(miloddan avvalgi  VII asr lar dan toshbitiklargacha)  bo'Igan 
davr.
11

2.  Turkiy xalqlar og ‘zaki ijodining jahon "xalqlari adabiyoti 
bilan  mushtaraklik,  y a ’ni  miloddan  avvalgi  uch  minginchi 
yillardan  V III asrlargacha bo 'Igan davr.
3.  T u rkiy  adabiyotda  yangi,  y a ’ni  0 ‘rxu n -E n a so y 
yodgorliklari yoki «qabr toshlari» davri adabiyoti.
M azkur  qo ‘llanma  yaratilishiga  ana  shu  uch  davr  asos 
bo ‘Idi va bu davlarga tegishli adabiy matnlar 6 qismga bo ‘lib 
o'rganildi.  «Turkiy  adabiyotning  qadimgi  davri»da  adabiy 
matnlar ко ‘proq keltirildi.  Chunki bu matnlaming ко ‘pchiligi 
shu paytgacha  mavjud darslik-qo ‘llanmalarda  uchramaydi. 
Ba ’zilari esa to ‘Idirildi va yangicha tahlil etildi.  Shuningdek, 
kitobda  berilgan  ayrim  adabiy  matnlar  kam   nusxada  yoki 
jurnal variantida chop etilgani bois talabalar to ‘la darajada 
xabardor emaslar.  Shu jihatdan qaraganda,  kitob о ‘ziga xos 
о ‘quv-xrestomatiya  vazifasini ham о ‘taydi.
Turkiy xalqlar og ‘zaki ijodida yaratilgan asarlar orasida 
umumiy  turkiy,  shu  bilan  birga  m a ’lum  bir  turkiy  xalqlar 
qahramonligi,  orzu-umidlari natijasida yuzaga kelgan yetuk 
eposlar mavjud.  M azkur qo ‘llanma Jilologiya fakultetlarida 
« 0  ‘zbek adabiyoti tarixi» yo ‘nalishi bo ‘yicha olib boriladigan 
ixtisos  ku rsi  hamda  tanlanm a fa n la r  m ashg'ulotlariga 
mo ‘Ijallangan. Dars soatlari hamda qo ‘llanma hajmidan kelib 
chiqib,  barcha  turkiy  xalqlar  og ‘zaki  ijodi  to 'g 'risida  keng 
ma ’lumot berish imkoni bo ‘Imadi. Masalan, qozoqlarning «Er 
targ'in»,  xakaslarning  «O ltin  arig'»,  oltoylarning  «Ay 
kuchin»  dostonlari  ham  g'oyaviy-badiiy  qimmatiga  ко ‘ra 
yetu k asarlardir.  Shu sababli qo  llanmaga tahlili yo ki matni 
kiritilmagan  boshqa  eposlar  ham  mustaqil  mashg ‘ulotlarda 
о ‘rganilishi ко ‘zda  tutilgan.
Qo ‘lla n m a   y u za g a   kelish id a   о ‘zin in g   x o liso n a  
m a sla h a tla rin i. aya m a g a n   a k a d e m ik   B.  V alixo ‘ja y ev , 
professor lar  N.Rahmonov,  B.To'xliyev,  I.K.Mirzayevlarga 
m uallif о 'zining samimiy minnatdorchiligini bildiradi.

B IR IN  С  H I Q IS M
QADIMGI TURKIYLARNING D IN IY 
M ARO SIM LARI  VA  ULARNING BADIIY 
ADABIYOTDAGI  IFODASI
M iloddan  avvalgi  2000-yildan  oldinroq  turkiy  xalqlar 
Markaziy Osiyoda Oltoy-Ural togiaridan M o‘g‘ulistongacha 
b o ‘lgan  k en g lik lard a  yash ash g an .  H o zirg ach a  tu rk iy  
qavmlarning bosh b o ‘g‘ini va o ‘z davlatchilik tarixiga ega 
bo'lgani  skif -   «iskit»lardir.  U larning  davlati  m iloddan 
avvalgi  VII  asrlarda k atta m avqe egallagan.  Forsiy zabon 
xalqlar  ularni  «sak»lar  deb  atashgan.  Skiflardan  so ‘ng 
eram izning  beshinchi  yuz  yilliklari  orasida  A rshakiylar 
davlati yuzaga keldi.  A rshak -  er sakning o ‘zgargan shakli 
b o iib ,  ja su r,  m ard ,  b a h o d ir  sak la r  m a ’nosini  beradi. 
Y ev ro p a  ta rix c h ila ri  u la rn i  k im m erlar  deb  a tash g an . 
Arshakiylar davlati Eronning Sharqiy qismi, Turkmaniston, 
Anatoliy a (Turkiya)ni o ‘z ichiga oladi.
Skiflar bilan  bir  davrda m iloddan  avvalgi VII  asrlarda 
Kengaras davlati ham  yuzaga kelgan. Bu davlat Samarqand, 
Kesh,  Kushon,  Toshkent,  Buxoro,  X orazm ni  o ‘z  ichiga 
olgan b o ‘lib,  eramizning V asrlarigacha yashagan.
G 'arbiy Yevropada esa turkiylarning xun imperatorligi 
yuzaga  keldi.  U  tarixda  A ttila  xunlari  deb  ham   yuritiladi 
(3 7 4 -y ild an   b o s h la n g a n ). .U n in g   b irin c h i  h u k m d o ri 
Balamirdir. Imperatorlikning so‘nggi hukmdori Attilla (434- 
4 5 3 -y illar)  h is o b la n a d i.  3 6 7 -5 6 0 -y illa rd a   O q  xun 
imperatorligi  yuzaga  keldi.  Uning  asoschisi  Kun  xon  edi. 
Bu  davlat  tarkibiga  Hindistonning  yarmi,  A fg‘oniston  va 
T urkistonning  k a tta   qismi  kirgan.  386-557-yillarda  esa 
T abg‘ach davlati paydo b o ‘ldi. Uning asoschisi Shamoxon 
bo ‘lib, davlatining hududiga Markaziy Osiyodagi Qoshg‘ar,
13

T urfon  viloyatlari,  0 ‘rxun  vodiysidagi jo ‘jan   davlatining 
sharqiy bir qismi kirgan. Shundan so‘ng islomgacha Eltarish 
xoqon,  Bilga xoqon  kabi  turkiy  hukm dorlar  yashaganligi 
tosh b itik lar  orqali  m a ’lum.  T u rk   xoqonligining  Oltoy, 
Janubiy Sibir va 0 ‘rta Osiyoning bir qismidagi hukmronligi 
VIII asrgacha davom etdi.
Turkiylar  ulkan  hududlarda  yoyilib  yashadilar.  Islom 
dinini  qabul  qilgunlarigacha  ular  turli  diniy  shakllar  va 
oqimlarga amal qilishgan.
T O T E M IZ M
Totemizm (Shimoliy Amerika hindularining ojibve qabilasi 
tilidagi «totem» -  «uning urug'i» s o ‘zidan olingan)  dinning 
insoniyat tarixida bundan 30-40 ming yil, balki bundan ham 
a v v a lro q   y u z ag a   k e lg an   ilk   s h a k lid ir.  T o tem iz m g a  
sig‘inuvchi xalqlar o‘zlarini biror-bir hay von, o‘simlik yoki 
jonsiz  narsadan  paydo  b o ‘lgan  deb  tushunadilar.  Turkiy 
xalqlar  o ‘zlarining  ota-bobolari  h o ‘kiz,  ot,  ilon,  b o ‘ri,  it, 
bug‘u  kabi  hayvonlardan kelib  chiqqan  deb tushunishgan 
va ularga e’tiqod  q o ‘yishgan.
G e ro d o tn in g   «Tarix»  k ito b id a   sk iflarn in g   birinchi 
ajd o d lari  dunyoga  kelishi  bilan  b o g 'lan g a n   afso n alar 
totemizmning yorqin namunasidir.
T a rg ‘ito y   afsonasi.  M a ’budlar  m a ’budi  Z evs  bilan 
Borisfenesa daryosining yarmi ilon, yarmi ay о I qizidan birinchi 
odam  tug ‘ildi.  Kimsasiz cho ‘Ida paydo b o 'Igan bu odamning 
ismi  Targ'itoy  edi.  Undan  Lipoqsay,  Arpaqsay,  Qoloqsay 
degan uch о ‘g  ‘il dunyoga keladi.  Bir kuni osmondan omoch, 
arqon,  bolta  va  tovoq yog ‘Uadi.  Ular  oltindan yasalgan  edi. 
K atta va о ‘rtancha о ‘g ‘il ularni olishga yaqinlasholmaydilar. 
Faqat kichik о ‘g ‘il kelganida ulardan tarqalgan nur to 'xtaydi 
va и oltinlarni uyiga olib ketadi.  Shundan so 'ng  Qoloqsayga 
shohlik in ’от etiladi.  Bu skiflarning birinchi shohidir.  Skiflar 
Targ'itoyning ana shu uch farzandidan  tarqalishgan.
14

Gerodot yozishicha, Lipoqsayning avlodlari «Axvatovlar», 
Arpaqsayniki  «Katiaram »  va  «Trasinam»,  Qoloqsayniki 
«Paralatam»  nomi  bilan  shuhrat  qozongan.  Qoloqsaydan 
sh oh-jangchilar,  L ip o q say d an   ko h in   va  din  vakillari, 
Arpaqsaydan dehqon  va chorvadorlar tarqalishgan ekan.
Sniffling  tu g ‘ilish  afsonasi.  Gerakl  Gelion  buqalarini 
haydcib,  o'sha zamonlarda kimsasiz yurt bo'lgan, keyinchalik 
skiflar egallaganjoylarga kelib qoladi.  Geraklsovuqdan о ‘zini 
sciqlash uchun yo ‘Ibars terisini yopinib olgan edi.  Kunlardan 
bir  kuni  и  qattiq  uyquga  ketganida,  oti g'oyibona yo'qolib 
qoladi.
Gerakl otini qidirib k o ‘p ellarga boradi. So'ngra Galeyey 
degan  jo y g a  keladi.  Bu  y erd a  u  od am sifat  Ilo n   qizga 
yo'liqadi.  Ilon  qizning  yuqori  qismi  ayol  zotiga  o'xshasa, 
quyi  qismi  ilonga  o ‘xshaydi.  Taajjubga  tushgan  G erakl 
undan  «Begona  otga  k o ‘zing  tushmadimi?»  deb  so'raydi. 
Ilon  qiz  Gerakl  agar  o‘zi  bilan  qovushsa,  otini  berajagini 
aytadi.
Chorasiz  qolgan  Gerakl  Ilon  qizning  bu  taklifiga  rozi 
bo'ladi.  Biroq  Ilon  qiz  otni  tezda  qaytarib  bermaydi.  U 
G e rak l  b ilan   y a n a   ta n m a h ra m lik n i  d av o m   e ttirish n i 
xohlaydi.  G erakl  un d an   otini  qay tarib   olib,  tezroq  o ‘z 
yurtiga ketish uchun qizning ham m a shartlarini bajarishga 
rozi  bo'ladi.
Nihoyat, qiz Geraklga otini qaytarib berar ekan, shunday 
deydi:  «Sening  oting  biz.tom onlarga  kelganda,  men  uni 
eh tiy o t  qilib  yash irib   q o 'y g an d im .  Evaziga  sen  m eni 
mukofotlading.  Endi men sendan uch o ‘g‘il tu g ‘aman. Ayt- 
chi,  ular  ulg‘aygandan  so ‘ng  nim a  qilishi  kerak?»  Ilon 
qizning  savoliga  G erak l  sh u n d ay   ja v o b   beradi:  «Sen 
o ‘g‘illaringga shunday shart q o ‘yasan, ulardan qaysi birisi 
bu  yoyni  men  kabi  kuch  bilan  to rta   olsa,  unga  mening 
qayishim  bilan 
o ‘z 
yeringni  berasan.  Qolgan  ikkisini  bu
15

yerlard an  haydab  y u b orasan».  Shunday  qilib,  G erak l 
o ‘zining yoyi bilan oltin tovoqsimon to ‘qali qayishini Ilon 
qizga qoldiradi.
Kunlardan bir kuni Ilon qiz uchta о ‘g  ‘il tug ‘adi.  Ulardan 
biriga Agofir deb nom qo ‘yadi,  ikkinchisini Gelon deb ataydi. 
Uchinchisi,  eng keyin tug ‘ilganiga S k if deb nom beradi.  Uch 
о ‘g ‘lidan ikkitasi, ya ’ni Agofir va Gelon otasi Gerakl qo 'ygan 
shartni bajara olmagani uchun Ilon qiz ularni mamlakatdan 
quvib yuboradi.  Eng keyin  tug ‘ilgan kichik  о ‘g ‘il S k i f  otasi 
Gerakl shartlarini bajargani uchun Ilon qiz unga tovoqsimon 
oltin to ‘qali qayish bilan bepoyon yerlarini beradi.  Shundan 
buyon skiflar bu ellardapaydo bo ‘ladilar (prof. F. Boynazarov 
tarjimasi).
H ar ikki afsonada ham  skiflarning dunyoga kelishi Ilon 
bilan  bog‘langan  «Skifning  tu g ‘ilishi»  afsonasida  Skifga 
katta  ishonch  va  hurm at  bildirilgan.  Geraklning  o ‘g‘illari 
orasida bahodiri, mergani, y a ’ni otasidek pahlavoni Skifdir. 
Bu afsona asosida skiflar yunonlar bilan  qarindosh degan 
qarashlar ham  mavjud. Bu o ‘rinda Gerakl shaxsiyati haqida 
to‘xtalib o‘tish o‘rinlidir. Yunonlaming afsonaviy qahramoni 
Gerakl  tu g ‘iladigan  paytda  xudolar  Olimp  to g 'id a  bazm 
qurib  o ‘tirganlar.  D unyo  hokim i  Zevs  yerda,  odam lar 
orasida  bir  farzand  tu g ‘ilishi,  u  kelajakda  buyuk  ishlam i 
b a ja rib   q a h ra m o n   b o ‘lish i  va  b u tu n   Y u n o n is to n g a  
hukm ronlik qilishini bashorat etadi. Bu bola Fiva malikasi 
A lkm ena  va  shohi  A n d itio n n in g   farzan d i  edi.  G erak l 
y u n o n ch a  « G era  (Z evsning  xotini)  m aq tag an »   degan 
m a’noni  beradi.  Zevs Alkmenani  buyuk qahram onga  ona 
qilib tayinlaydi. Biz Alkm -  yonida turkiycha «Ena» so'zini 
his  qilam iz.  G e rak l  no m i  m azm un  n u q ta i  n a z a rid a n  
qaraganda,  Ger  -   o ‘g ‘li  m a ’nosini  beradi.  Qadimgi  lotin 
mifologiyasidagi Ger -  kules, xristian mifologiyasidagi Geor
-  giy, turkiy mifologiyadagi Kor -  o‘g‘li, Geor -  o‘g‘li, Go‘r
-  o ‘g‘lining m a ’nosi ham  shunday xususiyatga ega.
16
  . V

G erakl  pahlavon  b o ‘lib  yetishar  ekan,  arslon  terisini 
yopinib  yurishi  T o ‘ng  ibn  Turk  ibn  Yofas  alayhissalom 
davrida vahshiy hayvonlaming terisini libos qilib kiyish odat 
tusiga kirib qolganligini eslatadi. G eraklningyo‘lbars terisini 
yopinishi  yo'lbarsdek  kuchliligining  ramzi  bo ‘lib,  bu  skif- 
turkiylarning  o ‘z  qahram onlaridagi  bahodirlikni  kuchli 
hayvonlar bilan tenglashtirish belgisiga yaqin turadi. Gerakl 
chaqaloqligida  uning  tagiga  q o ‘chqor  terisini  -   p o ‘stakni 
to ‘shab  qo ‘yadilar.  Bu  belgi  ham  chorvador  skiflarga  xos 
b o ‘lgan  x u su siy a tla rd a n   b irid ir.  G e rak ln in g   b irin ch i 
qahramonligi arslonni o ‘ldirishdan boshlanadi. Arslon juda 
katta va og‘ir bo'lgani uchun Gerakl uni olishayotgan mahali 
k o ‘tarolmaydi.  Shunda arslonning terisini boshi bilan shilib 
o la d i  va  o ‘zining  u stig a  y o p ad i.  G e ra k ln in g   b u n d a y  
qahramonligi go‘yo Alp E r T o ‘nga -  arslondan ham  kuchli 
bahodir laqabiga sazovordek ko ‘rinadi. Gerakl qilich, kamon 
va yoy bilan jangga otlanishida 0 ‘g‘uz xoqonning o ‘rm onda 
paydo  b o ‘lgan  odam xo'r,  bahaybat  yirtqichni  yo'qotish 
uchun yo‘lga tushishi yoki Alpomish bahodirligini k o ‘ramiz. 
H a y o t  h aq iq atig a  a so slan ad ig an   b o ‘lsak ,  G erak ln in g  
kamonsozligi kimmeriy va skif merganlarining umumlashgan 
obrazini ham eslatadi. Mirzo Ulug‘bekning «To‘rt ulus tarixi» 
k ito b id a  0 ‘g‘uzxonning  o ‘z  o ‘g ‘illariga  kam on  va  o ‘q 
taqsimlashi voqeasi ham keltirilgan.
Bo‘ri  totemi  turkiy  xalqlar  og‘zaki ijodida urug‘  boshi, 
b a lo -o fa tla rd a n   sa q lo v c h i  m a d a d k o r   k u c h   s ifa tid a  
. ulug‘langan. Masalan, « 0 ‘g‘uznoma»da bo ‘ri asar syujetini 
rivojlantiruvchi  asosiy  obrazdir.  U  qabilaga  m adadkor, 
g ‘a m x o ‘r,  ularni  o ‘z  p an o h id a  asrovchi  kuch  sifatid a 
k o ‘ringan.  Bunday tasvir o'zlarini  b o ‘ridan  kelib chiqqan 
deb hisoblovchi ashin urug‘i bilan bog‘lanadi.  Hozirgacha 
xalqimiz o ‘rtasida aytilib kelingan «C ho‘loq b o ‘ri», «Bo‘ri 
qiz», «Bo‘ri» kabi afsonalar va eilaklarda ezgulik g,‘oyala.ri  . , 
ifodalanj

0 ‘z  a jd o d la rin i  h a y v o n la rd a n   k elib   c h iq q a n   deb 
hisoblash  yoki  pahlavonlarini  bolaligida kuchli hayvonlar 
ta rb iy a s ig a   o lib ,  o n a lik   q ilis h in i  ta s v irla s h   s k ifla r 
mifologiyasiga  xos  b o ‘Igan  xususiyatlardan  hisoblanadi. 
B unday  m ifologik  tu sh u n ch a   q ad im sh u n o slik d a  skif- 
hayvonot uslubi deb e’tirof etilgan. Skiflar hayotiga tegishli 
qadim iy  o b id alard a  ham   hay v o n lar  tasviri  kuzatilgan. 
Turkiy  qabila  va  u ru g ‘lar  tarixiga  nazar  tashlanadigan 
b o is a , tibetlar ota-bobolarim iz erkak maym undan va ayol 
o'rm o n   ruhidan,  m o ‘g‘ullar  kulrang  b o ‘ri  va  bu g ‘udan, 
tulislar b o ‘ri va xun am aldorlarining qizidan,  ashin u ru g ‘i 
xun shahzodasi va urg‘ochi b o ‘ridan kelib chiqqanmiz, deb 
aytganlar. Enasoy afsonalarida yosh bolalarga bug‘u onalik 
qilgan.



Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling