Abdurashid abdurahmonov turkiy adabiyotning qadimgi davri


К и   TAY A FSO N ASI


Download 8.37 Mb.
Pdf просмотр
bet12/29
Sana05.12.2019
Hajmi8.37 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   29

161

К и   TAY A FSO N ASI
Q adim   zam onda  Inchyu  nom li  sh ah ard a  Chang 
toifasidan  Ku  Tay  otliq  bir  bek  bor  edi.  Inchyu  о ‘sha 
shaharning  begi  b o iib , juda  ulutchi  (jallod)  bo‘lgan  edi, 
keyin bir marosimda - to ‘y bo‘lganda, ho‘kiz, qo‘y, to‘ng‘iz, 
g‘oz,  o'rdak,  tovuqni,  boshqa  ko‘p  yovvoyi  hayvonlarni 
qurbon  qilib,  m o‘l  ovqat  va  ichimlik  berdi.  To‘y  tugab, 
oradan  uch  kun  o'tgandan  keyin  u  bek  balingdak  (shol) 
bo‘lib, og‘ip kasalga chalindi. Kasallik tufayli fikr, so'zdan 
mahrum bo‘lib, imo-ishora bilan tushuntirdi, nihoyat o‘ldi. 
O iib  butun vujudi sovidi, yolg‘iz yuragining tashqarisidagi 
bir  parchasi  butunlay  muzlamadi.  Uni  k o ‘rib  uyidagi 
odamlar katta yig‘i-sig‘i qildilar. O'likni ko‘mgani eltmay, 
uch  kun  o 'tk azd ilar,  t o ‘rtinchi  kuni  tongda  ertalab, 
marhumning sezgilari qo‘zg‘alayotganini ko'rdilar.  U bek 
tirilib  kelib  yuqoriga  o‘tirdi,  ovqat,  ichimlik  so'radi.  Uni 
k o 'r ib ,  ham m a  q a rin d o sh -u ru g ‘lari  bu  m arosim ga 
to'plandi,  ammo  u kishilaming hammasi qo‘rqib,  qaltirib 
qocha  boshladilar,  uzoqlashdilar.  Ularning  qochganini 
ko‘rib,  Ku  Tay  bek  ularni  chaqirdi  va shunday  dedi:  «Bu 
yoqqa kelinglar, ey yaxshilar.  Men tirilganimga sizlar nega 
qochasizlar,  q o ‘rqmanglar,  men  endi  sizlarga  tirilishim 
sababini  so‘zlab  beraman.  Burxonlar  numi  (muqaddas 
k ito b ,  q o nun  -  N .R .)n in g   u lu g ‘  ta fsilo tla rin i  ham  
eshitinglar»,  dedi.  Keyin  shunday  so‘zladi:  «Men  kasal 
bo‘lganimda menga to ‘rt ruh, yaqin keldi. Biri katta qamchi 
tutgan,  ikkinchisi  o ‘roq  tutgan,  uchinchisi  ombur  tutgan, 
to ‘rtinchisi  ko‘k  kiyimli  bek  ekan.  Bir  vaqt  bu  to‘rt  ruh, 
meni bir uy eshigiga olib keldi, keyin u ko‘k bek otdan quyi 
tushib,  meni  chaqirdi.  Men  bekka  yaqinlashganimda,  u 
qo'ynidan bir qog‘oz olib, menga o ‘qib berdi. 0 ‘qigach men 
bildimki, bitik o ‘sha kungi bizning to ‘yda so‘yilgan ho‘kiz, 
q o ‘y,  to ‘ng‘iz  kabi  m arhum larning  so‘zi  ekan.  U  so‘z 
shunday  edi:  «Biz,  hamma  yilqilar,  odamzodning  yovuz
162

qilmishlari  tufayli  bu zamonda yana hayvonot  dunyosida 
yashayotgan  edik.  Qarz  va  to ‘lovlami  to ‘lagulik  yil,  oy, 
zamonlarni tugatib, hozirgi vujudimizni yo‘qotib, odamzod 
dunyosida  tug‘ilmasligimiz  mumkin  edi.  Shunday  qilib, 
bizning hayvonot dunyosidagi ozodlik zamonimiz, kunimiz 
yana tugamadi.
Inchyu shahridagi Chang toifasidan Ku Tay otli bek bizni 
o'ldirdi. Shuning uchun biz hammamiz ikkinchi marta yana 
hayvonot  dunyosida  burchimizni  bajarishga  majburmiz. 
Shunday azobga duchor boigan zamonda bizning ohimizni, 
azobimizni tushunadigan odam yo‘q, so‘zlagani kuchimiz, 
quvvatimiz yo‘q. Uchinchi marta himoya qiladigan, qarshi 
turadigan  kuchimiz  bo‘lgaymi?  Bu  ohimizga  endi  vijdon 
Tangrisi  yetsin,  deb  yolvordilar,  boshlig‘imiz  seni  tutib 
keltirishni buyurdi».  Bu shunday so‘z edi.
Bitikdagi bu so‘zlarni men tugal o‘qib bitirdim. Keyin ko‘k 
kiyimli bek: «Tutib, yaqinroq olib kelinglar!» deb qichqirgan 
edi, uchta ruh menga yaqin kelib, biri arqon bilan bo‘ynimni 
bog‘ladi,  biri  azob  berib  nafasini  b o ‘g‘di.  Biri  qo‘limni 
orqamga bog‘lab, pastga yotqizib, katta qamchi bilan urdi. 
Keyin ruhlar shunday dedilar»: Ey odam, biz seni olib kelgani 
borganimizda, ular avvalo, taqdir kitobiga qaradilar. Taqdir 
kitobida shunday  bitilgan:  «Sening  hayoting muddati  hali 
tugam agan,  sen  q ancha-qancha  jo n li  m avju d o tlarn i 
o ‘ldirgansan,  sening  hayotingni  o ‘sha  o ‘lganlar  olgani 
kelganlar.  Buni sen bilishing kerak», -  dedilar.
Bu  so‘zni  eshitib,  men  ularga  dedim:  «Ey  yaxshilarim, 
Tangrilarim  kimki,  u  vaqtda  zaiflarning  olamida  vujudi 
ko‘zim bilan  ko‘rib-bilib  yovuz  ish  qilgan  bo‘lsam.  Yana 
shundan  keyin  qancha-qancha  kishilarning  son-sanoqsiz 
vujudlarni  o‘ldirganini  ko‘rdim.  Hech  bir  kishining jazo 
olganini  k o ‘rganim  yo‘q  edi.  Mening  ustozim  shunday 
qapor  qildi,  men  azob-uqubatga  duchor  boMdim.  Nima 
qilsam ,  q ay tad an   tirilg an   b o ‘lar  edim?  0 ‘zim  ham

bilmayman,  adashgan  yovuz  qilmishimga  qanday  tavba 
qilayin? -  dedim.
Buni aytganimdan so‘ ng u ruhlar menga shunday dedilar.
-   Ey  odam,  o‘ttizta jonli  mavjudotlar  qabilasidan  Isti 
qabilasi boshlig‘i bilan  birga seni Erklig xonning saroyida 
kutadi.  Qachon  u  yerga  borsang,  Erklig  xonning  kuchli, 
qahrli  qonuni  oldida  bunday  og‘ir  azoblardan  qutula 
olmaysan», -  dedilar. Bu so'zlarni eshitib, menda qo‘rqinch, 
azob kuchaydi, har tarafga qochdim. Men pastga tushsam, 
oldinga  tortadi,  keyinga  itaradi,  uradi,  yana  qochaman, 
yana quvadilar,  keyin men  ularga  yolvorib  yana shunday 
dedilar:
-  Ey yaxshilarkim,  men  o‘zim aytay,  bu  azoblarimdan 
q u tu lm o q   y o ‘qdir.  Endi  men  sizlarga  o ‘tin am an , 
yolvoraman,  men  o ‘ldirganlardan  yashirinib  Erklig  xon 
oldiga  borganda,  nima  qilayin,  shuni  menga  aytinglar, 
desam,  ular menga shunday  dedilar:  «Ey sen,  agar  o ig an  
barcha mavjudotlar uchun qayg‘urib, ruhingni toza qilsang, 
olamning umid va ishonchlarini o‘zingga va’da qilib olsang, 
dono  Tangri  Tangrisi (budda) aytgan  oltin yoruqlik  bilan 
nur sochib turgan kitobni tugal bitirishga istak bildirsang, 
bu azoblardan ozod b o iib , qutulgay eding», -  dedilar.
Bu  so‘zni  eshitib,  men  avvalo  ruhimni  toza  qilib,  u 
jonivorlarni  o ‘ldirgan  yovuz  o ‘lutchidan  pushaym on 
bo‘ldim.  Keyin  ostin  yoruqlik  bilan  nur  sochib  turgan, 
hamma narsadan ustun turgan numni toza ruhimga keltirib, 
to iiq , tugal bitishga va’da berdim. Yana bu num xazinani 
bitishga  kuchli  istak  tufayli,  yaxshi  ishlarim  kuch-qudrati 
tufayli  hayvonot  olamidagi  mavjudotlar achchiq  va  qiyin 
azoblardan qutqarildilar. Shundan so‘ng toza ruh bilan baxt 
so‘rab,  baland ovoz bilan qichqirdim:  «Hamma narsadan 
ustun  turgan  num  xazinani  tugal  bitib,  Tangrili  dunyoda 
xizmatkor  b o ‘lgayman,  yovuz  o'litchilarimning  yomon 
niyatlari yo‘qolsin»,  deb ovozimni juda ko‘tarib gapirdim.
164

Shunday  deb  yugurib,  bir  shahar  darvozasini  k o ‘rdim. 
M eni гг shahar darvozasiga olib kelib bir qorong‘ulik ichiga 
kiritdilar va to g 1 tom onga yuzlantirdilar. T o g ‘ning yuqorisiga 
qarasam, oldinda Erklig xon o ‘tiribdi.  Borib k o ‘rdim. C h o‘l 
joyda son-sanoqsiz odamlarning b o ‘yinlari b o ‘g ‘ilgan, q o ‘l- 
o y o q la r i  b o g ‘lan gan ,  o ‘z  so 'z la r in i  a y tib ,  g u n oh larin i 
b o ‘lishib turar edilar. U  c h o ‘lning ichi yana kuchli yolvorish. 
tavba,  mungli  ovozlar bilan  t o ‘la  edi.  Ruhlar  Erklig xonga, 
К u T ay  otli  odam ni keltirdik,  deb  aytdilar.  Otimni eshitishi 
bilanoq u:  «Ey xizmatkorlar,  u odam ning yovuz qilmishlari 
ju d a   k o ‘p,  u  k atta  gun oh k or.  N e g a   uni  ju d a   kech  olib 
keldingizlar?! Endi uning homiylarini olib kelinglar. Ularning 
s o ‘zlarini  eshitaylik»,  dedi.  Erklig  xonning  bu  yorlig‘ini 
eshitib, meni olgani kelgan xizmatkorlar tashqariga chiqdilar, 
chaqirdilar, qichqirdilar, tilab, istab topmaganlaridan keyin, 
qaytib  kelib,  topm ad ik,  dedilar.  K eyin  Erklig  xon  yana 
xizmatkor ruhlam i m ening homiylarimni bag (qabila nom i) 
mavjudotlari  orasidan  istashga j o ‘natdi.  K eyin  u xizmatkor 
ruhlar  kelib,  istab,  ham m adan  s o ‘rab,  yana  topm adilar. 
Erklig xon oldiga kelib topmadik, dedilar. Erklig xon uchinchi 
m arta  beshta  y o ‘lga  ruh j o ‘natdi.  Ruh  beshinchi  y o ‘ldan 
qaytib keldi. U  ruhning xizmatkori Erklig xonga bitik keltirib 
berdi.  Erklig  x on   uni  ochib  o ‘qidi,  bu  bitikda  shunday- 
shun day  yozilgan  edi:  « F alon   kuni  o d am zod   olam idagi 
Chang  toifasidan  Ku  Tay  otliq  odam  jon li  m avjudotlarni 
o ‘ldirgani  uchun  pushaym on  b o'lib ,  oltin  rangli  y o r u g ‘, 
yaltiroq, hammadan yuqori turadigan num kitobni butunlay 
yozib tugatishga istak tug‘dirib, baxt s o ‘radi.  Shuning kuchi 
sababli  Ku  Tay  o tlig‘  jallod  odam ning  jonli  mavjudotlari 
avval hayvonot olamida bo'ldilar. Keyin hayvonot olamidan 
o ‘tib,  odamlar  olam ida tug'ildilar».
E rklig  x on   bu  ta v b a n o m an i  o ‘qib,  x u rsan d lik   bilan 
m enga  dedi:  «Ey  Ku  Tay,  sen  garchi  tiriklarni  o id ir g a n  
b o ‘lsang  ham,  yana  ularni  qutqarishga,  om on  qoldirishga
165

amr  elding.  Sen  shundaysanki,  eng  kuchli,  qattiq  va’da, 
haroratli ko‘ngil bilan shoh kitob nomli bu qimmatli kitobni 
bitib,  bu  zamonda  xizmatkor  b o ‘lishga  istak  bildirding. 
Baxtli  ruhning  kuchi  bilan  o ‘zing  o ‘ldirgan  mavjudotlar 
hayvonot  dunyosi  azoblaridan  qutulsinlar,  deb  baxt 
tilading.  Shu  sababdan  k o ‘p  m av ju d o tlar  hayvonot 
dunyosidagi  azoblardan  qutulib,  odamzod  dunyosida 
tug'ildilar.  Endi  ey  tiriklar,  o im a ,  olam  baxt-saodatlari 
bilan  ham  o‘zingm  asoratga  solma,  yomon  ishlar  qilma, 
yaxshi ishning kema,  ko‘prigini qilgin, yaratgin, deb meni 
ozod  qildilar.  Men  ozodlik  varaqasini  olib,  u  shahardan 
keldim.  Bu  xuddi  o ‘yinday  edi.  Men  tush  k o ‘rdim  va 
uyg‘ondim, mening tirilishim shundaydir», -  dedi Ku Tay.
Bu so'zlarni eshitib, u davrada yig‘ilgan barcha kishilar 
hayron  boidilar,  ajablandilar.  Mukammal,  dono  Tangri 
tangrisi  Burxon  numining  ulug‘  kuchiga  ortiqroq  toza, 
haroratli  k o ‘ngil  b o g ia b ,  yuzdan  ortiq  kishi  bu  num 
xazinani  topishga  kirishmoqchi  boidilar.  Ammo  shahar 
xalqi  bu  num ni  istab   to p m ad ilar.  N ih o y at  Inchyu 
shaharidagi  Suvasdiq  Su  otli  sangram  (ibodatxona)dan 
topishib,  k o ‘chirishga  oldilar.  Ku  Tay  bekning  oilasi, 
yaqinlari  uydagi  kattayu  kichiklar  bu  dunyoda  «o‘zlik» 
(vujud  oiishi)  so‘zini  butunlay  tashlab,  bu  num  xazinani 
o'rgandilar,  ijro  etdilar,  bitdilar,  k o ‘chirib  yozdirdilar, 
o ‘qitdilar.
U yer yuzida yashashdan mahrum.
«MAADAY QORA»
Oltoy  turkiylari  ijodida  qahramonlik  eposlari  alohida 
o‘rin egallaydi. «Maaday qora» shunday dostonlardan biri 
hisoblanadi. Bu eposning oltoyliklar o ‘rtasida «Kan Pyud», 
«Kan  Tutay»,  «Eskyus  Ool»,  «Temirbiy»,  «Kan  Saru»  va 
b o sh q a  nom dagi  v a rian tla ri  ham   m avjud.  O ltoy
166

qahram onlik  eposlarining  tadqiqotchisi  S.Suruzakovning 
ta ’kidlashicha, «M aaday qora» nom i bilan tarqalgan syujet 
yuqoridagi  dostonlarning  ham 'nasidan  m ukam m aldir.
Q adim iyligi saqlangan oltoy  eposlarida qahram onlarga 
rang sifatini berish an ’anasi mavjud. M asalan, «A q Bo'qu», 
«Qara  B o ‘qu»  nom lari  uchraydi.  O ltoyliklar to g ‘  atrofida 
(oq ,  qora,  jigarrang)  va  daryo  b o ‘yida  (oq,  qora,  k o ‘k) 
y a sh a y d ig a n   k u c h li  o v c h i  y o k i  ja n g c h ila r g a   sh u n d a y  
laqablar q o ‘yishgan. A ytishjoizki, oltoyliklam ing A q B o‘qu 
(Oq  Buqa)  va  Qara  B o ‘qu  (Q ora  Buqa)  deb  nom langan 
q a h ram on la rin in g   ism larid a   k u ch li  o d a m la rn i  B u qa  -  
H o ‘kizga tenglashtirish h o ‘kiz odam  haqidagi afsonalarga 
yaqindir.  D em ak,  M aadayga  qora sifatining  berilishi ham  
jangovar va  kuchlilik ramzidir.
Q ahram onlarni  rang  sifatlari  bilan  a tash   qadim iylik 
belgisidir.  Shuningdek,  M aaday  qoraning  o ‘g ‘li  K o'gudey 
M ergen n i  ruh-parilar  en a g a si  ta rb iy a la sh i  h a m   u n in g  
qadim iy  qatlam larini  ochadi.  Y oki  M aaday  qora  o ‘g ‘liga 
yaqin  q o ‘shnisining  qiziga uylanishni m aslahat  berganida, 
u «O sm on va Yerning o ‘rtasida yashovchi» O y xoqonn ing 
qiziga uylanishini aytishi, o ‘z m aqsadi y o iid a  qahram onlik 
k o ‘rsatishi  ham doston qadim gi miflardan  oziq  olganligini 
isbotlaydi.
« M a a d a y   q o r a »   t o ‘rt  q o ‘sh iq d a n   t a s h k il  t o p g a n  
dostondir. U ning bosh qahram oni K o ‘gudey M ergan. Lekin 
ep os  un in g  o ta si  n om i  b ilan   atalgan .  B irin ch i  q o ‘shiq 
M aaday  qoraga b a g ‘ishlangan.  Bizga  M aaday  nom i  antik 
davr tarixchilarining  kitoblari  orqali  tanishdir.  Y a ’ni,  VII 
asrda  y a sh a g a n   turk  x o q o n i,  k ey in g i  asrlar  fo rs-to jik  
adabiyotida  A frosiyob.  turkiy  adabiyotda  A lp  Er  T o ‘nga 
nom i bilan  tasvirlangan  shaxsning  nom i M adidir.
O ltoyliklam ing  qahram onlik  eposi  yaratilishiga  skiflar 
xoqoni  M adining  ham   shaxsiyati  asos  b o ‘lgan,  deb  aytish 
m um kin.  D o sto n   quyidagi  satrlar bilan  boshlanadi:
167

n   I I J /   и   - i f  
I *   I  I I I '
A к  chiraylu el -  albathi 
A Itay  to ‘rbin о 'dup о ‘sko 'n.
Yarash  chechen  tild o a y m a k  
Yildiz cholmon ко 'stu aymc/k,
Qo 'nnin ко ‘zin bo 'ktup chikkan 
K o'ren  tayga bo  rkey  ber gen,
Ко 'ro ‘regen  to ‘rbay  кауПы,
(Mazmuni: Alp bahodirning yuzi qip-qizil olovday.  U el 
va  urugiariga  ega.  U  chiroyli  boigan  bepoyon  Oltoyning 
tuprogida  o'sdi.  Eli  gapga  chechan,  o ‘tkir so‘zli.  Ko'zlari 
xuddi yulduz, tumanni tarqatgan porloq quyoshga o ‘xshaydi. 
Chiroyli  oik ad a to ‘s-to‘polon hayot kechirishadi).
Bu  misralarda  Alp  Maaday  va  u  xoqonlik  qilayotgan 
m am lakat  xalqiga  Xos  b o ig a n   xususiyatlar  aks  etgan. 
D oston  m uqaddim asi  Alp  M aadayning  adolat  bilan 
xoqonlik  qilayotgani,  uning  xalqi,  oti  ham da  xudolar 
(yerostiniki  Aybiston va  osmonniki  Q o‘rbuston)  sha’niga 
m aqtovlar  keltiriladi.  Xoqonning  oti  Karish  Quloqqa 
yuksak baho  beriladi.
M aaday qora Oltoy va q o ‘shni mamlakatlarda o ‘z xalqini 
xavf-xatardan  saqlab  kelgan  xoqon  sifatida  m ashhur  edi. 
D ostonda  unga  qarshi xoqon  Qora  Quia  obrazi  yaratilgan. 
U  o ‘zida  barcha  yomonliklarni  umumlashtirgan  hukmdor 
tim solidir,  U n in g   nafasi  shunchalik  sovuqk i,  oqayotgan 
d a r y o   ham   m u z la y d i.  Q ora  Q uia  M a a d a y   q o r a n in g  
m am lakatini  bosib  olib,  xalqini  m ol,  xoqonini  c h o ‘ponga 
aylantirmoqchi  b o ia d i.  Lekin  maqsadiga  crisha olmavdi.
M aaday qora yoshi o ‘tib,  belidan  quvvati  ketayotganda 
yo lg ‘i z o ‘g ‘i lk o ‘radi. Bola pahlavon b o iib  u lg‘ayadi.  Uning 
sifatlari  shunday:  k o ‘kragi  oltin,  yelkasi  kumush  rangda. 
Ikki  kunda  «Ona»,  olti  kunda  «Ota»  so'zlarini  aytadi.  U 
ayiq terisi  po'stagida  uxlardi.  Arslon  terisi  esa unga  bolish
168

edi.  Maaday  qora  o ‘g‘lini  Ko‘gudek  Mergan  nomi  bilan 
ataydi.  Xoqon  hayotdan yashash umidi  so'na borar ekan, 
o ‘g‘liga  vasiyat  qiladi:  «Oltoy  xalqi  osuda,  tinch yashadi. 
Bugun  kuch-quvvatim   ketayotgan  paytda  Q ora  Quia 
Oltoydagi yetmish urug‘ni o ‘ziga bo‘ysundirmoqchi. Xalq 
va ota nomusi uchun undan o ‘ch olishing kerak».
K o‘gudey  Mergan  pahlavonlikda  Alpomish,  Manas 
bilan  teng  turadigan  qahram onlardandir.  Uning  ayiq 
terisining  po‘stagida  uxlab,  arslon  terisini  boshiga  bolish 
q ilish id a  p a h lav o n lik   x u su siy atlari  y a n a d a   b o ‘rtib  
ko'ringan.  Mergan  uning  nomiga  ham  munosib  belgidir. 
Uning  ismida  botirlik,  dushmanni  xato  qilmasdan  urib 
yiqitish  sifatlari  umumlashgan.  Ko‘gudey  o‘z  xizmatkori 
T astaraka  (bunday  xizm atkorlar,  y a’ni  pahlavonning 
yonidagi  qul  obrazi  turkiylarning boshqa  eposlarida  ham 
bor) bilan  Qora  Quia mamlakatiga keladi  va uni  o‘ldirib, 
xalqni ozodlikka chiqaradi.
«Maaday  qora»  dostonida  oltoylaming  yetmish  urug'i 
butun  turkiy  qavm  va  qabilalaming  umumlashgan  belgisi 
darajasiga aylangan. Maaday qora esa ana shu qavmlaming 
otasi,  xoqoni  edi.  U  xoqonlik  davrida  Oltoyga  biror-bir 
bosqinchi oyog‘ini qo‘ymagan. U keksayib qolgani bilan elini 
bosqinchi  xoqonlarga  berishga,  xalqi  mol,  o ‘zi  cho‘pon 
bo‘lishga yo‘l qo‘ymaydi. Ko‘gudey Mergan odil va pahlavon 
turk xoqonlarining yangi avlodi sifatida namoyon bo‘ladi.
Qadimgi  turkiy  xalqlar  og‘zaki  ijodi  boy  merosga  va 
mavzu rang-barangligiga ega. Qozoqlarning «Er Targ‘in», 
«Alpamis», «Qambar botir», qoraqalpoqlarning «Qirq qiz», 
hakaslarning  «Oltin  arig ‘»,  Oltoy  turkiylarining  «Ay 
kuchin»  va boshqa asarlarida ham qadimgi  turkiy  xalqlar 
hayotiga xos mushtarak xususiyatlar ifodalangan. Masalan, 
qoraqalpoqlarning  «Qirq  qiz»  dostoni  ham  qahramonlik 
eposlaridan biridir.  Doston syujetida massagetlar malikasi 
To'maris, saklar malikasi Zarina qahramonligi borasida xos
169

tasvirlar  saqlangan.  Epos  qahram oni  Guloyimdir.  U 
dugonalari  (antik davr yunon  tarixchilarining kitoblarida 
keltirilgan  am azonkalar  kabi)  va  sevgilisi  Arslon  bilan 
birgalikda mamlakat  dushmanlari  Eron  shohi  Nodirshoh 
hamda Qalmoq xoni Surtoyshiga qarshi kurashadi.
Qadimgi  turkiy  adabiyotning  dostonlar  davri jahon 
xalqlari  m adaniyati  tarixida  alohida  o ‘rin  tutadi.  Shu 
sababli ham bu davr adabiyoti boy ilmiy xulosalar yaratish 
imkonini beradi:
1. Turkiy adabiyotlar tarixidagi « 0 ‘g‘uznoma», «Qo‘rqut 
ota  kitobi»,  «Alpomish»,  «Manas»,  «Maaday  qora»  kabi 
dostonlar  tasvirlangan  voqeiylikning  xususiyatlari  va 
e’tiqodlar tamoyiliga ko‘ra o ‘z qadimiy qatlamlariga ega. Bu 
eposlarda  turk iy   qavm larning  dunyoga  kelishi  va 
shakllanishidan  tortib,  jahondagi  eng  qudratli  xalqlar 
darajasiga ko'tarilishigacha  bo'lgan kurashli  yo‘li  o‘zining 
jonli  ifodasini  topgan.  Bu  do sto n lar  epik  y o ‘nalishi, 
qahramonlik ruhi, g‘oyaviy-badiiy qimmati bilan antik davr 
adabiyotining yuksak namunalari hisoblangan «Odisseya», 
«Iliada» kabi eposlar qatoridan joy oladi.
2.  Turkiy  xalqlar  adabiyotining  qadimgi  eposlari  ikki 
xususiyati  bilan  ahamiyatlidir.  Birinchisi,  bu  asarlar turkiy 
adabiyot  o ‘z  antik  davriga  ega  bo‘lganligini  asoslashga, 
ikkinchisi, qadimgi turkiylarning m a’naviy-axloqiy qiyofasi, 
turmush tarziga oid etnografik m a’lumotlar hamda ularning 
ahilligi, jipslashishi,  qudratli  mamlakatni  barpo  etishga 
qaratilgan  ezgu  niyatlarini  ochis.hga  xizmat  qiladi.  Jahon 
adabiyotshunosligi turkiy xalqlar adabiyotiga katta qiziqish 
bilan qarayotganligining asosiy sabablaridan bir ham ana shu 
ikki  tamoyilga  bog‘lanadi.  Olg‘uzxonga  xos  bahodirlik  va 
qavm larga  m ehribonlik,  Q o ‘rq u t  o tadagi  donolik, 
payg‘ambarlarga  xos  ilohiy  fazilatlar,  Alpomish,  Manas, 
Maaday qoraning mardligi bu eposlarning boqiyligi, ma’rifiy- 
estetik ahamiyatini belgilovchi yetakchi xususiyatdir.
170

T O 'R T IN C H I  Q IS M
TURKIY  ADABIYOTNING JAHON 
X ALQ LARI  ADABIYOTI BILAN 
USHTARAKLIK DA VRI
Skif-kimmerlar yashagan davr adabiyoti va madaniyati 
shakllanganligi bilan jahon  xalqlari  tarixida  alohida  o‘rin 
egallaydi.  Ular  yaratgan  adabiy  syujetlar  antik  davrdagi 
k o ‘plab  xalqlarning  adabiyotiga  k o ‘chib  o ‘tgani,  ayrim 
syujetlarda  tipologik  o ‘xshashliklar  m avjudligi  yoki 
ularning hukmdorlari, qahramonlari haqida boshqa xalqlar 
adabiyotida ham bir necha, hatto turkum asarlar yaratilgani 
shundan dalolat beradi.
SHUMER ADABIYOTI
Turkiy xalqlar og‘zaki ijodi bilan miloddan avvalgi 2800- 
yillarda yashagan  Bilgamishxon  va uning  sharafiga  sopol 
lavhalarda  bitilgan  dostonlar  davrining  m a’lum jihatdan 
o‘xshashlik tomonlari bor. Oltgan asrning 40-yillarida ingliz 
arxeologi Leyard Ossuriya poytaxti Nineviya xarobalarini 
o'rgana boshladi.  Tekshirish natijasida Ossuriya podshosi 
Ashshurbanipal saroyi qoldiqlaridan mixxat belgilari bilan 
qoplangan  20 ming sopol kitobga ega b o ‘Igan kutubxona 
qo‘lga kiritildi.
A sh sh u rb an ip al 
O ssuriyaning 
eng 
ilm sevar, 
m a’rifatparvar  shohlaridan  biridir.  Uning  shohlik  davri 
(miloddan  avvalgi 669-630-yillar) jahonda kimmer hamda 
skiflar  k atta  mavqeni  egallagan  vaqtga  to ‘g‘ri  keladi. 
A shshurbanipal  davlatni  m ustahkam lash  uchun  o ‘z 
mamlakati  atrofidagi  Misr,  Bobil,  0 ‘rartu,  Lidiya  kabi 
mamlakatlar bilan ittifoq tuzgan.  Lekin Shimol tomondan
171

»U  JAM 
1
 
111111^  IViVllilV  W J 1 J  V 
J  
1J1J
qilishlari  Ashshurbanipalni  tashvishga  sola  boshlaydi. 
Ossuriya shohi Lidiya davlatidan ham xavfsirar edi. Kichik 
Osiyoning keng dalalarida hukmronligini o‘tkazib, Egey va 
0 ‘rta dengizga chiqishga  urinayotgan kimmeriylar Lidiya 
davlatining  kuchi  zaiflashishiga  sabab  b o ‘ldi.  Bu  esa 
birmuncha  vaqt  Ashshurbanipalning  o ‘z mavqeini  saqlab 
turishiga yordam berdi.
Ashshurbanipal  podsholigining  so‘nggi  yillarida  Kichik 
Osiyoga kimmeriylar orqasidan skiilar bostirib kelishdi. Ular 
dastlab  Suriya  va  Falastin  mamlakatlarini  ishg‘ol  etishib, 
Ossuriya  va  M isr  chegaralariga  yetib  keladilar.  Sais 
davlatining hukmdori Psammetik skiflarga sovg‘a berib, jon 
saqlaydi.  Barcha jabmi  Ossuriya  davlati tortadi.  612-yilda 
Midiya podshosi Kayxisrav va Bobil hukmdori Nabupalasar 
kelishgan holda Ossuriyaga hujum qilishadi. Ular mamlakat 
poytaxti  Nineviyani  ishg'ol  qilishib,  shoh  saroyiga  o ‘t 
qo‘yadilar.  Ashshurbanipal  asos  solgan kutubxona vayron 
etilib,  sopol  kitoblar  parchalanadi,  lekin  yong'indan  zarar 
k o ‘rmaydi.  Ingliz  arxeologi  Leyard  ikki  yarim  ming  yil 
yerostida  yotib  chirim agan  sopol  k ito b larn i  q o ‘lga 
kiritmaganida,  ehtimol,  biz jahon  madaniyatining  nodir 
xazinasidan balki hali bahramand bo‘lmas edik.
Midiyalik  va  bobillik johillar  tomonidan  yondirilgan 
kutubxona xazinasida qadimgi ajdodlarimiz yaratgan adabiy 
yodgorliklar borligini tan olish g‘oyat sharaflidir.  Bu sopol 
kitoblar  eramizdan  oldingi  2000-yillarda  so‘zlashuvdan 
qolgan  shumer  (sumer)  tilida  bitilgan  deb  hisoblanadi. 
Amerikalik  shumershunos  S.N.Krameming  isbotlashicha, 
shumeriylar yaratgan adabiy syujetlar va ilmiy kashfiyotlarni 
boshqa  xalqlar,  jum ladan,  bobilliklar  o ‘zlashtirganlar. 
Shumeriylar Mesopatamiyada  Dajla va Frot (turkiylar buni 
0 ‘kuz deb atashgan) daryosi oralig‘ida yashashgan.
172

Ashshurbanipal kutubxonasidan topilgan sopol kitoblar 
orasidan  ikki  daryo  oralig‘i  -   Mesopatamiyaning  ulug‘ 
tarixiy-afsonaviy  qahramoni  Bilgamish  haqidagi  she’rlar 
turkumi ham  uchraydi.  Bu she’rlarni  keyinchalik akkadlar 
o'zlashtirib olishgan v a o 'z  tillarida 12 qismdan iborat tugal 
doston yaratishgan. Shumer tilidagi sopol kitoblar topilgunga 
qadar  bu  doston  akkadlarning  adabiy  merosi  sifatida 
mashhur  boigan.  Zotan,  doston  ijodkorlari  shumerlardan 
yetib kelgan adabiy parchalami ma’lum bir tizimga solishgan, 
qahramonlarning asl nomlarini  o‘z tillari  va urf-odatlariga 
moslab  o'zlashtirishgan,  qo‘shimcha  voqealar  kiritishgan. 
Akkadlar dostoni «Gilgamish» deb atalgan. Qadimshunoslar 
bu  asarning mukammaligini  asos  qilishib,  ko‘proq  akkad 
shakllariga  m urojaat  etishgan.  Chunonchi,  shumer  va 
akkadshunos  I.M .D yakonov  ham   dostonni  rus  tiliga 
akkadchadan tarjima qilgan.
Shumer tilidagi sopol hujjatlar doston qahramoni tarixiy 
shaxs  bo‘lganligini  ko‘rsatadi.  I.M.Dyakonov  m a’lumot 
berishicha, miloddan avvalgi XXVTI asr yozuvlarida Bilgames 
yoki  Belgemes  shaklidagi  shumer  xudolarining  nomlari 
uchraydi. 2800-2700-yillarda esa Unug shahrining qoxini va 
qo'shin  boshlig‘i  Bilgamish  (yoki  Bilgames)  b o ‘lgan.  Bu 
shahaming  nomi  qadimgi  yahudiy  tilida  Erex,  akkadlarda 
Uruk,  yunonlarda  Orxoy,  hozirda  esa  Varka  nomi  bilan 
aytilgan.  Arxeologlar Unug shahri tarixda bo‘Igan va qalin 
devorlar bilan ko‘tarilganligini isbotlashgan.
«BILGAMISH» DOSTONI
«Bilgamish» dostonining shumer tilida saqlangan syujeti 
bilan  akkad  nusxasi  syujeti  o‘rtasida  farq  bor.  Masalan, 
shumer  tilidagi  nusxada  birinchi  qo‘shiq  «Bilgamish  va 
Akka» deb nomlangan. Unda Bilgamish hukmronlik qilgan 
shahar  Kish  shahrining  hukmdori  Akkaga  buysungan.
173
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   29


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling