Abdurashid abdurahmonov turkiy adabiyotning qadimgi davri


Bilgam ish  o ‘z  d o ‘sti  E nkidu,  xalq  y ig ‘ini  va  oqsoqollari


Download 8.37 Mb.
Pdf просмотр
bet13/29
Sana05.12.2019
Hajmi8.37 Mb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   29

Bilgam ish  o ‘z  d o ‘sti  E nkidu,  xalq  y ig ‘ini  va  oqsoqollari 
m aslahati  bilan A kkad zulm idan qutulish uchun  kurashga 
o tla n a d i.  Jang  B ilg a m ish n in g   g ‘a la b a si  bilan  tu gayd i. 
Akkadlar  yaratgan  dostonda  shumeriylar  q o ‘shig‘ida  aks 
etgan  tasvir  berilm agan .  A k k a d   d o sto n in in g   syujetida 
Bilgam ish  birmuncha  zulm kor  shoh  sifatida  k o ‘rsatilgan. 
Bilgam ish  erkaklam i  shahar  devorlarini  qurishga  majbur 
etib,  xotin-qizlarni  haram iga  olib  boradigan  hukm dorga 
a y la n g a n .  B ilg a m ish   d o 's t i  E n k id u   b ilan   bir  q a n ch a 
qah ram on lik lar  k o ‘rsata d i.  M a sa la n ,  K edr  o 'rm o n id a  
yash ovch i  pahlavon  X u m b a b o n i  kurashda  h alo k   etadi. 
Bilgam ishning pahlavonligiga qoyil qolgan m a ’buda Ishtar 
(shumerlarda  Innin)  unga  sevgi  izhor  etadi.  Bilgam ishdan 
rad javobini  oladi.  Ishtar bundan g'azablanadi va otasidan 
yordam   so'raydi.  O tasi  xu d o  A n u   unga  qarshi  sam oviy 
h o ‘kizni  yu boradi.  U   sh u n ch a lik   b a h a y b a t  ediki,  F rot 
daryosining  suvini  bir  sim irishda  ichib  q o ‘yadi  (M ahm ud 
K oshg'ariy  turkiylarning  o ‘g ‘uz  qabilasi  F ro t  daryosini 
O k o ‘z -  H o ‘kiz nom i  bilan  ataganligini yozadi.  Qarang:  I, 
91-bet).  D am i  bilan  yerni  yoradi.  Bilgam ish  Enkidu  bilan 
birgalikda  sam oviy h o ‘kizni  o'ldiradi.
Bilgam ish  xudolarga  bas  kelolm asligini  anglab  yetadi. 
Shu  sababli  u  o ‘lm aslik  -   b oqiy  yashash  sirini  axtarib, 
k e m a d a   O k e a n d a n   s u z ib   o ‘ta d i  v a   0 ‘t n a p is h tim  
yashayotgan  orolga  yetib  keladi.  U n in g   m aslahati  bilan 
dengiz tubiga tushib, qari od am lam i yashartiradigan sehrli 
o ‘tni olib chiqadi.  Lekin qarshisida ilon paydo b o ‘lib, o ‘tni 
olib  qochadi.
«B ilgam ish»ning  m an tiq iy  hukm i  kuchli  pahlavonlar 
ham   abadiy  yashay  olm aydi,  xudoga  itoat  et,  ham m a  ish 
uning roziligi  bilan  b o ‘ladi,  degan g ‘oya asosida qurilgan.
Dostonning 
turkiylar 
bilan 
yaqinlik 
tomoni. 
Q adimshunoslar  «Bilgamish» yaratilgan  shumer  tilini  biror 
til oilasiga kiritish qiyin, deb hisoblaydilar.  Shu sababli ham
174

bu tilni ba’zan turkiylar,  ba’zan  hindlarning qadimgi mund 
tiliga taqqoslashlarbo‘lgan. X o ‘sh, «Bilgamish»ning qadimgi 
turkiylarga aloqador tom oni bonni? Kuzatishlar dostonning 
turkiylar bilan aloqador tom onlari ham  borligini k o ‘rsatadi.
1. 
«Bilgam ish»  yaratilgan  tilni  qadim shunoslar  o ‘lik  til 
deb  h iso b la sh a d i.  Sh u m er  tili  m ilo d d a n   a v v a lg i  t o ‘rt 
m inginchi yillikning oxirlaridan birinchi m ing yilliklargacha 
am alda  b o ‘lgan.  T arixiy  m an b alarga  k o ‘ra,  shum erlar 
m iloddan avvalgi ikki m inginchi yillikning birinchi yarmida 
akkadlar,  keyinchalik  Bobil  davlati  tarkibiga  q o ‘shilgan. 
N atijada, ularning tili bu xalqlar tili bilan chatishib ketgan.
Shumer xalqining ijtim oiy-siyosiy tarixi nuqtai nazaridan 
b u   fik rla r  t o ‘g ‘ri.  L ek in   uch  m in g   y il  d a v o m id a   fan , 
m a d a n iy a t,  a d a b iy o t,  din  va  tu rli  x il  d a v la t  hujjatlari 
yaratilgan  tilning  tarix  sahnasiga  kirib  kelishi  va  y o ‘qolib 
ketishini ertaklardagi voqealardek tushunish ajablanarlidir. 
U c h   m ing  yil  d avom id a  yaratilgan  m ad an iyatn i  hozirgi 
davrda  yashayotgan  aniq  bir  xalqning  ota-bob olari  nom i 
b ila n   b o g ‘la sh   ja h o n d a   u lu g ‘  sa n a lg a n   biror  xa lq n in g  
m adaniyatini  kam sitm aydi.  Shum er tilining  gram m atik va 
leksik  tarkibi  turkiy  tilga  m os  tushishini  aytishga  uringan 
o lim la r n i,  ik k in ch i  guruhlari  fa n ta z iy a c h i,  deb  tanqid 
qilishdi.  M asalan, F. X om m el birinchilardan b o ‘lib, shumer 
tilini turkiy tilga nisbat bergan.  Bizning zam onam izga kelib 
q o z o q   shoiri  O '.S u la y m o n o v   bu  tiln i  u r a l-o lto y   tillari 
oilasiga kiritishga harakat  kilgan.  Polyak olim i Y a.  Braun 
tib e t,  M .S e r e te lli  g ru zin   tilla r i  o ila s ig a   m a n su b   deb 
hisoblaydi.  Shum ershunos I.  M .  D y ak o n ov  esa bu fikrlarni 
faraz  deb  tushunadi  va  ularning  taqqoslarini  inkor  etadi. 
0 ‘rni  kelganda  aytish  kerakki,  bu  olim   O lm a-otadan  50 
kilom etr  uzoqlikda  Issiq  daryosi  b o ‘yidagi  q o ‘rg ‘ondan 
topilgan  yozuvni  k o ‘pgina  turkiyshunoslar  sak  turklariga 
nisbat  berganida  va  o ‘qib  asoslashganida  ham  tan  olishni 
istam agan  edi.
175

Shumer tilini hozirgi qaysi tillar oilasiga kiritish mumkin 
deb aytishdan ko‘ra, masalaga hozirgi qaysi tillarni shumer 
tili oilasiga kiritish mumkinligi nuqtai nazaridan yondashish 
to‘g‘ridir.  Chunki, shumer tili 4 ming yil oldin muomalada 
bo‘lgan. Bu tilda gaplashuvchi jamoa ming yillar davomida 
jahonning  turli  qit’alariga  ko‘chgan,  turli  qabilalar  bilan 
q o ‘shilib  ketgani,  tabiiy.  Zotan,  qadim shunoslar  ham 
shundan  guvohlik  berishadi.  Shumer  tilini  hozirgi  bir  xalq 
tili  bilan  grammatik  va  leksik jihatdan  qiyosan  o‘rganish 
m asalani  oydinlashtirm aydi.  Chunki,  b a ’zi  tillarning 
rivojlanib ketishi, taraqqiyoti o ‘zining qadimiyligini saqlab 
qolgan emas. Agar hozirgi turkiy tillarning kelib chiqish oilasi 
shumer tilidan deb olinadigan bo‘Isa, u holda barcha turkiy 
tillar tadqiqot doirasiga tortilmog‘i kerak.
Masalan, shumer tilida ama -  ona. Mahmud Koshg‘ariyning 
yozishicha, qaysidir o‘lkalardan turkiylar mamlakatiga ko'chib 
kelgan tubutliklar onani uma deb atashadi. Turkiy qavmlaming 
ayollardan tashkil topgan j angovar guruhi Ama -  zonkadir. Ada
-  otadir. Bu so‘z turkiylar uchun tushunarli. Kisikil -  qiz, ayol. 
Qadimgi  turkiylarda  bu  m a’no  kis,  kishi  so‘zlari  orqali 
ifodalangan.  Shumerlarga  xos  «s»  va  «sh»ning  almashinuvi 
e’tiborga olinsa,  uning turkiycha  bilan  yaqinligi  bor.  Bizning 
tilimizdagi  egar  so‘zi  shumerlarning  eger  -   bel  orqani 
ifodalaydigan  so‘ziga  yaqin  turadi.  Kusa  -   kursidir. 
Turkiylarning «г» harfmi aytolmaydigan (masalan, kursi -  kussi, 
mardon  -   maddon,  to ‘rt  -   to ‘t  kabi)  lahjalari  mavjud. 
Shumerlarda ug‘ -  xalq, ken -  kengash ma’no.sini beradi. Ug‘ken
-  xalq yig‘ilib kengashadigan joy. Demak, ken -  kengash, ayni 
paytda turli joylardan keladigan xalqlaming to ‘planib, maslahat 
o'tkazadigan  markazi  ma’nosini  ham  anglatadi.  Bu,  albatta, 
turkiylarda ken (kent) shahar (Toshkent kabi) mazmuniga ham 
mosdir.
Shumer  va  turkiy  tillar  o‘rtasidagi  yaqinlikni  qiyosan 
o ‘rganish  ishiga  O '.Sulaym anov  birinchilardan  bo‘lib
176

kirishgan, shumer tilidagi ollm ishdan ortiq s o ‘zning hozirgi 
turkiy tillarda q o ‘llanilishi ham da bu tillardagi s o ‘zlar bilan 
o ‘z a k d o s h   e k a n lig in i  is b o tla g a n   e d i.  O lim   sh u m e r  
atamasining m a ’nosi haqida ham fikr yuritar ekan, bu s o ‘zni 
«sub  -   yer»,  «sibir»,  «yer  -   sub»  s o ‘zlari  bilan  o'zak dosh 
deb  tushunadi  ham da  yer-suv  m azm unini  beradi,  degan 
fa ra z g a   k e la d i.  C h in d a n   h am   tu rk iy la rg a   x o s  to v u sh  
o ‘zgarish hodisalari («sh» -  «s», « т »  -  «Ь») shumerni «sub
-  yer»  deb  o ‘qishga im kon  beradi.
Badiiy  asarni  m a’lum  bir xalq  adabiyotiga  nisbat  berish 
uchun  faqat  tilni  asos  qilib  olish  yetarli  em as.  B unday 
m uam m oli  masalalar  tu g ‘ilganida  badiiy  asarda  aks  etgan 
d in iy   e ’tiq o d la r,  q a b ila   y o k i  x a lq la rn in g   u rf-o d a tla ri, 
obrazlarning  xarakteri  va  qahram onligi  s o ‘nggi  asrlardagi 
qaysi  xalqning  turmushida  saqlanganligi  nuqtai  nazaridan 
ham  yondashish kerak. «Bilgamish» dostonini turkiy xalqlar 
adabiy merosiga nisbat berishda o ‘zaro mushtarak qadimiylik 
belgilari saqlanib qolgani  asos  bo'lib xizmat qiladi.
T u r k iy   q a b ila la r n in g   e n g   q a d im g i  q a v m i  g u m er 
h iso b la n a d i.  Bu  qavm   o ‘zlarini  N u h   t o ‘fo n id a n   s o ‘ng 
d u n y o d a   p a y d o   b o ‘lg a n   b ir in c h i  x a lq la r d a n   d eb  
tu sh u n ish g a n .  Q a d im sh u n o sla r   tu r k iy la r n in g   kim m er 
qabilasini  gumer  qavm ining  nom i  sifatida  e’tiro f etishadi. 
A n tik   y u n o n   va  o s s u r iy   ta r ix c h ila r in in g   k ito b la r id a  
k im m erla r  h a q id a   b o y   m a ’lu m o tla r   b erilgan .  T arixiy 
asarlarda  bu  turkiy  q a b ila n in g   n o m i  gim m er,  kim m er 
shaklida,  shumer esa b a ’zan sum er shaklida ham  yozilgan. 
Shumer va kimmer nom larida m antiqan b o g ‘lanish ham da 
ohangdorlik  bor.  Q olaversa,  gumerlar  ham  shumerlardek 
dunyodagi  eng  qadimgi  qabilalardan  biridir.
2. 
A ntik  davr  yunon  va  ossuriy  tilida  yaratilgan  tarixiy 
k ito b la r d a   k im m eriy la rn in g   v a ta n i  S h im o ld a  
Q rim  
a t r o f la r id a  
d eb  
k o ‘r s a tilg a n . 
S h u m e r la r  
esa  
M esopatam iyada yashaganlar. X o ‘sh, uzoq M esopatam iya
1 7 7

bilan  kimmerlar o‘rtasida yaqinlik  boiganmi?  Shumer  va 
kimmer xalqini bir-biriga bog‘laydigan asoslar nimada?
«Bibliya»da  k o ‘rsatilgan  gumerning  o ‘g‘illaridan  biri 
Ashkanoz.  Bu  qavm tarixda  skiflar nomi  bilan  yuritiladi. 
Gumerning  yana  bir  o‘g‘li  Tugarma  deb  atalgan.  Undan 
Mesopatamiyada  yashagan  xalqlar  tarqalishgan.  Demak, 
kimmer  va  skiflar  Kichik  Osiyo  mamlakatlariga  tez-tez 
hujum   qilishi  ham da  o ‘z  hukm ronligini  o ‘tkazishga 
urinishining mantiqiy zamini mavjud. Axir, Ossuriya shohi 
Ashshurbanipal  o‘z kutubxonasida shumeriylarning sopol 
kitoblarini bekorga saqlamagan. Skif-kimmerlar hukmdori 
P ro to tey g a  o ssu riy lar  shohi  tin ch lik   ittifo q in i 
mustahkamlash uchun o ‘z qizini xotinlikka bergan edi. Shu 
kundan boshlab Prototey ossuriylaming shohi sifatida ham 
tan   olingan.  Y oki  I.M .D y ak o n o v   M idiya  tarix ig a 
b ag ‘ishlangan  k itobida  skiflar  sarkardasi  M adi  ham  
A shshurbanipalning  kuyovi  bo'lganligini  qayd  etadi. 
M idiya  shohi  K iak sar  M adini  o 'ld irib ,  O ssuriya 
kutubxonasini  yoqib  yuborishga  tashkilotchilik  qilishida 
k a tta   m antiq  bor.  K iaksar  O ssuriya  k u tu b x o n asid a 
kimmeriy va skiflar madaniyati, tarixi va adabiyoti bitilgan 
xazina borligini sezgan  bo‘lishi kerak.
Shumer  va  qadimgi  mesopatamiyaliklar  turkiylar  bilan 
yaqinligini  asoslovchi  yana  bir  necha  dalillarni  keltirish 
mumkin.  Chuvashlar  turkiylarning  qadimgi  qavmlaridan 
biridir. Chuvashiya jumhuriyatida Shumeriya deb ataluvchi 
shahar mavjud. X asrda yashagan arab tarixchisi ibn Xovqal 
m a’lumot berishicha, Samarqand atrofida mesopatamiyalik
-   iroqliklaming  qishloqlari  bo‘lgan.  Ular  o ‘zlarini  doimiy 
yashaydigan  xalq  sifatida  ko‘rsatishgan.  Aytish  kerakki, 
Shumer viloyati hozir Janubiy Mesopatamiya -  Iroqda. Arab 
tarixchilari iroqliklaming Jizzax, Toshkent atroflarida ham 
qishloqlari bo‘lishganini yozishadi. Iroqliklaming Urgutdagi 
qishlog‘i Vazkerd, Jizzaxdagisi Vinkerd, Toshkent atrofdagisi
178

Binkent deb atalgan. Arxeolog V.L.Vyatkin mesopatamiya- 
liklarning  Urgutdagi manzili  bo‘ylab  kuzatish ishlari  olib 
b orib,  u lar  yashagan  joyni  Q in g ‘ir  q ish lo g ‘ida  deb 
k o ‘rsatad i.  Q ing‘irni  kim m er,  gimmer,  qim m erning 
o ‘zgargan  shakli  deb  hisoblash  m um kin.  1920-yilda 
akademik V.V.Bartold Urgut tog‘larining Gulbog4 soyidagi 
q o y ad an   S uriya  tilidagi  y ozuvlarni  ham   k o 'rg a n . 
Ajabmaski,  arablargacha  Markaziy  Osiyo  shaharlarida 
yashay boshlagan va o ‘zini iroqlik deb hisoblagan  xalqlar 
shumerlar avlodidan bo'lishsa.
Shumeriylar tarixi  haqidagi  izlanishlar  Urgut  nomining 
yangicha  talq in in i  ham   beradi.  Bu  esa  qadim gi 
mesopatamiyaliklaming Urgut da yashaganligidan yana bir 
dalildir.  M iloddan  avvalgi  uch  m inginchi  yillarning 
o‘rtalarida akkad va shumer davlatlari birlashtirilgan. Akkad 
davlati taxminan  120 yil yashagan.  Miloddan avvalgi 2200- 
yilda Sharq tomondan kelgan tog'li gutiylar deb nomlangan 
urushqoq xalqlar akkadlar hukumatini ag'darishgan. Bunday 
qahramonlikka  shumerlarning  Lagash  shahri  aholisi  katta 
yordam  bergan.  XXII  asrga  kelib,  Ur sulolosidan  bo‘lgan 
qavm ulardan hokimiyatni qaytarib oladi  va gutiylar bilan 
lagashliklar mamlakatdan quvib chiqariladi. Bu o‘rinda yana 
b ir  qarash n i  ham   eslatib  o ‘tish  kerak.  K o ‘pchilik 
shum ershunoslar  shum erlar  M esopatam iyaga  to g ‘li 
o ‘lkalardan,  ehtimol  Eron  va  Markaziy  Osiyodan  kelib 
qolishgan, degan fikmi ham olg‘a surishadi.
3. 
Shumer  shahar-davlatiga  asos  solgan  xonlardan  biri 
Bilgamishdir.  Uning hokimi Bilgamish Kish hokimi ustidan 
g‘alaba qozonib, afsonaviy qahramonga aylanadi. Bilgamish 
akkad  tilidagi  eposda  Gilgamish  deb  nomlangan.  Uni 
Bilgam ish  deb  nom lash  t o ‘g‘ridir.  Bu  turk iy   tilga 
yaqinlashtirish  m aqsadida  emas,  albatta,  «Bilgamish» 
so‘zining  o‘zagi  turkiycha  «bilmoq»  m a’nosini  ifodalaydi. 
Dostonning  mazmuni  ham  asar  qahramonining  nomiga
179

«b ilish »  s o ‘zi  asos  b o 'lg a n lig in i  isb o tla y d i.  D o s to n d a  
G ilgam ish ta ’rifi  shunday:
Ey,  dunyodagi har narsani bilguvchi,
Ey,  dengizlam i anglovchi,  tog ‘lardan о 'ta  olguvchi.
Ey,  yovlarni yenguvchi do ‘stlari bilan,
Ey,  aql-zakovat,  bilimi bilan 
Siru asrorlarni ко ‘ra bilguvchi!
Bizga  tofongacha bo ‘Igan kunlardan xabarni berdi,
Uzoq safarga chiqdi,  lekin xorib qaytdi u.
Turmush mashaqqatin yo zdi toshlarga.
Unugni devorlar bilan о ‘radi.
M uqaddas Ennaning nurli ombori
Devor qo ‘ng ‘iralarin ко ‘r,  misdan yasalgan go ‘yo.
Ко ‘tarmaga qara tenggi y o  ‘q uning...
...Hamm a  insonlardan buyuk inson u.
B u  t a ’r if  q ah ram on   ch in d an   b ilg u v ch i  -   B ilg a m ish  
ekanligiga  shubha tu g‘dirmaydi.
4. 
D o sto n   qahram onining  asl  ism i  Bilgadir.  M ish  esa 
o ‘sha  davrdagi  bobil,  xett,  ossuriy  xalqi  o'rtasida  taniqli 
k ish ila r   va  a fs o n a v iy   q a h r a m o n la r g a   n isb a ta n   k en g  
q o ‘llanilgan  bir  belgi.  M ish  k o ‘proq  turli janglarda  g ‘olib 
kelgan,  um um an, bahodir, pahlavon kishilarning nom idan 
keyin  ishlatilgan.  M ish  turkiy  xalqlar  o'rtasida  yaratilgan 
ayrim   q a h ra m o n lik   ep o sla rid a ,  m a sa la n ,  « A lp o m ish » . 
«K untug‘m ish»  dostonlarida  yoki  Y u su f  X o s  H ojibning 
«Q utadg‘u  bilig»  asarida  o ‘z  qadim iyligini  t o i a   saqlagan 
( 0 ‘gd ilm ish ,  0 ‘z g ‘urm ish).  B izning  m ilo d d a   ham   turk 
xoqonlari orasida Bilga va m ish nom i bilan atalganlari bor. 
M asalan,  V II-V III  asrlarda  yashagan  turk  xoqonlaridan 
b ir in in g   n o m i  B ilg a d ir .  U   7 3 2 -y ild a   v a fo t  e tg a n   va 
turkiylarning  m am lakatiga  20  yil  xoq on lik   qilgan.  Y oki 
Oltin 0 ‘rda xoni T o ‘xtamish nom ida shunday belgi mavjud.
180

5.  D oston  qahram onining  nomi  Bilgamish  ham da 
Bilgamis  shaklida  qo‘llanilgan.  «S»  va  «sh»  harflarining 
almashinuvi  turkiy  xalqlar  tilida  saqlangan.  M asalan, 
qirg‘izlaming «Manas» eposi «Manash» deb ham yuritilgan. 
«s» va «sh» almashinuvi, xususan, hozirgi qozoq tilida keng 
ishlatiladigan hodisadir.
6.  «Bilgamish»  dostonida  xudolar  obrazi  yaratilgan. 
Bilgamish  madad  so‘raydigan  Quyosh  xudosining  nomi 
0 ‘tu.  Bilgamish  o ‘rm onga  j o ‘nash  oldidan  osm onga 
qoilarini cho‘zib, unga iltijo qiladi:
0 ‘tu, men toqqa ketyapman, sen mening yordamchim
bo‘l!
T oqqa  kedr  kesm oqqa  boryapm an,  sen  mening
yordamchim bo‘l!
Dostonning  akkad  nusxasida  Quyosh xudosi  Shamash 
nomi bilan berilgan.  0 ‘tuning turkiy tilga yaqin tomonlari 
bor.  Birinchidan,  0 ‘tu  m aiu m   m a’noda  o ‘tni,  issiqlikni, 
haroratni  anglatadi.  Quyosh  shunday  xususiyatga  ega. 
Ikkinchidan,  turkiylar islom  diniga qadar ko'kka,  osmon 
jismlariga  sig‘inishgan.  Y a’ni,  Ko‘k  Tangri  turkiylarning 
muqaddas  dinidir  yoki  massagetlaming  yagona  xudosi 
qu y oshdir.  Shu  sab ab li  Q uyosh  tu rk iy la r  uchun 
m u q ad d asd ir.  Eng  qadim gi  d av rlard an   Y u su f  Xos 
Hojibning  «Q utadg‘u  bilig»  asarigacha  Quyosh  turkiy 
xalqlarning adabiyotida (so‘nggi davr adabiyotlarida ham) 
yaxshilik, ezgulikning muqaddas obrazi sifatida aks etdi.
Ko‘kni  ulugiash,  ko‘kni  Tangri  deb  tushunish barcha 
turkiy xalqlarga xos xususiyatdir. Masalan, qadimgi buryat 
va m o‘g‘ul mifologiyasida ham boqiy Ko‘k osmon -  Xuxe 
M unxen  tengri  insonni  q o ‘riqlaydigan  kuch  sifatida 
tasvirlangan. Bu esa shumer mifologiyasidagi osmon xudosi 
An,  Oy  xudosi  Nannar  va  boshqa  sayyoralar  to ‘g‘risida 
berilgan tasvirlarga mushtarakdir.
181

«Bilgamish»  dostonida  va  shum er  m ifologiyasida 
0 ‘tnapishtim obrazi uchraydi. Rivoyat qilishlaricha, dunyoni 
to‘fon  bosganida  faqat  diyonatli  0 ‘tnapishtimdan  boshqa 
odamlar halok bo‘ladi.  U xudo Enkining maslahati asosida 
hamma joyi  berkitilgan  quti  yasab,  oilasi  va  xizmatkorlari 
bilan  omon  qoladi  (bu  rivoyat  turkiylar  otasi  Nuhning 
kemasini ham eslatadi). Dunyoda bir kishi ham sog‘-salomat 
qolmagan to‘fondan jon saqlash balo-qazolardan toblanish 
belgisidir. Bunday odamlarga nisbatan hozirda ham «o‘tda 
yonmas»,  «olovda  pishgan»  iboralari  qo‘llaniladi.  0 ‘tda 
pishdim nomi o‘zbek tilidagi «o‘tda pishmoq»ning m a’nosiga 
yaqin anglashiladiki, bu qahramon harakatiga mos tushadi.
Shumerlar  osmon  davlatida  yashaydigan  xudolarni  sut, 
non, kiyim-bosh bilan ta’minlash zarur, deb tushunadi. Shu 
sababli  donishmandlik xudosi  Enki loydan  odam  yasaydi. 
Bu shumerlar edi. Bilgamish ham loydan yasalgan. Odamlar 
osmondagi  o ‘z  rahnamolariga  sig‘inishi,  ularga  zaruriy 
narsalarni tayyorlab berishi va buning uchun mehnat qilishi 
kerak  edi.  Shumer  xalqining  mifologiyasidagi  bu  ta ’limot 
Ko‘k Tangri dini haqidagi tushunchadan uzoq emas.
S hum erlarning  «Bilgamish»  ruhidagi  yana  bir 
qahramonlik eposi Etana nomi bilan bog‘lanadi. Etana ham 
Bilgamish  singari  inson  umrini  yashartiradiga  mo‘jizaviy 
o‘tni qidiradi.  U o‘tni axtarib, burgutning bo'yniga minadi, 
osmonning o‘n to'rtinchi qavatiga ko‘tariladi. Etana pastga 
qaraydiyu,  yuragi  uvushib  ketadi.  Yer  sira  ko‘rinmas  edi. 
Shunda vahimaga tushib, qo'lini burgutning bo'ynidan olib 
yuboradi  va yerga qulaganicha halok bo‘ladi.  0 ‘zbek tilida 
«etana polvon»,  «etanasi chiqib»  kabi birikmalar,  kinoyali 
gaplar  yo‘q  emas.  Bu  so'zlarning  m a’nosi  shumeriylar 
qahramoni Etana polvon harakatiga yaqinligi bilan e’tiborni 
tortadi.
Etana  haqidagi  dostonning  asosiy  voqeasi  insonning 
burgutga  minib  uchishidir.  Qushlar  yordamida  osmonga
182

parvoz etish voqealan qadimgi turkiy eposlarda, jumladan, 
«Go‘ro‘g‘li» turkumidagi dostonlarda, «Semurg‘» afsonasida 
yoki Nosiriddin Rabg'uziyning «Qissai  Rabg‘uziy» asarida 
tasvirlangan.
Shumer xalqi jahon antik adabiyotining ilk asoschisidir. 
Bu  xalqdan  bizgacha  ko 'p lab   lirik  she’rlar,  m asallar, 
xudolar sha’niga bitilgan qasidalar yetib kelgan.
Shunday  qilib,  shumer  adabiyoti  tilini,  asarlarida  aks 
etgan diniy ta ’limot, urf-odatlami keyingi asrlarda yashagan 
turkiy xalqlarga o ‘xshashlik tomonlari bor, deb hisoblash 
mumkin.
QADIMGI TURKIYLAR VA YUNON 
ADABIYOTI
«Iliada» va «Odisseya» dostonlari yunon adabiyotining 
nodir namunalaridir. Bu asarlarda yunon va troya urushlari 
tasvirlangan.  Troya  Kichik  Osiyoda joylashgan  shahar. 
Arxeologlar  uning  o'rnini  hozirgi  Turkiyaning  Xisorlik 
qishlog‘ida ekanligini aniqlashgan. Bu shaharni II qurdirgan 
va  otasining  sharafiga  Troya  nomini  qo'ygan.  Shahar 
b a’zan ikkinchi nomda -  II nomi bilan Ilion deb yuritilgan. 
«Iliada» -  «Ипота»,  «II qissasi» degan m a’noni beradi.  II 
qadimgi turkiylar tilida muomalada bo'lganligi uchun ham 
bu  s o ‘zga  yangicha  talqinda  qarashga  to ‘g ‘ri  keladi. 
Turkiylar bir qancha davlat va qavmlarni o‘z kuchlari bilan 
itoat ettirib, ulkan davlatga asos solishgan.  Bunday davlat 
turkiylarning  atam asida  «II»  yoki  «El»dir.  Boshqacha 
aytganda, «II» yoki «Е1» imperatorlik mavqeiga ega bo‘lgan 
davlat m a’nosini ifodalagan.
G om er  shaxsiyati  va  uning  dostonlari  tahlili  bilan 
jahondagi  yuzlab  olimlar  qiziqishgan.  Jumladan,  gruzin 
olimi R.V.Gordeziani troya urushlarini taxminan miloddan 
avvalgi  1265-yillar  atrofida  bo‘lgan,  deb  hisoblab,  Troya
183

T R S H   (Teresh  yoki  T u rsh a)  m am lak ati  ekanligini 
k o ‘rsatadi.  A lbatta,  tu r  -   m iloddan  avvalgi  asrlarda 
yashagan  turkiy  qabilalarning  umumlashgan  nomidir. 
Dostonda  troyaning  ko'plab  pahlavonlari  ishtirok  etadi. 
U larning  eng  bahodiri  H ektordir.  H ektor  o 'z   xalqini 
qahram onlikka  chaqirar  ekan,  «ko'kdagi  Tangrilar», 
«samoviy Tangrilar»ga sig'inadi, ulardan madad so'raydi. 
Troya pahlavonlari sher va qoplonga, yunon qahramonlari 
esa  h o 'k izg a  o 'x sh atilad i.  «Iliada»ning  o 'n   uchinchi 
qo'shig'ida shunday satrlar keltirilgan:
Zevs Hektorning lashkarini exeylarning qarorgohiga 
Boshlab kelib,  ul mardlarga ravo ко 'rdi mudhish azobda, 
Zahm at chekib olishuvi,  kemalarning го ‘baro ‘sida.
О ‘z i chashmi tobonini olislarga -  botirlar eli 
M iziyaga,  suvoriylar hur diyori Frakiyaga 
Ham da fa q a t sut bilan kun kechirguvchi eng adolatli, 
Amm o qashshoq hippomolglar zaminiga qaratdi shu choq.
Tadqiqotchilar  hippom olglar 
biya  sog'uvchilarni 
skiflar  qabilasidan,  deb  hisoblaydilar.  «Odisseya»da 
kimmerlar mamlakati tasviri ham berilgan:
Biz  tezda  Okean suvi chuqur  oqadigan joylarga yetdik, 
Bu yer kimmereylar о ‘Ikasi,  doim  namli tumanlar,
Qalin bulutlar bilan qoplangan,  odamlari 
Geliosning nur larini ко ‘rmaydi sira...
«Iliada»  dostonida  Zevs  К о 'к   T angrining  timsoli 
darajasiga  ko'tariladi.  U  yunonlarning  emas,  aksincha 
urushda troyaliklarga madadkor bo'ladi. Urush shu qadar 
qiziydiki, m a’budlar ham tarafkashlik yo'liga o'tib oladilar. 
Axillning  onasi  Fetida  Zevsga  o'g'lining  nomini  yomon 
qilganlarning  jazosini  berishni  so'raydi.  Zevs  urushda
184

troyaliklar  yengib  chiqishini  va’da  beradi.  U  Axillning 
jangga  kirishidan  Troya  lashkarlari  va  ularning  shahari 
xarob  bo‘ladi,  deb  qo‘rqib  ketadi.  Zevs  Axill  Hektordan 
ustunlik  qilib,  uni  quvib  borayotganligini  ko‘rib,  bag‘ri 
ezilganidan oh chekib yuboradi.
Zevs  Ilion  m am lakati  va  uning  xalqiga  mehr  bilan 
qaraydi. Dostonda uning kechinmasi shunday ifodalangan:
Zero porloq quyoshu oy  va yulduzlar ostidagi bu,
Barakatli y er sahnida bandalarim shahri qancha ко ‘p.
Bo 'Isa,  men-chun ular aro eng azizi shu Iliondir,
Uning shohi m ard Priam  va ul shohning fuqarosidir.
Qahramon  Hektorning  o‘limi  yaqinlashar  ekan,  asar 
ijodkori yunonlarga g‘azab bilan qaraydi:
Zaqqum giyoh yeb,  vujudi g  ‘azab ila ajdaho,
Tog ‘dagi bir g  ‘or og ‘zida gajak bo ‘lib to ‘lg ‘anar ekan.
К о 'zidan о ‘t sochib har yon alangalaydi.  Ov axtaradi -
H ektor ham do  ng qalqonini tirab qo ‘yib devor poyiga,
Xuddi shunday mardonavor turar edi raqibni kutib.
Bu  parchada  yunon  pahlavoni  ajdahoga,  Hektor  uni 
yengish uchun shay turgan bahodirga tenglashtirilgan.
Skif-turkiylarning kuchli hayvonlarni ona deb sig‘inishi 
odatlari «Iliada» qahramonlari hayotida ham o ‘z ifodasini 
topgan.  P oston  tasvirigacha  bo'lgan  syujetlarda  Troya 
shohi  Priamning  o ‘g‘li  Parisni  bir  ona  ayiq  o ‘z  suti  bilan 
boqqanligi  haqidagi  rivoyat  keltirilgan.  Voqea  bunday 
bo‘lgan edi:
P arisning  onasi  H ekuba  h o m ilad o r  edi.  O y-kuni 
yaqinlashganda  tush  k o ‘radi.  Tushida  cho‘g‘  tu g ‘adi, 
natijada  troya  dahshatli  yong‘in  ichida  qoladi.  Hekuba 
tushini  eriga  aytadi.  T a ’birchi  kohinlar  H ekuba  o ‘g‘il
185

tug‘adi,  lekin  bu  farzand  Troyaning  halokatiga  sababchi 
bo‘ladi,  deb  aytishadi.  Priam  chaqaloq  dunyoga  kelgach 
o ‘z  quli  Ageleyga  uni  baland  Ida  tog‘ining  o ‘rmoniga 
tashlab kelishini buyuradi. Bola o‘lmaydi. Bir ona ayiq o‘z 
suti bilan boqadi. Oradan yillar o‘tgach Ageley toqqa kelib, 
tasodifiy  holatda  bolani  topadi.  Unga  Paris  deb  nom 
qo'yadi  va  tarbiyalay  boshlaydi.  U  cho‘ponlar  orasida 
ulg‘ayib,  go‘zal  va jasur  yigitga  aylanadi.  Skif-kimmerlar 
h u k m d o ri  M adining  forsiy  a d ab iy o td ag i  m uqobili 
Afrosiyob  haqidagi  adabiy  syujetlarda  ham Priam,  Paris, 
Ageley  va  cho'ponlar  obraziga  yaqin  voqealar  mavjud. 
«Shohnoma»da  tush  va  uning  hayotiy  rivoji  Afrosiyob 
kechinmasi orqali berilgan.
Afrosiyob qo‘rqinchli tush ko‘radi va vahimali qichqirish 
bilan  o ‘rnidan  turadi.  Saroy  xizmatkorlari  uning  ukasi 
Gersevazga xabar beradilar. Afrosiyob ukasiga tushida bir 
biyobon ko‘rganligi, unda g‘ij-g‘ij ilonlar, kalxatlar borligini 
aytadi. Atrof-qoyalar bilan o‘ralgan, butun borliq qovog‘ini 
solgandek  vahimali.  Afrosiyobning  chodiri  bir  chetda 
turardi.  Shu paytda shiddatli  bo‘ron ko‘tarilib,  mamlakat 
bayrog‘ini yulib ketadi. Atrofda daryo-daryo bo‘lib qonlar 
oqadi.  Eron  lashkarining q o ‘llarida nayza,  ularga boshlar 
osilgan, qo‘ltig‘ida ham bosh qisilgan. Eroniy suvoriylardan 
biri Afrosiyobning taxtiga hujum qiladi.  Uni asir tushirib, 
qoiini bog‘lab sudrab ketishadi. U atrofga zor-zor tikiladi, 
hech kim madad bermaydi. Afrosiyobni Kaykovus huzuriga 
olib  keladilar.  Uning  yonida  14  yoshli  chamasidagi  bola 
o ‘tirardi. U avval Afrosiyobning bog‘liqliginiko‘rib hayron 
b o ‘ladi,  so‘ngra  devdek  n a ’ra  tortadi,  tig ‘  bilan  uning 
jasadini ikki bo‘lak qiladi.
T a ’b irc h ila r 
A frosiyobning 
tush in i 
shunday 
sharhlaydilar;  Ey  podshoh,  o ‘ngingda  Erondan  boshlig‘i 
ajdardek  k o ‘p  lashkar  k o ‘rasan.  Uning  boshlig‘i  yosh 
sh ahzoda  b o ‘ladi.  Y o n id a  k ek salar  rah n am o lik
186

k o ‘rsatish a d i.  U ning  yulduzi  p o rlo q .  U  y u rtin g n i 
chaqmoqdek kuydiradi. Turklardan bir kishi ham qolmaydi, 
jahonni  qip-qizil qon qoplaydi.  Shohimiz ularning qo‘lida 
halok  b o ‘ladi,  turoniylar  dili  chok-chok  b o ‘ladi.  Bu 
janglarning sababi Siyovush bo‘ladi.
Afrosiyob  tush  ko‘rganida  o‘gay  onasining  tuhmatiga 
uchragan Siyovush otasi Kaykovus topshirig‘i bilan Turon 
mamlakatiga  qarshi jang  qilayotgan  edi.  Afrosiyob  o ‘z 
arboblari bilan maslahat qilib,  Siyovush bilan yarashishga 
kelishadi. Lekin tushdagi voqealarda Afrosiyobning o‘limi 
ko‘ringan  edi.  Tushning  hayotiy  rivoji  shunday  kechadi: 
Siyovush Afrosiyob bilan sulh tuzishga norozilik bildiradi. 
Siyovush  Eronga  qaytib  ketmaydi.  T uronda  qoladi  va 
A fro siy o b n in g   qiziga  uy lan ad i.  A frosiyob  fitn ach i 
odamlarning  so‘ziga  ishonib  va  o‘z  taxtining  ketishidan 
cho‘chib,  Siyovushni  o‘ldiradi.  Bu  paytda  qizi  homilador 
edi. Afrosiyob qizi va tug‘iladigan chaqaloq taqdirini vaziri 
Payronga  topshiradi.  Payron  shohning  k o ‘rsatmasi  bilan 
bolani cho‘ponlar o'rtasiga tashlab ketadi.
Troya shohi Priam mamlakat boshiga keladigan  g‘am- 
anduhdan  qutulish uchun  o‘g‘lini  yo'qotishga  urinmasin, 
A frosiyob  Siyovushni  o ‘ldirib,  nevarasi  Kayxisravni 
cho‘ponlar o‘rtasiga tashlab, keltirmasin, baribir tushdagi 
voqealar  hayotiy  ifodasini  topadi.  Afrosiyobni  tushda 
k o ‘rgan shahzoda Kaykovus va o‘zining nevarasi Kayxisrav 
o'ldiradi. Turon mamlakati boshiga balo-ofatlar yog‘iladi. 
Paris yunon malikasi Yelenani olib qochib kelishi Troyani 
o ‘t ichida yoqadi.
«Uiada»da  H ektorni  dafn  etish  m arosim i  tasvirlari 
«Devonu  lug'otit  turk»da  keltirilgan  «Alp  Er  T o ‘nga» 
m arsiyasini  yodga  soladi.  H ektor  o ‘limi  uchun  shoh 
saroyida yig‘ichilar chaqirilishi, jasad boshida avval xotini, 
so‘ngra  onasi,  turli  kishilar  o‘z  dardini  aytib  yig‘lashida 
yaqin o‘xshashlik bor.
187
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   29


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling