Abdurashid abdurahmonov turkiy adabiyotning qadimgi davri


Yunon va Troya urushi  o ‘n yil davom etadi.  «Iliada»da


Download 8.37 Mb.
Pdf просмотр
bet14/29
Sana05.12.2019
Hajmi8.37 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   29

Yunon va Troya urushi  o ‘n yil davom etadi.  «Iliada»da 
o ‘ninchi  yil janglari  tasvirlangan.  Hektorning  o ‘limi  bilan 
urush  tugam aydi.  Y unonlar  va  troyaliklar  o'rtasidagi 
urushning  s o ‘nggi  voqealari  antik  ad ab iyotd a  ushbu 
voqeaga bag‘ishlangan bir necha dostonlarda aks etgan. 0 ‘z 
qahramonlaridan ajralgan troyaliklar yunonlar bilan jangga 
tushishdan  ch o ‘chib  qoladilar.  Shunday  paytda  Penfesilin 
boshchiligidagi  suvoriy  ayollar  -   amazonkalar  yordamga 
kelishadi. Troya shahrida amazonkalar paydo b o ‘lishi bejiz 
emas. Amazonkalarning yordamga kelishi troyaliklar turkiy 
qavmlar ekanligiga yana bir bor ishonch uyg‘otadi. Chunki 
amazonkalar  -   skiflar  qabilasidandir.  Ehtim ol,  ular  o ‘z 
qavmlari jangda talafotga uchrayotganligi uchun yordamga 
kelgan  edilar.  Penfesilin  o ‘z  qizlari  bilan  yunonlarni 
kemalari turgan  qirg‘oqqacha  quvadi.
A n tik   y u n o n   m ifo lo g iy a s i  va  ta rix iy   k ito b la r d a  
am a zo n k a lar  t o ‘g ‘risid a  b oy  m a ’lu m o tla r  b erilgan . 
E ram izd an   o ld in g i  X III  asrda  a m a zo n k a la r  sh o h i 
Penfesiliya,  undan  avvalgisi  Antiopa  b o ‘Igan.  M iloddan 
avvalgi IV asrlarda esa jasur ayol Felestris shoh hisoblangan. 
Am azonkalar  skif,  b a ’zan  massaget  qabilalariga  nisbat 
b erila d i. 
T a rix ch ila r n in g  
g u v o h lik  
b erish ic h a , 
amazonkalarning  chap  siynasi  kesib  tashlangan.  Buning 
sababi  kam ondan  o ‘q  otishda  qulay  b o ‘lishi  e ’tiborga 
olin gan .  A m azon kalarga  xos  bu  od at  tasviriy  s a n ’at 
asarlarida ham o ‘z ifodasini topgan. Tarixchi Strabon Tomir 
(T o‘maris)ni Qofqaz amazonkalari malikasi deb.ko‘rsatgan. 
A leksandr  M akedonskiy  Sirdaryo  atrofida  am azonka 
malikasi bilan uchrashganligi haqida m a’lumotlar bor. Yoki 
o ‘tmishda Qoraqalpog‘iston hududida Samiram (Tamiram) 
nomli  amazonkalar  shahri  b o ig a n .  Xullas,  amazonkalar 
qadimiy turkiylar qavmiga mansub  suvoriy  ayollardir.
G ero d o tn in g   «T arix»  k ito b id a   ham   am azon k a lar 
hayotiga keng o ‘rin berilgan va ular skif qavmiga mansubligi
188

ko‘rsatilgan.  Amazonkalar  bilan  bog'langan  rivoyatlarda 
qadim gi  turkiy  ayollarning  alp  yig itlard an   qolishm as 
darajadagi bahodirligi, mardligi, sevgisiga vafodorligi, aqlli 
va  donologi  ulug'lanadi.
E o r  P a ta   ( er lar da n  Kuchli )l ar   qissasi.   E llin la r 
amazonkalar bilan jang qildilar  (skiflar amazonkalarni «eor 
pata» deb ataydilar.  Bu so ‘z  ellin tilida erlardan kuchli, erlarni 
о ‘Idiruvchi degan та ’noni beradi.  Eor -  er, pata  о ‘Idirmoq). 
Ellinlar Fermadont  (hozirgi  Termi,  Qora dengizga quyiladi) 
daryosi  yon idagi  g ‘olibona  dahshatli ja n g  dan  so ‘ng  uch 
kemaga о ‘tirib,  uylariga qaytdilar.  О ‘zlari bilan asirlarni ham 
olish g a n   edi,  chunki  o m ad i  k elib ,  ja n g d a   k o 'p g in a  
am azonkalarni  tiriklayin  qo'lga  tushirishgan  edi.  Ochiq 
dengizda amazonkalar ellinlarga hujum qildilar va erkaklarni 
qirib  tashladilar.  Lekin  amazonkalar  kemani  boshqarishni 
bilishm as  edi.  Ular  kem ani  to ‘Iqinlar  h arakati  bo ‘yicha 
qo ‘ydilar.  Nihoyat,  kema  shamol  yo ‘liga  tushib,  M eotida 
(hozirgi A zov  dengizi)  к о ‘liga kelib  to'xtadi.  Amazonkalar 
kemalardan tushdilar va gandiraklaganlaricha atrofga alang- 
jalang boqdilar.  So ‘ngra yilqilar to ‘dasini ко 'rishdi va ularni 
tutib  oldilar.  Bu joylar skiflarniki  edi.  Amazonkalar  otlarni 
minib  olishar  ekan,  skiflar  yeri  bo ‘ylab  о ‘z   harakatlarini 
davoni ettirdilar.
A m azon ka  qabilasining  tili  va  kiyinishi  sk ijlar  uchun 
notanish  edi.  Shu  sababli,  ular  amazonkalar  kutilmaganda 
qayerdan  p a yd o   bo'lishganiga  hayron  qolishdi.  S k iflar 
notanish qavm bilan jangga kirishdilar. Jangdan so ‘ng ulardan 
bir  nechtasining jasadi skiflar  qo'liga  tushdi.  Shunday  qilib, 
notanish  qavmlar  ayol  ekanligi  m a ’lum  bo'idi.  Skiflar  bu 
ayollarni  о ‘Idirmaslikka,  soni  qancha  bo ‘Isa,  shuncha  s k if 
yigitlarini  ularning huzuriga jo  ‘natishga  qaror  qildilar.  S k if 
yigit lari amazonkalar qarorgohidan yaqinroqda о ‘zlari uchun 
kulba  qurdilar.  S k if oqsoqollarining  kelishuviga  ko'ra,  agar 
am azonkalar  ularning  qarorgohiga  borayotgan  yoshlarni
189

quvsa,  y ig itla r ja n g g a   kirishmasligi,  qochishi  k era k   edi. 
Amazonkalarning  t a ’qibi  to'xtasa,  yigitlar  yana  ularning 
qarorgohiga  yaqinlashishi  lozim  edi.  Skiflarning  maqsadi 
amazonkalardan farzan d ко ‘rish edi.
Skiflar jo  ‘natgan yigitlar buyruqni bajarishga kirishdilar. 
A yollar  ham  yigitla r  dushmanlik  niyatida  kelmaganligini 
angladilar, buularga osoyishtalikbaxsh etdi. Kundan-kunular 
b ir-b irla ri  bilan  d o 'stla sh ib   bordilar.  Y ig itla rd a   ham  
amazonkalar day qurol va otdan tashqari hech narsa yo  ‘q edi. 
Ular bir xil turmush tarzini kechirdilar.  Ovchilik va talonchilik 
bilan shug ‘ullandilar.
B ir  kuni  tush  p a y tid a   am azonkalar  shunday  qilishdi: 
atrofga  bitta   y o k i  ikkitadan  b o ‘lib  tarqalishdi.  Ularning 
harakatida  go  'yo  zaruriy  bir  ehtiyoj  kutilayotgandek  edi. 
Bunday  holatni ко ‘rib  qolgan  skiflar  ham  shunday  qilishdi. 
Yigitlardan biri amazonkalardan binning oldini to ‘sib, xohish 
bildirgan edi,  и yigitni haydamadi,  aksincha,  о ‘z i bilan aloqa 
qilishga  ruxsat  berdi.  O 'zaro  gaplashish  ularga  qiyin  edi. 
C hunki  ular  bir-birlarin in g  tillarin i  tushunishm as  edi. 
Amazonka  ayoli s k if yigitiga  qo 7 harakati  bilan  ertaga shu 
jo yg a  do ‘stini ham olib kelishini,  ular ham ikki kishi bo ‘lishini 
tushuntirdi.  Yigit do ‘stlarining huzuriga qaytar ekan,  voqeani 
boshqalarga ham aytdi. Ertasikuni belgilangan joyga  о ‘rtog ‘i 
bilan  keldi  va  и  yerda  ikkita  amazonka  kutayotganligini 
ко ‘rdi.  Bu  voqeani  boshqa  yigitla r  ham  bilishdi.  Qolgan 
amazonkalarni ham о ‘zlariga о ‘rgatib oldilar.
Shundan so ‘ng qarorgoh birlashtirildi.  Ular birga yashay 
boshladilar.  Har  bir  yigit  о ‘zi  birinchi  marta  aloqa  qilgan 
a y o ln i  x o tin lik k a   oldi.  E rla r  x o tin la rin in g   tilin i 
o'rganolmadilar,  lekin  ayollar  erlarining  tilini  o'zlashtirib 
olishdi. Shunday qilib, bir-birlarini tushunadigan bo ‘lishdi.  Bir 
kuni erkaklar xotinlariga shunday dedi:
-  
Bizning ota-onalarimiz,  mol-davlatimiz bor.  Biz bunday 
hayotga boshqa toqat qilolmaymiz.  О ‘z yurtimizga qaytishni,
190

yana  qavmimiz  bilan  birga yashashni istaymiz,  sizlarni ham 
olib ketam iz  va ayollarimiz bilan birga yashaysizlar.
Amazonkalar erlariga shunday javob berishdi:
-  Biz sizlarning ayollaringiz bilan birga yashay olmaymiz, 
chunki  bizlarning  urf-odatlarimiz  boshqacha.  Biz  kamondan 
o ‘q  otamiz,  nayza  irg'itamiz,  otda  sakraymiz,  chavandozlik 
qilamiz.  Afsuski,  biz,  ayollar  qiladigan  ishlarga  o'rganma- 
ganmiz.  Sizning  ayollarin giz  yu qorida  eslatilganlarning 
birortasi  bilan  sh ug‘ullanishmaydi,  ular fa q a t  ayollarning 
ishlar ini  bajaradilar,  ov  qilmaydilar,  umuman,  hech  qayerga 
chiqmaydilar.  Shu sababli,  biz  ular  bilan  chiqisha  olmaymiz. 
A gar sizning xotiningiz bo ‘lishimizni istasangiz,  о ‘zlaringizni 
s o f  vijdonli deb hisoblasangizlar,  и holda  ota-onalaringizning 
h u zu riga  b o rin g izla r  va  te g ish li  m e ro sla rin g izn i  olib 
qaytingizlar.  Shundan keyin birga yashaymiz.
Y igitlar  xotinlarining  so ‘zlariga  quloq  soldilar.  O ta- 
onalarining huzuriga borib,  tegishli merosni olib, amazonkalar 
oldiga qaytdilar. Bu voqeadan so ‘ng xotinlari erlariga shunday 
deyishdi:
-   A q l  bovar  qilmas  hodisadan  qo ‘rqayapm iz.  Endi  bu 
о ‘Ikada yashash juda og ‘ir.  Chunki siz bizning baxtim iz uchun 
otalaringdan ajraldilaring. Biz esa mamlakatingiz uchun ulkan 
gun ohga  b o td ik .  A g a r   s iz   b izn i  x o tin lik k a   olm o q ch i 
bo'lsalarin giz,  и  holda  birgalikda  shunday  qila ylik:  bu 
m a m la k a td a n   k o 'c h a m iz   va  D on  d a ry o sin in g   n a rig i 
tomonlariga о ‘tib yashaymiz.
.  Yigitlar bu taklifga ham rozi bo ‘lishdi.  Ular Dondan suzib 
о ‘tishib,  sharqqa uch kun -  A zov dengizidan shimol tomonga 
yo 7 oldilar  va shu yerda yashab qoldilar.  Savromat ayollari
-  amazonkalar о 'zlarining qadimiy odatlarini saqladilar: о ‘z 
erlari bilan, ba ’zan ular siz ham yolg ‘iz ovga chiqdilar, sayohat 
qildilar,  erkaklarga xos kiyimlarni kiydilar.
Savrom atlar  skifcha  gapiradilar.  U larning  nikohdan 
o ‘tish   o d atlari  m ana  shunday:  qizlar  d u sh m an larin i
191

o ‘ldirmagunlaricha  erga  chiqmaydilar.  Ayrimlari  kampir 
b o iib ,  o ‘lib ketsalar-da,  bu odatlarini  tark etmaydilar.
*  
*   *
« U ia d a » d a   ta sv ir la n g a n   y a n a   bir  m u h im   d a lil 
turkiylarning  maishiy  turmush  tarzi  bilan  b og‘liq.  Skif, 
massaget qabilalari, Gerodot yozganidek, chorvachilik bilan 
shug‘ullanib,  sutli  ovqatlar  bilan  turmush  kechirishgan. 
Y unon mifologiyasiga k o‘ra, Troya shahrini Zevsning o ‘g‘li 
Dardanning evarasi II qurdirganligi haqida shunday afsona 
mavjud:
« K u n lard an   bir  k u ni  II  F r ig iy a d a   p a h la v o n la r  
musobaqasiga qatnashib, hamma qahramonlarni birma-bir 
yengadi.  Ushbu  muvaffaqiyati  evaziga  Frigiya  shohi  Ilga 
ellik  nafar  yigit  va  ellik  nafar  navnihol  qiz  tortiq  qiladi. 
Bundan tashqari, shoh unga bir targ'il sigir ham beradi-da, 
Ilga shu sigir ketidan ergashib  ketaverishni  va u  to ‘xtagan 
yerda  shahar  tik la sh n i  amr  etad i.  F rigiya  sh oh in in g  
aytishicha, sohibkaromat kohin, o ‘shal shahar ulkan shon- 
shavkatga muyassar b o ‘lg‘ay,  deb  bashorat  qilganmish.  II 
shoh buyurganidek, ish k o ‘rdi.  U sigir ketidan ketaverdi.  II 
ham mana shu tepalikni manzil aylab, u yerda shahar tiklay 
boshladi.  Shu shaharga, shoh II sh a’niga Ilion (Troya) deb 
ot  q o ‘ydilar».
Troya-yunon urushidagi yunon bahodirlaridan biri Itaka 
sh o h i  O d isseyd ir.  M ana  uch  m in g  y ild irk i,  O d issey 
yunonlarning  sevimli  qahramoni.  Lekin  «Iliada»da  asar 
ijodkorining butun mehri troyaliklar tomonida b o ‘lganidek. 
« O d isse y a » d a   bu  ruh  y a n a d a   b o ‘rtib  k o ‘rinad i. 
«O disseya»ning  turkiylarning  antik  qatlam ga  m ansub 
asarlari  bilan  ju d a  o ‘xshash  to m on lari  bor.  Bunday 
yaqinlikni  «Alpomish»  va  «Q o‘rqut  ota  kitobi»  eposlari 
misolida k o ‘ramiz.
192

«Odisseya» va «Alpomish» dostonlari syujetida yaqinlik 
k o ‘rinsa-da,  lekin  asardagi  qahram onlik  ideallari  bir- 
birlaridan  farq  qiladi.  Qadimshunos  A.Alimuhammedov 
shunday  yozgan   edi:  «G om er  asarlarini  «A lp om ish » 
asarlariga  m u q oyasa  qilish,  0 ‘rta  O siyo  xalqlarining 
m a sh h u r  q a h ra m o n n o m a si  « Ilia d a »   va  « O d issey a »  
poemalarining bevosita ta ’siri ostida maydonga kelgandir, 
degan  fikrni  bildirmaydi.  Bu asarlar  o ‘rtasidagi  yaqinlikni 
faqatgina  Yunon  va  0 ‘rta  Osiyodagi  ijtimoiy  hayotning 
m a ’lum  tarixiy  sharoitlarda  bir-biriga  yaqin  b o ‘lganligi 
bilan  izohlash mumkin,  xolos».
« A lp o m ish »   va  «O d isseya»  d o sto n la ri  o ‘rtasidagi 
yaqinlik syujet hamda  badiiy tasvir vositalarida k o ‘rinadi.
«Odisseya»  24  q o ‘shiqdan  iborat.  Asarning  teng  yarmi
-   13  dan  24  gacha  b o 'lg a n   q o ‘shiqlar  syu jeti,  hatto 
qahramonlar  taqdiri  «Alpomish»ga hamohangdir.  Jangga 
ketgan  Odissey  va  Alpom ish  uzoq  vaqt  vataniga  qaytib 
kelmaydi. Alpomish yetti yil Qalmoq elida zindonda yotadi, 
O d issey  urushdan  s o ‘ng  yana  o ‘n  yil  d en giz  t o ‘fon i 
n a tija sid a   sa rso n -sa rg a r d o n lik d a   yu ra d i.  H ar  ik k i 
dostondagi  yaqinlikning  bosh  o ‘zagi  k o ‘p  yillar  yurtidan 
uzoqda  yashagan  qahram onlam ing  o ‘z  xotinlari  to ‘yiga 
yetib kelishidir.
Y ig it  uylanganidan  s o ‘ng  jan g,  sayoh at  va  boshqa 
tasodifiy voqealar sababli yosh xotinini tashlab ketib qolishi, 
xotini  eri  o'lganligi  t o ‘g ‘risida  y o lg ‘on  xabarni  eshitib, 
xushtoriga  tegishga  rozi  b o ‘lishi,  t o ‘y  belgilangan  kuni 
erning yetib kelishi voqeasi jahon xalqlariningko‘pgina epos 
va  ertaklarida  o ‘z  aksini  topgan.  Chunonchi,  o ‘rta  asrlar 
jahon xalq o g ‘zaki ijodida yaratilgan frantsuzlarning U lug‘ 
Karl  haqidagi  epopeyasida,  inglizlarning  «Shoh  Gorn» 
dostonida, ruslarning «Dobrinya va Alyosha», «Churila va 
D avid Popovich» blinasida yigitlarning o ‘z xotinlari to'yiga 
y etib   k elish i  tasvirlari  m avjud.  V .M .Jirm u n sk iyn in g
193

«Alpomish» tadqiqiga bag‘ishlangan maqolasida bu mavzu 
k eng  o ‘rg a n ilg a n . 
S h u n in g d ek ,  « A lp o m ish »   va 
«Odisseya»da  qahramonlarning  keksa  otasi  (B oybo‘ri  va 
Laert), balog‘atga yetmagan o ‘g‘illari (Yodgor va Telemax), 
so d iq   qul  c h o ‘p o n la ri  (Q u lto y   va  E vm iy)  ham   asar 
syujetidagi yaqinliklami k o ‘rsatuvchi omillardandir. Lekin 
ular  o ‘zlarini  birdaniga  tanishtirmaydilar.  Qahramonlar 
taqdiridagi  yaqinliklami  solishtirib ko'raylik.
«Alpomish»  dostonida. 
A lp o m ish   k arvon lar  bilan 
q o ‘shilib,  o ‘z yurtining yayloviga yetib keladi.  Yilqi  boqib 
yurgan  cho'ponlardan,  bu  yilqilar  kimniki,  deb  so'raydi. 
Ular  yilqilar  Hakim  (Alpom ish)  degan  bekniki  ekanligi, 
lekin  u  Qalmoq  elida  zindonda  o ‘lib  ketganligini,  hozir 
hamma  davlat  U lton toz  q o ‘liga  o'tganligini  aytishadi. 
A lp o m ish   k o 'rg a n   ta n ish la rin in g   h ech   b iriga  o ‘zini 
tanitmaydi. Singlisi Qaldirg‘och oyim tuya boqib yurganini 
k o ‘radi.  Singlisi  va  boshqa  ch o ‘ponlar ham  boqib  yurgan 
q o ‘y  h am d a  m o lla rin i  U lto n n ik i  deb  a y tish a d i.  Bir 
m o ‘ysafid ch o‘pon «Armon bilan farzandimdan ayrildim», 
deb  yig‘lab  turganini  k o ‘radi.  Bu  chol  o ‘zining  sodiq  quli 
Qultoy edi. Alpomish faqat unga o ‘zini tanishtiradi. Qultoy 
A lpom ishga  U lto n to z  o ‘ttiz  kundan  beri  Barchinoyni 
xotinlikka  olmoqchi  b o ‘lib,  to ‘y  berayotganligini  aytadi. 
Alpom ish  Qultoyning  kiyimlarini  kiyib,  U ltontoznikiga 
jo'n ayd i.  A lpom ish  to ‘yga  yilqiboqar  qiyofasida  kirib 
keladi.  Y o ‘lda  onasi,  o ‘g‘li,  to ‘yxonada  otasi  va  xotinini 
k o ‘radi,  lekin  hech  biriga  o ‘zini  tanitmaydi.  T o ‘yxonada 
yoy otish musobaqasi bo ‘ ladi. Y  oy larning hammasi Qultoy 
qiyofasidagi  kishining  q o ‘lida  sinadi.  Alpomishning  o ‘n 
to ‘rt botmonlik  yoyini  olib kelishni taklif etadi.  Barchinoy 
o ta sin in g   y o y in i  o ‘g ‘li  Y o d g o r  o lib   k elish ini  aytadi. 
Balog'atga  yetmagan  Y odgor  Arpali  k o ‘lida  ajriq  bosib 
yotgan  yoyni  olib  kelishi  qiyin  edi.  Qultoy  qiyofasidagi 
Alpomish  unga  k o ‘ngildan  madad  istab  turadi.  Alpomish
194

yoy otishda g'olib keladi. U  otgan o ‘q zarbidan chinor shoxi 
sinib ketadi.  Odamlar Qultoy niqobidagi kishini Alpomish 
gumon  qiladilar.  Lekin  sir  ochilmaydi.  Alpomish  bazmda 
Barchinoyni  aytishuvda  yen gib  chiqqandan  s o ‘ng  о ‘zini 
tanishtiradi.
«Odisseya»  dostonida. 
Odissey  o ‘zi  shohlik qilgan  Itaka 
oroliga  azob-uqubat  bilan  yetib  keladi.  Lekin  u  qayerga 
kelganini bilmas edi. Yana vahshiy yovvoyi odamlar q o ‘liga 
tushib  qolishdan  q o‘rqib,  k o‘z  yoshi  ham  qiladi.  Shunday 
paytda  m a’buda  Afina  paydo  b o ‘lib,  unga  o ‘zini  qanday 
tutishni o ‘rgatadi va qari gadoy  qiyofasiga solib,  sodiq  quli 
Evmeyning chaylasiga yoiiqtiradi ( « 0 ‘n uchinchi q o ‘shiq»). 
0 ‘zi  esa  Telemax  (Telemax  ham  otasini  izlab,  sarsonlikda 
yurgan  edi)  tom on   uchib  ketadi.  O dissey  Evm eyning 
chaylasiga  yetib  keladi.  Kechqurun  barcha  c h o ‘ponlar 
to ‘planadilar.  «Gadoy»  Evmeyga o ‘z sarguzashtlari haqida 
har  xil  qiziqarli  v oq ealarn i  h ik o y a   qiladi.  O disseyni 
k o ‘rganligi  va  u  qaytib  kelishini  aytadi  ( « 0 ‘n  to ‘rtinchi» 
q o‘shiq»).  Telemaxning tushiga Afina kiradi va unga tezroq 
Evmeyning  chaylasiga  yetib  kelishini  aytadi.  Odisseyda 
shaharga,  shoh  saroyiga  xizmatga  borish  niyati  tug‘iladi. 
Evmey  begona  yurtda  qiynalishi,  o ‘zlari  bilan  shu  yerda 
qolishinimaslahat beradi ( « 0 ‘n beshinchi qo‘shiq»). Telemax 
Evmey yashaydigan joyga yetib  keladi.  Evmeyni  shaharga, 
onasi Penelopa huzuriga o ‘g‘li yetib kelganligini aytish uchun 
j o ‘n atad i.  O d issey  o ‘g ‘lig a   o ‘zin i  ta n ish tira d i.  U lar 
P en elo p a g a   x u sh to r  b o ‘lg an la r  va  t o ‘y  tarad d u dini 
k o ‘rayotganlardan o ‘ch olish y o ‘lini izlaydilar ( « 0 ‘n oltinchi 
q o‘shiq»).  Telemax shaharga j o ‘naydi va Evmeyni mehmon 
huzuriga qaytarib yuboradi. Telemax onasi va qarindoshlari 
bilan ko‘rishadi.  Shu paytda Evmey Odissey bilan shaharga 
j o ‘naydi.  Odissey uyiga keladi,  yigirma yil avval k o ‘rgan iti 
uni  taniydi.  Odissey  Penelopaning  xushtorlari  bazm  qilib 
o ‘tirgan saroyga kiradi. Ulardan sadaqa so ‘raydi. Xushtorlar
195

uni  masxara  qilishadi.  Penelopaning  xushtori  Antinoy  uni 
quvib yuborish uchun unga qarshi o'rindiqni uloqtiradi.  Bu 
voq ean i  k u zatib   turgan  P en elo p a n in g   g ‘ashi  keladi. 
Xonadonida begona kishi xafa b o ‘lganidan  ranjiydi, juldur 
kiyimli  gadoy  bilan  suhbatlashishni  istaydi.  G o ‘yo  undan 
Odisseyning  xabarini  sezgandek  bo'ladi  ( « 0 ‘n  yettinchi 
qo‘shiq»). Xushtorlarning bazmi davom etadi. Xushtorlardan 
Evrimax Odisseyni haqoratlaydi va unga o'rindiqni uloqtirdi. 
Xushtorlar  uylariga  tarqalib  ketishadi  ( « 0 ‘n  sakkizinchi 
qo'shiq»).  Odissey Penelopaga  o ‘z taqdirini  so‘zlab  beradi. 
Odissey yaqin kunlarda o ‘z uyiga qaytib keladi, deb aytadi. 
Shoh  saroyidagi  tarbiyachi  Evrekley  Odisseyni  oyog‘idagi 
belgidan  tanib  qoladi.  Lekin  sir  fosh  etilmaydi.  Penelopa 
qalandar niqobidagi Odisseyga agar jazmanlaridan qaysi biri 
Odisseyning kamonidan o ‘q uzib, o ‘n ikki xalqadan o ‘tkaza 
olsa,  shunga  tunnushga  chiqishga  rozilik  berishini  aytadi 
( « 0 ‘n  to‘qqizinchi  qo'shiq»).  Penelopa  Odisseyning  o ‘q  va 
yoyini keltiradi.  Xushtorlarning birortasi hatto  kamonning 
o ‘qini  tortolm aydi.  Shunday  paytda  Odissey  sodiq  quli 
Evmey  va  boshqalarga  o'zin in g  kim ligini  tanishtiradi. 
Xushtorlardan  kamondan  o ‘q  otish  uchun  ruxsat  so'raydi. 
Ular  qarshilik  ko'rsatadilar.  Telemax  kamonni  otasining 
qo'liga beradi. Odissey Penelopa qo'ygan shartlarni bajaradi 
(«Yigirma  birinchi  qo'shiq»).  So'ngra  o'qlarni  sevgilisining 
xushtorlariga qaratadi. Avval Antinoyni, so'ngra Evrimaxni 
qulatadi. Xushtorlarni jazolashda o'g'li Telemax, so'ngra quli 
Evmey yordam beradi. Odissey xushtorlarga ko'maklashgan 
qul  va  cho'rilarini  ham  jazolayd i.  («Y igirm a  ikkinchi 
qo'shiq»). Xalq va Penelopa Odisseyning tirikligiga, u qaytib 
kelganiga ishonadi. Odissey va Penelopa topishib, o'zlarining 
boshidan o'tganlarini bir-birlariga aytib berishadi («Yigirma 
uchinchi qo'shiq»). Odissey erta tongturib, qarib qolgan otasi 
Laert huzuriga boradi  («Yigirma to'rtinchi qo'shiq»).
196
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   29


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling