Abdurashid abdurahmonov turkiy adabiyotning qadimgi davri


o sh ib ,  m ollarn in g  orasiga  yashirindi.  Bir  k o ‘zli  ch ol


Download 8.37 Mb.
Pdf просмотр
bet16/29
Sana05.12.2019
Hajmi8.37 Mb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   29

o sh ib ,  m ollarn in g  orasiga  yashirindi.  Bir  k o ‘zli  ch ol 
o g ‘riqning z o ‘ridan uyg'ondi va dod-faryod soldi: «B o‘ron, 
b arib ir  m en d an   q o ch ib   q u tu la   o lm a y sa n .  E rtalab , 
mollarimni g‘ordan haydab chiqar ekanman, seni,  albatta, 
topaman». B o‘ron eng katta echkini tanlab, uning tom og‘ini 
kesdi,  lekin  boshi  va  oyog‘ini  qoldirdi,  go'shtini  ajratib, 
terining  ichiga  kirdi  va  o ‘z qiyofasini  yashirdi.  Ertalab  bir 
k o ‘zli  chol  g‘orning  o g ‘zidan  toshni  oldi,  har  bir  molni 
putining orasidan o ‘tkazdi.  B o‘ron  echki terisida bir k o ‘zli 
c h o ln in g   ikki  o y o g ‘i  orasidan  eso n -o m o n   o ‘tib  oldi. 
M ollarining  hammasini  g ‘ordan  chiqarib  b o ‘lgach,  chol 
qichqirdi: «Qayerdasan, B o‘ron! Chiq!» B o‘ron esa g ‘orning 
tashqarisida javob  berdi:  «Men  bu  yerdaman».  Shundan 
s o ‘ng  bir  k o ‘zli  chol  jahl  bilan  xitob  qildi:  «Endi  m en. 
o ‘lishim kerak, meni o ‘ldir va mollarimni o ‘zingga ol!» Shu 
s o ‘zlarni  aytar  ekan,  chol  k o ‘kragini  B o ‘ronning  o ‘qi 
nishoniga  q o ‘ydi.  B o‘ron  o ‘q  uzdi,  chol  o id i,  lekin  uning 
mollarini olmadi. Chunki bu mollar yovvoyi, o ‘rgatilmagan 
edi. Bir k o ‘zli cholning o ‘limidan so‘ng B o‘ron uyiga qaytdi.
A fso n a   ikki  qism dan  iborat.  U nin g  ikkinchi  qism i 
Polifem  haqidagi  syujetga  o ‘xshaydi.  Bu  o ‘xshashlik  bir
206

k o ‘zli cholning g ‘orda yashashi, mollar to'dasining b o ‘lishi, 
qahramon  uning  bir  k o ‘zini  ham  k o ‘r  qilishi  va  hayvon 
terisini  yop in ib   chiqib  k etish i  voqealarida  k o ‘rinadi. 
Qahramon  bir  ko'zli  maxluqni  o ‘ldirib,  echki  terisi  bilan 
jo n   sa q la sh i  o setin   a fso n a la r id a   ham   aks  etg a n . 
N.V.Ostroum ov yozib olgan ikkinchi afsonada ham qozoq 
xalqi  orasida  bir  k o ‘zli  m axluqlar  obrazi  rang-barang 
syujetlarda yaratilganligini  k o ‘rsatadi.
Ikkinchi afsona:
X on o ‘zining qirq suvoriysi bilan  ovga chiqdi.  Ovda bir 
echkining orqasidan quvishib, g ‘orga kelib qolishdi. G ‘orda 
bahaybat  bir  maxluq  yashar  edi.  Ovchilaming  qorni  och 
edi.  M axluqqa  ham  e ’tibor  bermasdan  qozonda  pishib 
turgan  go'shtlarni  yeyishga kirishdilar.  Katta qozonda sut 
ham qaynab turar edi.  Ovchilar sutdan ham to'yganlaricha 
ichishdi. Qorinlari to ‘yib, k o ‘ngillari tin ch b o‘lgach, atrofga 
nazar  soldilar.  0 ‘zlarini  ulkan  bir  uy  ichida  k o ‘rdilar. 
Uyning  bir  tomonida  bir  k o ‘zli,  xuddi  kichik  bir  tog ‘day 
keladigan  maxluq,  ikkinchi  tom onida  esa  uning  q o ‘ylari 
turar edi.  Bir k o ‘zli maxluq bir o'tirishda qirqta q o‘yni yer 
edi.  Ovchilar  g ‘orga  kelishganda  u  uxlab  yotgan  edi.  Bir 
ko'zli  maxluq  uyqudan  turar  ekan,  qozonda  hech  narsa 
qolmaganligini k o ‘rdi va  qahrlandi.  U  k o ‘zini  ochar ekan, 
chaqirilm agan  m ehm onlarga  nazari  tushdi.  Bir  k o ‘zli 
m axluq  ovchilar  g ‘orga  quvib  k elish gan   o ltin   sh oxli 
echkining  oyog ‘idan  tutdi  va  bir  tosh  bilan  urib  o ‘ldirdi. 
S o ‘ngra  uni  ochofatday  yeyishga. kirishdi.  Shundan  so ‘ng 
ovchilarga  qirqta  q o ‘yni  s o ‘yish,  qozonda  qaynatishni 
buyurdi.  Shu bilan birga ovchilardan ham bittasini yeyishga 
ahd  qildi.  U  ovchilarni  uning  oltin  shoxli  echkisini  ancha 
vaqtdan  beri  otib  olishga qasd  qilib  yurganlikda ayblaydi. 
Ovchilar  m axluqning  buyrug‘idan  q o ‘rqib  ketdilar  va 
sarosimaga  tushdilar.  Dastlab  qirqqta  q o‘yni  s o ‘ydilar  va 
g o ‘shtini  qozonga  solib,  pishirishga  kirishdilar.  Bir  k o‘zli
207

maxluq  yana  uxlashga  kirishdi.  U   ovchilar  hech  qayerga 
qocholm asligiga  ishongan  edi.  U  qattiq  uyquga  ketib, 
xurrakni  ota  b oshlagach ,  X on   yigitlarini  m aslahatga 
ch aq ird i.  Q irq  su v o r iy n in g   h ech   q a y sisi  bir  k o ‘zli 
m axluqning  g ‘oridan  qutulib  chiqib  ketish  y o ‘lini  ayta 
olmadi. Shunda Xon yigitlariga bunday dedi: «Sizlarga nima 
b o ‘Idi?  Sizning  har  biringiz  bir  davlatni  boshqarish  kuch- 
qudratiga  egasizlar-ku!  Y o lg ‘iz  bir  k o ‘zli  m axluqdan 
qutulish  yo'lini,  nahotki,  bilmaysizlar.  D o ‘stlar,  avvalo, 
qanday  b o ‘lmasin  uni  o ‘ldirish  y o ‘lini  topishimiz  kerak. 
Men  bu  yerdan  chiqib  ketish  uchun  har  birimiz  s o ‘yilgan 
qo'ylaming terisini yopinishimiz, maxluqning yagona k o‘zini 
k o ‘r  qilishimiz  kerak,  deb  o ‘ylayman».  X onning  fikrini 
yigitlar quvatlashdi va omadlarini sinab k o‘rmoqchi b o‘ldilar. 
Bir ko‘zli maxluq hali uxlab yotardi. Xon temir sixlami olovga 
q o‘ydi.  Sixlar  ch o‘qqa  aylangach,  xon  ularni  maxluqning 
k o‘ziga suqdi. Maxluq og ‘riqningzo‘ridan qichqira boshladi. 
Q o‘lini cho'zib, ovchilarni izlashga uiindi. Lekin ulardan hech 
birini  top a  olm adi.  Ovchilar  xonning  m aslahati  bilan 
q o‘ylarning orasiga yashirinishgan edi. Bir ko‘zli maxluq har 
qancha  qidirsa-da,  ularni topa  olmaganidan so ‘ng shunday 
dedi:  «Baribir,  mendan  qochib  qutula  olmaysanlar,  bugun 
b o‘lmasa,  ertaga,  albatta,  q o‘limga  tushasanlar».  Shundan 
so ‘ng u yana uyquga ketdi. Ovchilar esa gavdalarining katta- 
kichikligiga qarab q o‘y tanladilar, ularni so‘yib, terisi ichiga 
kirdilar. Ertasi kuni ular q o‘ylar bilan birga oyoqqa turishdi. 
Bir  k o 'zli  m axluq  ham  u y g ‘ondi.  Q o'ylarni  yaylovga 
chiqarish uchun g‘or eshigini ochdi, o ‘zi esa eshik oldiga turdi. 
Ovchilar  chiqib  ketmasligi  uchun  q o ‘ylarning  har  birini 
paypaslab turdi.  Uning hisobidagi hamma qo'ylar yaylovga 
chiqib  b o‘lgan  edi.  Shundan  so‘ng  bir  k o ‘zli  maxluq  xitob 
etdi: «Ovchilar, qayerdasizlar? Bu yoqqa kelinglar!» Ovchilar 
g‘ordan tashqarida javob  berdilar:  «Ey,  ahmoq!  Ablah!  Biz 
bu yerdamiz!»  Ovchilarning tadbirkorligidan  lol  qolgan  bir
208

k o ‘zli maxluq dod-faryod soldi va boshini g ‘or devorlariga 
urib,  alam bilan jon  berdi.Ovchilar bir k o ‘zli maxluqning 
b u tun   b o y lig in i  o ld ila r   va  u y la rig a   q ay tib ,  m u rod - 
maqsadlariga  yetdilar.
Bir  k o ‘zlilar haqidagi  afsonalar turkiy  xalqlar  o g ‘zaki 
ijo d id a   k a tta   turkum ni  ta sh k il  etad i.  R us  etn ografi 
G .N .P o t a n in   ham   bu  m a vzu d a g i  a fso n a la r d a n   bir 
nechtasini  yozib  olgan  va  nashr  ettirgan.  Bir  k o ‘zlilar 
afsonasi turkiylarda k o ‘proq  uchrashi,  yunon tarixchilari 
ham  qadimgi  turkiylar  yashagan  hududlarda  Polifemlar 
b o rlig ig a   ish o n ch   b ilan   qarashi,  eh tim o l,  bu  m avzu 
qadimgi Gretsiyaga Sharqdan borgan b o ‘lsa kerak, degan 
fikr  uyg'otadi.
PR O M E TEY   OBRAZI Y ARATILISH INING  
TURK IY  M ANBALARI
P r o m e te y n in g   n o m i  ja h o n   a d a b iy o tid a   zu lm   va 
a d o la ts iz lik k a   q a rsh i  k u ra sh g a n   q a h r a m o n la rn in g  
umumlashma boqiy obraziga aylangan. Insonparvarlik va 
h a q iq at  y en g ilm a slig in in g   m ajozi  b o 'lg a n   bu  ob raz 
miloddan  oldingi  asrlarda  yunon  adabiyotida  yaratilgan 
edi.
Gomerning «Iliada» va «Odisseya» kabi asarlari so‘nggi 
asrlarda yashagan yunon shoirlari uchun an ’ana maktabi 
hisoblangan.  Gomerdan  keyin  yunon  adabiyotida  ushbu 
mavzuda  yaratilgan  epik  dostonlar «Troya  turkumi»  deb 
atalgan.  Gesiod  va  Esxilning  Prometey  haqida  yaratgan 
a sa rla rin i  ham   u sh b u   tu rk u m g a   k ir itish   m u m k in . 
C hunonchi,  Esxil  o ‘z  asarlarini  «G om er  bazm gohida 
to'kilib  qolgan  ushoqlar»,  deb  atagan.
« T ro y a   tu rk u m i»   y u n o n   a d a b iy o tid a g i  b o sh q a  
dostonlardan  muhim  bir  xususiyati  bilan  ajralib  turadi.
209

U nd a  yu n onlarn in g  T ro ya ga   yurishlaridan  tashqari, 
turkiylarning  qadim gi  qavm lari  h isob lan gan   skiflar, 
kimmerlar, shuningdek, ularning jangovar ayollar guruhi -  
amazonkalarning  yashash  tarzi,  mamlakati  haqida  ham 
tasvirlar berilgan.
Jahon adabiyotshunoslari Gesiod va Esxil Prometeyning 
ob ra zin i  y aratish d a  y u n on   m ifo lo g iy a sid a   m avjud 
afsonalardan  foyd alan gan in i  qayd  etishadi.  Prom etey 
h aq id agi  rivoyat  va  afso n a lar,  xususan  «Z anjirband 
P ro m etey» d ag i  tasvirlar  sk ifla r  m am lak ati  bilan 
bog‘langanligi nuqtai nazaridan bu obraz badiiyatini qadimgi 
tu rk iylar  h a y o ti  b ila n   q iy o siy   o ‘rgan ish   m aq sad ga  
muvofiqdir. Zotan, muammo yechimining ijtimoiy va adabiy 
manbalari mavjud.
Esxil fojiasidagi tasvirga k o‘ra Prometey Zevsning qahrli 
amri  bilan  skiflar  m am lakatidagi  o sm o n o ‘par  qoyaga 
zanjirband  etiladi.  Yunonlar  skiflar  mamlakati  deyilganda 
yer  q it’asining  katta  qism i  -   hozirgi  davr  nazari  bilan 
qaraydigan  b o ‘lsak,  Q ora  den gizd an   R ussiya  tom on  
ch o‘zilgan  shimoli-sharqiy  kenglik,  Qofqaz  va  Markaziy 
Osiyodagi  hududlarni  tushunganlar.  Zotan,  Esxil  yaratgan 
Prometey skiflar mamlakatini ana shunday kengliklar bilan 
tasaw u r  etadi.  Prometeyning  zanjirband  etilishi  hamda 
qiynoq-azoblarga  solinishi  unga  e’tiqod  qo'ygan  kuchlar 
qalbidarahm-shafqatuyg‘otadi. Bahr m a’budi Okean uchar 
otda  yetib  kelar  ekan,  Prometey  unga  shunday  murojaat 
qiladi:
Va nihoyat sen ham kelding,  bu nima,  demak, 
Azobimga  tomoshabin bo 'Iganimi yo,
Senga nomdosh bo ‘Igan oqim -  ulug ‘ Okean,
Ham qoyavor g ‘or qa ’rining  ilk bargohini,
Tark aylabon  temir-ma ’dan  iqlimi sari,
Kelmoqlikka qanday j u r ’at qila olding- a ?
210

Bu parchadagi «temir m a’dan iqlimi» skiflar mamlakatini 
anglatadi.  Qadimda yunonlar skiflar mamlakatini shunday 
nom d a  atashgan .  Sababi  bu  hududda  tem ir-m a ’dan 
boyliklarining  k o ‘pligi  hamda  skif  qabilalari  temirchilik 
ishlari  bilan  mashhur  b o ‘lganligidir.  Gerodot  skiflarning 
massaget qabilasi yashaydigan joyda oltin va mis boyliklari 
behisobligini  alohida  ta ’kidlaydi.  Esxil  yaratgan  dramada 
Prometey skiflarning ana shunday boyliklarini ochuvchi va 
xalqqa yetkazuvchi qahramon sifatida k o ‘rinadi. Bu haqda 
uning  o ‘zi  shunday deydi:
Binobarin...Kim aytishga ju r ’a t etadi,
M enga qadar yerostida yashirin yotgan 
Temir,  oltin,  kumushlarni,  rangin mislarni 
Odamlar ning foydasiga yetkazganini,
U kimdirki,  mag ‘rurlansin,  albatta,  hech kim.
Bu  misralarda  bayon  etilgan  fikrlar  Prometey  taqdirini 
«temir-ma’dan  iqlimi»  -   skiflar  mamlakati  bilan  yanada 
yaqinroq  b og‘laydi.  Ayni paytda  bu obraz  skiflar jahonda 
yerosti  boyliklarini  top ish   va  uni  ishlatishda  mashhur 
b o ‘lishining asosi  sifatida  ham k o ‘rinadi.
Prometeyning qiynoq-azoblarga solinishi amazonkalarni 
yordamga otlantiradi.  Dramada shunday satrlar keltirilgan:
Achinmoqda senga hat to 
Sher yurakli amazonkalar.
M eotida ко ‘rfazining chekkasida 
Asrlar osha yashab kelgan 
S k if qavmi -jan garilar ham.
Demak, amazonkalar skiflar qabilasi.  Ularning yashash 
joyi M eotida  (hozirgi  Azov  dengizi)  sohillarida  b o ‘lgan.
211

Prom etey  dram ada  skiflar  m am lak atin in g  tab iati, 
boyliklari,  daryolari,  bu  hududda  yashaydigan  qavmlar, 
ularning  yashash  tarzi,  urf-odatlari  hamda  o ‘zlariga  xos 
ruhiy  kechinmalari  haqida  t o ‘la  tasavvurga  ega  b o ‘Igan 
qahramon sifatida k o‘rinadi. Xususan, bu tasvir malika Ioga 
qilgan murojaatida  o ‘z ifodasini  topgan.  X o ‘sh,  Prometey 
bu  qadar  skiflar  turmushi  bilan  b og‘lanishiga  asos  nima? 
N ega  yunon  m ifologiyasida  Prometey  obrazi  keng  o ‘rin 
olgan b o ‘lsa-da,  u skiflar mamlakatida zanjirband  etiladi?
Skiflar  hayoti  aks  etgan  tarixiy  manbalar,  ular  asos 
solgan mamlakat hududida yashayotgan qavmlar o ‘rtasida 
saqlanib qolgan adabiy syujetlar Prometey aslan skiflarning 
qahramoni b o‘lganiga ishonch uyg‘otadi. Gerodot shunday 
afsonani keltiradi:
Prometey skiflarning shohi edi.  Burgut nomidagi daryo 
toshib,  ekinzorlami  bosgach,  Prometey  xalqini  oziq-ovqat 
va boshqa zaruriy narsalar bilan ta’minlay olmadi. Shundan 
so ‘ng  skiflar  o ‘z  shohlarini  kishanlab  tashladilar.  Gerakl 
daryo bilan dengizni q o ‘sha oldi.  Shuning uchun ham xalq 
o ‘r ta sid a   g o ‘y o   G erak l  b u rgu tni  o ‘ld irg a n i  h am da 
Prom eteyni  zanjirdan  ozod  qilgani  t o ‘g ‘risida  olqishlar 
tarqalgan.
Gruzin  olimi  M .Y a.C hikovani  m a ’lum ot  berishicha, 
E.Kenfler (XVII-XVIII) qadimgi yunon manbalari asosida 
Prometey haqidagi afsonalami batafsil o ‘rganar ekan, uning 
shaxsiyatini  sk if  shohi  Protofey  nom i  bilan  bog'laydi. 
E.Kenfler tadqiqotlariga k o ‘ra, Protofey M ago‘g avlodidan 
b o ‘lib,  Yofasning  o ‘g ‘lidir.  U  skif xalqining  otasi  deb  tan 
olingan.  U ning  osm ondan  yerga  olov   olib  kelishining 
mazmuni shundaki, u Qofqaz tog‘laridan metall boyliklarini 
top ish ,  qazish  va  olovd a  toblay  olish  qobiliyatiga  ega 
b o ‘Igan.
Yuqoridagi  dalillar tarixda Prometeyning  o ‘z muqobili 
b o 'lg a n lig in i  k o ‘rsa ta d i.  D em a k ,  P ro m etey   ob razi
212

yaratilishiga  skiflar  shohi  Protofeyning  shaxsiyati  asos 
b o ‘lgan.
Jahon adabiyotshunosligi hozirgacha Prometey haqidagi 
afsonalar yunon mifologiyasi mahsuli deb tushunadi. Aslida 
bu  afsonalar  turkiylarning  qadimgi  avlodi  skiflar  o g ‘zaki 
ijodida  paydo  b o ‘lgan  hamda  yunon  yozm a  adabiyotiga 
k o ‘chgan,  deb  h isob lash   h aq iq atga  yaqindir.  Skiflar 
m am lakatining  markaziy  qismi  hisoblangan  Q ofqaz  va 
Q o fq a z o r ti  resp u b lik a la r i,  K asp iy  va  Q ora  d en g iz 
atroflarida  yashaydigan  xalqlar  o g ‘zaki  ijodida  Prometey 
qahramonligini  eslatuvchi  rivoyat  hamda  afsonalarning 
namunalari  k o‘plab  saqlangan.
Q ofqazda  yashaydigan  xalqlarning  o g ‘zaki  ijodida 
«Amiran»  eposi keng tarqilgan.  0 ‘m i kelganda ta ’kidlash 
lozimki,  turkiylarning nodir eposlaridan biri  «Q o‘rqut  ota 
kitobi»da  Amiran  haqida  alohida  d oston   berilgan  (IX 
qo'shiq).  Qofqaz  xalqlari  o ‘rtasidagi  rivoyatlarga  k o ‘ra, 
Amiran  Elburs  to g ‘ida  zanjirband  qilingan.  Abxazlam ing 
A brskil,  im eretlarning  R okap i,  ajarlarning  R om papi, 
sv a n la rn in g   R o k a n ,  a d ig ey la rn in g   N a sr en ja k   kabi 
qahramonlari  ham  Prometeyning  muqobil  obrazi  sifatida 
o ‘z qiyofasiga ega.  Prometey haqidagi afsonalar mazmuni 
Alisher  N avoiy  sh e’rlarida  ham  ifodalangan.  Shoir  bir 
ruboiysida shunday yozadi:
Z og 'eki,  cho 'qub oquzdi qort ко ‘nglumdin,
Tirnog ‘ ila uzdi notavon ко  nglumdin. .
A ’zosida ко 'r asar damin duduni 
Minqor ila changiga nishon ко ‘nglumdin.
Akademik B.Yalixo‘jayev bu ruboiyni  tahlil  qilar ekan, 
avvalo,  uni  katta  bir  asotir  mazmunini  ifodalagan  masal- 
ru b oiy,  m o ‘ja z  hajm li  m ajoziy  s h e ’r  deb  h iso b la y d i. 
Ikkinchidan,  olim  bu  ruboiyda  zanjirband  Prometeyning
213

iriga  h a m o h a n g lik n i 
k o ‘ksini  c h o ‘qigan  b u r g u t l^   tas  ^ li^ n i Alisher Navoiy 
k o ‘radi, uchinchidan, b u nd ay0  f.Sni| irrji  yoki tav°rud  (ikki 
yunon  asotirlari bilan  tanish b° 
m avzuda  asar
shoirning  bir-biridan  xabarsi2  о  ^   j^asalsg3  aniqlik 
yaratish)  hodisasimi  deb  hisob  aye 
yazifasi  deb
kiritishni  a d a b iy o tsh u n o sli^ 11111^
qaraydi.
^ T l V A  AFROSIYOB
FORS-TOJIK  A D A B lV ^ j^  
T U B K UM t 
HAQIDAGI A FSO N AL
xoqoni
Miloddan  avvalgi  VII  asrlar  a .  .  j ujjiladan,  M idiya 
M adi  Kichik  Osiyo  m am lakat  ar^ a  ahrfto n ^ ^ ar  s^ oh i 
(E ro n )g a   q o ‘sh in   to r tis h i  ham   ^   a(jabiyotida  alohida 
Kayxisrav bilan jang qilishi  f ° rS  t0^jagi asarlarda tarixiylik 
mavzu hisoblanadi. Lekin bu 
t tarixiy haqiqatning
tamoyili asos qilib olingan emaS-  a   jy  va  eroniy  shohlar
um um iy  y o ‘nalishi  -   tarixda  ur  ^ ez  b o ‘lib  turganligi 
o ‘rtasida  urush  ham da  n izola ^   ^j-kuffldagi asarlarning 
voqeasi badiiy syujetga aylandi-  u  o b   skiflar  qahram oni 
qahram oni  A frosiyobdir.  A fr0Siy  0 ^razi  Ьо‘1т а У’  balki 
M adining  t o ‘la  darajadagi  ta.r!.X1^:  Д1р  Er  T o  n gan in g 
turkiy  xalq lar  o g ‘zak i  ijo^*  a ^ f f o s iy ° b f lin£  nom i  va 
muqobilidir.  Qadimgi  kitobla  a  '  a n:  « F ra n h rasy an>> 
n a sl-n a sa b i  sh u n d a y   t a ’rj 
«F raSl^a^ F as^an
(«Avesto»), «Frasyak» (< 
o ‘g ‘li,  Rustam o ‘g‘li,  Turk о  &  J>> 
0 ‘g ‘li, Turk о  g  li»(al- 
B ashango‘g ‘li, In a to ‘g ‘li>R^s1tm a .  R ustam   °   § 
Turk 
Beruniy),  «A frasiyab  Ashk  о  g  i
o ‘g ‘li»  (ibn  Xaldun). 
tviiflS   pahlavoni,  xoqoni
Afrosiyobni  Turon  mamla  a J *  ^^dgorlik «Avesto»dir. 
sifatida tasvirlagan birinchi y0 z™a 
adabiyotidagi о  nlab
Shundan so ‘nguning obrazi f ° ^  ^ - na  boshladi.  Afsuski,
o g ‘zaki  va  yozm a  asarlarda
2 l 4

Mahmud Koshg‘ariyning «Devonu lug‘otit turk» asaridagi 
marsiyani e’tiborga olmaganda, u haqda turkiy adabiyotda 
yirik  adabiy  syujet  mavjud  emas  edi.  Fors-tojik  adabiyoti 
Afrosiyob haqidagi adabiy syujetlarni saqlashi bilan turkiy 
xalqlar  ijodiga  xos  yodgorlikni  ham bizning  davrlargacha 
yetkazib  bera  oldi.  Ikkinchidan,  qadimgi  dariy,  fors-tojik, 
arab tillarida bitilgan Afrosiyob haqidagi rivoyat va qissalar 
M a rk aziy  O siy o d a   y a sh a y o tg a n   x a lq la r n in g   b ad iiy 
tafakkuri  mahsulidir.  Shu jihatdan  qaraganda,  qadimgi 
turkiy adabiyotning yirik vakili Y usuf Xos  Hojib  quyidagi 
misralami bitganida haq  edi:
Tajiklar ayur ani Afrasiyab,
Bu Afrasiyab  tutti ellar talab...
Tajiklar bitikda bitimish muni,
Bitikda у  о V/ ersa kim о ‘qg ‘ay ani...
Mazmuni:
Tojiklar uni Afrosiyob deb ataydilar,
Bu Afrosiyob ellarni о ‘z  tasarrufiga olib tutdi. 
Tojiklar uni kitobida yozib qoldirganlar,
Kitobda bo ‘Imasa,  uni kim ham bilardi...
Fors-tojik  adabiyotida  A frosiyob  obrazi  rang-barang 
xususiyatlar bilan  gavdalantirilgan.  U ning badiiy  obrazini 
mukammal  tasavvur  etish uchun  rivoyat  va  afsonalarning 
matnini tiklash turkiy adabiyotning ham qadimgi davrlarini 
o ‘rganishda amaliy  ahamiyatga ega.
Birinchi afsona:
Eron va Turon chegarasining belgilanishi.Afrosiyob Eron 
shohi Manuchehrga bir necha marta zarba berdi. Manuchehr 
Zolni  Afrosiyobni  Jayhunning  narigi  tom onlariga  quvib
215

yuborish uchun jangga yubordi.  Lekin Afrosiyob k o ‘p sonli 
q o ‘shini  bilan  T a b a risto n g a   k elib ,  M an u ch eh rn i  tiz 
cho‘ktirdi.  Som va Zol jangda qatnashmagan edi.  Nihoyat, 
ular sulh tuzishga ahd  qildilar.  Orsh Amul qal’asidan turib 
kamonda o ‘q uzdi.  Uning o ‘qi Akab-Mazdavavran  (Seraxs 
va  Mervning  o ‘rtasi)ga  kelib  tushadi.  Eron  va  Turonning 
chegarasi  shu joydan  belgilanadi  («Mujmil  at-tavarix  al- 
qasas», Tehran,  1335-1956).
Ikkinchi afsona:
Afrosiyob  va  Xisravning  qudrat  ma’budi  Ardvisura- 
Anahitaga  qurbonlik  keltirishi. 
E ron  va  T u ron  
m a m la k a tid a g i  ta n iq li  p a h la v o n la r   q udrat  h am da 
shafqatpesha m a’budi Ardvisura -  Anahita sharafiga yuzta 
ot,  mingta  navvos,  o ‘n  mingta  q o ‘y  qurbonlik keltiradilar 
va ularning istak-niyatlarini aytib, undan omad so ‘raydilar. 
Yaratguvchi  Ahura  M azda,  ilk  afsonaviy  qonunshunos 
shoh  Xush-shiyanka-Paradata,  suv  toshqini  qahramoni 

Каталог: Elektron%20adabiyotlar -> 83%20Адабиётшунослик
Elektron%20adabiyotlar -> Namangan davlat universiteti
Elektron%20adabiyotlar -> Binolar zilzilabardoshligi. Rahmonov B, Siddiqov M.pdf [Abdurasulboy madrasasi]
83%20Адабиётшунослик -> O zbek mumtoz adabiyoti tarixi
83%20Адабиётшунослик -> Namangan davlat universiteti obid jon karimov
83%20Адабиётшунослик -> O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti
83%20Адабиётшунослик -> Abdurahmonov
83%20Адабиётшунослик -> N iz o m iy n o m id a g I t o s h k e n t davlat p e d a g o g ik a u n IV e r s it e t I mamasoli jumaboyev
83%20Адабиётшунослик -> 0 ‘zbekist0n respublikasi oliy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   29


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling