Abdurashid abdurahmonov turkiy adabiyotning qadimgi davri


Shunday  qilib,  mana  shu  rivoyatga  k o ‘ra  bu  hisorni


Download 8.37 Mb.
Pdf просмотр
bet18/29
Sana05.12.2019
Hajmi8.37 Mb.
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   29

Shunday  qilib,  mana  shu  rivoyatga  k o ‘ra  bu  hisorni 
Siyovush  bino  qilgan,  b a’zilar  esa  Afrosiyob  bino  qilgan 
d egan lar.  S o ‘ng  bu  h iso r   b u zilib   k etib ,  k o ‘p  yillar 
vayronligicha  qoldi  (Narshaxiy.  «Buxoro tarixi»).
Sakkizinchi afsona:
Afrosiyob -  mehribon ota. 
Aytadilarki, Afrosiyobning bir 
qizi  b o ‘lib,  uning  doimo  boshi  o g ‘rir  edi.  Romtinga  kelib 
turib  qolganidan  keyin  bu  yerning  havosi  muvofiq  kelib, 
darddan xalos b o ‘ldi va bu joyga «oromi tan» -  «tan oromi» 
deb  nom  q o‘ydi.  Oddiy  xalq  esa  buni  «Romitin»  deydilar 
(Narshaxiy.  Buxoro  tarixi).
To ‘qqizinchi afsona:
Afrosiyobning  qatl  etilish i. 
K a y q u b o d d a n   s o ‘ng 
Kaykovus  podshoh b o ‘ldi.
Kaykovusning bir farzandi bor edi.  Uni tarbiyasi uchun 
R ustam i  shadid  bin  Z ol  bin  Parishon  bin  Juzang  bin 
G ershaspga  top sh ird i.  R ustam   S iiston   va  unga  tobe 
viloyatlarga voliy  erdi.  Rustam bolaga juda yaxshi ta ’lim- 
tarbiya  berib,  s o ‘ng  otasi  Kaykovus  huzuriga  yubordi. 
Afrosiyob  juda  mamnun  b o ‘ldi.  U   A frosiyob  qizi  yoki
226

Yam an  viloyati  podsh oh in in g  qiziga  uylangan  edi.  U 
Jamilabonu Siyovahshning husni jam oli va  fazlu kamolini 
k o ‘rib,  unga  giriftor  b o ‘lib,  ani  m uddaosi  husuli  uchun 
o ‘ziga targ‘ib va k o ‘ngil xohishi  bo‘lgan  amrga taklif etdi.
U  xotin Siyvahsh bilan otasi Kaykovus o'rtasiga sovuqlik 
tushirdi.  S iyovah sh   bundan  xabar  top g ach ,  R ustam i 
shadiddan  iltim os  qilib,  otasid an   unga  T u rk iston ga, 
Afrosiyob bilan urushga ketishga ruxsat olib berishini so'radi. 
Ruxsat b o ‘lgach,  Siyovush Turon bilan urushga ketdi.
Qattiq urushlardan so ‘ng Siyovahsh Afrosiyob bilan sulh 
tuzishga keldi. Otasi unga qarshilik qildi.  Ammo shahzoda 
o ‘z  va’dasidan  qaytmadi.  U  o ‘zining Afrosiyob xizmatiga 
o ‘tajagini bildirdi.  S o ‘ng shuni qildi.  Afrosiyob  Safo Farid 
degan parichehra qizini  Siyovahshga erga berdi.  Siyovahsh 
bilan  hamsuhbat  b o ‘lgan  jam oaning  unga  m oyil  b o ‘lib 
qolishidan,  shahzodaning  fazli  kamolidan  xavotir b o ig a n  
Afrosiyob o ‘z taxtiga voris chiqib qolishidan q o ‘rqdi. Uning 
ikki  o ‘g ‘li  va  birodari  hasad  yuzasidan  bu  tahlikani 
kuchaytirdilar, natijada, Afrosiyob Siyovahshni oidirishga 
amr qildi  va uni qatl  ettirdi.
Siyovahshning  rafiqasi  K ayxisravga  hom ilador  edi. 
Sipohlardan  Qiyron  bin  K as’on  uni  saqlab  qoldi.  Boia 
t u g ‘ildi.  U ni  Q iyron  b a lo g ‘atga  yetk azd i.  S iyovah sh  
o ‘limidan  xabar  topgach,  Shodvas  bir  qora  kiyim  kiyib, 
m otam  tutdi.  Afrosiyob  Shodvasdan  bu kiyimning odatga 
x ilo f  ek an in i  a ytsa,  S h odvas  bugun  b izga  zulm at  va 
qorong‘ulik  kunidir  dedi.  Musibat  hangomida  qora  libos 
kiyish shundan  odat  b o ‘lgan.
Kaykovus  vafotidan  s o ‘ng  Eronda  Kayxisrav  taxtga 
0
‘ltirdi.  U ning  onasi  Afrosiyobning  qizi  Farid  edi.  Shu 
tufayli Kayxisrav Afrosiyob taxtiga voris edi. Kayxisrav to ‘rt 
tom ondan  turk yeriga  hujum  boshladi.  Urushda besh yuz 
oltm ish  m ing  odam   o ‘ldi,  o ‘ttiz  m ing  asir  qilindi.  Fors 
la sh k a rb o sh isi  G udarz  edi.  U n ga  Isfa h o n   va  Jurjon
227

h o k im lig in i  berdi.  A fr o siy o b   S h a y d o   degan  o ‘g ‘lini 
Kayxisrav jangiga  yubordi.  Ammo  u  yengilib  qatl  etildi. 
S o‘ng  Afrosiyob  o ‘zi  askar  yig‘ib  bordi.  Ammo  yengilib, 
Ozarbayjonga ketdi.
Kayxisrav uni ta’qib qilib borib tutdi va qatl etdi. S o‘ngra 
O zarbayjondan  qaytib  k eld i.  A fro siy o b n in g   o ‘rniga 
Kaybavosif degan  kishini  tayinladi.
K ayxisrav  otasi  S iyovah sh   o ‘chini  olgach,  o ‘rniga 
Luhraspni tayin etib, o ‘zi zohidlik ixtiyor etdi va ahli a ’yoni 
bilan  g‘oyib b o‘ldi.
P od sh olik   m uddati  oltm ish  yil  b o ‘ldi.  (Ibn  al-Asir. 
«Tarixi komil»).
О ‘ninchi afsona:
Siyovushning tuhmatga uchrashi va Afrosiyob tomonidan 
o ‘ldirilishi. 
S iy o v u sh n i  K a y k o v u s  ask arlari  T uron 
chegarasidagi  o ‘rmonlardan  topib  olgan  g o ‘zal  bir qizdan 
tug'ilgan  (aftidan,  bu  qiz  qadimgi  yunon  afsonalaridagi 
o'rm on  m a’budasining  dastlabki  obrazi  b o ‘lsa  kerak). 
Siyovush dunyoga kelishi bilanoq (onasi uni tug'ishi paytida 
o ‘ladi)  hammani  o ‘zining  beqiyos  go'zalligi  bilan  maftun 
etadi.  0 ‘gay  onasining shahvoniy  hirsini rad  etgani  uchun 
nohaq ayblangan Siyovush o ‘t sinovidan o'tishi, ya’ni oltin 
dubulg'a kiyib, qora otda katta alanga ustidan sakrab o'tishi 
kerak  edi.  U   o ‘tni  yengib,  o ‘z  nomusini  qaytadan  tiklab 
o la d i  h am d a  T u ron ga  y u rish   q ila d i.  U ru sh   tam om  
b o ‘lgandan  keyin  Siyovush  Turon  podshosi  A frosiyob 
h u zu rig a   b ora d i  h am d a  u n in g   q izig a   u y la n a d i. 
Qaynotasidan sovg‘a sifatida Turon yerlarining bir qismini 
olib,  bu  jo y d a   K angdiz  yok i  K angi  S iyovah sh   nom li 
hasham atli  qasr  shahar  quradi.  Lekin  yana  tuhm atga 
uchrab, Afrosiyob yuborgan qotillar tomonidan o'ldiriladi. 
U n in g  o ‘g ‘li  («A v esto »   b o 'y ich a   nabirasi  -   qizining 
Afrosiyobning ukasi Agreratdan  b o ‘Igan o ‘g ‘li,  aftidan  bu
228

variant ancha eski, matriarxat bosqichiga oid b o ‘lsa kerak) 
Kayxisrav xiyonatchi bobosini tor-mor keltirib, ariylarning 
yerlarini  birlashtiradi  va  X orazm   rivoyatlariga  k o ‘ra, 
b irinchi  X orazm   su lo la sig a   asos  so lg a n   (S .T o lsto v . 
«Qadimgi  Xorazm madaniyatini izlab»).
О 'n birinchi afsona:
A frosiy o b   q o ‘r g ‘oni  u stid a  bayram .  T u ro n   sh o h i 
A frosiyob  Rustam  va  Kayxisravning  hujumidan  qochib, 
o ‘zini  saq lash   uchun  ju d a  k atta  q o ‘r g ‘on  qurdiradi. 
Q o ‘rg‘on  q o ro n g ‘u,  unga  nur  tushm as  edi.  Kayxisrav 
G e rsh a sp n in g   q a b rid a n   y o n d irib   o lg a n   o lo v   b ilan  
q o ‘rg‘onni vayron qiladi. Afrosiyob yana qochadi. So'ngra 
q o ‘r g ‘o n   o ‘rn id a  k a tta   gu lxan   y o q ila d i.  O d am lar 
to 'p la n is h ib ,  K ay xisrav n i  m ad h   e tu v c h i  q o ‘sh iq lar 
ay tish ad i.  U sh b u   q o'sh iq lard an   birining  10  m isralik 
parchasi  yetib  kelgan.
Furuxt bodo ro ‘sh,
Xunida  Gershasp hush,
Hame pur ast  ciz no ‘sh,
No ‘sh кип,  may no ‘sh.
Do'st,  bidor go 'sh,
B-ofarin nihoda go ‘sh!
Hamesha neki qo ‘sh,
D e guzashtu do ‘sh!
Shoho  xudoygono,
B-ofarin shoh-o!  («Tarixi Siiston»).
Tarjimasi:
Nurafshon кип  boshlandi,
Gershasp  ruhi shodlandi,
Qalblar  to ‘la hayajon,
Sharob ко ‘tar, jo  ‘rajon.
229

Quloq solgin birodar,
Ta ’zim  et yerga qadar.
О ‘tgan kuning misli tush,
H ayot keldi yaxshi,  xush.
Eyjahongir,  shahanshoh,
Senga sharaf  senga shon!
О 'n  ikkinchi afsona:
Afrosiyob  qal’asi  va  o‘lim  ma’budi. 
A frosiyob  o ‘lim 
m a’budi Estuxxatdan qochib, katta qal’a qurdiradi. Qal’aga 
kiradigan  birorta  yo‘l  yo ‘q  edi.  Ustalar jon  saqlaydigan  bu 
q o ‘rg‘onni  ertaklardagiday  qurishgan  edi.  U   «Afrosiyob 
qal’asi»  deb  ataldi.  Qal’a  devorlarining balandligi  1000 fut 
(bir fut 30,479 sm ga teng -  A. A.) edi. Lekin qo‘rg‘ on ichkarisi 
mutloq  qorong‘u bo‘lgan.  Afrosiyob  qal’aning  devorlariga 
billur, tilla, kumush va marvaridlardan sun’iy quyosh, oy va 
yulduzlar  o ‘matib chiqishni buyurgan.  Natijada,  qal’a juda 
yo ru g 1  b o ‘lgan.  G o ‘zallik  va  kuch-qudrat  m a ’budasi 
Ardvisumaxid Afrosiyobning bu xizmatini k o ‘rib, unga boqiy 
umr berishi mumkin  edi.  Afrosiyob  m a’buda sharafiga eng 
yaxshi  otlardan  100  ta,  boqilgan  buqalardan  1000 ta,  semiz 
q o‘ylardan  10000  ta  so ‘yishni  buyurdi.  Afrosiyob  o ‘zining 
k o ‘ngliga taskin topdi, o ‘lim m a’budasi endi kelolmasligiga 
ishondi.  Yillar  o ‘tdi.  A frosiyob  o ‘zining  su n ’iy  b og‘ida 
aylanib  yurgan  edi.  Daraxtlar  orqasida  odam  sharpasini 
k o ‘rdi, u juda  oriq va qahrli edi.  Afrosiyob darrov payqadi, 
u o ‘lim m a’budasi edi.  Unga qarshi  bormoqchi  ham bo‘ldi, 
lekin  behuda  ekanligini  angladi.  Afrosiyob  jonsiz  yiqildi 
(Professor X.  K o‘ro‘g ‘li tiklagan).
О ‘n uchinchi afsona:
Afrosiyob  shohlikdan  voz  kechadi. 
Eron  shohlaridan 
Kaykovus  yoki  Jom  (Som)  Sharqdagi  uzoq  dengiz  ortida 
Q ang'diz  degan  shahar  qurdirgan.  Shahar  keyinchalik
230

T u r o n  
sh oh i  A fr o siy o b   q o 'lig a   o ' t g a n .   A fr o siy o b  
podsholikdan  voz  kechib,  tarki  dunyo  qilib,  Kangdiz 
shahar-qo‘rg‘onini  o'ziga  qarorgoh  qilib  oladi.  Kayxisrav 
Afrosiyobni q o ‘lga tushirish uchun uning izidan borar ekan, 
Qang'diz shahriga q o ‘shin  tortadi.
A bu Rayhon Beruniy «Hindiston» kitobida bu afsonani 
quyidagicha bayon  etadi:  «Hind  astronomlari  obod joylar 
geografik uzunligini Lanka vositasida belgilaydilar.  Bu joy 
Yer  ekvatorida  o'rtalikda  b o ‘lib,  Sharqida  Jam akuti, 
G ‘arbida  Rumaka  bor.  Ammo  Jamakuti  esa  Yaqubning 
va  al-Fozoriyning  aytishicha,  dengiz  ichidagi  mavzudadir. 
Unda Tora shahri bor. Hindlaming kitoblari ichida bunday 
nomni sira topa olmadim.  Kote esa bir qal’a nomi, Joma -  
ajal  farishtasi  (demak)dir,  undan  Kangdiz  hidlari  tarqalib 
turadi.  Forslarning  yozishlariga  k o ‘ra,  Kayxisrav  turk 
Afrosiyob izidan borishda bu dengizni kezgan.  U  mavzuga 
b organ d a  zo h id la r  y o ‘lig a   o ‘tib ,  u  m u lk d an   ch iq ib  
ketishlikni  qaror qilgan». 
Diz 
forschada -   qal’a demakdir 
(Beruniy.  «Hindiston»).
О 'n  to ‘rtinchi afsona:
Eroniy xalqlar bayramlarining Afrosiyob shaxsiyati bilan 
bog‘lanishi. 
A bu  R ayhon  Beruniy  «Q onuni  M a s’udiy» 
kitobining ikkinchi maqolasi «Eroniylarning majusiylikdagi 
b ayram   k u n lari»d a  ero n lik la rn in g   u ch ta  b a yram in i 
Afrosiyob  shaxsiyati bilan  bog‘laydi.
Hurdod. 
Hurdod  mohning  oltinchi  kuni  -   ikki  ism  (oy 
va  kun  ismi)  bir-biriga  m uvofiq  kelgani  uchun  bayram 
b o ‘lgan.  Tir  mohning  o ‘n  uchinchi  kuni  ham  shunday. 
Orishning  Manuchehr  bilan  Afrosiyob  orasida  sulh  qilish 
uchun  o ‘q  otishi  ham  shu kunga  to ‘g ‘ri kelgan.  Bu sulhga 
k o ‘ra  o ‘q  borib  yetgan joy  Manuchehmiki  bo‘lar  emish. 
Aytishlaricha, u R o ‘yo tog‘idan otgan, uzoqdan otilgan shu 
o ‘q  Farg'ona  va Tabariston  orasiga tushgan.
231

Eronliklar,  undan  keyingi  kunda  ham  o ‘qning  borib 
yetgan  xabari  shu kuni eshitilgan,  deb bayram qiladilar.
Tirgon. 
« U la r  (ero n iy la r  -   A .A .)  T ir g o n   kuni 
ch o ‘m iladilar,  oshxonalar  va  o ‘choqlarni  supuradilar. 
Ammo  o'choqlam i buzishlariga sabab shuki,  odamlar shu 
kuni Afrosiyob qamalidan xalos b o ‘lib, har kishi o ‘z ishiga 
ketgan. Shuningdek, avvalgilar y o ‘lidan yurib (yetilmagan) 
bug‘doyni yetilmagan mevalar bilan q o ‘shib  qaynatadilar, 
chunki  ularning  bug‘doy  yanchishga  qudratlari  yetmagan 
edi.
C ho‘milish marosimining sababiga kelganda, Kayxisrav 
A frosiyob  jangidan  qaytishida  lashkarlardan  tashqari 
y o lg 'iz   o ‘zi  bir  b u lo q   te p a sig a   tu sh g a n .  S h u n d a  u 
charchaganligi sababli o ‘zidan ketgan, Gudarz o ‘g‘li Vayjon 
yetib  kelib,  unga  suv  sepgan  va  u  o ‘ziga  kelgan.  0 ‘sha 
vaqtdan beri cho'milish tabarruk rasm  b o ‘lib keladi».
Obogon. 
«O b ogon d a  Zav  ibn  T ahm osp  A frosiyob  
bekitib tashlagandan keyin qazilgan anhorlarga suv q o‘ygan 
hamda shu kuni kishvarlarga, bular iqlimlar kabi.  Bevorasp 
davlatining  zavol  topgan  xabari  kabi  tarqalgan,  shundan 
keyin  har bir kishi  o ‘z  uyi  va  oilasigi  ega  b o ‘lgan.  Bundan 
oldin  esa,  ustlariga  kelgan  sarkashlarning  z o ‘ravonligi 
sababli  u  narsalarga  ega  b o ‘la  olm aganlar»  (Beruniy. 
«Qonuni  M as’udiy»).
Yuqorida  matni  keltirilgan  afsonalaming  syujet  o ‘zagi 
bitta: Turon shohi Afrosiyob Eron mamlakati bilan b o‘lgan 
ja n g d a   g ‘olib  k elish i,  Eron  xalq iga  zulm   o ‘tk azish i, 
eroniylardan  bo'lgan  kuyovi  Siyovushni  ig ‘vogarlarning 
so ‘ziga kirib o ‘ldirishi, natijada Eron shohi va pahlavonlari 
S iyovush  xunini  undan  talab  qilish  voqealari  asosida 
qurilgan.  Lekin  afsonalaming  hammasida  ham  Afrosiyob 
y o v u z,  m ehr  va  in so n iy lik d a n   b egon a  sh oh   sifa tid a 
k o ‘rinm aydi.  A frosiyob  tarixdagi  juda  k o ‘plab,  aytish 
m um kinki,  ham m a  shohlarga  xos  xu susiyatn i  o ‘zida
232

mujassamlashtirgan.  Jahon  tarixiga  nazar  tashlanadigan 
bo'lsa, har bir shoh m a’lum bir mamlakat bilan urishganda 
g'alabani  q o‘lga  kiritish  uchun  shafqatsiz  bo'lgan.  Zotan, 
Kayxisravning o ‘zi ham  tarixiy va afsonaviy shaxs  sifatida 
Afrosiyobga nisbatan  shafqatsiz edi.
Afsonalarda Afrosiyob obrazi qanday xususiyatJar bilan 
ta sv irla n g a n lig in i  n azard an   o ‘tk a zay lik :  A fr o siy o b  
pahlavon, ayni paytda o ‘z raqibi bilan sulh tuzib, tinchlikni 
istovchi  shoh  (I  afsona),  Ollohdan  o ‘z  maqsadiga  erishish 
uchun  najot  so ‘rovchi,  lekin  omadi  chopmagan jabrdiyda 
(II);  0 ‘z  maqsadi  y o ‘lida  qarshilik  qilgan,  raqibiga  yon 
bosganlami shafqatsiz jazolovchi (III, IX); urushda tinchlik 
istovchi, pahlavonlarni qadrlovchi, lekin  o ‘z taxti o ‘zgalar 
q o ‘liga  o ‘tib  ketishidan  q o'rquvchi  va  o ‘z  saltanatini 
mustahkamlash uchun qotillikdan ham qaytmaydigan shoh 
(V);  shaharlar  qurishga  e ’tib or  bergan,  od am larning 
ig'vosiga  ishonuvchi(VI,  VII);  mehribon  ota  (VIII);  o ‘z 
raqibi ekanligini bilsa-da, pahlavonligini qadrlovchi, hatto 
qizini  ham  berishga  tayyor  mehribon  qaynota,  lekin  o ‘z 
taxtini sevuvchi shoh (IX, X); dushmandan o ‘z jonini ehtiyot 
qilish chorasini izlovchi, shahar va q o ‘rg‘onlar qurgan, lekin 
dunyoga ustun b o‘lolmasligini, inson umri abadiy emasligini 
tushungan,  har  qanday  shoh  ham  o ‘lim  oldida  ojizligini 
bilgan  shoh  (XI,  XII);  shohlik  azobidan  zohidlikni  afzal 
bilgan tarki dunyo egasi (XIII) sifatidagi o ‘z qiyofasiga ega.

TURKIYLAR  OBRAZI QADIMGI GRUZIN, 
GERMAN, RU S  VA S L A V Y A N X A L Q L A R I 
ADABIYOTLARIDA
GRUZIN  ADABIYOTI
Ossuriya tarixiy hujjatlarida Urartu (hozirgi Armaniston 
va  Turkiyaning bir necha sharqiy viloyatlari  o ‘m iga  to ‘g ‘ri 
keladi) va Gamirra mamlakatlari o ‘rtasida miloddan oldingi 
V III  asrlarda  G uriani  (hozirgi  G urjiston)  m am lakati 
joylashganligi  haqida  m a’lumotlar  keltirilgan.  Gamirra  -  
go‘mirlar, ya’ni kimmerlar davlatidir. Guijiston, Armaniston, 
A b x a z iy a d a g i  qadim gi  shaharlar  o ‘rnida  a rx eo lo g ik  
qazishmalar vaqtida topilgan ashy olar Qofqaz va Qofqazorti 
m am lakatlarida  skif-kim m erlar  ham   yash aganligid an 
gu voh lik   beradi.  G ruzin  olim i  G .A .  M elik ish vilin in g 
ta’kidlashicha, kimmerlar janubiy Gruziya va uning tog‘larini 
o ‘zlarining trer urugiari nomi bilan Trialet (qadimgi annan 
manbalaridatrel) deb ataganlar. Sharqiy Gruziyada Kvemo- 
Kartli shahrini Gugark («Bibliya»dagi skiflar ajdodi «Gog» 
va «Magog» nomi bilan) atashgan. Strabonning m a’lumotiga 
k o ‘ra,  Shimoliy  Armanistonda  skiflarning  sak  urug‘lari 
y a sh a y d ig a n  
S ak ash en  
shahri 
b o ‘lgan. 
Q ofq az 
respublikalaridagi  k o ‘pchilik  xalqlar  o'zlarining  tarixini 
skiflar  bilan  bog'laydilar.  D o g ‘istonning  Arqaz  (Erqaz) 
qishlog‘idan topilgan arxeologik yodgorliklar skif-hayvonot 
uslubida ekanligi e ’tirof etilgan.  Akademik  N.Ya.Marr skif 
va  sak  tilini  Shimoliy Qofqaz va Abxaziya  tillari  bilan juda 
yaqin  deb  hisoblaydi.
D em a k ,  gru zin   xalq   o g ‘zak i  va  q a d im g i  yo zm a 
adabiyotida  skif-kimmerlar  badiiy  ijodining  yodgorliklari 
saqlanib  qolishining  tarixiy  asoslari  mavjud.  «Amiran» 
qahram onlik  eposi  svan,  megrel,  abxaz,  arman,  osetin, 
cherkas,  lak  va  kabardin  tillarida  ommalashgan.  Lekin
234

markazlashgan  o ‘rni  gruzinlardadir.  Xususan,  «Amiran» 
mesxetilar o ‘rtasida ommaviy tarzda tarqalgan va ashuglar 
(baxshilar)  uni  kuyga  solib  aytishgan.  M esxetilar  skif- 
kim m erlarn in g  m ilo d d a n   a v v a lg i  V III-V II  asrlard a 
rivojlangan  qabilalaridan  biridir.  Ular  osmon  jismlariga, 
xususan  O yga  sig ‘inishgan.  Turkiy  xalqlarning  nodir 
y o d g o r lig i  « Q o ‘rqut  o ta   k ito b i» d a   A m iran  tu rk iy 
xalqlarning  bahodir  yigitlaridan  biri  sifatida  ulug‘lanadi. 
Bu  obraz guijilar va  o ‘g ‘uzlar o ‘rtasidagi janglar tasviriga 
bag‘ishlangan  «Bagilning  o ‘g ‘li  Amiran  haqida  q o ‘shiq» 
faslida yaratilgan  Amiran  g‘ayri  dinlar -   guijilar bosh!ig‘i 
Takuraga  qarshi jangga  tushib,  uni  yengadi.  Shu  sababli 
Q ofqaz  to g ‘laridagi  k o ‘plab  yerlar  unga  in ’om   etiladi, 
bahodir  Aruz  (A lisher  N a v o iy   «Tarixi  m uluki  Ajam » 
kitobida  yozishicha,  Alburz  (Elbrus)  to g ‘i  uning  nomiga 
qo'yilgan)  yonidan joy k o ‘rsatiladi.
Gruzin  xalq  og ‘zaki  ijodi  Sharq  xalqlari  adabiyotining 
kuchli  ta’siri  ostida  rivojlangan.  Gruzin  folklorshunosligi 
«Amiraniani»,  «Tarieliani»,  «Rostommiani»  dostonlarini 
qahramonlik  eposlarining  eng  yaxshi  namunalaridan  deb 
hisoblaydi.  Bu  eposlarning  qahramonlari  Amiran,  Tariel, 
Rustamdir. Tariel skif-kimmerlaming tarixiy yoki afsonaviy 
qahramonidir.  Shu  sababli  ham  Janubiy  Gruziya  va  uning 
tog‘lari  ushbu  nom  bilan  atalgan.  «Amiran»ning  150  dan 
ortiq variantlari yozib olingan. Uning bir variantida Rustam 
Amiranning  otasi  deb  k o‘rsatilgan.  «Tarieliani»  dostonida 
esa  Tariel  va  Rustam  Amiranning  ukasidir.  Fors-tojik  va 
turkiy og‘zaki adabiyotdagi Bejan va Manija (Afrosiyobning 
qizi) haqidagi doston syujetlari ham gruzin xalqlari o ‘rtasida 
keng tarqalgan, uning  bir necha variantlari yozib olingan.
G .N .Potanin  Sharq  adabiyotining  Yevropa  eposlariga 
ta ’siriga  bag‘ishlangan  asarida  Shimoliy  Q ofqaz  xalqlari 
o'rtasida Amiran haqida saqlangan syujetlaming bir necha 
versiyalarin i  k eltirad i.  V .F .M iller n in g   ham   «O setin
235

etyudlari» tadqiqotida Amiran  haqidagi о g'zaki hikoyalar 
tahlil etilgan.  Gruzin adabiyotida ushbu qahramon haqida 
roman ham yaratilgan.  G .N .Potanin  bu roman hozirgacha 
(1899)  nashr  etilmagan  deb  ta ’kidlaydi.  Amiran  haqidagi 
afso n a la rd a   tasvirlan gan   vo q ea la r  o ‘zin in g  qadim iy 
qatlamlariga  ega.
AMIRANNING TUG‘ILISHI
Ishav  versiyasiga  ko'ra,  Amiran  Sulkaymaxa  va  uning 
xotini  Darijonning  kenja  o'g'lidir.  Uning  Badra  va  Usip 
ismli ikki akasi bo'lgan. Kartamin versiyasiga k o‘ra, Amiran 
U sip  yoki  U supning  o ‘g ‘lidir.  U ch   aka-uka  Sulkalmax, 
Badri  va  U sip  yashadilar.  Ularni  Darijanashvili  deyishar 
edi.  Usup  ovga  chiqib,  cho'qqidagi  qal’ada  o'tirar  ekan, 
go'zal,  quyosh  nuridan  ham  ustun  bir  qizni  uchratdi.  U 
o ‘sha go'zal bilan uch kun bo'ldi va unga qimmatbaho tosh 
olmosni  qoldirar  ekan,  shart  qo'ydi:  «Agar  qiz  tug'sang, 
unga shu olmosni berasan, agar o ‘g‘il tug‘sang, u o ‘zi uchun 
o'zi kurashsin».  Usup vafot  etdi.  G o'zal ayol  o ‘g ‘il tug'di. 
Unga xudoning nazari tushdi va Amiran ismini berdi.  Svan 
versiyasida  otasining  ismi  ko'rsatilmaydi.  U  oddiy  ovchi. 
U  bir  cho'qqining  yonidan  o'tayotganida  ayol  kishining 
ovozini  eshitadi.  Ovchi  cho'qqidan  qaytib  tushar  ekan, 
Каталог: Elektron%20adabiyotlar -> 83%20Адабиётшунослик
Elektron%20adabiyotlar -> Namangan davlat universiteti
Elektron%20adabiyotlar -> Binolar zilzilabardoshligi. Rahmonov B, Siddiqov M.pdf [Abdurasulboy madrasasi]
83%20Адабиётшунослик -> O zbek mumtoz adabiyoti tarixi
83%20Адабиётшунослик -> Namangan davlat universiteti obid jon karimov
83%20Адабиётшунослик -> O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti
83%20Адабиётшунослик -> Abdurahmonov
83%20Адабиётшунослик -> N iz o m iy n o m id a g I t o s h k e n t davlat p e d a g o g ik a u n IV e r s it e t I mamasoli jumaboyev
83%20Адабиётшунослик -> 0 ‘zbekist0n respublikasi oliy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   29


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling