Abdurashid abdurahmonov turkiy adabiyotning qadimgi davri


MaliKai  Tomir  haqida  qissa


Download 8.37 Mb.
Pdf просмотр
bet7/29
Sana05.12.2019
Hajmi8.37 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   29

MaliKai  Tomir  haqida  qissa. 
Eron  shohi  Kir  sharqdagi 
ko‘pgina mamlakatlami bosib olgach, massagetlar yurtini 
ham   o ‘ziga  bo‘ysundirishni  o'yladi.  M assagetlar jasur 
qavmlardan hisoblanib, ular ko‘p sonli edi. Sharqda, Arak 
daryosining  orqasida,  kun  chiqar  tomonda,  issedonlarga 
yonma-yon yashar edilar. Ular skiflarga mansub qavm edi.
Arak Dunaydan katta daryodir. Ayrimlar uni kichik deb 
hisoblaydilar. Arakda hajm jihatidan Egiy den.gizidagi orol
-   Lesbos  bilan  tenglashadigan  bir  necha  orollar mavjud. 
Bu orollarda yashaydigan odamlar yoz oylarida yerdan turli 
xil  tom irlarni  kavlab  olishadi  va  q aynatib  ichishadi. 
Daraxtlardan pishgan mevalami terishadi va ularni saqlab 
qo‘yishadi.  Bu  yerda  yana  boshqa  bir mevali  daraxt ham 
boiadi. U mevaning alohida navi hisoblanardi. Massagetlar 
bu joyga to'planishib, gulxan yoqishadi, atrofiga o‘tirishadi,
89

bu  mevalami  olovga  tashlashadi.  Gulxanda  yonayotgan 
meva ajoyib hid taratadi va u odamlami sarxush etadi, xuddi 
ellinlar  m usallas  ichib,  m ast  b o ig a n la rig a   o ‘xshaydi. 
Massagetlar mevani  gulxanga  qanchalik  ko‘p  tashlashsa, 
kayflari shunchalik oshadi. Mast bo‘lishsa-da, o‘rinlaridan 
turib ketishmaydi, aksincha, raqsga tushadilar va qo‘shiqlar 
aytadilar. Bu massagetlaming o‘ziga xos turmush tarzidir.
Arak  egri-bugri  oqadigan  daryo,  qirq  irmoqdan  hosil 
boiadi. Irmoqlaming bittasidan boshqa hammasi botqoqliklar 
tomon oqadi va singishib ketadi. Aytislilaricha, bu botqoqliklar 
atrofida baliqlami xom yeydigan va tulenlaming terisini kiyim 
qilib  kiyadigan  odamlar  yashashadi.  (Ayrim  qarashlarga 
qaraganda,  massagetlaming nomi  forsiy  tildagi  «Masya» -  
baliq  so ‘zidan  olingan,  shu  sababli  «baliq  ovchilar», 
«baliqxo‘rlar» m a’nosini  berishi  mumkin).  Faqat  Arakning 
ochiq irmog‘i Kaspiy dengiziga quyiladi.
Kaspiy  dengizi  g‘arb d an   Qofqaz  ch o 'q q ilari  bilan 
chegaralangan.  Qofqazda  turli  xil  qavmlar  yashashadi. 
Ularning  k o ‘pchiligi  yovvoyi  daraxtlarning  mevalarini 
yeyishadi. Aytishlaricha, bu mamlakatda ajoyib bargli daraxt 
bor  ekan.  Bu  bargdan  rang  tayyorlanadi.  Rang  suvga 
aralashtiriladi, so‘ngra kiyimlarga chizilib, naqshlar solinadi. 
Naqshlar  yuvilmaydi,  faqat jundan  to'qilgan  mato  bilan 
artiladi.
Shunday  qilib,  Kaspiy  dengizini  g ‘arbdan  Qofqaz 
tog‘lari, sharqdan, kunchiqar tomondan esa ko‘z ilg‘amas 
cheksiz  tekisliklar  chegaralab  turadi.  Bu  kengliklarning 
katta  qismida  Kir  bosib  olishni  orzu  etgan  massagetlar 
yashaydilar.  Kirni  harbiy  yurishga  m ajbur  etadigan  bir 
necha sabablar bor edi. Eng avvalo, uning tug‘ma xususiyati, 
o‘zini barcha odamlardan ustun chog‘lashi b oisa, so‘ngra 
omadi,  barcha janglarda g‘oliblikni  q o ig a  kiritgani edi. 
Kir hujum qilgan hech bir qavm uning yovuz changalidan 
qochib qutula olmagan edi.
90

Massagetlar  malikasi marhum  shohning xotini  edi.  Uni 
Tomir  (Gerodot  «Tarix»ida  bu  nom  Tomir  (is)  shaklida 
berilgan.  «Is»qadimgi yunon tilida ism va narsa nomlaridan 
keyin qo'shiladigan grammatik xususiyatdir.  Shu sababli bu 
nomni  Tomir  shaklida  ishlatdik  va  massagetlar  haqidagi 
rivoyatning  boshlanishidanoq  bu  qavm  har xil  o‘simliklar 
tomiri-ildizi  bilan  oziqlanishi  hikoya  qilinadi.  Massagetlar 
malikasi  ismi  ham  ushbu  hayotiy  ne’mat  bilan  bog‘langan 
bo‘lishi mumkin -  A. A.) deb atashardi. Kir uni xotinlikka olish 
taklifi bilan elchilar yubordi. Lekin T omir Kiming uylanishdan 
maqsadi massagetlar yurtiga ham hukmronlik qilish ekanligini 
tushundi,  shu  sababli  unga  rad javobini  berdi.  Kir  o ‘z 
maqsadiga  hiyla  yo‘li  bilan  erisha  olmagach,  massagetlar 
mamlakatiga  ochiqchasiga  hujum  qilishga  kirishdi.  Arak 
daryosidan  suzib  o‘tish  uchun  pontom  (suzib  yuradigan) 
yog‘och-ko‘priklar qurishga buyruq berdi. Kiming qo‘shinlari 
ko‘prik qurayotganligini  sezgan  Tomir  Eron  shohiga elchi 
orqali quyidagi mazmundagi xatni jo'natdi.
-  
Ey, Eron shohi!  G ‘arazli maqsadingdan voz kech.  Bu 
ko‘priklami qurish senga yaxshilik keltiradimi, yoki yo‘qmi, 
sen  buni hali  oldindan  bilmaysan.  Shu sababli bu ishingni 
to ‘xtat-da,  o ‘z  mamlakatingga  shohlik  qilaver,  biz  ham 
m am lakatim izni  o'zim iz  id o ra   etishim izga  hasading 
kelm asin.  A lb atta,  sen  bu  m aslah atg a  am al  qilishni 
xohlamaysan.  Sen  tinchlikni  saqlash  emas,  balki  qanday 
bo'lmasin, urushni afzal ko‘rasan. Agar sen massagetlarga 
hujum  qilishni  zo‘r  havas  bilan  xohlayotgan  boisang,  u 
holda  k o ‘prik  qurish  ishlarini  to 'x ta t.  Q o ‘shiningni 
xotirjamlik va  bexavotirlik bilan  bizning mamlakatimizga 
olib o ‘t, biz daryodan mamlakat ichkarisiga uch kunlik yo‘l 
yurib,  chekinamiz.  Agar  sen  bizni  o ‘z  yeringga  kiritishni 
istasang, bu haqda ham xabar qilki, bunga ham rozimiz.
Shundan  s o ‘ng  Kir  E ron  am ald o rla rin i  h uzuriga 
kengashish  uchun  chaqirdi.  Voqeani  tushuntirdi  va  bu
91

haqda  ularning  fikrini  so‘radi.  Kengashga  qatnashganlar 
bir  ovozdan  Tom ir  o ‘z  q o ‘shini  bilan  aytgan  yeriga 
chekinishini 
m a ’q u llad ila r. 
Lekin 
kengashda 
qatnashayotgan lidiy qavmiga mansub Krez ularning fikrini 
inkor etdi.
-  
Shoh!  Men ancha yillar (Zevs  sening qo'lingni menga 
tutqazgan)dan  beri  sening  xonadoningga  yog'iladigan 
ко‘plab falokat va yovuzliklardan xabar berib kelmoqdaman. 
Mening maslahatlarim  og‘ir musibatlami  ham  daf etishga 
xizmat qildi. Agar sen o‘zingni boqiy yashayman, qo‘shinga 
abadiy  boshliq  bo‘laman  deb  o‘ylasang,  u  holda  mening 
fikrim sen uchun foydasizdir. Agar sen o‘zingni faqir inson, 
faqat o‘limga tik boqadigan odamlar ustidan hukmron shoh 
ekanligingni tan olsang, u holda, eng aw alo, shuni yodingda 
tut:  inson  faoliyati  hamisha  o ‘zgarib  turadi,  inson  doimo 
baxtliboiishi uchun yo‘l yo‘qdir. Hozirgi masala yuzasidan 
men amaldorlaringning maslahatiga qarshiman, boshqacha 
fikrdaman.  Agar  dushman  o ‘z  yerimizga  o ‘tishiga  y o i 
q o ‘ysang,  unda  dahshatli  xavf tug'iladi:  m ag‘lubiyatga 
uchrasang,  o‘z mamlakatingni ham nobud qilasan.  Chunki 
massagetlar  sening  ustingdan  g'alaba  qozonishsa,  albatta, 
m am lakatlari  tom on  chopm aydilar,  aksincha,  sening 
taxtingni egallash uchun bostirib boradilar. Agar g‘alaba sen 
tomonda boiganida ham, o‘ylaymanki, bu unchalik sharafli 
ish emas. Agar massagetlarni o‘z tuprog'ida yengsang, ularni 
dadil  ta ’qib  qila  boshlaysan.  Sening  va  ularning  ustunlik 
tom o n larin i  taq q o slash g a  ruxsat  ber.  D ushm anni 
parchalasang, hech to'siqsiz Tomirning taxti tomon bostirib 
borasan.  Agar  massagetlar  o‘z  mamlakatingga  kirishlari 
uchun  ruxsat  bersang-u  m ag iu b   b o ‘lsang,  ayol  kishiga 
bo‘ysunish Kir va uning o‘g‘li Kambis uchun uyat va chidab 
bo‘lmas  haqorat  hisoblanadi.  Menimcha,  daryodan  o‘tish 
va  mamlakat  ichkarisiga  kirish,  dushman  qancha joyga 
chekinsa, uni shu yerda tor-mor etish kerak. Anglasliimcha,
92

massagetlar forslaming hashamatli turmush tarzidan mutlaq 
bexabar, ularning noz-ne’matlari beradigan rohat-farog‘atni 
bilishm aydi.  Shu  sababli  qarorgohingda  m assagetlar 
sharafiga dabdabali ziyofat uyushtiraylik. Ko‘plab qo'ylarni 
so‘yaylik, katta idishlarda sharoblami  va har xil taomlarni 
m o i-k o ‘1  qo'yaylik.  Bu  ishlaming  hammasini  tayyorlab 
bo'lganingdan  so‘ng  q o ‘shiningning  yaroqsiz  qismini 
qarorgohda qoldirib, o‘zimiz yana ko‘prik tomon qaytaylik. 
Agar adashmasam, dushmanlar mo‘l-ko‘l taomlarni ko‘rib, 
unga tashlanadilar va bizga ulug‘ g‘ alabani yakunlash uchun 
imkoniyat tug‘iladi.
Maslahatchilar  kengashi  tarqaldi.  Kir  birinchi  fikridan 
qaytdi  va  Krezning  maslahatini  qabul  qildi.  U  Tomirdan 
chekinishni so‘radi. Malika qo‘shini bilan o‘zi va’da qilgan 
joyga  chekindi.  Kir  o‘g‘li  Kambisni  o'ziga  merosxo‘r  deb 
tayinladi va uni Krezga ishonib topshirdi. Agar massagetlar 
m am lakatida  m ag‘lubiyatga  uchrasa,  o ‘g‘li  Krezning 
maslahati va homiyligida davlatni boshqarishini uqtirdi. Kir 
shunday topshiriqlar bilan Kambis va Krezni Eronga jo ‘natdi, 
o‘zi esa qo‘shini bilan massagetlar mamlakati tomon yurdi.
Kir Arak daryosidan massagetlar yurtiga o ‘tgan kechasi 
q o ‘rqinchli  tush  k o ‘rdi.  Tushida  G istasp n in g   k a tta  
o ‘g‘lining  yelkasida  ikki  qanoti  bor  emish.  Qanotlaridan 
biri Osiyoga, ikkinchisi Yevropaga soya solib turganmish. 
Gistasp axmoniylar sulolasidan bo‘lgan  Arsamning  o ‘g‘li 
edi.  Gistaspning  katta  o‘g‘li  Doro  edi.  Kir  massagetlar 
yurtiga qo'shin tortgan vaqtida Doro 20 yoshda edi. Harbiy. 
xizmatga yoshi yetmaganligi uchun Eronda qoldirilgan edi.
Kir  uyqudan  turar  ekan,  ко‘rgan  tushining  m a’nosini 
chaqa  boshladi,  chunki  shoh  bu  tushni  katta  ahamiyatga 
molik deb hisobladi,  u tezda yoniga Gistaspni chaqirdi  va 
xilvatda unga shunday dedi:

Gistasp  sening  o ‘g‘ling  Doro  menga  va  davlatimga 
qarshi  fitna  uyushtirmoqda.  Bu  fitna  rostligini  aniq  bilib
93

turibman.  Chunki  Tangri menga  dahshatli  ko‘rguliklarni 
oldindan m aiu m  qiladi. Kechasi men o ‘g‘iing Doroni tush 
ko‘rdim.  Uning yelkasida ikki qanoti  bor emish.  Ulardan 
biri  Osiyoga,  ikkinchisi  Yevropaga  soya  tashlab  turibdi. 
K o ‘rgan  tu sh im d an   shu  n a rsa   m u tlaq   ro stlig ig a 
ish o n am an k i,  o ‘g ‘ling  m ening  h ay o tim g a  suiqasd 
uyushtirm oqchi.  Shu  sababli  E ronga  tezda  jo 'n a   va 
o‘ g‘lingni mening huzurimga qilgan jinoyatlari uchun javob 
berishga olib kel.  Shundan so‘nggina men bu mamlakatni 
zabt etaman v a o 'z  yurtimga g‘alaba bilan qaytaman.
Kir  D oro  unga  n isb a ta n   yovuz  n iy atin i  am alga 
oshirayapti, deb o‘ylagan edi. Ammo u Tangri bu tush bilan 
boshqacha  xohish  bildirganligini  anglamadi.  Tushning 
ta ’biri  Kir  massagetlar  yurtida  o ‘lishi,  uning  taxti  Doro 
qo‘liga o‘tishi bilan izohlanardi.
Gistasp Kirga shunday javob berdi:
-  
Ey, shoh! Sening hayotingga suiqasd uyushtiradiganlar 
hali forslar o ‘rtasida tug'ilmagan. Agar shundaylar bo‘lsa, 
aminmanki,  ular  tez  orada  halok  b o ‘ladilar.  Axir,  sen 
forslami qullikdan ozod etding. Hukmronligingdagi barcha 
xalqlarning soliqlarini bekor qilding.  Agar mening o‘g‘lim 
senga qarshi tushingda isyon ko‘tarayotganligi ayon bo‘lgan 
ekan, men uni sening qo‘lingga topshiraman, qanday jazoga 
tortish sening ixtiyoringda.
Shundan  so‘ng  Gistasp  o ‘g‘lini  tutish  uchun  Arakdan 
о‘tib, Eronga qaytdi.
Eron shohi Kir Krezning maslahatini bajarishga kirishdi. 
Kuchsiz  jangchilarini  qaro rg o h id a  qoldirib,  o ‘zi  esa 
q o 'sh in n in g   sa ra   qism i  bilan  o rq ag a  chekindi. 
Massagetlaming  qo‘ shini  Kir  qoldirgan  askarlari  bilan 
ja n g g a   k irish d i  va  u la rn i  m a g ‘lu b iy atg a  u ch ratd i. 
M assagetlar  g'alabadan  keyin  forslarning  qarorgohini 
egallar ekan, bu yerdagi noz-ne’matlarni ko‘rib, aysh-ishrat 
qilishga  kirishdilar.  Jangchilar  sharoblardan  to ‘yganicha
94

ichishib,  mast  bo'lishib,  uyquga ketishdi.  Voqea  shunday 
tugashini kutib turgan fors jangchilarining asosiy qismi yetib 
keldi, massagetlaming katta qismini o ‘ldirdi va asirga oldi. 
A sirga  olin g an lar  o rasida  m alika  T om irning  o ‘g ‘li, 
massagetlar lashkarboshisi Spargap ham bor edi.
M alika  Tom irga  o ‘z  q o ‘shini  va  o ‘g‘lining  taqdiri 
haqidagi xabar yetib keldi. Malika Kirga elchi yuborib, o‘z 
munosabatini bildirdi:
-  
Q onxo‘r  Kir!  Sen  bu jasorating  bilan  faxrlanma. 
Uzumning  suvi  sening  aqlingni  ham  yo‘qotadi.  Sharob 
ichganingda  sen  ham  yaram as  gaplarni  aytib,  sayray 
boshlaysan.  Demakki,  sen  mening  o‘g‘limni  odil jangda 
qurol kuchi bilan emas, zahar makri bilan yengding.  Endi 
mening yaxshi maslahatimni eshit:  o‘g‘limni qaytarib ber- 
d a,  xushu  x u shvaqt  m ening  y u rtim d a n   chiqib  ket. 
K etm asan g ,  m a ssa g e tlam in g   ja s u r  a s k a rla ri  seni 
sharmandalarcha halok qiladi. Agar sen bunga ko‘nmasang, 
massagetlar Tangrisi Quyosh nomi bilan qasam ichamanki, 
men sen mechkayni qonga to'ydiraman.
Kir Tomiming elchi  orqali bildirgan so‘zlariga hech bir 
ahamiyat  bermadi.  Malikaning  o‘g‘li  Spargap  esa  kayfi 
tarqalgach,  musibatli  ahvolni  tushundi.  Kirdan  kishanni 
echishni  so‘radi.  Faqat  shahzodani  ozod  qildilar,  lekin 
Spargap oriyati kuchlilik qilib,  o‘zini-o‘zi o‘ldirdi.
T o m ir  E ro n   shohi  uning  m a sla h a tin i  e ’tib o rg a  
olmaganini  eshitib,  hamma  q o ‘shinini  to ‘pladi  va  Kirga 
qarshi hujum boshladi.  Bu jang vahshiy odamlar o ‘rtasida 
boiadigan urushlarning ham eng dahshatlisi edi.
Dastlab ular bir-birlariga kamondan o ‘q uzdilar. 0 ‘qlar 
tugagach,  xanjar  va  nayza  bilan  tashlanishdi.  Jang  uzoq 
davom etdi, muxoliflarning hech biri chekinishni xohlamas 
edi. Nihoyat, massagetlar g‘alaba qozonishdi. Barcha forsiy 
askarlar jang maydonida jon berdi.  Kir ham halok boidi. 
Uning shohligi 29 yil davom etdi. Tomir sharob solinadigan
95

meshni odam qoni bilan to id ird i va so‘ngra forsiylaming 
uyulib yotgan jasadlari orasidan Kiming jonsiz tanasini izlab 
topdi.  M alika  uning  boshini  m eshga  soldi,  so ‘ngra 
marhumning ustidan masxaraomuz tarzda hukm qildi:
-  
Men seni jangda adolat bilan yengib, sog‘-omon qolgan 
bo‘lsam-da, baribir sen meni halok qilding, g'am -g‘ussaga 
botirding,  chunki  sen  mening  o ‘g‘limni  hiyla  bilan  asir 
olding.  Shu sababli men endi seni qonga botiraman.
Kiming o ‘limi to ‘g‘risida ko‘plab rivoyatlar mavjud, deb 
yozadi  G e ro d o t.  Lekin  ham m asid an   ham   k o ‘p ro q  
ishonchlisi ushbu rivoyatdir.
QADIMGI TURKIY  QAHRAMONLIK 
AFSONA  VA  RIVOYATLARI
« Z a rin a   va  Striangey»  eposida  ham   sh ak (sak ) 
qabilalarining  Midiya  bosqinchilariga  qarshi  kurashi  aks 
etgan.  Zarina  eri  ham   o iib ,  qabilani  boshqarayotgan 
malika. Bu epos mazmuni dastlab Ktzey (430-354) kitobida 
bay on etilgan.  So‘ngra uning parchalari sitsiyalik tarixchi 
Diodor (miloddan  avvalgi  birinchi  asr)ning «Kutubxona» 
asarida keltiriladi.  Ikki antik tarixchining kitoblarida ham 
« Z a rin a   va  Striangey»  qissasining  tu g al  m azm uni 
ifodalangan emas. Sharqshunos I.V Pyankov ushbu tarixiy 
manbalar asosida bu eposning ikki qisqa shaklini tiklaydi.
МаЧка  Zarina.  Saklar  mamlakatiga  malika  Zarinaning 
akasi Kidrey shohlik qildi.  Kidrey  olamdan о ‘tdi.  Bu paytda 
Zarinaning  eri  ham  о ‘Idi.  Shundan  so ‘ng  Zarina  parilar 
sulolasidan  bo ‘Igan  M armareyga  turmushga  chiqdi.  Zarina 
jangda  toblangan ayollardan sanalardi.  Eron shohi saklarga 
qarshi  urush  boshladi.  Zarina  ham  urushga  otlandi.  Jangda 
shahzoda  Striangey bilan kurashib,  uning  ta ’qibiga  uchradi, 
asirga tushdi va undan rahm-shafqat qilishni so ‘radi.  Striangey
96

uni ozod etdi.  Jangda Zarinaning eri M arm arey ham asirga 
tushdi.  Striangey  uni  o'lim ga  buyurdi.  Zarina  undan  erini 
о ‘Idirmaslikni о ‘tinib so ‘radi. A fsuski,  и bunga rozi bo ‘Imadi. 
Bir necha asirlarni ozod etdi,  ammo  M arm arey qatl ettirdi.
Saklarda ayollar ham xuddi amazonkalardek jang qilishar 
edi.  Striangey jangda go ‘zal,  b alog‘at yoshidagi sak ayolini 
ko'rarekan, unisevibqoladi.  Otdan tushib, Zarinaningyoniga 
keladi  va  unga  muhabbatini  izhor  etadi.  Lekin  rad javobini 
oladi. Bunga chiday olmagan Striangey о ‘zini о 'Idirish uchun 
ochlik e ’Ion qiladi. Striangey о 'limi oldidan Zarinaga achchiq 
iztiroblari bitilgan quyidagi mazmunli xatni bitadi:  «Jangda 
men seni qutqazgan edim.  Mening sharofatim bilan о ‘limdan 
ozod bo ‘Iding,  men esa sen uchun о ‘zimni о ‘Idirmoqdaman».
Zarina qissasL  Arteyning о ‘limidan so ‘ng midiyaliklarga 
yigirma y il A rtin, qirq y il A stibar podsholik qildi.  Shu sababli 
Parjiya  ularning  tasarrujidan  chetda  qoldi  va  uning  viloycit 
hamda shaharlari saklar qo
 
‘lida edi.  Shu voqea sabab bo ‘Idiyu 
saklar  va  midiyaliklar  о ‘rtasida  ix tilo f chiqdi,  bir  necha y il 
urush  bo ‘Idi.  Nihoyat,  ancha  talofatlardan  so ‘ng  tomonlar 
quyidagi  mazmundagi  sulhni  tuzishdi:  Parfiya  midiyaliklar 
ta sa rru fig a   o 'ta d i,  lekin   q a y s i  h okim   q a y s i  hududga 
hukmronlik  qilgan  b o ‘Isa,  shu  hududda fao liyalin i  davom 
ettiradi.  Harbiy aloqalar  va birodarlik abadiy davom etadi.
Sak mamlakatiga bu p a ytda  Zarina ismli ayol hukmronlik 
qilar edi.  U sa k  ayollari о ‘rtasida harbiy jangovarlikni bilishi 
va jasurlikda  taniqli  edi.  X alq  Zarinaning  erkaklar  bilan 
matonatli kurashishini ta ’riflash bilan birga,  uning go 'zalligini 
ham maqtashar edi. Zarina sak xalqlarini qul qilib, о ‘zlarining 
harakatlari bilan gerdayadigan bosqinchilarni mamlakatdan 
quvib  chiqardi.  Yurtni  o b o d   qildi,  y e r la r n i  ek in zo rg a  
aylantirdi, shaharlar qurdi, umuman, xalqiga baxtli turmushni 
yaratdi.  Shu  sababli  sak   xalqi  Zarinaning  vafotidan  so ‘ng 
uning  hurmatini jo yig a   qo ‘yishdi.  Nomini  abadiylashtirish 
uchun  boshqalarnikidan fa r q   qiladigan  m aqbara  qurdilar.
97

Maqbara uchhurchaklipiramida shaklida qad ко ‘tardi.  Uning 
har  bir  tom oni  uch  stadiy,  balandligi  esa  bir  sta d iy  edi. 
Maqbara juda о 'tkir burchaklardan iborat edi.  Uning tepasiga 
oltindan  hasham atli  haykalcha  o'rn atildi.  O ltin  h a yk a l 
Zarinaning qahramonligini ulug ’lovchi,  uning о 'z ajdodlariga 
ко ‘rsatgan yaxshiliklarini ifodalovchi ram ziy belgi edi.
«Zarina va Striangey» qissasidagj syujetlar N.MaUayevning 
« 0 ‘zbek adabiyoti tarixi» kitobida ham berilgan. Akademik 
A.Qayumov esa Zarina qahramonligi bilan bog'liq boshqa bir 
rivoyatni ham keltiradi.
Striangey  va  Zarina  qissasu  Bu saklar  shohi  M arm arey 
о ‘Idirilganidan so ‘ng yu z bergan voqeadir. Striangey Zarinani 
allaqachondan  beri  sevib  kela r  edi.  Kunlardan  bir  kuni 
S tria n g e y   R o k   S a n a k i  sh ah ri  ya q in id a ,  sa k la r  sa ro y i 
joylashgan yerdan  о ‘tayotganida  Zarina  uni  quvonch  bilan 
kutib oladi va hammaning ко ‘zi oldida qo ‘lidan olib, birgalikda 
shoh  sa ro y ig a   boradi.  Z arin a  ular  ketidan   k ela yo tg a n  
qo ‘shinni  ham  y a x sh i  ku tib  oladi.  Shundan  so ‘ng  sevgi 
iztirobidagi Striangey о ‘ziga ajratilgan xonaga boradi.  О ‘zini 
q iy n a y o tg a n   h is - tu y g ‘u larn i  y a s h ir a   o lm a y   g a p n i 
x iz m a tc h ila r id a n   b irig a   a y ta d i. 
X iz m a tc h i  unga 
tortinchoqlikni  tashlab,  hamma  gapni  Z arinaga  aytishni 
maslahat beradi.
S triangey  turib  Zarinaning  oldiga  boradi.  Zarina  uni 
xursandchilik bilan kutib oladi. Striangey uzoq jimlikdan so ‘ng 
hayajonlanib, o ‘z  sevgisini izhor etadi.  Zarina esa yumshoqlik 
bilan uning taklijini rad qiladi va bu sevgi ularning h.ar ikkisi 
uchun ham uyat ekanligini, chunki Striangeyning Astiblarning 
qizi go ‘zallikda tanho R eteya degan xotini borligini bilajagini 
aytadi.
-  
Striangey,  fa q a t  dushmanlarga  qarshi  kurashdagina 
emas, mana shunday holatlarda ham mardlik qila bilish kerak. 
Qisqa, о ‘tkinchi bir hissiyot uchun R eteya oldida bir umr azob 
chekish kerak emas.  Shuning uchun men bu taklifingni qabul
98

qila  olmayman,  mendan  boshqa  xohlagan  narsani  so ‘ra,  - 
deydi Zarina.
Shundan so ‘ng yigit jim  qoladi,  so ‘ng qiz bilan xayrlashib 
ketadi,  borib voqeani xizmatchisiga aytadi.  Keyin x a t yozib, 
и  о ‘Igach  xatni hech  narsa  demasdan  Zarinaga  topshirishni 
so ‘raydi.  Xatda quyidagilar yozilgan edi:
«Striangey Zarinaga mana nimalarni aytmoqchi: men seni 
qutqarib, hozir kechirayotgan baxtli hayotga erishtirdim.  Sen 
bo 'Isa  meni  halok  etding  va  hammadan  keraksiz  odamga 
aylantirding.  Agar  sen  odilona  ish  qilgan  bo ‘Isang,  и  holda 
yana ham baxtli va omadli bo
 7. 
A gar aksincha,  adolatsiz ish 
tutgan  bo ‘Isang,  и holda mendek iztiroblam i kechir,  chunki 
sen meni shu ahvolga solding».
Striangey  xatni yo zib  bo ‘lib,  uni yostig  ‘i  ostida  qo ‘yadi, 
ichkariga keta turib,  xizmatkoridan qilich so ‘raydi.
Eron  shohlariga  qarshi  k urashlarda  m alikalarning 
jasorati turkiylarning eng qadimdan bizning davrimizgacha 
b o ‘lgan  xalq  o g ‘zaki  ijodida  yetakchi  m avzulardan 
hisoblangan. XX asr o ‘zbek xalq og‘zaki ijodining mashhur 
baxshisi Ergash Jumanbulbul о ‘g‘lining «Oysuluv» dostoni 
bunga  misol  b o ‘la  oladi.  Bu  doston  turkiy  xalqlarning 
qadimgi adabiyotida mavjud qahramonlik syujetlari asrlar 
d av o m id a  k u y lan ib   k elin g an id an   d a lo la t  berad i. 
«Oysuluv»ning  syujeti  «Tom ir»  qissasi,  shuningdek, 
«Alpomish» dostonidagi ayrim tasvirlami umumlashtiradi.


Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   29


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling