Abdurashidov xumoyun abdusami o‘G‘li toshkent 2021 mundarija


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI………………………


Download 187.7 Kb.
bet2/12
Sana30.04.2023
Hajmi187.7 Kb.
#1417660
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
.docxABDURASHIDOV XUMOYUN ABDUSAMI O‘G‘LI

35

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI………………………..

36


KIRISH


Hozirgi kunga kelib butun dunyo miqyosida “Kompyuter grafikasi” sohasiga bo’lgan talab juda yuqori darajaga chiqib ulgurdi. Aynan mana shu omil ushbu sohani yurtimizda yana ham rivoj toptirishga undashi tabiiy hol. Shu nuqtaiy nazardan ushbu bitiruv malakaviy ishimizda aynan mana shu sohani o’sib kelayotgan yosh kadrlar onggiga singdirish, ularda kompyuter grafikasiga bo’lgan qiziqishni yanada oshirish, grafik dasturlarni texnik imkoniyatlarini o’rgatishda turli hildagi metodik yondashuvlar orqali o’quvchilarga yetkazib berishni o’z oldimizga maqsad qilib qo’ydik. Shu jumladan ta’lim muassasalarida hususan maktab, kasb-hunar kollejlari hamda akademik litseylar bo’yicha ushbu fanni chuqurlashtirish, grafika turlari ishlatilinish sohalari, grafika bilan ishlovchi dasturlar haqida o’quvchilarda yetarli bilim ko’mikmani shakllantirish va shu orqali kelajakda grafika sohasini rivojiga xissa qo’sha oladigan kadrlarni yetkazib berishni, bitiruv malakaviy ishimizning dolzarbligi sifatida qarash mumkin.
Bugungi kunga kelib yurtboshimiz tomonlaridan ta’lim tizimini yanada isloh qilishga bo’lgan e’tiborni yuqori bosqichga olib chiqmoqdalar. Yetuk malakaviy kadrlar yetishtirib chiqarish bo’yicha bir qator qonun farmonlar ishlab chiqilmoqda. Shu jumladan yurtboshimiz Sh.Mirziyayev raisligida 2018-yil 9-yanvar kungi nutqida aynan axborot texnologiyalarini yana ham rivojlantirish shu bilan bir qatorda Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetini dunyoning eng yaxshi universitetlari mingtaligiga kiritish bo’yicha vazifalar qo’yildi.[1] Shuningdek Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev rahnamoligida aholi, ayniqsa o‘sib borayotgan yosh avlodning intellektual ehtiyojini qondirish, xalqimizning madaniy va ma’naviy-ma’rifiy qadriyatlarini asrab avaylashga qaratilgan yangi axborot-resurs markazlarini tashkil etishga doir keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotganligini alohida takidlab o‘tishimiz lozim. O‘zbekistonning barcha hududlarida aholiga axborot xizmati ko‘rsatishni kengaytirish va yaxshilashga ko‘maklashdigan ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, hamda yangi dasturiy mahsulotlarni joriy etish, sohada xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor berilayotgani tahsinga sazovordir. Rеsрublikаmizdа olib borilаyotgаn islohotlаrning tаqdiridа yuqori mаlаkаli mutаxаsislаrning roli bеnihoya kаttаdir. Birinchi Prеzidеntimiz I.A.Karimov tаkidlаgаnlаridеk: «Ertаngi kun yangichа fikrlаy olаdigаn, zаmonаviy bilimgа egа bo'lgаn yuksаk mаlаkаli mutаxаssislаrni tаlаb etаdi».[2] Shu sаbаbli xаlqimizning boy intеlеktuаl mеrosi vа umumbаshаriy qаdriyatlаri, zаmonаviy mаdаniyat, iqtisodiyot, fаn, tеxnikа vа tеxnologiyalаr аsosidа yetuk mutаxаssislаr tаyyorlаsh tizimi ishlаb chiqildi vа jаdаl surаtlаr bilаn hаyotgа tаdbiq etilmoqdа.
Jamiyat hayotiga axborot tеxnologiyalarning kеng darajada kirib kеlishi fuqarolarga axborot olishga bo‘lgan imkoniyatlar eshigini ochib bеrdi. Mazkur o‘zgarishlar birinchi navbatda, yangi axborot kommunikatsiya tеxnologiyalari ta'siri ostida yuz bеrib, inson faoliyatining har bir sohasida axborotga bo‘lgan ehtiyojning ortishi bilan tavsiflanadi. Bugungi kunda mutaxassislar axborot tеxnologiyasining asosiy bеlgisi sifatida ma'lumotni qayta ishlash jarayonining muayyan bosqichlarga bo‘linishini e'tirof etadilar. Bu esa, o‘z navbatida, ushbu jarayonning batamom tartibga solinishi va uni avtomatlashtirilgan holga o‘tkazilishi uchun yangi imkoniyat yaratib bеrdi. Hozirda jurnalistikani axborot tеxnologiyalarsiz tassavvur qilish qiyin. OAVning qaysi turiga nazar tashlamang, axborotni istе'molchiga uzatish jarayonida, aynan axborot tеxnologiyalaridan kеng foydalanilayotganligining guvohi bo‘lamiz.
Jahonda ta’lim tizimi tezkor sur’atlarda taraqqiy etib bormoqda. Jamiyatimizda sodir bo’layotgan jadal o’zgarishlar, mustaqil respublikamizning xalqaro maydonga dadil kirib borayotganligi ta’lim hodimlari oldiga jiddiy muammolarni hal qilishga da’vat etmoqda. Bu esa bo’lajak o’qituvchilarni yetishtirib beruvchi oliy pedagogika universitetlari va institutlari oldiga yangi talablarni qo’ymoqda. Qisqa muddat ichida oliy o’quv yurtimizdagi ta’lim tarbiya jarayonki shunday darajaga ko’tarishimiz kerakki, yosh ixtisosliklar va mutaxassislarga berilayotgan bilim jahon mezonlariga to’la javob bermog’i lozim. Shu nuqtai nazardan ko’ndalang qo’yilgan masalalar ta’lim muassasalardan ta’lim sifatini yanada oshirish talab qilmoqda.[3] Kompyuter texnologiyalarining turmushimizning barcha jabhalariga keng qo’llanilishi bilan texnologiyalar insoniyat tarixida olamni tushunish va uni bilishning eng kuchli quroli bo’lib borayotganligi hammaga ayon bo’lib bormoqda. Shu sababli har tomonlama kamol topgan, axborot texnologiyalaridan aql-zakovat bilan foydalanib, yosh avlodga chuqur bilim bera oladigan pedagog-mutaxassislarga talab kundan kunga oshib bormoqda. Respublikamizda yoshlarga ta’lim berish, malakali kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish va jamiyatning turli sohalari uchun etuk mutaxassislar tayyorlash, hamda jamiyatni axborotlashtirish jarayonida multimedia vositalariga asoslanib o’qitish dolzarb vazifalardan biridir. Ta’lim tizimida internetdan oqilona va samarali foydalanishda multimedia tizimlari alohida o’rin egallaydi. Bu esa o’quvchilarning olgan bilimlarini chuqurlashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Multimedia vositalari asosida o’quvchilarni o’qitish bir qancha afzalliklarga ega, ya’ni ta’lim olishning yangi sohalari bilan yaqindan aloqa qilishga qiziqishni orttiradi; ta’lim olish vaqtini qisqartiradi; berilayotgan axborotlarni batafsil va mukammal o’zlashtirishni ta’minlaydi; bo’ladigan jarayon, ob’ekt va hodisalarni ko’z bilan yaqqol ko’rishni, hamda olingan axborotlarning uzoq vaqt xotirada saqlanib qolishini ta’minlaydi. Multimedia axborot texnologiyasi, ya’ni texnik va dasturiy vositalar mahsuli bo’lgan video, matn, jadval, grafik, tovush, ob’ektlarning fazodagi harakati, animatsiya kabilardan o’quv jarayonida keng foydalanish ta’lim sifatini oshirish bilan bir qatorda o’quvchilarning kompyuter bilan bevosita muloqot qilish imkonini ham beradi. Shu bilan bir qatorda kirish qismimiz uchun bitiruv malakaviy ishimizni asosi kompyuter grafikasi hususida uni tarixi, rivojlanish bosqichlari hususida ozgina ma’lumot berib o’tamiz.
Kompyuter grafikasi geometrik jismlar, shakl va tamoyillarning matematik modellari hamda ularni namoyish etish usullari to'g'risidagi fan sifatida qaralishi mumkin. Kompyuter tasvirlariga bo'lgan qiziqish ularda juda katta hajmdagi ma'lumotlar saqlanishi bilan izohlanadi: tasvirlarni yaqqol namoyish etish imkoniyati mavjud bo’lib. ularni tahlil etish uchun axborot texnologiyalari sohasida maxsus bilimlar talab qilinmaydi. Kompyuter grafikasi mustaqil yo'nalish sifatida XX asrning 60-yillarida paydo bo'ldi va maxsus amaliy dasturlar paketi ishlab chiqildi. O‘sha paytda kesmalar yordamida chizish, ko’rinmas chiziqlarni o'chirish, murakkab sirtlarni akslantirish usullari soyalarni shakllantirish, yoritilganlikni hisobga olish tamoyillari ishlab chiqilgan edi. Bu vo'nalishdagi ilk ishlar vektorli grafikani rivojlantirishga, ya'ni chiziqlarni kesmalar orqali chizishga yo'naltirilgan edi. 70-yillardan boshlab nazariy va amaliy ishlarning aksariyati fazoviy shakl va obyektlarni o'rganishga qaratildi. Bu yo'nalish uch o'lchovli grafika (3D) nomi bilan ataladi. Uch o’lchovli tasvirlarni modellashtirish fazoning va jismlarinnig uch oichovliligini, kuzatuvchi va yoritish manbalarining joylashishini hisobga olishni talab etadi. Murakkab sirtlarni akslantirish, relyeflar va ularning yoritilganligini modellashtirish bilan bog’liq masalalarning paydo bo'lishi uch o’lchovli grafikaga bo'lgan ehtiyojni yanada oshirdi. 90-yillarda kompyuter grafikasining qo ilan ish sohalari ancha kengaydi, ya'ni uni keng tatbiq qilish imkoniyatlari paydo bo’ldi. Natijada kompyuter grafikasi faoliyati dasturlash va kompyuter texnikasi bilan bog’liq bo’lmagan mutaxassislarning ish vositasiga aylandi. Kompyuter grafikasining yangi yo'nalishlaridan biri haqiqiy tasvirlarni shakllantirishning uslub va tamoyillarini ishlab chiqishga bagishlangan. Bu tamoyillarga ko'ra tasvirlarni bevosita kuzatish yoki optik qurilmalar yordamida ro'yxatga olish imkoniyati mavjud bo’lishi kerak. Shunday tasvirlarga ehtiyoj dizayn, arxitektura, reklama va boshqa sohalarda paydo bo'ldi. EHMlar funksional imkoniyatlarining kengayishi kompyuter grafikasining rivojlanishiga asos yaratdi va tasvirlar animatsiyasini ta’minlovchi tizimlar yaratilishiga olib keldi.
Zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalarni ta’lim tizimida qo’llash muammolarini oldindan ko’ra bilish va ularni oldini olish choralarini mukammal o’rganish lozim. Chunki o’quv bilim yurtlari kelajakka asos soladi va malakali kadrlarni tayyorlashadi. Aynan shulardan kelib chiqqan holda kasb-hunar kollejlarida informatika darslarini tashkil etish va shu bilan bir qatorda kompyuter grafikasi uchun dars soatlarini ko’paytirish maqsadga muvofiq bo’ladi. Kasb – hunar kollejlarida ta’limda samaradorlikka erishishning bugungi kundagi dolzarbligini inobatga olgan holda bitiruv malakaviy ishimiz mavzusini “Grafik dasturlarni kasb-hunar kollejlarida o’qitish metodikasi” dеb tanlashga asos bo`ldi. Bular esa mavzuning dolzarbligini anglatadi.

Download 187.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling