Abdurashidova Shaxnoza Oraliq nazorat


Download 20.5 Kb.
Sana05.05.2020
Hajmi20.5 Kb.
#103388
Bog'liq
203.Abdurashidova (ON)


203- guruh

Abdurashidova Shaxnoza

Oraliq nazorat

Savollar


1.Global iqlim o‘zgarishi Yer sayyorasida qanday muammolarga sabab bo‘lmoqda?

2. Ekologik tarbiya, ekologik madaniyat tushunchalarini izohlang.

3. O‘zbekiston Qizil kitobiga qanday turlar kiritilgan? Misollar bilan izohlang.

Javoblar:

1.Global iqlim o‘zgarishi XX asrdan boshlab insoniyat oldidagi asosiy muammolardan biriga aylandi. Dunyo aholisining soni keskin oshishi natijasida tabiatga chiqarilayotgan zararli moddalar Ozon qatlamining yemirilishiga sabab bo‘ldi. Natijada osmonning " qoratuynuk" deb ataluvchi qismidan insoniyat uchun zararli bo‘lgan radiatsiyaviy nurlar kira boshladi. Yer yuzida :

*muzliklarning erishi,

*cho‘llanish,

*ichimlik suvining kamayib ketishi,

* havo haroratining keskin ortib borishi,

* garmsel shamollarining tez-tez vujudga kelishi kabi muammolar paydo bo‘ldi.

Bugungi kunda iqlim o‘zgarishining salbiy ta’siriga uchramagan bironta mamlakat topilmaydi. Bunda yer haroratining ko‘tarilishi iqlim tizimiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, orqasiga qaytarib bo‘lmaydigan oqibatlarga olib kelishi mumkin. Xususan, Shimoliy muzliklarning erishining o‘ziyoq butun qit‘ani suv bosishiga sabab bo‘ladi. Havo harorati ko‘tarilgani sayin fasllar almashinuvida buzulishlar kelib chiqadi. Ko‘p hollarda eng ko‘p talofatni aholining quyi qatlami va rivojlanishi sust bo‘lgan mamlakatlar ko‘radilar. Holbuki, gegamon davlatlardagi zavod va fabrikalardan chiqayotgan zaharli tutunlar asosiy iqlim o‘zgarishini keltirib chiqarmoqda. Misol qilib tabiatga katta zarar olib kelgan o‘rmon yong‘inlarini keltirish mumkin.

2. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida har bir fuqaro atrof-muhit bilan oqilona munosabatda bo‘lishga majburligi belgilab qo‘yilgan. Tabiat bilan ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish 1- sinfdan boshlab " Atrofimizdagi olam" darsliklarida o‘rgatilib kelinadi. Afsuski, hamma ham o‘rganganiga amal qilavermaydi. Insonning tabiatga zarar keltirmay munosabatda bo‘lishi uning ekologik tarbiyasi qay darajada ekanligini ko‘rsatib beradi. Oddiygina bo‘shatilgan ichimlik idishini mashina oynasidan irg‘itmasdan belgilangan axlat qutisida tashlash ham ekologik madaniyat belgisidir. Mamlakatimizda har yili ommaviy hasharlar tashkil etiladi, ishchilarning bir kunlik ish haqlari atrof-muhit tozaligi uchun sarf qilinadi, lekin ba‘zi ongsiz kimsalar tabiatga qo‘pol munosabatda bo‘lishda davom etaveradilar. Suv havzalariga axlat tashlab, daraxtlarini kesishdan charchamaydilar. Rivojlangan davlatlar amaliyotida bir tajriba bor. Ko‘cha-ko‘yda tashlab ketilgan saqich parchalaridan DNK testi olinadi va javobgar fuqaro aniqlanib yaxshigina jarimaga tortiladi. Balki bizning davlatimizda ham shunday ma‘muriy choralar ko‘rilsa jamiyatda ekologik tarbiya oshishiga sabab bo‘lar. Zero, tabiatga qilingan ziyon kelajakka keltirigan talofatdir!

3. Qizil kitob Oʻzbekiston hududida kamyob va yoʻqolib ketish xavfi ostidagi hayvonlar va oʻsimliklar muhofazasi, ularni qayta tiklash maqsadida tashkil etilgan majmuadir. Tabiatda yo‘qolib borayotgan turlar flora va faunamizning balansida ahamiyatga ega bo‘lganligi sabali ham Qizil kitobga kiritilgan turlar davlat muhofazasidadir . Unga yurtimizda yashayotgan jonzodlardan

1.alqor(tog' qo'yi)

2.baqra baliq

3.burgut

4.buxoro bug'usi(xongul)

5.echkemar

6.ilvirs

7.itolg'i

8.jayron

9.kapcha ilon

10.ko'k sug'ur

11.lochin

12.mo'ylovdor baliq

13.qirg'iy

14.qizilqum qo'yi

15.qo'ng'ir ayiq

16.qoplon

17.qora laylak

18.qumchumchuq

19.shalpanquloq

20.shomshapalak

21.silovsin

22.sirtlon

23.soxta kurakburun baliq

24.turna

25.tuvaloq



26.yo'rg'a tuvaloq

27.yomg'ir chuvalchangining 11 turi kabilar kiritilgan.
Download 20.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling