Abdurauf fitrat


Download 0.59 Mb.
bet2/3
Sana22.09.2020
Hajmi0.59 Mb.
#130904
1   2   3
Bog'liq
Fitrat mustaqil ish


Fitrat O’rta Osiyo jadidchilik harakatining mashhur vakillaridan, yangi o’zbek adabiyotining asoschilaridan, usuli jadid maktablarining nazariyotchisi va amaliyotchisi, dramaturg, nosir, shoir va olim. 1886 yili Buxoroda tug’ilgan.

  • Uning otasi Abdurahimboy zamonasining o‘ziga to‘q, o‘qimishli, dunyo ko‘rgan kishilaridan edi. Uning tirikchiligi sarroflik (pul maydalovchi, pul almashtiruvchi) va savdogarlik bilan kechgan. Kasbi taqozosi bilan atrof yurtlarga, hatto Turkiya, Eron, Qashqarga tez-tez borib-kelib turgan.

  • Onasining ismi Bibijon (to‘la nomi Nastarbibi, ayrim manbalarda Mustafbibi deb aytiladi) bo‘lgan. Fitrat 1937-yilda «xalq dushmani» sifatida qamoqqa tashlanganda onasi hayot edi.

  • Mir Arab madrasasida o'qidi. Turkiyaning Istambul dorilfununidagi to‘rt yillik (1909—1913) tahsil Abdurauf dunyoqarashining shakllanishida muhim ahamiyatga ega bo'ldi.

  • Yosh buxoroliklar”ning siyosiy kurashlaridagi faol ishtirok, maorifni isloh etish, jadidchilik harakatlaridagi jiddiy izlanishlar tufayli tug'ilgan savollarga bu mamlakatning zamonaviy kechmishlaridan javoblar qidirdi.

  • Fitrat 1917-yil fevral inqilobidan keyin siyosiy harakatlarga yana-da faolroq aralasha boshlaydi. Buxoro jadidlarining «Yosh buxoroliklar» firqasiga sarkotib bo‘lib saylanadi. Samarqandda chop etiladigan «Hurriyat» gazetasida o‘zining o‘tkir maqolalari bilan ketma-ket chiqishlar qiladi. Fitrat 1917-1918-yillar oralig‘ida bu gazetaga bosh muharrir ham bo‘ladi.

  • Fitrat 1918-yilda Toshkentda «Chig‘atoy gurungi» deb nomlangan ilmiy-ma’rifiy jamiyatni tashkil etadi.

  • 1920-yil oxirlarida Fitrat o‘zining sadoqatli do‘sti Fayzulla Xo‘jayevning taklifi bilan Buxoroga qaytadi. Unga F.Xo‘jayev boshchiligidagi Buxoro hukumatining yirik lavozimlari ishonib topshiriladi.

  • Fayzulla Xo‘jayevning ko‘magi bilan adib Moskvaga ketadi va 1923-1924-yillarda Sharq tillari institutida mehnat qiladi. Shuningdek, hozirgi Sankt-Peterburg universitetining Sharq fakultetida sharq xalqlari tili, adabiyoti, madaniyatidan ma’ruzalar o‘qiydi, professorlik unvoniga ega bo‘ladi.

  • Vaqtli matbuotda, ketma-ket uyushtirilgan turli majlislarda Fitrat «millatchi», «turkparast», «islomparast», hatto «g‘arbning josusi» sifatida qoralandi, unga kurakda turmaydigan ayblovlar taqaldi.

  • 1937-yilning 24-aprelida u qamoqqa olindi.

  • Tergovning biror bir qonuniy talablariga amal qilinmay o‘tkazilgan so‘roq-savollardan so‘ng, Abdurauf Fitrat «xalq dushmani» sifatida ayblanib, 1938-yilning 4-oktabrida Toshkentda otib o‘ldirildi.

  • Fitrat 1909-yilda dastlabki yirik asarini e’lon qiladi. Bu Istanbulda chop etilgan «Munozara» kitobi edi.

  • Mazkur asarning to‘liq nomi «Hindistonda bir farangi ila buxorolik mudarrisning jadid maktablari xususinda qilg‘an munozarasi» bo‘lib, u fors tilida yaratilgan.

  • Shundan so‘ng 1911-1912-yillarda birin-ketin uning forsiy tilda yozilgan she’rlari to‘plami - «Sayha» («Na’ra»), nasriy asari -«Hind sayyohi qissasi» («Bayonoti sayyohi hindi») bosilib chiqadi.

  • O‘sha yillari Turkiya yoshlari orasida avj olgan hurfikrlilik Fitratga ham kuchli ta’sir etgani, u uzoqda turib, ona yurti Buxoroning ayanchli ahvoliga qanchalar achingani mazkur asarlarda o‘z ifodasini topdi.

    1912-yil “Hind sayyohi bayonoti”

    1915-yil “Rahbari najot” darslik

    1916-yil “Oila” darslik

    1916-yil “Begijon”, “Mavludi sharif”, “Abo Muslim”

    1917-yil “O’qu” darslik

    1918-yil “Temur sag’anasi”

    1920-yil “O’g’uzxon” drama

    1920-yil “Chin sevish” drama

    1923-yil “Hind ixtilolchilari” drama

    1924-yil “Abulfayzxon” 1-o’zbek tragediyasi.Moskvada chop etilgan

    1924-yil – “Shaytonning tangriga isyoni” drama

    1926-yil “Arslon” drama

    1926-yil “Adabiyot qoidalari” qo’llanma

    1927-yil “Vose’ qo’zg’oloni” drama

    1928-yil “O’zbek adabiyoti namunalari”

    1936-yil “Aruz haqida”

    “Amir Olimxon” risola

    “O’zbek tili qoidalari to’g’risida bir tajriba: Sarf (1-kitob), Nahv (2-kitob)”





    Download 0.59 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling