Abduraxmonova mehrinisoning umumiy parazitologiya mustaqil ishi


Download 201.57 Kb.
bet2/2
Sana20.12.2022
Hajmi201.57 Kb.
#1036688
1   2
bitlarining ichki tuzilishini ham o‘zgarishiga olib kelgan. Jumladan, o‘rta ichak shoxlangan bo‘lib, unda faqat oziq moddalami zaxira qilib oladi. Karp bitlarining 60 dan ortiq turi baliqlardan tashqari molluskalar va amfibiyalarda ham parazitlik qiladi.
Bitlar (Anoplura) turkumining vakil lari faqat sutemizuvchilarda parazitlik qilib yashaydigan qon so‘ruvchi ektoparazitlardir. Bitlaming 300 ga yaqin turi bor. MDH mamlakatlarida 40 ga yaqin turi uchraydi.
Bitlaming tanasi dorzoventral tomonga qarab yassilangan. Bosh qismida og‘iz apparati, sezgi organlari joylashgan. Ko‘zlari oddiy, ayrimlarida esa ko‘zlari umuman bo‘lmaydi. Bir juft 3-5 bo‘g‘imli kalta mo‘ylovlari sezgi a’zolari vazifasini 65-rasm. Parxo‘rIar va junxo‘rlar: 1 -kaptar parxo'ri, 2-qo‘y junxo‘ri, 3-ot junxo‘ri, 4-it junxo'ri. bajaradi.
Og‘iz apparati sanchib-so‘ruvchi tipda tuzilgan. Bir juft maksillalar, gipofarinks va pastki lab uzun nina shaklida bo‘lib, xartumchaning ichida joylashgan. Bit chaqqanda og‘iz a’zolari xartumchadan tashqariga chiqib, terini jarohatlaydi va qon so‘radi. So‘lak bezlarining mahsuloti qon ivishiga qarshilik ko‘rsatadi. Tananing ko‘krak qismi bir-biriga qo‘shilib ketgan 3 ta segmentdan tuzilgan bo‘lib, 3 juft yurish oyoqlariga ega. Qanotlari bo‘lmaydi. Oyoqlari timoqlari bilan tugaydi. Hasharotning jinsiga qarab oxirgi qorin segmentining shakli turlicha bo‘ladi. Urg‘ochi bit qomining oxirida o‘roqqa o‘xshagan 1 juft o‘simtasi bo‘ladi. Jinsiy teshigi sakkizinchi qorin segmentida joylashgan. Erkaklarining jinsiy teshigi to‘qqizinchi segmentda joylashgan. Demak, bitlarda jinsiy dimorfizm yaqqol ko‘rinadi. Urug‘lanishi ichki, rivojlanishi chala metamorfozli. Tuxumdan chiqqan lichinkasi 3 marta tullab, imagoga aylanadi. Bitlaming tuxumi sirka deyiladi.
Bitlar ixtisoslashgan parazitlar hisoblanadi. Har bir tur hayvonning o‘ziga xos biti bo‘ladi. Bu turkumga 3 ta oila kiradi:
1. Gematopidlar ffleamatopidae> oilasi vakillarining ko‘zi yo‘q, tanasi tukchalar bilan qoplangan, faqat quruqlikdagi sutemizuvchilarda (primatlardan tashqari) parazitlik qiladi. Fil, ot, cho'chqa, qoramol, quyon va bug‘u bitlari shular jumlasiga kiradi.
2. Tikanli bitlar (Echinophthiridael oilasiga faqat dengiz sutemizuvchilarida parazitlik qiladigan bitlar kiradi. Ulaming tanasi tikanchalarga o‘xshagan tukchalar bilan qoplangan bo‘ladi. Tulenlar burun teshiklarining old qismida tulen biti parazitlik qiladi.
3. Pedikulidlar (Pediculidae) oilasiga faqat odam va odamsimon maymunlarda parazitlik qiladigan bitlar kiradi. Odamda bitlaming 3 turi yashaydi, ya’ni bosh biti, kiyim biti va qov biti uchraydi.
Qov biti (Phthirus pubis) odam badanining tukli joylarida (qovda, qo‘ltiq tagi junlarida, soqolda va hatto qosh hamda kipriklar orasida) uchraydi.
Qov biti boshqa bitlardan farq qiladi. Uning boshchasi aniq ko‘rinib turadi. Ko‘krak va qorin qismi bir-biridan aniq ajralmagan. Bitlar ichida eng kichigi (erkagi - 1 mm, urg‘ochisi - 1,5 mm) hisoblanadi. Qov biti 26 kungacha yashaydi.
Qov biti ftirioz kasalligini qo‘zg‘atadi. U o‘zining yassi tanasi bilan odam terisiga mahkam yopishib oladi, xartumini teriga sanchib, bitta joyda qimirlamasdan uzoq vaqt davomida qon so‘radi, chaqqan joyi tinimsiz kechayu-kunduz qichiydi va ko‘karib qoladi. Uning so‘lagi gemoglobinni parchalaydi, shuning uchun chaqqan joyi ko‘karib qoladi. U jinsiy aloqa vaqtida, umumiy o‘rin-ko‘rpadan foydalanilganda, ichki kiyimlar orqali bir odamdan boshqa odamga o‘tadi. Qov bitining kasallik tarqatish-tarqatmasligi isbotlanmagan. Aksincha, odamda yashaydigan bitlaming boshqa turlari - bosh biti va kiyim biti turli kasalliklami tarqatuvchilar sifatida xavflidir.
Kiyim biti (Pediculus humanus vestimenti) va bosh biti (Pediculus humanus capitis) bir-birlari bilan chatishib serpusht nasi beradi, shuning uchun ular bitta turning (Pediculus humanus) tur xillari deb hisoblanadi.
Bosh biti sochlarda bo‘lib, o‘z tuxumini (sirkalarini) sochga yopishtirib qo‘yadi. Tanasining kattaligi erkaginiki 2-3 mm, urg‘ochisiniki esa 4 mm atrofida bo‘ladi. Rangi to‘q kulrang.
Kiyim biti kiyim-kechaklaming choklarida yashaydi va shu joylarga tuxum qo‘yadi. Uning tanasi och kulrang bo‘ lib, urg‘ochisining kattaligi 4—5 mm ga boradi. Qorin segmentlarining ikki yonidagi pigment dog‘lar och rangda, tanasini qoplab turgan xitinli qoplamasi juda yupqa bo‘lib, hatto so‘rilgan qon ko‘rinib turadi. Bitlar hayotining hamma rivojlanish davrida odam qoni bilan ovqatlanadigan, doimiy ektoparazitdir. Bir kunda 2-3 marta 3-10 daqiqa davomida qon so‘radi, ovqatsiz 10 kungacha yashashi mumkin.
Kiyim biti harakatchan, 27° С li haroratda 1 daqiqada 35 sm masofagacha harakat qiladi. Otalangan urg‘ochilari bir kunda 6-14 tadan tuxum (sirka) qo‘yadi. Kiyim biti umri davomida 300 taga yaqin, bosh biti esa 150 tagacha tuxum qo‘yadi. Tuxumdan bir haftada yosh bitchalar chiqadi. Umuman, tuxum qo‘yishidan boshlab, voyaga yetgan bitga aylanguncha rivojlanish davri 16-20 kunga to‘g‘ri keladi. Voyaga yetgan bitlar 1,5-2 oy yashaydi. Ancha tez rivojlanadigan bo‘lgani uchun parazitlaming soni qisqa vaqt ichida ko‘payib ketishi mumkin. Bitlar qon bilan ovqatlanganda, odam terisiga o‘z so‘lagini tushiradi. Chaqqan joylar qichishadi, qashiganda terida jarohatlar pay do bo‘ladi. Bitlab ketgan odam (qarovsiz qolgan bolalar, qariyalar) pedikullyoz kasalligiga uchrashi mumkin. Pedikullyoz avj olishi natijasida organizmni umuman quwatsizlantirib, koltun degan kasallikka sabab bo‘lishi mumkin. Bu kasallikda jarohatlangan teridan qon chiqib, jarohatlar yallig‘lanadi, yiringlaydi va sochlar bir-biriga yopishib qoladi.
Bitlar, shuningdek, og‘ir kasalliklar - toshmali va qaytalama terlama (tif) tarqatuvchilari hisoblanadi. Toshmali tif bilan og‘rigan bemoming tana harorati ko‘tariladi, badanida shu kasallikka xos bo‘lgan toshmalar paydo bo‘ladi, boshi og‘riydi, hatto hushidan ketishi mumkin. Bu kasallikdan birinchi va ikkinchi jahon urushlarida qanchadan-qancha odamlar qirilib ketgan.
Toshmali terlama kasalligining qo‘zg‘atuvchisi Provachek rikketsiyalari bo‘lib, bemorlaming qonida bo‘ladi. Birinchi marta 1910-yilda amerikalik olim G.T. Rikkets tomonidan kasallikning qo‘zg‘atuvchilari toshmali tif bilan og‘rigan bemorlarning qonida va ularda parazitlik qilayotgan bitlar ichagida aniqlangan. Lekin olim o‘zining bu tajribasini oxiriga yetkaza olmay o‘ziga yuqqan toshmali tifdan o‘ladi. Kasallik qo‘zg‘atuvchisini aniqlashda va yuqish yo‘llarini o‘rganishda chex olimi S.Provachekning hissasi katta bo‘ldi, ammo u ham o‘z tajribalarini nihoyasiga yetkaza olmadi, chunki u rikketsiyalar bilan zararlangan bitlar ustida ish olib borib, tajriba uchun o‘ziga kasallikni yuqtiradi va bu kasallikdan 1915-yilda o‘ladi. Bir yildan keyin kasallik qo‘zg‘atuvchilari to‘liq o‘rganilib, ikkala olim sharafiga Provachek rikketsiyasi deb nomlanadi.
Toshmali tif qo‘zg‘atuvchilarining bemor qonida bo‘lishini aniqlashda rus shifokori O.O. Mochutkovskiy (1845-1903) fidoiylik ko‘rsatadi. U toshmali tif bilan og‘rigan bemor qonini o‘ziga inyeksiya qiladi va 18 kundan keyin ushbu kasallikning og‘ir ko‘rinishiga uchraydi. Bit bemor qonini so‘rar ekan, o‘ziga kasallik qo‘zg‘atuvchilarini yuqtirib oladi. Rikketsiyalar bitlar oshqozonida ko‘payadi va axlati bilan birga tashqariga chiqadi. Rikketsiyalar bit orqali ikki yo‘l bilan sog‘lom odamga o‘tishi mumkin:
1. Qonni so‘rganda, ya’ni rikketsiyalar bilan ifloslangan bitning og‘iz apparati orqali (ayrim ma’lumotlar asosida xulosa qilingan, lekin zararlangan bitlaming so‘lak bezlarida kasallik qo‘zg‘atuvchilari topilmagan);
2. Badanning bit axlati qolib ketgan joyi qashilganda. Ma’lumki, bit qon so‘rayotgan paytda axlatini chiqarib turadi. Bitlar axlatida rikketsiyalar bo‘lib, chaqqan joylar qashlanganda, jarohatlangan teri orqali yuqadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI


1. Абуладзе К.И., Демидов H.B., Непоклонов А.А., Никольский C.H., Павлова H.B., Степанов А.В. “Паразитология и инвазионные болезни сельскохозяйственных животных”. Учебник для студентов ВУЗов по специальности “Ветеринария”. М., 1990.
2. Акбаев М.Ш. и др. “Паразитология и инвазионные болезни животных”. М. КОЛОС, 2000.
3. Биология. Большой энциклопедический словарь. Научное издательство “Большая Российская энциклопедия”. М., 1998.
4. Генис Д.Е. Медицинская паразитология. М., “Медицина”, 1991.
5. Гинецинская Т.А., Добровольский А.А. Частная паразитология. Паразитические простейшие и плоские черви. Учебное пособие для студентов биолог, спец. ВУЗов, т. 1. М., 1978.
6. Гинецинская Т.А., Добровольский А.А. Частная паразитология. Круглые черви, моллюски и членистоногие. Учебное пособие для студентов биолог, спец. ВУЗов, т.2. М., 1978.
7. Dadayev S.D., Parazitologiya. Oliy o‘quv yurtlari biologiya ixtisosligi talabalari uchun ma’ruzalar matni. Т., 2002.
8. Dadayev S.D. Kanalar va ularga qarshi kurash choralari. 0 ‘quv metodik qoilanma. Т., 2004.
9. Dubovskiy G.K., Ummatov A.Sh. Zoologiyadan o‘quv qoMlanma, 2-qism. Umurtqasiz hayvonlar (hasharotlar). Т., 1996.
10. Кеннеди K.P. Экологическая паразитология, перевод с англ. М., 1978.
11. Крашкевич К.В., Тарасов В.В. Медицинская паразитология. М., 1969.
12. Мавлянов О.М. Клещи и насекомые - паразиты и переносчики возбудителей заболеваний. Учебное пособие для студентов биологического факультета университетов. Т., 1990.
13. Mavlonov О., Xurramov Sh., Norboyev Z. Umurtqasizlar zoologiyasi. Oliy o‘quv yurtlari biologiya mutaxassisligi talabalari uchun darslik. Т., 2002.
14. Мустафин А.Г. и другие. Биология. М., “Высшая школа”, 2001.
15. Озерецковская Н.Н., Зальнова Н.С., Тумольская Н.И. Клиника и лечение гельминтозов. Л., 1985.
16. Поляков В.А., Узаков У.Я., Веселкин Г.А. Ветеринарная энтомология и арахнология. М., 1990.
17. Holiqov Р.Х., Sharofiddinxo‘jayev N.Sh., Olimxo'jayeva P.R., Rahimov J.R., Toshxo'jayev P.I. Biologiya. Tibbiyot institutlari talabalari uchun darslik. Т., 1996.
18. Шарова И.Х. “Зоология беспозвоночных”. Учебник для студентов высш.учеб. заведений. М. ВЛАДОС, 2002.
19. Шевцов А.А., Смирнов В.И., Павлова Н.В. Паразитология. М., 1985..
20. Ergashev Е.Н., Shopo‘latov J.Sh. Parazitologiya. Qishloq xo'jalik texnikumlari uchun darslik. T„ 1981.
Download 201.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling