Abduraxmonova mehrinisoning umumiy parazitologiya mustaqil ishi


Download 200.58 Kb.
bet2/2
Sana14.12.2022
Hajmi200.58 Kb.
#1006469
1   2
Bog'liq
1 iksod

Iksod kanalar (Ixodidae) oilasi vakillari eng yirik kanalar hisoblanib, jinsiy voyaga уetganlarining kattaligi 4-5 mm dan 2-3 sm gacha boradi. Tanasi bo‘g‘i imlarga bo‘linmagan.
Oziqlanish darajasiga ko‘ra, ulaming katta-kichikligi, gavdasining shakli va rangi o‘zgarib turadi. Och kanalar yassi va uzunchoq, oval shaklida, ranglari esa och sariq, sariq-qo‘ng‘ir, qoramtir va hatto qora tusli bo‘ladi. Qon so‘rib to‘ygan urg‘ochi kanalar esa kulrang va och sariq tusga kiradi.
Tanasining ustki qismi xitin qoplag'ichi bilan qoplangan. Mazkur qoplag‘ich erkagining tanasini ustki tomondan boshdan-oyoq qoplagan bo‘lib, u dorzal qalqon158 cha deyiladi. Urg'ochilarida qalqoncha tananing faqat oldingi uchini qoplab turadi. Shunga qarab, erkak kanalami urg‘ochilaridan farq qilish mumkin.
Iksod kanalaming gavdasi ikki qismdan: xartumli “boshcha” - gnatosoma va haqiqiy tana - idiosomalardan iborat. Gnatosoma haqiqiy tanaga terminal tutashgan va oldingi tomonga turtib chiqib turadi. Xartumning tarkibiy qismiga gipostom, xelitseralar va boshqa bo‘g‘imli pedipalpalar kiradi. Gipostom pastki jag‘dan iborat bo‘lib, xartum asosining o‘rta qismidan oldinga qarab yo‘nalgan. Uning yuzasi orqaga qayrilgan tishchalar bilan qoplangan. Gipostomning o‘tkir tomoni xelitseralar bilan birga xo‘jayin tanasini teshishda ishtirok etadi. Xelitseralar gipostomning uchida joylashgan. Xelitseralar yordamida kana o‘z xo‘jayinining terisida jarohat hosil qiladi. Pedipalpalar sezish organlari vazifasini bajaradi. Kanalar u bilan xo‘jayinining teri ustini paypaslab, xartumini qadaydigan joyni tanlaydi.
Idiosomada 4 juft olti bo‘g‘imli oyoqlar joylashgan. Har bir oyog‘ining oxirgi bo‘g‘imida qayrilgan bir juft o‘tkir timog‘i bor, ulaming asosida esa so‘rish yostiqchasi joylashgan. Qorin tomonida uchinchi juft oyog‘i bilan bir qatorda ko‘ndalang jinsiy teshigi joylashgan bo‘ladi. To‘rtinchi juft oyoqlarining asosidan har ikki tomonga stigma - nafas olish teshigi ochiladi.
Ko‘pgina iksod kanalarda ko‘zlari bo‘ladi. Shuningdek, ularda maxsus hid bilish va eshitish organlari ham mavjud.
Iksod kanalarining individual rivojlanishi bir necha davrdan iborat: tuxum, lichinka, nimfa va imago. Har bir rivojlanish davridagi kanalar morfologik tuzilishi va biologik xususiyatlariga ko‘ra tubdan farq qiladi.
Kanalar ayrim jinslidir. Ular tuxum qo‘yib ko‘payadi. Bitta urg‘ochi kana 3-4 mingdan 10-17 mingtagacha tuxum qo‘yadi. Tuxumlari mayda, ko‘pincha oval shaklida va sariq tusli bo‘ladi. Iksod kanalaming tuxum qo‘yish faolligi va urg‘ochilarining qon so‘rishi tashqi muhit omillari bilan bevosita bog‘liq. Faqat qon bilan oziqlangandan keyingina tuxum qo‘yadi.
Urg‘ochi kana urug‘lanib, xo‘jayin qonini so‘rib to‘ygandan keyin yerga tushib, tuxumlarini tuproqqa qo‘yadi. Iksod kanalarining urg‘ochilari hayotida bir marta tuxum qo‘yadi va keyin halok bo‘ladi. Tuxumdan juda mayda olti oyoqli lichinkalar chiqadi. U xo‘jayiniga yopishib, qonini so‘rib tullaydi va tashqi ko‘rinishi ona kanaga o‘xshagan 8 oyoqli nimfaga aylanadi. Voyaga yetmagan lichinka hamda nimfaning jinsiy teshigi, lichinkalaming esa nafas olish organlari bo‘lmaydi, ular butun tanasi yuzasi orqali nafas oladi. Nimfa davrida esa tanasining ikki yon tomonidagi 4 juft oyoqlarining yonida joylashgan stigma bilan tugovchi traxeya orqali nafas oladi. Nimfalar ma’lum vaqtdan keyin oziqlanib to‘ygach, yana tullaydi va jinsiy voyaga yetgan kanalarga aylanadi. Rivojlanish sikli turli kanalarda bir necha oydan 3-4 yilgacha davom etadi.
Kanalar lichinka va nimfa davrlarida ko‘pincha mayda kemiruvchilar, hasharotxo‘rlar, qushlar va sudralib yuruvchilar hisobiga yashaydi. Jinsiy voyaga yetgan davrida esa yirik hayvonlar, ya’ni har xil uy va yovvoyi tuyoqlilar, it, tulki va quyonlaming qoni bilan oziqlanadi. Kanalar har gal tullagandan keyin, xo‘jayinning qonini so‘radi, shu vaqtda kana gavdasini qoplab olgan xitin bir muncha qattiqlashadi.
Ayrim lichinkalar, och qolgan nimfa va imagolar o‘tlarga yopishib harakat qiladi. Ular orqa oyoqlari bilan o‘tlarga yopishib oladi va oldingi bir juft oyoqlarini yuqoriga ko‘tarib, tebranib turadi. Kanalar eshitish organlari yordamida o‘z xo‘jayini yaqinlashayotganini sezadi va unga tashlanadi. Bunda u oyoqlari yordamida teriga yopishib, xartumi bilan terini teshadi.
Kanalarda o‘z xo‘jayinining qonini so‘rish muddati, ulaming rivojlanishiga qarab 3-10 kun davom etadi. Erkak kanalar urg‘ochilariga qaraganda kamroq qon so‘radi.
Kanalar rivojlanish davrida xilma-xil tabiiy sharoitda yashab qishlashi mumkin. Kuzda qo‘ygan tuxumlari qishlaydi, undan kelgusi yil bahorda lichinka chiqadi. Ayrim tur kanalar jinsiy voyaga yetganda, xo‘jayini tanasida qishlaydi va shu organizmda rivojlanadi. Erkak kanalar urg‘ochilariga qaraganda xo‘jayini tanasida uzoq yashaydi. Odatda, erkak kanalar bir j oydan ikkinchi joyga o‘tib, urg‘ochi kanalami izlaydi va ulami topib urug‘lantiradi.
Kanalar rivojlanishi va oziqlanishiga ko‘ra bir, ikki va uch xo‘jayinli bo‘ladi. Bir xo‘jayinli kanalar rivojlanishining hamma fazalarini yerga tushmasdan, faqat o‘z xo‘jayini tanasida o‘tkazadi.
Bir xo‘jayinli kanalarga Boophilus calcaratus, Hyalomma scupense va boshqalar kiradi.
Ikki xo'jayinli kanalar birinchi xo‘jayiniga lichinkalik davrida o‘tadi. Uning tanasida tullab, nimfaga aylanadi. Nimfa qon so‘rib to‘ygandan keyin, yerga tushib tullaydi, so‘ngra imagoga aylanadi. Imago oziqlanish uchun ikkinchi xo‘jayinga hujum qilib, qonga to‘ygandan keyin yerga tushadi.
Ikki xo‘jayinli kanalarga Rhipicephalus bursa, Hyalomma plumbeum, Hyalomma detritum va boshqalar kiradi.
Uch xo‘jayinli kanalar uch turdagi hayvon organizmini almashtiradi. Birinchi xo‘jayinga lichinkalik davrida o‘tib, qonini so‘rib to‘ygandan so‘ng yerga tushadi, tullaydi va nimfaga aylanadi. Nimfa ikkinchi xo‘jayinga o‘rmalab o‘tadi, uning qonini so‘rib, yerga tushib tullaydi va imagoga aylanadi. Imago uchinchi xo‘jayinga hujum qilib, uning qonini so‘radi, so‘ngra tuxum qo‘yish uchun yerga tushadi. Bunday kanalarga Ixodes, Haemaphysalis, Dermacentor urug‘lari va Rhipicephalus turanicus, Hyalomma anatolicum turlari kiradi
Bir yoki ikki xo‘jayinli kanalaming lichinka va nimfalari mayda yowoyi sutemizuvchilar, parrandalar va sudralib yuruvchilar hisobiga yashaydi. Imago davrida esa yirik uy va yowoyi hayvonlaming qonini so‘rib oziqlanadi. Iksod kanalarida rivojlanish sikli ancha mukammalashgan, ular bir rivojlanish davridan ikkinchisiga o‘tganda 1 marta tullaydi. Shuningdek, evolutsion taraqqiyot jarayonida ular ko‘p xo‘jayinlilikdan bir xo‘jayinlilikka o‘tgan, chunki ko‘p xo‘jayinlilik kanalaming yashashi uchun noqulay bo‘lgan.
Iksod kanalari chorva mollariga va odamlarga bir qancha og‘ir kasalliklami, ya’ni tayga ensefaliti, toshmali tif, tulyaremiya, gemorragik isitma, piroplazmoz, babezioz, anaplazmoz, teylerioz va boshqa ko‘plab kasalliklami yuqtiradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI


1. Абуладзе К.И., Демидов H.B., Непоклонов А.А., Никольский C.H., Павлова H.B., Степанов А.В. “Паразитология и инвазионные болезни сельскохозяйственных животных”. Учебник для студентов ВУЗов по специальности “Ветеринария”. М., 1990.
2. Акбаев М.Ш. и др. “Паразитология и инвазионные болезни животных”. М. КОЛОС, 2000.
3. Биология. Большой энциклопедический словарь. Научное издательство “Большая Российская энциклопедия”. М., 1998.
4. Генис Д.Е. Медицинская паразитология. М., “Медицина”, 1991.
5. Гинецинская Т.А., Добровольский А.А. Частная паразитология. Паразитические простейшие и плоские черви. Учебное пособие для студентов биолог, спец. ВУЗов, т. 1. М., 1978.
6. Гинецинская Т.А., Добровольский А.А. Частная паразитология. Круглые черви, моллюски и членистоногие. Учебное пособие для студентов биолог, спец. ВУЗов, т.2. М., 1978.
7. Dadayev S.D., Parazitologiya. Oliy o‘quv yurtlari biologiya ixtisosligi talabalari uchun ma’ruzalar matni. Т., 2002.
8. Dadayev S.D. Kanalar va ularga qarshi kurash choralari. 0 ‘quv metodik qoilanma. Т., 2004.
9. Dubovskiy G.K., Ummatov A.Sh. Zoologiyadan o‘quv qoMlanma, 2-qism. Umurtqasiz hayvonlar (hasharotlar). Т., 1996.
10. Кеннеди K.P. Экологическая паразитология, перевод с англ. М., 1978.
11. Крашкевич К.В., Тарасов В.В. Медицинская паразитология. М., 1969.
12. Мавлянов О.М. Клещи и насекомые - паразиты и переносчики возбудителей заболеваний. Учебное пособие для студентов биологического факультета университетов. Т., 1990.
13. Mavlonov О., Xurramov Sh., Norboyev Z. Umurtqasizlar zoologiyasi. Oliy o‘quv yurtlari biologiya mutaxassisligi talabalari uchun darslik. Т., 2002.
14. Мустафин А.Г. и другие. Биология. М., “Высшая школа”, 2001.
15. Озерецковская Н.Н., Зальнова Н.С., Тумольская Н.И. Клиника и лечение гельминтозов. Л., 1985.
16. Поляков В.А., Узаков У.Я., Веселкин Г.А. Ветеринарная энтомология и арахнология. М., 1990.
17. Holiqov Р.Х., Sharofiddinxo‘jayev N.Sh., Olimxo'jayeva P.R., Rahimov J.R., Toshxo'jayev P.I. Biologiya. Tibbiyot institutlari talabalari uchun darslik. Т., 1996.
18. Шарова И.Х. “Зоология беспозвоночных”. Учебник для студентов высш.учеб. заведений. М. ВЛАДОС, 2002.
19. Шевцов А.А., Смирнов В.И., Павлова Н.В. Паразитология. М., 1985..
20. Ergashev Е.Н., Shopo‘latov J.Sh. Parazitologiya. Qishloq xo'jalik texnikumlari uchun darslik. T„ 1981.
Download 200.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling