Abdusalomov jahongir bi09


“Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha Respublika komissiyasi 1-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin


Download 21.67 Kb.
bet5/6
Sana19.06.2023
Hajmi21.67 Kb.
#1615444
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ABDUSALOMOV JAHONGIR BI 09

1. “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha Respublika komissiyasi 1-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin.

  • 1. “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha Respublika komissiyasi 1-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin.
  • 2. Respublika komissiyasi (A.N. Aripov) jamoat tashkilotlarini va Hukumatga qarashli bo‘lmagan tashkilotlarni, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini keng jalb etgan holda vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturi loyihasini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun kiritsin.
  • Vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xo‘jalik birlashmalari, jamoat tashkilotlari va Hukumatga qarashli bo‘lmagan tashkilotlardan tushayotgan materiallar va takliflarni umumlashtirish uchun 2-ilovaga muvofiq tarkibda yig‘ma ishchi guruh tashkil etilsin.
  • 3. “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturi loyihasini ishlab chiqishda quyidagi muhim, ustuvor vazifalar amalga oshirilishi bo‘yicha aniq takliflar va chora-tadbirlar ishlab chiqilishiga alohida e’tibor qaratilsin:
  • 4. Mazkur farmoyishning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

Vositachilarsiz muloqot

 2016-yil 24-sentabrda O‘zbekiston hukumati portalida Bosh vazirning virtual qabulxonasi ochilishi murojaatlar bilan ishlash tizimini bugungi shiddatli XXI asr talablariga mos holda takomillashtirish imkonini berdi. Hukumat rahbari bilan oddiy odamlar o‘rtasida hech qanday vositachilarsiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot yo‘lga qo‘yildi. Shu bois ham mazkur

virtual qabulxona ishga tushgan kuniyoq mamlakatimizning turli joylaridan mingga yaqin ariza, shikoyat va takliflar kelib tushdi. Ko‘p o‘tmay, barchamiz guvoh bo‘ldikki, aksariyat muammolarni nisbatan qisqa vaqt ichida samarali, eng muhimi, qonun doirasida hal qilsa bo‘lar ekan. Buning uchun xohish va iroda, hayotdagi o‘tkir muammolarga tik qaray olish, ularni bartaraf etishning ta’sirchan yo‘llarini topish talab etiladi. Har qanday davlat rahbari ham adolatsizlik holatlari, xalqni qiynab kelayotgan og‘ir muammolarni ro‘y-rost kun tartibiga qo‘yib, «endi, kelinglar, vaziyat shunday ekan, deya qo‘l qovushtirib o‘tirmasdan ana shu kamchiliklarni bartaraf etaylik», deb, bunda avvalo o‘zi o‘rnak va namuna bo‘lib, jon-jahdi bilan bu ishga kirishavermaydi. Buning uchun insonda katta yurak, o‘z xalqi, o‘z Vatani taqdiri uchun mas’uliyat va javobgarlikni chuqur his etish tuyg‘usi kuchli bo‘lishi kerak. Virtual qabulxona ochilgunga qadar ham mamlakatimizda davlat organlarining «Ishonch telefoni», Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali mavjud edi. Bu sohada maxsus “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi qonun qabul qilingan.


Download 21.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling