Abdusalomova oynuraxonning fizikaviy kimyo fanida


Elektr toki haqida umumiy tushunchalar


Download 1.38 Mb.
bet3/11
Sana16.06.2023
Hajmi1.38 Mb.
#1490498
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Abdusalomova Oynuraxon fizximiya

Elektr toki haqida umumiy tushunchalar
Ideal komponentli elektr zanjirida o‘zgarmas tok o‘tayotgandagi hodisalarni ifodalash uchun zaryad Q, tok kuchi I, kuchlanish U va qarshilik R kabi kattaliklarkiritilgan. O’zgarmas elektr toki uchun ideal sig‘im C cheksiz qarshilik bo‘libxizmat qiladi, ideal induktivlik L esa, cheksiz kichik qarshilik bo‘ladi. Elektr tokining fundamental qonuni Om qonunidir: E=IR. Sig‘im yoki kondensatorlar o‘zgarmas tok uchun cheksiz katta qarshilik bo‘lib xizmat qiladi, ammo ushbu sig‘imlar vaqt o‘tishi bilan o‘zgaruvchan tokni o‘tkazib yuboradi, bu holda ushbu sig‘imlar sig‘im qarshiligini namoyon qiladi. Zanjirning induktiv elementi o‘zgaruvchan tokka qarshilik ko‘rsatadi. Zanjirning induktiv elementi yoki induktivlik g‘altagi, magnit maydon kabi, elektr tokining oqimi natijasida hosil bo‘layotgan energiyani yig‘adi. Yig‘ilgan energiya tokning har qanday o‘zgarishiga qarshilik ko‘rsatadi, chunki tokning o‘zgarishi magnit maydonning o‘zgarishiga olib keladi. Induktiv elementdagi magnit maydoni o`zgarishiga olib keladi. Induktiv elementdagi magnit maydoni kattaligini bir onda o‘zgartirish mumkin bo‘lmagan masaladir, chunki ushbu elementga cheksiz katta potensiallar farqi ta’sir etish kerak bo‘ladi. Har qanday elektr zanjirini impedans bilan tavsiflanadi: impedans omik qarshilik (yoki aktiv qarshilik), sig‘im va induktiv qarshiliklarning yig‘indisiga teng. Omik qarshilik o‘zgaruvchan toklar yoki o‘zgarmas toklar o‘tayotganda ham kuzatiladi. Zanjirdan o‘tayotgan tok signallarining chastotasi ortgan sari sig‘im qarshiligi kamayadi, induktiv qarshilik, aksincha, ortadi. Elektr o’tkazuvchanlik - elektr tokiga bo’lgan qarshilikka teskari qiymatdir. SHuning uchun elektr o’tkazuvchanlikni o’lchash lozim bo’lsa, elektr tokiga bo’lgan qarshilik o’lchanadi. Qarshilikni R xarfi bilan ifodalasak, u formula bilan ifodalanadi. YA’ni o’tkazgichning qarshiligi uning uzunligi (l) ga to’g’ri, ko’ndalang kesimi (S) ga teskari proportsionaldir;  - esa solishtirma qarshilik.
Elektr o’tkazuvchanlik grekcha (kappa)  harfi bilan belgilanadi. SHunday qilib,
Qarshilikni Om, () bilan, elektr o’tkazuvchanlikni Om-1 (-1) bilan belgilanadi. solishtirma elektr o’tkazuvchanlik deb ataladi.

SHunday qilib, solishtirma elektr o’tkazuvchanlik - bu uzunligi 1sm, ko’ndalang kesimi yuzasi 1sm2 bo’lgan moddaning elektr o’tkazuvchanligidir. Demak, suyuqlikni elektr o’tkazuvchanligini aniqlash lozim bo’lsa, unga albatta elektrod tushiriladi. Suyuqlikni solishtirma elektr o’tkazuvchanligi aniqlanayotgan bo’lsa, tushirilayotgan elektrodlarning sath yuzasi 1sm2 va ular orasidagi masofa 1sm bo’lishi kerak. Amalda bunday sharoitni vujudga keltirish ancha qiyin, shuning uchun odatda kuzatilayotgan elektr o’tkazuvchanlik o’lchanadi. So’ngra hisoblash yordamida solishtirma elektr o’tkazuvchanlik topiladi.





Eritmalarning elektr o’tkazuvchanligini aniqlash turli shakldagi idishlarda olib boriladi. Elektr tokini yomon o’tkazadigan eritmalar uchun elektrodlar sathi katta bo’lib, ular bir-biri yaqin joylashtirilishi kerak. YAxshi o’tkazgichlar uchun esa, aksincha, elektrodlar sathi kichik va elektrodlar orasi uzoq bo’lgan idishlar qo’llangani ma’qul.

Shunday qilib, yuqorida aytilgan solishtirma elektr o’tkazuvchanligini o’lchash uchun idish tayyorlash qiyin. Bunday hollarda xar bir idish uchun uning doimiyligi , ya’ni idish doimiyligi yoki sig’imi aniqlab olinadi.

Idishning doimiyligi (sig’imi) quyidagi usulda usulda aniqlanadi: solishtirma elektr o’tkazuvchanligi ma’lum bo’lgan (ko’pincha KCl, KNO3) eritmasi idishga quyiladi. (ularning 0 qiymati jadvalda berilgan bo’ladi).

bo’lgani uchun, dastlab shu eritmaning elektr o’tkazuvchanligi aniqlanadi va idish doimiyligi hisoblab topiladi. So’ngra idishdan eritmani to’kib, o’rniga tekshiriluvchi eritma quyiladi va uning elektr o’tkazuvchanligi topiladi, hamda eritmaning solishtirma elektr o’tkazuvchanligt formula orqali hisoblab chiqiladi
Solishtirma elektr o’tkazuvchanlik qiymati elektrolit yoki suyuqlik tabiatiga, eritma kontsentratsiyasiga va haroratga bog’liq.
Ionlarning harakat tezligi va oz bo’lsada dissotsialanish darajasi haroratga bog’liq bo’ladi. Elektr o’tkazuvchanlikni aniqlashda haroratni doimiyligiga katta e’tibor berish lozim. Haroratni ortishi bilan 0 ortadi, chunki bunda ionlar harakatchanligi ortadi. O’lchanadigan xonada haroratning o’zgarishi katta xatolikka olib keladi. SHuning uchun elektr o’tkazuvchanlik termostatda aniqlanishi kerak. Quyidagi jadvalda ba’zi toza suyuqliklarning 180S dagi solishtirma elektr o’tkazuvchanligi berilgan: 0 ning suyuqlik tabiatiga bog’liqligi


Suyuqlik

HCN (suyuq)

H2O

NH3
(suyuq)

SO2 (suyuq)

HCl (suyuq)

atseton










Bosim ostida suyultirilgan

0 Om-1cm-1

1,1 x 10-7

4,0 x 10-6

4,0 x 10-10

1,8 x 10-11

2,0 x 10-7

1,2 x 10-10



Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling