Abdusattorova Dilnozaning "Tarbiya"
Iymon, diyonat, adolat, mehr-shafqat, e`tiqod poklik, halollik va vafodorlik ota - onaga izzat-hurmat, oilaga sadoqat va g`amxo`rlik-shaxsning oliyjanob fazilatlari
Download 366.63 Kb.
|
Insonparvarlikning shaxs ma`naviy kamolotidagi o`rni va ahamiyati
3. Iymon, diyonat, adolat, mehr-shafqat, e`tiqod poklik, halollik va vafodorlik ota - onaga izzat-hurmat, oilaga sadoqat va g`amxo`rlik-shaxsning oliyjanob fazilatlari.
Mazkur masala yechimi ko`p qirrali. Qo`yilgan masalani har kim o`z ma`anaviy dunyosi o`lchami bilan o`lchab, shunga yarasha hatti - harakat qiladi. Insoning chin ma`nodagi insonligi - uning iymoni, diyonati, mehr - oqibati, pokligi va halolligi, kamtarligi va boshqalar bilan o`lchanadi. Insoniylik esa faqat iymonli insonlardagina bo`ladi. Biz bu o`rinda hamma kishilar uchun umumiy tarzda tegishli bo`lgan masalalar ustida baholi qudrat fikr yuritamiz. Agar biz iymon tushunchasining mohiyatini to`g`ri anglab tushunib olsak, iymonni izohlovchisi bo`lgan diyonat, mehr oqibat, poklik va halollik kamtarlikning ham mohiyatini bilib olamiz. Faqat iymonli kishilargina poklik va halollik diyonat, ezgulik, mehr - oqibat yo`lida bo`ladilar. Shuning uchun ham mazkur masalada iymon tushunchasini, uning mohiyatini keng qamrovli asosda bayon qilishni maqsadga muvofiq deb bildik. Ma`naviy - axloqiy fazilat sifatida esa iymon faqat odamzotgagina xos ruhiy hodisa jumlasiga kiradi. Inson, odamzotdan tashqari hech bir mahluqotda iymonning o`rni yo`q. Binobarin, odamzot jamiki boshqa jonzotlardan biron bir narsaga ishonib, uni muqaddas deb bilishi, ya`ni iymon keltirishi bilan ajralib turadi. Iymon kishi ma`naviyatining, axloqning o`q ildizi, poydevori, negizidir. Iymondan mahrum kimsaning aqli nechog`li o`tkir, irodasi naqadar cho`ng bo`lmasin va shular tufayli o`zligidan qanchalik mag`rurlanmasin, u chinakam insonlar qatoriga kiritilmagan, kiritilmaydi ham. Zero, iymonsiz odam na Allohdan qo`rqadi va bandalaridan uyaladi, u nafsining itoatkor quli bo`lib, har qanday razolat va paskashliklardan qaytmaydi, Alloh hammamizni shunday asrasin. Buning uchun iymon yo`lini tutishimiz lozim. Hamma dinlarda iymonga alohida e`tibor beriladi. Iymon barcha dinlarni ustuni sanaladi. Chunonchi zardushtiylik iymoni uch tayanchiga: niyat-fikrning sofligiga, so`zning sobitligiga, amallarning insoniyligiga suyanadi. Islom ta`limotiga ko`ra, iymon mohiyatini Qur`oni Karimning quyidagi surasi ochib beradi: “Amantu billahi va malaikatihi va kutubihi va rosulihi val yavmal oxiri va qodari hayrihi va sharrihi minalloshhi taolo val ba`si ba`dal mavt haqqun. Ashhadu alla ilaha illallohu va ashhadu anna Muhammadan abduhu va rasuluh”. Mazkur suraning ma`nosi esa taxminan shunday: “Chin ko`nglim ila iymon keltirdim: Allohi taologa va uning farishtalariga va uning kitoblariga va uning kitoblariga va uning payg`ambarlariga ham bu dunyo yo`q bo`lib oxirat kuni bo`lmog`iga va qadarga, ya`ni yaxshi va yomon ishlar har qaysisi ilohi taolodan bo`lmoqligiga va o`lgandan so`ng qabrdan tirilib va bo`larning hammasi haqiqat ekaniga. Dilim birla guvohlik berurman, albatta Allohdan o`zga hech ma`bud yo`qdir. Yana guvohlik beraman, albatta Muhammad Allohi taoloning bandasi va barcha bandalariga din ahkomlarini o`rgatmoq uchun yuborgan payg`ambaridur”. Hozirgi kunda Yer yuzida diniy iymonning bir talay turlari bo`lib, jaxon ahllari aro keng taralgani to`rttadir: buddaviy iymon, iudaviy iymon, isoviy iymon, isloimiy iymon. Bu iymon turlari mazmun jihatdan farqlansada, ammo mohiyatan birdir. U ham bo`lsa, biron-bir narsa va g`oyani benihoya sharifu muqaddas, azizu mukarram bilib, kundalik faoliyat va xulq-atvorda ana shu e`tiqodan kelib chiqib, xatti-harakat qilishdan iboratdir. Binobarin, jamiki iymon turi kishi amaliy faoliyat va xulq-atvori dasturi sifatida namoyon bo`ladi. Diniy iymon bilan birga inson tajribasi, bilimi tufayli yuzaga kelgan dunyoviy iymon ham bor. Dunyoviy iymon mazmunini olam va odam haqida so`ngi ikki yarim ming yil mobaynida kashf etilgan ilmiy-falsafiy bilimlar, mehnat ahlining to`plagan hayot tajribasi, ijtimoiy xotirasi, turli-tuman udumlar, urf-odatlar, rasm-rusumlar, an`analar va ular zamiridagi bilimlar tashkil etadi. Dunyoviy iymonning o`zagi odamiylikdan iborat bo`lib, uning tarkibiga kiradigan unsurlar, qirralar, jihatlar g`oyat turli tumandir. Odamiylik deganda xalqimiz uzoq tarixi davomida turli sinovlardan o`tib sayqal topib kelayotgan va faqatgina ijobiy fazilatlar tarzida e`zozlanadigan axloqiy qadriyatlarni tushunsak bo`ladi. Iymonli bo`lishning yana bir belgisi odamning diyonatli, vijdonli bo`lishidir. Diyonat va vijdon bir-biriga yaqin tushuncha. Diyonat va vijdon odamlardagi insof tuyg`usiga hamohangdir. Diyonat va vijdon kishining kundalik faoliyati, qilmishi, fe`l atvori uchun avvalo o`zi oldida, qolaversa oila, jamoat, jamiyat va vatan oldida ma`naviy ma`suliyat his etishidir. Vijdonli, diyonatli kishi nohaq adolatsiz ishlardan g`azabga keladi, ularga qarshilik bildiradi: o`z faoliyatining yaxshi tomonlaridan qanoatlanib xursand bo`lsa, yomon tomonlaridan norozi bo`lib, ruhan eziladi, vijdon azobidan og`irroq jazo yo`q. Shuning uchun xalqimizdan vijdon azobi go`r azobi degan maqol bor. Bu maqolning tagida chuqur ma`no yotadi. Mehr-shafqatlilik ham iymonning belgilaridan biridir Yuqoridagilar kabi mehr-shafqat ham xalqimizga xos xususiyat sanaladi. Mehr-shafqat odatda yetim-yesir, qarovsiz qolgan qariyalar, g`ariblarga, nogironlarga nisbatan moddiy va ma`naviy yordam ko`rsatish tuyg`usi, desak bo`ladi. Bizning mustaqil Respublikamiz rahbariyati ota-bobolarimiz udumini davom ettirib, bozor munosabatlariga o`tish sharoitida ota-onasiz, qarovsiz qolgan bolalar va hech kimi yo`q qariyalar, shuningdek nogironlarga nisbatan yuksak mehr-shafqatlilik namunasini ko`rsatayotir. Halollikning yanada kengroq ma`nodagi jihatlari bu turmushdagi halollik, o`zaro muomala-munosabatdagi halollik, jamoa orasidagi halollik, savdo-sotiqdagi halollik, do`stlar o`rtasidagi halollik va shu kabilardir. Yuragi, qalbi pok va toza, halol yo`ldan yurgan insonlar hamisha xotirjam bo`ladi, ko`ngli ravshan, doimo sihat-salomat yuradi. Xorazmlik qomusiy olim, buyuk alloma Mahmud az-Zamahshariy bu haqda shunday deb nasihat qiladi: “Halol va pokiza kishi doimo xotirjamu tinchlikdadir, birovga hiyonatu- yomonlik qiladigan kishi esa halokatga giriftordir”. Xulosa shuki, poklik va halollik iymonli bo`lishning asosiy shartidir. Insondagi yaxshi yoki yomon illatlarning uning iymoniga, ya`ni pokligi va halolligiga bog`liq. Inson iymonining pokligiga doimo shayton rahna solib, uni yo`ldan adashtirmoqchi, noshar`iy yo`llarga solmoqchi, halollik, poklik yo`lidan urmoqchi bo`lib qalbida g`ulg`ula uyg`otishga harakat qiladi. Shuni yaxshi esda saqlashimiz kerakki, poklik va halollik yonida doimo uni shu yo`ldan ozdirmoqchi bo`lgan shaytoniy vasvasa hamroh bo`lib yuradi. Ozgina iymon yo`lidan toyilishga moyillik bo`lsa, o`sha yerda darrov shaytoniy hissiyot bosh ko`taradi. Shuning uchun doimo iymon, poklik va halollik yo`lida xushyor turishimiz kerak. Bu ayniqsa, bozor munosabatlariga o`tish davrida nihoyatda zarur. Kamtarlik-inson ichki ma`naviy dunyosining namoyon bo`lishidir. Agar insonning qonida, qalbida yumshoqlik, saxovat, odob-andisha, sharm-hayo, or-nomus, oriyat bo`lmasa ming harakat qilmasin, baribir, odamlarga ko`ziga kamtar bo`lib ko`rina olmaydi. Download 366.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling