Abduvahobov zufariddinning sport metrologiyasi fanidan mustaqil talim


Sport mashg’uloti jarayonini boshqarish


Download 12.67 Kb.
bet2/2
Sana02.01.2022
Hajmi12.67 Kb.
#192730
1   2
Bog'liq
Mustaqil talim Sport metrologiyasi

3. Sport mashg’uloti jarayonini boshqarish.

Sport mashg’ulotini ( jumladan trenirov- kani ham ) shuning bilan bir qatorda jismoniy tarbiyani boahqarish jarayoni sifatida ham qarash mumkin . Umumiy holda , ushbu masalani muhokama qilishda, jismoniy tarbiyadan tashqari boshqa – aqliy , axloqiy , ma’naviy va estetik ( go’zallik, nafislik, latofatlik) tarbiyalar ham inobatga olinishi zarur bo’lsa-da , hozirgi tahlilda biz faqat jismoniy tarbiya bilan chegaralanamiz .

Vaqtning ixtiyoriy bir momentida inson ma’lim bir aniq jiamoniy holatda bo’ladi.

《 Jismoniy holat 》tushunchasi quydagilarni:

Sportchining salomatligini;

Gavda tuziliahini;

Fiziologik funkaiyalarining holatini anglatadi.

Insonning jismoniy halati eng kamida (minimum) quydagilar bilan aniqlanadi:

Sog’ligi , yani

  1. Hayotiy faoliyat ko’rsatkichlarini me’yorga mos kelishi;

  2. Tashqi noqulay ta’sirlarga organizmning chidamkorlik darajasi;

Gavdaa tuzilishi ;

Fizologik funksiyalarning , xususan harakatlanish funksiyasining, holati, ya’ni:

  1. Ma’lum doiradagi murakkab harakatlarni bajara olish imkoniyati (ya’ni tehnik tayorgarligi) ;

  2. Harakatlanuvchanlik (jismoniy) sifatlar darajari.

Inson hayotining turli sharoitlari ta’siri ostida deyarli majburan kelib qolgan jismoniy holati , odatda , talab qilinadigan holatdan yoki insonning istagi darajasidan ancha yiroq bo’ladi.

Shuning uchun insonning jismoniy holatini boshqarish va shu yo’l bilan uni kerakli yo’nalishga tomon o’zgartirish zarur. Bu masalani hal qilishga esa maxsus (asosan, jismoniy mashqlar ko’rinishidagi ) vositalardan foydalaniladigan jismoniy tarbiya xizmat qiladi . Masalan , sport seksiyasiga birinchi marta kelgan insonning jismoniy holati , aytaylik , kuch yoki egiluvchanlikning yuqori bo’lmagan ko’rsatkichlari bilan xarakterlanadi. Ushbu yangi kelgan spotchining trenirovka jarayonini kerak bo’lgan tarzda tashkil etib zikr etilgan sifatlardan biri yoki okkalasining ham darajasini ko’tarish , ya’ni ushbu inson holatini boshqarish mumkin.

Sport mashg’ulotlarida (trenirovkalarda) bunday boshqarishning asosiy maqsadi – spotdagi yutuqlarning o’sishida ifodalanadigan spotchining jismoniy holatini muntazam ravishda tobora yaxshilab borishdir.

Sport mashg’ilotlari (trenirovkalar) dagi ana shunday boshqarishning murakkabligi va asosiy muammosi shundan iborat-ki , biz sportchining sportdagi natijalari o’zgarishini bevosita boshqara olmaymiz . Masalan , biron -bir to’g’ridan – tog’ri yo’l bilan sportchining kuchi yoki chidamkorligini oshirib qo’yish imkoniyatiga ega emasmiz. Buni faqat boshqa bir vosita orqaligina (ya’ni, bilvosita ) amalga oshirish mumkin.

Amalda murabniy (trenir) sportchining harakatlarini (yoki, boshqacha aytganda, xulqi- o’zini tuta bilishi) boshqarishi mimkin xolos:

Murabbiy sportchiga ma’lum maqsadga yo’naltirilgan aniq va ma’lum harakatlar va mashqlarni bajarish dasturini (trenirovka yuklamasini ) beradi va ushbu dasturni , xususan, harakat va mashqlarning tehnikasini , to’g’ri bajarilishiga erishishga harakat qiladi.

Ikkita yangi atama kiritamiz. Tezkor trenirovka samarasi ( TTS ) deb jismoniy mashqlarni bajarish jarayonida va ularni bajarib bo’lishi bilanoq sportchi organizimida sodir bo’ladigan o’zgarishlarga aytiladi. Charchoq sodir bo’lishi sababli TTS , odatda , ish faoliyatining susayishi va sportdagi natijalarning pasayishi bilan bog’liq bo’ladi.

Ko’p sonli trenirovka mashg’ulotlarining asoratlarini jamlanib borishi – yig’indisi sababli organizmda sodir bo’ladigan o’zgarishlarga kumulativ (lotincha khmul – to’plam so’zidan olingan) trenirovka samarasi (KTS) deb ataladi.

Trenirovka jarayoni to’g’ri tashkil etilgan hollarda bu samara sportchining ish qobilyatini yuksalishi va sport natijalarining o’sishida ifodalanadi.

Asosiy adabiyotlar.

  1. Кенеллй, А.Е. Прос. Ам. Асад анс Ссиенсе.- 2006.- В.42.-

  2. Ш. Ханкелдиев, З. Усмонов Жисмоний тарбиянинг метологик асослари. Фаргоно., 2015.

  3. Толаметов А.А. Спорт метрология. (услубий ишланма). Т. 2009

  4. www.сонтент.спорт.ру

  5. www.прес-серисе.уз

Download 12.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling