1-Rasm. Fanning o‘zlashtirish uslubiyati
- Iqtisodiy tahlilni ikki ob’ekt misolida, ya’ni, makroiqtisodiy va mikroiqtisodiy ko‘rinishda amalga oshirish mumkin. Makrodaraja mikrodarajadagi ob’ektlar ko‘rsatkichlarining yig‘indisidan kelib chiqadi. 2-rasmdagi ketma ketlik bo‘yicha fanning mazmuni makroiqtisodiy tahlilga va prognozlashga qaratilgan. Makroiqtisodiy ob’ektlarning xususiyatlariga qarab tahlil usullari tanlanadi va tahlil natijalari makrojarayonlarni prognozlashda bevosita qo‘llaniladi.
- Prognoz natijalarini ilmiy asoslanganligi amaliyotda keng qo‘llanishining mumkinligi o‘rganib chiqiladi hamda tegishli xulosalar asosida ulardan amaliyotda rejalashtirish uchun qo‘llaniladi.
Iqtisodiy tahlil va prognozlashning ilmiy asoslari
Nazorat va muhokama uchun savollar:
- Makroitqisodiy tahlil va prognozlash fanining mazmuni va maksadini ifodalab bering.
- Makroiqtisodiy tahlilning vazifalari nimalardan iborat?
- Asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatgichlarni o‘zaro bog‘liqliklarini ifodalab bering.
- Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash fanining shakllanishi va boshqa fanlar o‘zaro aloqasini tushuntiring.
- Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash jarayoni bosqichlarini tushuntirib bering.
- Prognoz va rejaning umumiy va farqli tomonlari.
- Milliy hisoblar tizimini tahlil qilishning iqtisodiy mohiyati nimadan iborat?
- To‘lov balansi tahlilining amaliy ahamiyatini yoritib bering.
- Gipoteza, prognoz va reja haqida tushunchangizni izohlang.
- Prognozning amaliy ahamiyati nimalardan ifodalaniladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |