Аbiturientlar maʼlumotlari va arizalarini onlayn roʼyxatga olish tizimining foydalanuvchisi uchun yoʼriqnomа hurmatli abiturientlar!


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
Sana19.04.2020
Hajmi0.74 Mb.
#100284
Bog'liq
Абитуриентлар маълумотлари ва аризаларини онлайн рўйхатга олиш тизими


Аbiturientlar maʼlumotlari va arizalarini onlayn roʼyxatga olish tizimining 

foydalanuvchisi uchun 

YOʼRIQNOMА 

Hurmatli abiturientlar! 

Аvvalgi  yillarda  test  sinovi  oʼtkazishda  erishilgan  yutuqlar  bilan  birga,  muammoli 

holatlar ham kuzatildi. Ulardan joylarda roʼyxatdan oʼtishda navbatlar yuzaga kelganligidan 

koʼz yumib boʼlmaydi. 

Shularni  hisobga  olgan  holda  Davlat  test  markazi  tomonidan  uning  rasmiy  veb-sayti 

orqali  roʼyxatga  olish  boʼyicha  dasturiy  taʼminot  ishlab  chiqildi.  Bu  bilan  abiturientlarga 

Davlat test markazining rasmiy veb-sayti orqali roʼyxatdan oʼtish imkoniyatini yaratilmoqda 

va mazkur oʼquv yilidan boshlab, joriy qilinishi koʼzda tutilmoqda. 

Buni  oʼrinli  va  vaqtida  qoʼllanilayotgan  qulaylik,  deyish  mumkin.  Ushbu  qulaylik 

natijasida abiturientlar uyidan chiqmagan holda roʼyxatdan oʼtishi mumkin. bu bilan ularning 

vaqti, sarf-xarajati tejaladi, shuningdek, asossiz navbatlar yuzaga kelishining oldi olinadi. 

Mazkur 


tizimga 

internetga 

ulangan 

kompyuterning 

internet 

brauzeridan 



abitur.dtm.uz

 havolasi  bosiladi, unda foydalanuvchilarni  identifikatsiya  qilish 

oynasi ochiladi (1-rasm). 

 


1-rasm. Tizimga kirish oynasi

 

Tizimda ro‘yxatdan o‘tish uchun “Ro‘yxatdan o‘tish” tugmasini bosiladi. Ochilgan 



oynadagi (2-rasm) login, parol va telefon raqam kiritilib, ro‘yxatdan o‘tiladi.

 

 



2-rasm. Ro‘yxatdan o‘tish oynasi

 

Ro‘yxatdan o‘tilgach, “Bosh sahifa” bo‘limi ochiladi. Bo‘limning chap tomonida 



menyular paneli aks etgan (3-rasm).

 

Menyular panelida 3 ta bo‘lim mavjud:



 

1. 


Bosh sahifa;

 

2. 



Qabul 2020;

 

3. 



Shaxsiy ma’lumotlar.

 


 

3-rasm. Menyu paneli

 

“Bosh sahifa” bo‘limida dastur tomonidan taqdim qilinadigan xizmatlar va 

foydalanuvchi sozlamalari joylashgan (4-rasm).

 

 



4-rasm. “Bosh sahifa” bo‘lim

 

“Shaxsiy ma’lumotlar” bo‘limi “Pasport”, “Doimiy yashash manzili” va Tugatgan 

ta’lim muassasi” qismlaridan iborat.

 

“Pasport” qismi orqali biometrik pasportga ega bo‘lmagan abituriyentlar pasport va 

shaxsiy identifikatsiya raqami orqali ma’lumotlarni yuklab olishlari mumkin (5-rasm).

 


 

5-rasm. “Pasport” qismi

 

“Doimiy yashash manzili” qismi orqali foydalanivchining doimiy yashash manzili 

haqidagi ma’lumotlar kiritiladi. Tahrirlash uchun  tugmasi bosiladi va quyidagi oyna 

ochiladi (6-rasm):

 

 

6-rasm. “Doimiy yashash manzilini tahrirlash” oynasi



 

“Tugatgan ta’lim muassasasi” qismi orqali foydalanivchining o‘rta ma’lumot olgan 

ta’lim muassasasi haqidagi ma’lumotlarni ifodalaydi. Tahrirlash uchun  tugmasi bosiladi va 

quyidagi oyna ochiladi:

 


 

7-rasm. “Tugatgan ta’lim muassasasi” oynasi

 

“Qabul 2020” bo‘limiga kirish uchun foydalanuvchi shaxsiy ma’lumotlarni to‘ldirgan 

bo‘lishi lozim. Agar foydalanuvchi shaxsiy ma’lumotlarni to‘ldirmagan bo‘lsa, quyidagi 

ogohlantish oynasi chiqadi (8-rasm).

 

 

8-rasm. Ogohlantirish oynasi



 

Agar oldin ro‘yxatdan o‘tilmagan bo‘lsa, oynada quyidagi ma’lumotlar chiqadi (9-

rasm).

 


 

9-rasm. “Qabul 2020” oynasi

 

Ta’lim yo‘nalishlari. Ta’lim yo‘nalishlari bir talim shakli va bir ta’lim tili doirasida 3 



tagacha tanlanishi mumkin. Dastur o‘zi bu narsani tekshirib chiqaradi. Agar u tanlagan 

ta’lim yo‘nalishida chet tili mavjud bo‘lsa, Chet tili ham tanlanadi.

 

Abituriyent qaysi OTM ga ro‘yxatdan o‘tishidan qat’i nazar, o‘zi xohlagan hududda 



tashkil etiladigan test sinovlarida ishtirok etishi mumkin. Bunda operator abituriyentdan 

so‘ragan holda Test topshirish hududini belgilab qo‘yadi.

 

 “Saqlash” tugmasi bosilganda, abituriyentning ma’lumotlari Davlat test markazi 



bazasiga saqlanadi va Abituriyentning ro‘yxatdan o‘tganligi haqida ma’lumot chiqadi (10-

rasm):


 

 

10-rasm. Abituriyentning ro‘yxatdan o‘tganligi haqida ma’lumot

 

 



Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling