Abituriyent 2012 Genetika masalalar
Download 0.91 Mb.
|
@uz baza Genetika masalalar
29.01.2012 SCORPION-uzb@rambler.ru ABITURIYENT 2012 Genetika masalalar 1. Tovuqlar pati rangining oq bo'lishi ikki juft allel bo'lmagai va birikmagan genlar bilan ifodalanadi. Birinchn juft allelning dominant geni patning rangli bo'lishini, uniig retsessiv alleli esa oq bo'lishini belgilaydi. Ikkinchi juft dominant gen, patning rangli bo'lishiga to'sqinlik qiladi,uning retsessiv alleli esa rangli bo'lishiga monelik qilmaydi. Oq patli tovuq va xo'roz chatishtirnlganda 1680 jo'ja olingan. Ulardan 315 tasi rangli, qolganlari oq. Rangli jo'jalarning genotipini aniqlang. A) AaBB, AaBb B) aaBB, aaBb C) AAbb, Aabb D) aabb 2. Sichqonlarnnng rangi ikki juft allel bo'lmagan va birikmagan genlar bilan ifodalanadi Birinchi juftning dominant geni - kul rangli, retsessiv geni esa qorarangli bo'lishini; ikkinchi juftning dominant geni rangning hosil bo'lishiga yordam qiladi, uning retsessiv alleli esa rang hosil bo'lishiga to'sqinlik qiladi. Kul rang sichqonlar o'zaro chatishtirilganda 82 kul rang, 35 oq va 27 qora rangli avlodlar paydo bo'lgan. Bularda fenotipik nisbatni aniqlang. A) 12:3:1 B) 9:6:1 C) 13:3 D) 9:3:4 3. Gemofiliya va daltonizm retsessiv belgilar bo'lib, jinsiy X - xromosoma orqali birikkan holda nasldan naslga o'tadi. Ular orasidigi masofa 9,8 morganidaga teng. Otasi gemofilik, onasi daltonik bo'lgan oilada tug'ilgan qiz bilan, ushbu belgilar bo'yicha sog'lom erkak nikohidan tug'ilgan ikki o'g'ilni biri daltonik, qoni normal iviydi, ikkinchisi gemofilik, lekin rangni yaxshi ajratadi. Dastlabki ota-onadan onasining genotipini aniqlang? A) XDHXdh B) XDHXhD C) XDhXdH D) XdHXdh 4. Rang ajrata olmaslik va nomoshomko'rlikni yuzaga chiqaruvchi retsessiv genlar jinsiy X- xromosomada joylashgan bo'lib, ular orasidagi masofa 50 - morganidaga teng. Onasi nomoshomko'r, otasi rang ajrata olmaydigan, o'zini esa ko'rish qobiliyati normal bo'lgan ayol, shu belgilar bo'yicha sog'lom bo'lgan, erkakka turmushga chiqsa, shu oilada ikkala belgi bilan kasallangan bola tug'ilish ehtimoli bormi? A) kasal o’gil tugiladi B) kasal qiz tugiladi C) kasal o’gil va qiz tugiladi D) hammasi sog’ 5. Gipofosfatomik raxit X-xromosomada joylashgan dominant gen ta'sirida yuzaga chiqadi. Gipofosfatomik raxit bilan kasallangan II- qon guruhiga ega bo'lgan ayol bilan, ushbu raxit formasi bo'yicha sog'lom III- qon guruhiga ega erkak nihoxidan I-qon guruhiga ega, sog'lom bo'lgan qiz tug'ildi. Ushbu oilada yana qanday genotipga ega bo'lgan o’g’il tug'ilishi mumkinligini aniqlang. A) XGY IaIa B) XgY IAIB C) XgY IBIb D) XgY I0I0 6. Yanoqlarida chuqurchasi bor bo'lgan, ko'k ko'zli, qoni normal iviydigan ayol, yanoqlarida chuqurchasi yo'q, qo'ngir ko'zli, qoni normal iviydigan erkakka turmushga chiqdi. Ularning oilasida yanoqlarida chuqurchasi bor, ko'k ko'zli, gemofilik o'g'il bola tug'ildi. Ushbu oilada onaning genotipini aniqlang. A) aaBbXHXh B) AabbXHXh C) AaBbXhXh D) aabbXHXH 7. Pomidor o`simligida shoxlarining uzunligi bilan mevasining shaklini ifodalovchi genlar to`liq birikkan holda irsiylanadi. Seleksioner uzun poyali (H) va yumaloq mevali (D) gomozigota pomidor bilan kalta poyali (h) va noksimon mevali (d) pomidorni chatishtirib, F1 da 110 ta, F2 da 1200 ta o`simlik yetishtirgan. a)F2 da uzun poyali va yumaloq mevali o`simlik qancha? b)F1 da necha xil gameta hosil bo`ladi? 1)2xil; 2)4xil; 3)300ta; 4)600ta; 5)900ta; 6)1200ta; 7)3xil A) a-5; b-1 B) a-7; b-3 C) a-2; b-4 D) a-7; b-6 8. Piyoz po`stining qizil rangini B gen, sariq rangini b gen ifodalaydi, ammo ranglar genotipda V gen bo`lsa yuzaga chiqadi. Uning retsessiv v alleli ingibitor vazifasini bajaradi va rangning chiqishiga to`sqinlik qiladi. Po`sti sariq piyoz oq piyoz bilan chatishtirilganda F1 da olingan barcha duragaylar qizil po`stli bo`lgan. F2 da fenotip bo`yicha qanday ajralish namoyon bo`ladi? A) 1 qizil : 2 sariq : 1 oq B) 3 qizil : 3 sariq : 2 oq C) 9 qizil : 3 sariq : 4 oq D) 9 qizil : 6 sariq : 1 oq 9. Odamda kar-soqovlik kasalligining ikki xil turi uchraydi va ular retsessiv, autosomaga birikkan genlar bilan ifodalanadi. Agar ota-onalar kar-soqovlik kasalligining bir turi bilan kasallangan, boshqa turi bo`yicha esa sog` va geterozigotali bo`lsa, ota-ona genotipi qanday bo`ladi? A) AABb x aaBb B) aaBB x Aabb C) aaBb x aaBb D) AaBb x AaBb 10. Piyoz po`stining qizil rangini B gen, sariq rangini b gen ifodalaydi, ammo ranglar genotipda V gen bo`lsa yuzaga chiqadi. Uning retsessiv v alleli ingibitor vazifasini bajaradi va rangning chiqishiga to`sqinlik qiladi. Po`sti qizil piyoz sariq piyoz bilan chatishtirilganda avlodda qizil, sariq va oq piyozlar hosil bo`ladi. Chatishtirilgan ota-onalarning genotipini aniqlang. A) BBVV x bbVV B) BBVv x BBVv C) BbVV x bbVv D) BbVv x bbVv 11. Odamlarda sochning qora rangi malla rang soch ustidan, sepkillilik sepkilsizlik ustidan dominantlik qiladi. Qora sochli sepkilsiz ayol malla sochli, sepkilli yigit bilan turmush qurgan. Ushbu oilada ikki farzand bo`lib, ulardan biri qora sochli, sepkilli va ikkinchisi malla sochli, sepkilli bo`lgan. Ota-onalarning genotipini aniqlang. A) Aabb x aaBB B) AAbb x aaBB C) AABB x aabb D) AAbb x aaBb 12. Odamda kar-soqovlik kasalligining ikki xil turi uchraydi va ular retsessiv, autosomaga birikkan genlar bilan ifodalanadi. Agar ota-onalar kar-soqovlik kasalligining bir turi bilan kasallangan, boshqa turi bo`yicha esa sog` va geterozigotali bo`lsa, kar-soqov bolaning tug`ilish ehtimolini aniqlang. A) 100% B) 75% C) 25% D) 50% 13. Нормал ранг ажратиш гени (доминант) ва дальтонизм гени (рецессив) x хромосомада жойлашган. Дальтоник эркак киши соғлом аёлга уйланганида оилада дальтоник қиз туғилди. Ота-она генотипини аниқланг. A)XDXdх XDY B)XDXDх XdY C)XDXdх XdY D)XdXdх XDY 14. Муҳитнинг таъсири унчалик эътиборга олинмаса, одам бўйининг узунлиги A1A1A2A2A3A3, паст бўлиши a1a1a2a2a3a3 генларига боғлиқ. Одамда барча генлар доминант бўлганда бўй узунлиги 180см, барча генлар рецессив бўлганда бўй узунлиги 150смга тенг. Қуйида берилганлардан бўй узунлиги 175см бўладиган генотипини топинг. A)A1A1A2A2A3A3 B)a1a1A2a2a3a3 C)A1a1A2a2a3a3 D)A1A1A2A2A3a3 15. Муҳитнинг таъсири унчалик эътиборга олинмаса, одам бўйининг узунлиги A1A1A2A2A3A3, паст бўлиши a1a1a2a2a3a3 генларига боғлиқ. Одамда барча генлар доминант бўлганда бўй узунлиги 180см, барча генлар рецессив бўлганда бўй узунлиги 150смга тенг. Қуйида берилган генотипларни: 1)A1A1A2A2A3A3; 2)a1a1a2a2a3a3; 3)A1A1A2A2A3a3; 4)A1a1A2a2A3a3; 5)A1A1A2a2A3a3; 6)A1a1A2a2a3a3 уларга мос келадиган бўй узунлиги: a)160см; b)165см; c)170см; d)175см; e)150см; f)180см билан жуфтлаб кўрсатинг. A)1 - f; 2 - b; 3 - a; 4 - e; 5 - c; 6 – d B)1 - a; 2 - e; 3 - d; 4 - c; 5 - b; 6 - f C)1 - f; 2 - e; 3 - d; 4 - b; 5 - c; 6 – a D)1 - a; 2 - d; 3 - f; 4 - b; 5 - e; 6 - c 16. Kartoshka tugunagida antotsion rang bo`lishi asosiy P va R genlarga bog`liq. Lekin ular o`z ta'sirini dominant D gen bo`lgandagina fenotipda namoyon qiladi. Shunga ko`ra, P-rrD- genotipli kartoshka tugunagi ko`k-binafsha rang, P-R-D- genotipli tugunagi qizil-binafsha rang, ppR-D- genotipli tugunagi pushti rangda bo`ladi. Boshqa holatlarda tugunak oq rangda bo`ladi. Kartoshkaning geterozigota qizil-binafsha tugunakli o`simligi gomozigota oq rangli tugunak hosil qiluvchi pprrdd genotipli o`simlik bilan chatishtirilganda FB da 152 ta o`simlik hosil bo`ldi. Ulardan nechtasi oq tugunakli bo`lgan? A) 8 B) 19 C) 95 D) 152 17. Kartoshka tugunagida antotsion rang bo`lishi asosiy P va R genlarga bog`liq. Lekin ular o`z ta'sirini dominant D gen bo`lgandagina fenotipda namoyon qiladi. Shunga ko`ra, P-rrD- genotipli kartoshka tugunagi ko`k-binafsha rang, P-R-D- genotipli tugunagi qizil-binafsha rang, ppR-D- genotipli tugunagi pushti rangda bo`ladi. Boshqa holatlarda tugunak oq rangda bo`ladi. Kartoshkaning geterozigota qizil-binafsha tugunakli o`simligi gomozigota oq rangli tugunak hosil qiluvchi pprrdd genotipli o`simlik bilan chatishtirilganda FB da 152 ta o`simlik hosil bo`ldi. Ulardan nechtasi pushti rangli bo`ladi? A) 8 B) 19 C) 95 D) 152 18. Sulida poyaning balandligi, kechpisharlik va zang zamburug`iga chidamsizlik poyaning normalligi, ertapisharlik, zang zamburug`iga chidamlilik belgilariga nisbatan retsessivdir. Baland poyali, kechpishar va zang kasalligiga chidamsiz suli navi barcha belgilari bo`yicha gomozigotali bo`yi normal, ertapishar, zang kasalligiga chidamli navi bilan chatishtirilishi natijasida olingan F1 duragaylar necha xil gameta hosil qiladi? A) bir xil B) ikki xil C) to`rt xil D) sakkiz xil 19. Quyidagi genoti plarning chatishtirilishi natijasida nechta avlod olinadi? AaBBCcDd x aaBbccdd A)16 B)32 C)8 D)64 20. No’xat donining sariq rangi (A) yashil rang (a) ustidan, tekisligi (B) burishganligi (b) ustidan, gultojibargining qizil rangi (C) oq rangi (c) ustidan dominanatlikqiladi. Quyidagicha genotipga ega organizmlarning qaysi birini chatishtirsh natijasida 4 ta sariq tekis, qizil va 4 ta yashil, tekis, qizil formalarni olish mumkin? A)AaBbCc x aabbcc B)AABBCc x AaBbCC C)aabbCC x AabbCc D)AaBbCC x aaBBCc 21. Bug`doy donining rangi ikki juft polimer genlar bilan belgilanadi va donning rangi qizil, och qizil, pushti, och pushti va oq bo`lishi mumkin. Quyidagi genotiplarning qaysi biri donning och qizil rangini belgilaydi? 1)A1a1A2a2; 2)a1a1A2a2; 3)A1A1A2a2; 4)A1a1A2A2; 5)A1a1a2a2; 6)A1A1a2a2 A) 1, 6 B) 3, 4 C) 2, 5 D) bunday genotip ko`rsatilmagan 22. Odamda birinchi qon guruhi IOIO, ikkinchi qon guruhi gomozigota holatda IAIA, geterozigota holatda IAIO, uchinchi qon guruhi gomozigota holatda IBIB, geterozigota holatda IBIO, to`rtinchi qon guruhi esa IAIB bilan ifodalanadi. Gomozigota holatdagi II va III qon guruhiga ega bo`lgan yigit va qiz nikohidan qanday qon guruhiga ega bo`lgan farzandlar dunyoga keladi? A) IV B) II, III C) I D) I, II, III, IV 23. Генотипи RpRpBrbrolol x rprpbrbrolol бўлган организмлар чатиштирилганда, қандай генотипли организмлар олинади? A)RprpBrbrOlol, RprpBrbrolol, B)RprpBrBrolol, RpRpbrbrOlol C)RprpbrbrOlol, rprpBrbrolol D) RprpBrbrolol, Rprpbrbrolol 24. Odamlarda sochning qora rangi malla rang soch ustidan, sepkillilik sepkilsizlik ustidan dominantlik qiladi. Qora sochli sepkilli (ikki belgi bo`yicha geterozigotali) yigit malla sochli, sepkilsiz ayol bilan turmush qursa, avlodda genotip bo`yicha qanday ajralish olinadi? A) 1:2:1 B) 1:1:1:1 C) 9:3:3:1 D) 1:4:6:4:1 25. G`o`zada tolasining qo`ng`ir rangi gomozigota holatdagi gen bilan ifodalanadi. Ushbu genning retsessiv alleli oq rangni yuzaga keltiradi. Geterozigota holdagi individlarda tolasi novvot rangda bo`ladi. Qo`ng`ir tolali bilan oq tolali g`o`za navlari chatishtirilganda F2 dagi duragaylar orasidan 580 tasining tolasi novvot rangli bo`lgan. Duragaylardan nechtasi qo`ng`ir rangli tolaga ega? A) 1160 B) 290 C) 1740 D) 580 26. Odamda talassemiya(A) chala dominant holda irsiylanadi. Dominant gomozigotalar erta halok bo`ladi, geterozigotalar yashaydi. O`roqsimon anemiya(b) retsessiv gomozigota holatda o`limga olib keladi, geterozigotalar yashaydi va kasallikning yengil formasi bilan kasallangan bo`ladi. Digeterozigota ota-onalardan tug`ilgan farzandlarning necha foizi halok bo`ladi? A) 43,7 B) 25 C) 50 D) 75 27. Odamda talassemiya(A) chala dominant holda irsiylanadi. Dominant gomozigotalar erta halok bo`ladi, geterozigotalar yashaydi. O`roqsimon anemiya(b) retsessiv gomozigota holatda o`limga olib keladi, geterozigotalar yashaydi va kasallikning yengil formasi bilan kasallangan bo`ladi. Digeterozigota ota-onalardan tug`ilgan farzandlarning necha foizi talassemiyaning yengil formasi bilan kasallangan bo`ladi? A) 25 B) 31,25 C) 50 D) 75 28. Odamda sochning jingalakligi(A) silliqligi(a) ustidan chala dominantlik qiladi, geterozigotalarning sochi to`lqinsimon bo`ladi. Daltonizm(d) esa retsessiv belgi bo`lib, jinsga bog`liq holda irsiylanadi. Digeterozigota qiz to`lqinsimon sochli sog`lom yigitga turmushga chiqqan. Tug`ilgan farzandlarning necha foizi jingalak sochli sog`lom va jingalak sochli daltonik bo`ladi? A) 25 va 6,25 B) 18,75 va 6,25 C) 75 va 25 D) 25 va 50 29. Makkajo`xori so`tasining uzunligi bir juft polimer genlar (A1 va A2) bilan belgilanadi. Dominant gomozigotali formalar so`tasining uzunligi 24sm, retsessiv gomozigotali formalar so`tasining uzunligi 16sm bo`lsa, F2 da 24sm li so`taga ega bo`lgan formalar naslning necha foizini tashkil etadi? A) 6,25 B) 25 C) 37,5 D) 50 30. Мушукларда рангларни ифодаловчи генлар X-хромосомада жойлашган. Қора ранг- доминант, лекин малла ранг устидан тўлиқ доминантлик қилолмайди, натижада гетерозиготаларда оралиқ белги- тошбақа ранг ҳосил бўлади. Тошбақа рангли мушукчаларнинг жинси ва генотипи қандай бўлади? A)эркак; XaY B)урғочи; XАXА ёки XaXa C)фақат эркак; XAYa D)фақат урғочи; XAXa Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling