Abituriyent kutubxonasi 6-sinf adabiyoti savol-javob dunyo bir kundir, u ham bugundir!!! Hayotni natija qiziqtiradi !!!
Download 0.5 Mb. Pdf ko'rish
|
6-adab savol javob
- Bu sahifa navigatsiya:
- TUROB TO‘LA (1918 1990)
QISSA HAQIDA TUSHUNCHA
1. Epik asarlar qaysi jihatiga ko‘ra kichik epik janrlar, o’rta epik janrlar va katta epik janrlarga bo’linadi? J: Hayot hodisalarini badiiy qamrash kolamiga ko‘ra 2. Kichik epik janrlarga qaysilar kiradi? J: Latifa, masal, hikoya, rivoyat, ertak, afsona, ba dia, etud, ocherk, esse 3. 0‘rta epik janrlarga qaysi janrlar kiradi? v J: Qissa, povest 4. Katta epikjanrlar qaysilar? J: Epos, epik doston, roman, epopeya TUROB TO‘LA (1918 1990) 1. Turob To‘laning ilk she’riy to’plami? J: «She’rlar» (1939) 2. Ikkinchi jahon urushi yillarida yaratilgan to‘plamlari qaysi? J: «Shodligim» (1941), «Tabassum» (1944) 3. Turob To’laning she’riy to‘plamlarini yaratilish davri ga ko‘ra to‘g‘ri joylashtiring. 1. «Baxttongotari», «Muborak bod» 2. «Bolalar dostoni», «Qanotlan qo’shiqlarim», «Tan langan asarlar» 3. «Oftobnayzada» 4. «Oromijon», «Guly or» a) 40yillar v) 50yillar s) 60yillar d) 70yillar J: 1a, 2v, 3d, 4s 4. «Hayo bilan», «Sumbula», «Ko‘chalar», «Do‘ppi tikdim», «Sartarosh qo‘shig‘i» kabi qo’shiqlarga aylanib mashhur bo‘lgan sheYlari shoirning qaysi to’plamiga kiritil gan? J: «Qanotlan qo‘shiqlarim» to‘plamiga 5. Turob To‘la qaysi mashhur kinofilmlar ssenariylari ni,ng yaratilishida faol ishtirok etgan? J: «Maftuningman», «Shashmaqom», «Furqat» 6. Pyesalari. J: «Qizbuloq», «Nodirabegim», «Momo yer» 7. Opera librettolari. J: 1. «Zulmatdan ziyo» 2. «Malikayi ayyor» 8. Balet librettosi. J: «Samarqand afsonasi» 9. Turob To‘la Shekspirning qaysi asarini o’zbek tiliga tarjima qilgan? J: «Qiyiq qizning quyilishi» komediyasini 10. Turob To’la kimlarning she’rlarini mahorat bi lan tarjima qilgan? J: Pushkin, Lermontov, Nekrasov, Shevchenko, To’qay asarlarini 11. Bolalar uchun yaratilgan nasriy asari qaysi? J: «Yetti zog‘ora qissasi» (1981) 12. Qaysi asar boshqa nasriy asarlardan bir necha nas riy janrlarda yaratilgan hikoyalarning bir ipga mahorat bilan terilganligi bilan farqlanadi? J: «Yetti zog‘ora qissasi» 13. Qaysi asarda o‘zbekona mehmondo’stlik oqibatida sevimli toyidan ayrilgan bola obrazi mavjud? J: «Yetti zog‘ora qissasi»da 14. «Fayzi dasturxonchi» obrazi qaysi asarda bor? J: «Yetti zog‘ora qissasi»da 15. «Do‘nan» hikoyasidagi soyning nomi? J: Matansoy 16. «Yetti zog‘ora qissasi»da asar voqealari kimning tilidan hikoya qilinadi? J: Baxshilla maxsumning 17. Qaysi asar bobosining qishlog‘iga yo‘l olgan bola ning bobosidan tinglagan hikoya, afsona, rivoyat va ertak larini o‘z ichiga oladi? J: «Yetti zog‘ora qissasi» 18. Chorpolat, Turbat kabi qishloqlarqaysi asarda tilga olinadi? J: «Yetti zog‘ora qissasi»da 19. «0‘ziga to‘q, tinch oilada katta bo‘lgan yolg‘iz o‘g‘//», deb ta’riflangan personaj? J: Toshtemir 20. «Momo yer» nomli asar yozgan adiblarni toping. J: Turob To‘la, Chingiz Aytmatov 21. Turob To’laning zamondosh o‘zbek adabiyoti sao’ati namoyandalariga bag‘ishlangan adabiy portret va xotira kitobi qaysi? J: «Nafosat» (1967) va «Kamalak» (1972) 22. «Do‘nan» hikoyasi qahramoni otini qaysi giyoh bi lan buloq suvida cho‘miltirar edi? J: Jambil bilan 23. «Do‘nan» hikoyasi qahramoni onasining ismi? J: Bashor kelin 24. «Yetti zog‘ora qissasi» asarida Turob To’la qaysi shoirni «Navoiyni mahliyo qilgan donishmandv> deb ta’ri flaydi? J: Atoyini 25. Qaysi buyuk siymo «Sharq adabiyotining vallomat laridan biri, butun Osiyoni aqlidroki bilan tebratgan» deya e’tirof etiladi? J: Xo‘ja Ahmad Yassaviy 26. «Yetti zog‘ora qissasi» asarida qaysi diniy ma’rifat ning ulug‘ namoyandalari chuqur ehtirom bilan tilga olin gan? J: Ismoil ota, Avliyo ota 27. Boshqa otlar singari ariqdan suv ichib ketavermay digan, faqat buloqdan suv ichadigan, xuddi odamlarga o‘xshab yo’lning o‘ng tomonidan yuradigan ot haqida qaysi asarda hikoya qilinadi? J: «Yetti zog‘ora qissasi» asarida Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling