Abituriyentlar uchun
-6 -sinf botanika: “BERUNIY” ATM
Download 1.42 Mb. Pdf ko'rish
|
Botanika5-6
5-6
-sinf botanika: “BERUNIY” ATM D. Sultonov tayyorlov kursi 31
O’tgan kun haqidagi: «Men uni qanday o‘tkazdim, nimalar qildim-u, nimalarga ulgurolmadim?» — degan savollarga javob topilmaguncha ko‘zlaring uyquga ketmasin.
Tinglash va sukut saqlash seni donolikka yetaklaydi. Sukut — donolikning boshlanishi.
Loladoshlar. Piyozdoshlar. Bug’doydoshlar
1. Loladoshlar (L), piyozdoshlar (P) oilasining Yer yuzida, bug’doydoshlar (B) oilasining Yer yuzida (I) va O’zbekistonda (II) nechta turkum va turi uchraydi? A) L=32-400; P=250-750; B=I-910:10000*II-60:271 B) L=32-750; P=250-400; B=I-600:1000*II-91:271 C) L=250-750; P=32-400; B=I-910:1000*II-60:271 D) L=250-400; P=32-750; B=I-600:10000*II-91:271
2. Loladoshlar oilasi vakillari qayerlarda o’sadi? 1) cho’l; 2) dasht; 3) adir; 4) tog’; 5) to’qay; 6) hovuzlar bo’yida. A) 1,3,4 B) 3,4,5 C) 2,3,4,6 D) 2,3,4
3. Loladoshlar (L) va piyozdoshlar (P), bug’doydoshlar (B) oilasining hayotiy shakllari qanday? a) ildizpoyali ko’p yillik o’t; b) tugunakli ko’p yillik o’t; c) bir yillik o’t; d) ikki yillik o’t; e) tropikda daraxt; f) piyozboshli ko’p yillik o’t; g) qisman butasimonlar; h) yarim buta; i) qisman daraxtsimonlar A) L-a,d,e,g; P-b,c,h; B-a,c,d,i B) L-f; P-a,b,f,g; B-a,b,c,d,f,i C) L-a,b,f,g; P-f; B-a,c,d,f,i D) L-a,b,e; P-a,b,d,g; B-a,c,d,i
4. Bosh piyoz (1) va qizil lola (2) qachon gullaydi? A) 1-may-iyun; 2-aprelning oxiri-mayning boshi B) 1-aprel-may; 2-mayning boshi-iyulning boshi C) 1-may-iyul; 2-aprelning boshi-mayning oxiri D) 1-aprel-iyun; 2-aprelning oxiri-iyunning boshi
5. Loladoshlar (L) va piyozdoshlar (P) oilasining to’pguli qanday? a) yoshligida qobiq bilan o’ralgan; b) soyabonsimon; c) asosan sharsimon; d) asosan yarimsharsimon; e) ba’zan sharsimon; f) ba’zan yarimsharsimon; g) ba’zan kam gulli; h) ko’p gulli; s) yetilgach qobiq bilan o’raladi. A) L-a,g; P-a,b,c,f,h,s B) L-to’pgulsiz; P-a,b,d,e,h C) L-a,b,g; P-a,b,c,d,h D) L-to’pgulsiz; P-a,b,c,d,h
6. Loladoshlar (L) va piyozdoshlar (P) oilasining gullari qanday? 1) to’g’ri; 2) qiyshiq; 3) bir jinsli; 4) ikki jinsli; 5) yakka-yakka; 6) to’pgulda o’rnashgan; 7) gulqo’rg’oni oddiy gultojsimon; 8) gulqo’rg’oni gultojsimon; 9) gulqo’rg’oni ba’zan gultojsimon; 10) gulqo’rg’on bargchalari erkin; 11) gulqo’rg’on-bargchalari qo’shilgan; 12) gultojlari qo’shilmagan; 13) gultojbarglari ikki doirada joylashgan; 14) urug’chisi 3 ta; 15) urug’chisi 1 ta; 16) changchilari 6 ta. A) L-1,4,5,6,7,8,10,11,13,15,16; P-1,4,6,7,8,12,13,15,16. B) L-1,4,5,6,7,8,9,11,14,15,16; P-1,4,6,7,10,12,13,15,16 C) L-1,4,6,7,8,9,10,11,13,16; P-1,2,4,5,6,7,8,12,13,15,16 D) L-1,4,5,6,7,8,10,11,13,15,16; P-1,5,6,7,8,12,13,15,16
7. Loladoshlar (L) va bug’doydoshlar (B) oilasining mevasi qanday? A) L-ko’sak, ziravor; B-bir urug’li don B) L-ko’sakcha, rezavor; B-bir urug’li don C) L-ko’sak, rezavor; B-ko’p urug’li don D) ko’sakcha, ziravor; B-bir urug’li don
8. Bug’doydoshlarning poyasi qanday tuzilgan? 1) silindrsimon; 2) yassi; 3) ilashib o’sadi; 4) tik; 5) bo’g’imlarga bo’linmagan; 6) 100-150 (200) sm; 7) 150-200 sm; 8) poxol; 9) somon; 10) xashak. A) 1,4,6,7,8,9 B) 1,3,4,5,6,8,9 C) 1,2,3,4,5,6,7,8,9,10 D) 1,4,5,6,8,9
9. Qizil lola qayerlarda ochiladi? A) adir va tog’larning yuqori qismidagi yonbag’irda B) adir va tog’larning quyi qismidagi yonbag’irda C) adir va tog’larning o’rta qismidagi yonbag’irda D) adir va tog’larning o’rta va quyi yonbag’irlarida
10. Bosh piyozning gulqo’rg’oni qanday shaklda? A) nursimon B) soyabonsimon C) yulduzsimon D) yuraksimon
11. O’zbekistonda lolalarning nechta turi bor va nechta turi O’zbekiston “Qizil kitobi” ga kiritilgan? A) 23/23 B) 25/23 C) 30/30 D) 30/23
12. Boychechaklar qachon unib chiqadi? A) martning o’rtasi B) martning boshi C) martning oxiri D) aprelning boshi
13. Boychechakka xos xususiyatlarni belgilang. a) 10-15 sm; b) 5-15 sm; c) martning o’rtalarida unib chiqadi; d) poyasi ingichka; e) poyasi kalta; f) bargi kalta va ingichka; g) bargi ingichka; h) guli sariq; k) guli och sariq; s) guli va mevasi lolanikiga o’xshaydi; v) guli va mevasi lolanikidan farq qiladi A) a,c,d,g,h,k,s B) b,c,d,f,h,k,v C) b,d,f,h,k,v D) a,d,g,h,k,s
14. Bug’doydoshlarning gullari qanday tuzilgan? 1) mayda; 2) ba’zan yirik; 3) rangsiz; 4) ba’zan ko’kimtir; 5) ko’kimtir; 6) pastki qismi ko’kimtir, yuqorisi rangsiz; 7) boshoqchalarda joylashgan; 8) boshoqlarda joylashgan; 9) shamol yordamida changlanadi; 10) hasharotlar yordamida changlanadi; 11) sun’iy changlantiriladi. A) 1,2,3,5,8,9 B) 1,3,6,7,10,11 C) 1,2,3,4,8,9,11 D) 1,3,5,7,9,11
15. Loladoshlarning yovvoyi holda o’sadigan turkumlari qaysilar? A) olg’i, jumagul B) olga, xolmon C) olg’i, xrizantema D) oloyi, xolmon
16. Javdar qayerlarda o’sadi? A) adirning yuqori va tog’ning o’rta qismida joylashgan yalangliklarda B) adirning o’rta va tog’ning yuqori qismida joylashgan yalangliklarda C) adirning o’rta va tog’ning pastki qismida joylashgan yalangliklarda D) adirning yuqori va tog’ va yaylovlarning o’rta qismida joylashgan yalangliklarda
17. Bir urug’pallali o’simliklar sinfiga Yer yuzida nechta turkum-tur (a), O’zbekistonda nechta tur (b) kiradi? A) a-68-5700; b-700 B) a-68-57000; b-680 C) a-t.j.y.; b-700 D) a-67-58000; b-750
18. Bug’doyning boshoqcha o’qidan (1) va gul banddan chiqqan (2) gul qipig’ini bir-biridan farqini aniqlang? a) etli; b) kattaroq; c) ostki; d) kichikroq; e) nozik va mayin; f) ustki. A) 1-a,d,f; 2-b,c,e B) 1-b,c,e; 2-a,d,f C) 1-a,b,c; 2-d,e,f D) 1-d,e,f; 2-a,b,c
|
ma'muriyatiga murojaat qiling