Abituriyentlar uchun
-6 -sinf botanika: “BERUNIY” ATM
Download 1.42 Mb. Pdf ko'rish
|
Botanika5-6
5-6
-sinf botanika: “BERUNIY” ATM D. Sultonov tayyorlov kursi 55
BOTANIKA FANINING RIVOJLANISH TARIXI Abu Rayxon Beruniy. (973-1048) Tabobatga bag’ishlangan “Kitob as-Saydana fit-tibb” nomli asarida diyorimizda ya’ni Turkistonda o’sadigan juda ko’p dorivor o’simliklar haqida ma’lumot bergan. Abu Ali ibn Sino. (980-1037) “Kitob al-qonun fit-tibb” (Tib qonunlari) va “Kitob ush-shifo” nomli asarlarni yozgan. O’rta Osiyoda va Turkistonda o’sadigan ko’pgina dorivor o’simliklarni aniq tasvirlab, ularning shifobaxshlik xusususiyatlarini to’liq ko’rsatgan. Mahmud Koshg’ariy. (XI asrda yashagan). “Devonu lug’otit turk” nomli kitobida qadimgi Turkiston hududida uchrovchi 200 ga yaqin o’simlik turlari haqida qimmatli ma’lumotlar berilgan. Robert Guk – ingliz fizigi. 1665-yilda hujayrani kashf etgan. Robert Broun – ingliz olimi. 1831-yilda mag’iz hujayraning tarkibiy qismi ekanligini aniqladi. Malpigi va Gryu XVII asrda o’simlik to’qimasi haqidagi dastlabki ma’lumotlarni o’z asarlarida bayon etgan. N.Gryu – ingliz tabiatshunosi. 1682-yilda to’qima tushunchasini fanga olib kirgan. A.Timiryazev. O’simliklarda fotosintez jarayonini o’rgangan rus olimi. “Quyosh, hayot va xlorofill” nomli kitobida fotosintezni asoslab bergan. B.F.Fedchenko va onasi O.A.Fedchenko. 1906-1916-yillarda 6 qismli “Turkiston florasining ro’yxati” nomli kitob chop etgan. Unda Turkiston hududida 4111 tur o’simlik borligi ko’rsatilgan. “O’zbekiston markaziy gerbariysi”da bir mln.dan ortiq nusxadagi 10000 dan ortiq tur o’simlik saqlanadi. Gerbariyda saqlanayotgan o'simlik nusxalarini o'rganish va dalada olib borilgan kuzatishlar asosida, 1941-1962-yillarda O'zbekiston Fanlar akademiyasining Botanika instituti 6 jildlik “O'zbekiston florasi” nomli yirik ilmiy asarni nashr ettirdi. A.I. Vvedenskiy (1898—1971) rahbarligida yaratilgan bu asar O'zbekiston hududida o'sayotgan 138 oilaga oid 4230 o'simlik turi haqida to'liq ma'lumot beradi. 1963-1993-yillarda O'zbekiston sistematiklari tomonidan 10 jildlik “O'rta Osiyo o'simliklari aniqlagichi” yaratildi. Mazkur asar O'rta Osiyo hududida tabiiy holda o'sadigan 125 oila, 1151 turkumga mansub 8094 tumi o'z ichiga oladi. “O'zbekistonda o'simliklar qoplami” nomli monografiya. 5 jildlik asar. Vatanimizdagi o'simliklar dunyosini (qoplamini) aks ettiradi. “O'zbekiston paleobotanikasi”. 3 jildli asar. O'rta Osiyo, shu jumladan O'zbekistonda qadimgi geologik davrlarda o'sib, so'ng toshga aylangan o'simliklarning yog'ochi (tana, poya), meva, urug' va changlari asosida yozilgan. “O'zbekiston zamburug'lari florasi”. 8 tomli monografiya. Botanika institute zamburug’shunos (mikolog) lari tomonidan yozilgan. “Cho'l o'simliklari ekologiyasi”. 2 jildli. Cho’l o’simliklarini o’rganishdagi dastlabki tadqiqotlar natijasida yozilgan. “O'zbekiston dendrologiyasi”. Ko’p tomli asar. Dendrologiya – daraxtlarni o’rganuvchi fan. O’zbekiston Respublikasining “Qizil kitob” ining 2009-yil nashriga 324 tur kiritilgan. O’zbek, rus va ingliz tillarida chop etilgan. 1818-yili Sumatra orolidan doktor Jozef Arnold va Tomas Stafford Rafflez dunyodagi eng yirik gul – Raffleziya Arnoldi ni topishgan. 5-6 -sinf botanika: “BERUNIY” ATM D. Sultonov tayyorlov kursi 56
Download 1.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling