Abonent kirish tarmoqlari
Download 27.5 Kb.
|
1 2
Bog'liqAbonent kirish tarmoqlari
Abonent kirish tarmoqlari 1 PON (Passive Optical Network – passiv optik tarmoq) 2 xDSL 3 Kabelli internet 4 Tayanch iboralar. Application layer, presentation layer, session layer, transport layer, Network layer, physical layer, Application Program Interface, API, FTP, Protocol Data Unit, PDU, MAC, Ethernet, Token Ring, Frame Relay, FDDI, ATM. Abonent kirish tarmoqlariTelekommunikatsiya tarmoqlarini ikki darajali tarmoq sifatida ta’riflash mumkin: transport va kommutatsiyalanuvchi tarmoqlar. Ham transport, ham kommutatsiyalanuvchi tarmoqlarni iyerarxik sathlar bo‘yicha ajratish mumkin. Elektr aloqa tarmoqlarida iyerarxiyaning to‘rtta sathi ajratiladi (rasmda keltirilgan). Modelning birinchi elementi – foydalanuvchi binosidagi tarmoq (Customer Premises Equipment – CPE). Ikkinchi element – abonent kirish tarmog‘i (Access Network), u tranzit (transport) tarmoqqa chiqishni ta’minlaydi. Bu tarmoq ikkita sathga ajraladi – mahalliy (Local) va shaharlararo (Long-distanse). Telefon tarmog‘i rivojlanishining asosiy bosqichlari.Texnologik jihatlar. Keyingi yillarda abonent kirish tarmoqlarida qo‘llaniladigan texnologiyalar sezilarli darajada o‘zgarayotganligi shubhasiz namoyon bo‘lmoqda. Abonent kirish tarmoqlarini modernizatsiyalashning texnologik jihatlarini ikkita nuqtayi nazardan qarash maqsadga muvofiqdir. Birinchidan, «kanallar kommutatsiyasi» usuliga yoki umuman olganda, axborotni taqsimlash invariant usullariga yo‘naltirilgan yangi texnologiyalarni tahlil qilish kerak. Ikkinchidan, qo‘llanilishini NGN konsepsiyasi aniqlaydigan texnologiyalarga e’tibor qaratish zarurdir. Pastdagi rasmda abonent kirish tarmoqlarida qo‘llaniladigan texnologiyalarning klassifikatsiyasi keltirilgan. Elektr aloqaning uchta elementi – kommutatsiya, signallarni uzatish va tarqalish muhiti uskunalari ko‘rilgan. Rasmning chap qismida XX asr oxirlarida asosiy bo‘lgan, rasmning o‘ng qismida XXI asr boshlarida qo‘llanayotgan texnologiyalar keltirilgan. Kommutatsiya tizimlari uchun asosiy texnologik o‘zgarishlar axborotlarni taqsimlash paketlar usullariga tegishlidir. Avvallari paketlar kommutatsiyasi deyilganda XEAIning X.25 tavsiyalarida aniqlangan axborotlarni almashinish tushunilar edi. Hozirda «paketlar kommutatsiyasi» termini IP va ATM texnologiyalarida, shuningdek, kadrlarni retranslatsiyalash uchun – Frame Relay (FR) texnologiyalarida ishlatiladi. Raqamli uzatish tizimlariga qo‘shimcha sifatida, AKTni rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan yangi uskunalarni alohida ko‘rsatish lozim. Abonent kirish tarmoqlarida qo‘llaniladigan texnologiyalarning klassifikatsiyasi. PON (Passive Optical Network – passiv optik tarmoq)PON – passiv optik tarmoqlar asosidagi yechimdan foydalanilganda FTTH tarmog‘ini qurish uchun optik passiv splitterlar va tarmoqlagichlardan foydalaniladi, ularning bo‘linish koeffitsiyenti 1:2 dan 1:128 gacha bo‘ladi. PON optik tarmog‘ida aloqa provayderi tomonida OLT (Optical Line Terminal) qo‘llaniladi, shuningdek, abonent qurilmasi sifatida ONT (Optical Network Terminal) dan foydalaniladi. PON optik tarmog‘ida aloqa provayderi tomonida OLT (Optical Line Terminal) qo‘llaniladi, shuningdek, abonent qurilmasi sifatida ONT (Optical Network Terminal) dan foydalaniladi. ONT kommutatsiyalash va muvofiqlashtirishni o‘ziga jamlagan murakkab qurilma hisoblanadi. Keng polosali ulanishni taqdim etish va xizmatlarni ta’minlashdan tashqari, ONT qurilmasi quyidagi qo‘shimcha funksiyalarni ta’minlaydi: • PON ga kirishni boshqarish protokoli; • paketli rejimdagi lazerlar (burst-modelasers); • yuqori darajadagi signal quvvati; • shifrlash; • yuqori samaradorlik. xDSL XDSL (1 Mbit/s), WiFi (50 Mbit/s), WiMax (50–75 Mbit/s), HFS (o‘tkazuvchan qobiliyati cheklangan) texnologiyalardagi kamchilikni OTAL yotqizish bilan erishish mumkin. Demak, tarmoq yangi takliflar bilan ishlash qobiliyatini yaratish va uzatish tezligini oshirish uchun OTAL yotqizish kerak ekan. Bu yechim eski kabellarni yangilash va yangi kirish tarmoqlarini qurish uchun qulaydir. xDSL texnologiyasidan foydalangan holda aloqani tashkil qilishning strukturali sxemasi.x.DSL (Digital Subscriber Line – raqamli abonent liniyasi) – mis simkabellar hayotini cho‘zib, raqamli abonent liniyasini hosil qilib, o‘tkazish yo‘lagini kengaytiruvchi va keng polosali kirishni tashkil qiluvchi texnologiyalar yig‘indisidir. xDSL texnologiyalarining turlari. xDSL texnologiyasidan foydalangan holda aloqani tashkil qilishning strukturali sxemasi. 3G/4G 3G inglizcha: third generation — uchunchi avlod degan maʼnoni anglatadi. Mobil aloqa texnologiyasi. [1] 2G va 3G texnologiyalari orasida ovozli aloqa sifatida farq yo‘q. Biroq, uchinchi avlod tarmoqlarining kengaytirilishi natijasida uyali aloqa operatorlari avval mavjud bo‘lmagan qator xizmatlar, jumladan videoqo‘ng‘iroq va mobil TV xizmatlarini taqdim etish imkoniga ega bo‘ldi. Axborot uzatish tezligi — 384 kbit/sek.Dunyoda eng keng tarqalgan ikki standartlarga ega: UMTS (yoki W-CDMA) bir xil texnologiya asoslangan va CDMA2000 (IMT-MC), — CDMA (Code Division Multiple Access — kodi boʻlimi bir necha erkin foydalanish kanallari). Bu standart CDMA450 foydalanish ham mumkin.Dunyoda eng keng tarqalgan va ulanish imkoniyati mavjud aloqa standartlari ro'yxatida birinchi o'rinda GSM standarti turadi.Ushbu standart o'z ichiga quyigadi to'rt chastotalar diapazonini oladi: 900/1800MHz va 850/1900 MHz. Shulardan faqat ikkigina O'zbekistonda barcha operatorlar tomonidan qo'llaniladi va ular quyidagilardir Download 27.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling