Absolyut xato-aniqlanayotgan moddaning xaqiqiy qiymati bilan analizda olingan natijaning farqi


Download 15.5 Kb.
Sana14.11.2021
Hajmi15.5 Kb.
#174513
Bog'liq
Atamalar


Absolyut xato-aniqlanayotgan moddaning xaqiqiy qiymati bilan       analizda olingan natijaning farqi.

Vodorod xato-kislota-asosli titrlashda oxirgi nuqtadaindikatorning rangi o’zgarganda ortib qolan kuchli kislotaning miqdori.

Gidroksil xato- kislota-asosli titrlashda oxirgi nuqtada indikatorning rangi o’zgarganda ortib qolan ishqorning miqdori.

Asos xatosi (MeOH)- titrlashda ekvivalent nuqtada ortib qolgan asosning miqdori.

a-koeffitsient-yonaki reaksiya koeffitsienti (yonaki reaksiyalarning EK ga ta’sirini hisobga oluvchi koeffitsient).

Amorf cho’kma-aniq shaklga ega bo’lmagan moddaning agregat xolati

Oriyentatsiya tezligi-cho’kmaga tushgan zarrachalarning tartib bilan joylashish tezligi.

Agregatlanish tezligi-modda cho’ktirilayotganda zarrachalarning betartib xolda cho’kmaga tushish tezligi.

Tortish shakli-cho’kmani tarozida tortiladigan shakli

Kristall cho’kma-aniq shaklga ega bo’lgan moddaning agregat xolati

Izomorfizm-kimyoviy formulasi o’xshash bo’lib, bir xil geometrik shaklda kristallanuvchi va radiuslari bir-biriga yaqin bo’lgan ionlarda birining o’rnini ikkinchisi egallab olishi.

Yarim element-berilgan moddaning oksidlangan va qaytarilgan        shakllari sistemasi.

Elektr yurituvchi kuch (E.Yu.K.)-berilgan qaytaruvchi elektronlarining berilgan oksidlovchiga o’ta olish qobiliyati.

Neytral xelatlar-tashqi sferasi bo’lmagan kompleks birikmalar.

Monodentantlar-markaziy atom bilan bitta bog’ hosil qiladigan ligandlar.

Ekspress analiz-tez bajarilishi kerak bo’lgan  analiz

Formal potentsial-reaksiyalarda ishtirok etgan barcha zarralar konsentratsiyasi 1 molь/l bo’lgan sistemani xarakterlaydi.

Amfiprotlar-proton oluvchi va beruvchi zarralar (protolitik nazariya bo’yicha).

Atom Emissiya Spektroskopiya usuli - Atomlarni qo‘zg‘atish yuqori haroratda boradigan emissiya optik usulidir.

Alanga fotometriyasi usuli - Alangada atomlar chiqarayotgan yorug‘lik intensivligini o‘lchashga asoslangan usul.



Spektrlarni "o‘qish" usuli - spektr chiziqlarining to‘lqin uzunligini o‘lchash va ularni qaysi elementga tegishli eknligini aniqlash usuli.

Spektrograf - spektrlarni suratga olish va ularni tadqiq qiluvchi qurilma.
Download 15.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling