Absorbsiya


Download 20.78 Kb.
bet1/2
Sana17.06.2023
Hajmi20.78 Kb.
#1549233
  1   2
Bog'liq
ERKIN


ABSORBSIYA
Absorbsiya. Gaz yoki bug‘ aralashmasi tarkibidagi bir yoki bir necha komponentning suyuq yutuvchi moddada tanlab yutilish jarayoni absorbsiya deb ataladi. Yutuvchi suyuqlik absorbent (yoki sorbent) deyiladi. Teskari jarayon, ya’ni yutilgan komponentlarning suyuq fazadan ajrab chiqilishi desorbsiya deb ataladi. Absorbsiya jarayoni texnologik gazlarni ajratish va sanoatdan chiqarib yuboriladigan gazlarni tozalashda keng qo‘llaniladi.
Adsorbsiya. Gaz, bug‘ yoki suyuqlik aralashmalaridan bir yoki bir necha komponentlarning g‘ovaksimon qattiq moddaga tanlab yutilish jarayoni adsorbsiya deyiladi. Faol yuzaga ega bo‘lgan qattiq materiallar adsorbent deb ataladi. Teskari jarayon, ya’ni desorbsiya adsorbsiyadan keyin olib boriladi va ko‘pincha yutilgan komponentni adsorbentdan ajratib olish uchun (yoki adsorbentni regeneratsiya qilish uchun) qo‘llaniladi. Bunday jarayon aralashma tarkibida oz miqdorda bo‘lgan moddalarni ajratib olish maqsadida ishlatiladi.
Suyuqliklarni ekstraksiyalash. Biror suyuqlikda erigan moddani tanlab ta’sir qiluvchi boshqa suyuqlik yordamida ajratib olish jarayoni ekstraksiyalash deb ataladi. Bunday jarayonda bir yoki bir necha komponent bir suyuq fazadan ikkinchi suyuq fazaga o‘tadi. Ekstraksiya jarayonini amalga oshirish erituvchini to‘g‘ri tanlashga bog‘liq. Erituvchi suyuq aralashma bilan aralashib ketmasligi kerak yoki bo‘lmasa qisman aralashib ketadigan bo‘lishligi mumkin. Erituvchining zichligi ekstraksiyalanishi lozim bo‘lgan suyuqlik zichligidan kam bo‘lishi shart. Ekstraksiya usuli suyuq aralashma tarkibida nisbatan kam miqdorda erigan komponentlarni ajratib olish uchun ishlatiladi. bosim ostida olib boriladi.


DESORBSIYA
Absorberdan chiqib ketayotgan suyuq yutuvchi tarkibidagi erigan gazlarni ajratib olish jarayoni desorbsiya deb ataladi. Desorbsiyaning asosiy maqsadi ishlatilgan absorbentni regeneratsiya qilish hamda yutilgan gazni haydash yoki rektifikatsiya usuli bilan ajratib olishdan iboratdir. Sanoatda desorbsiyaning turli usullari qo‘llaniladi. Aralashmaning tabiatiga ko‘ra desorbsiyaning u yoki boshqa usuli tanlab olinadi. Suyuqlikda yutilgan komponent quyidagi usullarda desorbsiya qilinadi: 1) inert gaz yoki suv bug‘i yordamida ajratib olinadi; 2) absorbentga issiqlik berish bilan ajratib olinadi; 3) absorbsiya jarayonidan keyin absorbentning bosimini kamaytirish natijasida ajratib olinadi.

Download 20.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling