Abu abdulloh


Download 5.13 Kb.

bet14/55
Sana25.04.2018
Hajmi5.13 Kb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   55

www.ziyouz.com kutubxonasi 
89
uning rasuli biluvchiroq!» — dedik. Shunda Rasululloh sukut qildilar, biz hozirgi oyning 
nomini biror boshqa nom birlan ataydilarmikin, deb o‘yladik. «Zulhijja ermasmi?» — 
dedilar. Biz: «Ha»,— dedik. «Bu qaysi shahar?» — deb so‘radilar. Biz: «Olloh va uning 
rasuli biluvchiroqdur!»—dedik. «Bu muqaddas shahar ermasmi?»—dedilar. Biz: «Ha, 
shundoq!» — dedik. «Bugun qanday kun?» — dedilar. Biz: «Olloh va uning rasuli 
biluvchiroqdur!» — dedik. Ul zot biroz sukut qildilar, biz bu kunning biror boshqa nomini 
ayqalar kerak, deb xayol qildik. «Nahr kuni ermasmi?» — dedilar. Biz: «Ha, shundoq!» 
— dedik. Shundan so‘ng, ul zot: «Mana shul muqaddas oydagi kuningiz va mana shul 
muqaddas shahringiz haqqi-hurmati, bir-biringizning qoningizni to‘kmoq, mol-
mulkingizni talamoq, or-nomusingizni poymol etmoq sizlar uchun haromdur! Bir kuni 
Olloh taologa ro‘baro‘ bo‘lgaysizlar, o‘shanda qilgan amallaringiz haqida so‘ragaydur, 
mendan keyin bir-biringizning bo‘g‘zingizga tig‘ uradirgan gumroh bo‘lib ketmangizlar, 
bu yerda hozir bo‘lganlar, bo‘lmaganlarga gaplarimni yetkazinglar, chunkim o‘zi eshitgan 
kishidan ko‘ra, birovdan eshitgan kishi yodida saqlovchanroq bo‘lgay!»— dedilar». 
 
Toriq ibn Shihob rivoyatp qiladilar: «Yahudiylardan biri Hazrat Umarga: «Agar o‘sha oyat 
bizga nozil bo‘lganida erdi, biz o‘sha kunni bayram qilib olar erdik!»—dedi. Hazrat Umar: 
«Qaysi oyat?»—dedilar. «Bugun men sizlarga diningizni mukammal qilib berdim, 
ne’matlarimni bisyor qildim va islomning sizlar uchun din bo‘lmog‘ini iroda qildim» degan 
oyatdir»,— dedi. yahudiy. Hazrat Umar: «Bu oyatning qaysi joyda nozil bo‘lganini aniq 
bilmayman, lekin u nozil bo‘lganda Janob Rasululloh Arafotda turgan erdilar»,— 
dedilar». 
 
Oisha raziyallohu anho bunday deydilar: «Biz Janob Rasululloh birlan birga yo‘lga 
chiqdik, ba’zimiz umraga va ba’zimiz hajga va yana ba’zimiz birvarakayiga ham umra
ham hajga talbiya aytgan erdik. Janob Rasululloh hajga talbiya aytgan erdilar. Lekin, 
hajga yoki birvarakayiga ham umra, ham hajga talbiya aytganlar Nahr kuniga qadar 
ehromlarini yechmadilar». 
 
Omir ibn Sa’d otalari haqida naql qiladilar: «Janob Rasululloh Hajjat ul-Vido’ paytida 
meni ko‘rgani kirdilar, men xastalanib, o‘lim to‘shagida yotgan erdim. Shunda ul zotga: 
«Yo Rasulalloh, o‘zingiz ko‘rib turganingizdek, og‘ir yotib qoldim, men ersam badavlat 
kishiman, birgina qizimdan bo‘lak merosxo‘rim yo‘q, molimning uchdan ikkisini sadaqa 
qilayinmi?» — dedim. Janob Rasululloh: «Yo‘q»,— dedilar. Men: «Yarmini sadaqa 
qilayinmi?» — dedim. Janob Rasululloh: «Yo‘q»,— dedilar. Men: «Unday ersa uchdan 
birini sadaqa qilaveray»,— dedim. Janob Rasululloh: «Uchdan bir... uchdan bir ham 
ko‘plik qiladi, merosxo‘ringni tilamchi qilib qoldirganingdan ko‘ra boyroq qilib 
qoldirganing ma’qulroqdur. Olloh taoloning rizoligi uchun qilgan har bir sadaqang uchun 
ajru savob olgaysan, hattoki xotiningning og‘ziga solib qo‘ygan bir luqma taoming uchun 
ham!» — dedilar. Men: «Yo Rasulalloh, o‘rtoqlarimdan keyin qolarmikanman?» — dedim. 
Janob Rasululloh: «Urtoqlaringdan keyin qolib Olloh taoloning roziligi uchun amali 
solihlar qilolmasang kerak, ehtimol qolarsan va sening xayrli amallaringdan 
musulmonlar naf ko‘rib, kofirlar zarar topar?! Yo Olloh, sahobalarimning hijratlarini 
bexatar qilib, ortlariga qaytarmagaysan!»— dedilar. Ammo, afsuski, Sa’d ibn Xavla 
Makkada vafot etib qolib, Janob Rasululloh unga ko‘p achindilar». 
 
Ibn Umar raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi vasallam Hajjat ul-Vido’da 
sochlarini oldirdilar»,— deb aytgan erkanlar. 
 

Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
90
Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 
Hajjat ul-Vido’da sochlarini oldirdilar, sahobalaridan ayrimlari ersa sochlarini 
qisqartirishdi. Abdulloh ibn Abbos raziyallohu anhuning aytishicha, u eshakka minib 
kelayotganida Janob Rlsululloh odamlar birlan birga Minoda namoz o‘qib turgan 
erkanlar, eshak namozxonlar safini oralab o‘tib ketibdi. So‘ng, Abdulloh eshakdan tushib 
namozxonlar safiga borib turibdi». 
 
68-bob. Tabuk, ya’ni Al-Usra g‘azoti haqida 
 
Abu Muso raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Urtoqlarim meni Janob Rasulullohdan ulov 
so‘ramoqqa yuborishdi, ul zo t Al-Usra qo‘shini, ya’ni Tabuk g‘azoti haqida tashvishlanib 
o‘ltirgan erkanlar. Men: «Yo Rasulalloh! Urtoqlarim meni ulov so‘rab kelgil, deb 
xuzuringizga yuborishdi»,— dedim. Ul zot: «Olloh taolo haqi, birorta ham ulov bera 
olmayman!» — dedilar g‘azablanib, lekin nega g‘azablanganlarini bilolmadim. So‘ng, 
Janob Rasulullohning rad etganlaridan xafa bo‘lib hamda «Ul zot mendan biror narsa 
xususida xafa bo‘lganmikanlar?» deb xavotir olib ortimga qaytdim-da, bo‘lgan voqeani 
ularga so‘zlab berdim. Hech qancha vaqt o‘tgan yo‘q erdi, Bilolning: «Ey Abdulloh ibn 
Qays!»—deb chaqirganini eshitib qoldim. Men unga: «Ha»,— dedim. U: «Janob 
Rasululloh seni chorlayotirlar»,—dedi. Janob Rasulullohning huzurlariga borib erdim, 
menga: «Manavi tuyalarni o‘rtoqlaringga olib bor-da, «Bularni Olloh taolo (yoki 
Rasululloh) minib ketishingiz uchun sizlarga berdi» deb aytgil, so‘ng minib 
ketaveringizlar!»— dedilar. Tuyalarning soni oltita bo‘lib, ularni hozirgina Sa’ddan sotib 
olgan erdilar. Men tuyalarni o‘rtoqlarimning oldiga olib bordim-da, ularga: «Bularni 
Janob Rasululloh minib ketishingiz uchun sizlarga berdilar, lekin men, xudo haqi, 
birortangizni Janob Rasulullohning haqiqatan ham menga shunday deganlarini eshitgan 
odamning oldiga olib bormoqchiman, tag‘in ul zot aytmagan gapni bizlarga aytdi, deb 
o‘ylamangizlar!»—dedim. Ular: «Biz seni haqgo‘y, deb bi-lurmiz, ammo, mayli, sen 
aytganingcha bo‘la qolsin!»— deyishdi». Abu Muso bir necha o‘rtoqlarini Janob 
Rasulullohning avval «Ulov yo‘q» deb, so‘ng ulov berganlarining shohidi bo‘lgan kishilar 
qoshiga olib bordi, ular Abu Muso o‘z o‘rtoqlariga aytgan gaplarni aynan takrorlashdi. 
 
Mus’ab ibn Sa’d otalaridan naql qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Tabuk 
g‘azotiga ketayotib Hazrat Alini o‘rinbosar qilib qoldirmoqchi bo‘ldilar. Shunda Hazrat Ali: 
«Meni bolalaru xotinlarga bosh qilib qoldirmoqchimisiz?» — dedilar. Janob Rasululloh: 
«Muso alayhissalom (o‘z birodarlari) Horunni (Fir’avn huzuriga ishonchli) vakil qilib 
yuborganlari kabi, sen ham bu yerda mening ishonchli kishim bo‘lib qolmog‘ingga rozi 
ermasmisan? Bu yerda ishonchli vakilim bo‘libgina qolmog‘ing mumkin, chunki mendan 
keyin payg‘ambar bo‘lmagay!»—dedilar». 
 
Safvon ibn Ya’lo otalaridan nakl qiladilarki, u kishi: «Men Janob Rasululloh birlan birga 
Al-Usra g‘azotida ishtirok qildim»,— debdilar. Ato aytadilarki, Ya’lo: «Ushal g‘azot 
mening eng umidbaxsh amallarimdandur!» — der erkanlar. Ato Safvonga aytgan 
erkanlarki, Ya’lo: «Mening bir yollanma xizmatkorim bo‘lar erdi, u bir kishi birlan urishib 
qolib, biri ikkinchisining qo‘lini tishlab olgan erdi»,— der erkanlar. Ato: «Menga Safvon 
kim kimning qo‘lini tishlab olganini aytgan erdi, men esimdan chiqaribman»,— deydilar. 
Safvon bunday deydilar: «Qo‘li tishlangan kishi tishlab olgan kishining og‘zidan,qo‘lini 
tortib olganda uning kurak tishi tushib ketdi, shunda ikkalasi Janob Rasulullohning 
huzurlariga borishdi, tishi tushib ketgan kishining og‘zidan qon oqib turardi. Janob 
Rasululloh unga: «Ayg‘ir kabi chaynagin, deb qo‘lini og‘zingga tiqibdimi?!» — dedilar». 

Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
91
69-bob. Ka’b ibn Molik hadisi va Olloh taoloning «(G’azotdan) qolib ketgan uch 
kishi (Ka’b ibn Molik, Murora ibn ar-Rabi’ va Hilol ibn Umayya)ga ham...» 
degan qavli haqida 
 
Ka’b ibn Molik bunday deydilar: «Men Tabuk va Badr gazotidan tashqari, Janob 
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ishtirok qilgan gazotlarning birortasiga bormay 
qolmaganman. Ushanda Badr gazotiga bormagani uchun biror kishiga dashnom 
bermagan erdilar, chunki Janob Rasululloh Quraysh karvonini qo‘lga tushirmoq bo‘lib 
chiqqan erdilar, Olloh taolo ersa ularni kutilmaganda dushmanga ro‘baro‘ qilib qo‘ygan 
erdi. Men, Laylat ul-Aqaba kechasi islomga sadoqat bildirib ahdu paymon qilganimizda, 
Janob Rasululloh birlan birga bo‘lganman va men bu fazlni Badrda ishtirok etishdan ko‘ra 
afzalroq deb bilurman, garchi Badrni odamlar ko‘proq tilga olsalar-da! 
 
Tabuk g‘azoti xususiga kelsak, oziq-ovqatim, ulovim hamda quvvatim ham yetarli bo‘lib, 
undan qolmog‘imga hech bir uzrli sababim yo‘q erdi. Ilgarilari hech qachon mening 
qo‘limda bir vaqtning o‘zida ikkita tuya bo‘lgan ermas, g‘azot vaqtida ersa doimo ikkita 
tuyam jihozi birlan tayyor turar erdi. Janob Rasululloh, odatda, bundan ilgarigi 
g‘azotlarda ko‘p narsalarni sir tutar erdilar, bu gal ersa havoning issiqligi, yo‘lning 
uzoqligi va dushmanning behisob erkanligini musulmonlarga ochiq aytib, yaxshiroq 
tayyorgarlik ko‘rmoqni amr qilgan erdilar. Janob Rasululloh birlan birga yo‘lga 
chiqqanlarning soni ham ko‘p erdi, ularning sonini hatto hisobchilar ham bilmas erdi 
(taxminan, yetmish ming). Odamning ko‘pligidan, agar ulardan birortasi g‘azotdan o‘zini 
olib qochishni xohlasa, «Olloh taolo vahiy birlan rasuliga xabar qilsagina mening 
qochganimni bilishlari mumkin» deb o‘ylar erdi. Janob Rasulullohning mazkur g‘azotga 
chiqqan paytlari mevalar g‘arq pishgan va daraxtlar soyasi rohatijon bo‘lgan bir payt 
erdi. 
 
Janob Rasululloh musulmonlarga safar taraddudini ko‘rmoqlikni amr qildilar, men ham 
ertalab ular birlan birga tayyorgarlik ko‘rib, kechki payt uyga qaytdim, ammo hech 
narsaga qo‘lim bormadi. Uzimga-o‘zim: «Tayyorgarlik ko‘r, sen safar qilmoqqa 
hammadan qodirroqsan!»—deb yurgan chog‘imda musulmonlarning safar tadoriki tugab, 
Janob Rasululloh tezda yo‘lga chiqdilar. Mening tayyorgarligim ersa hamon bitmas erdi. 
«Mayli, bir-ikki kun kechiksam ham ularga yetib olgayman» — deb o‘zimga dalda berar 
erdim. Yana bir-necha kun shu ahvolda yurdim, so‘ng «Endi jo‘nayin, lashkarni 
topayin!» deb azm qildim-u, ammo o‘zimni majbur qilolmadim. 
 
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam jo‘nab ketganlaridan keyin ko‘chalarga chiqib, 
odamlar aro kezdim, ammo ming nadomatlar bo‘lsinkim, o‘zimni xafa qiladirgan 
holatdan bo‘lak holatga, ya’ni gunohkorligidan bo‘yni xam yoki Olloh taolo ma’zur tutgan 
zaif kishilardan bo‘lak odamga ko‘zim tushmas erdi. 
 
Janob Rasululloh yo‘lda meni eslamabdilar, faqat Tabukka yetib olganlaridan so‘ng, 
ko‘pchilik oldida: «Ka’b nechun bunday qildi erkan?» — deb so‘rabdilar. Shunda Banu 
Salama qabilasidan bir kishi: «Yo Rasulalloh, u g‘azotga bormoqchi bo‘lganida 
choponining ikki yoni ikki biqiniga mahliyo bo‘lib, mahkam ushlab qolgan!»—debdi. Maoz 
ibn Jabal unga javoban: «Qanday yomon gap aytding! Olloh taolo haqi, biz Ka’bni faqat 
yaxshi odam deb bilurmiz!» — debdilar. Janob Rasululloh buni eshitib sukut qilibdilar. 
 

Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
92
Bir kuni men Janob Rasulullohning qaytib kelayotganlarini eshitib, «Ertaga ul zotning 
g‘azablaridan qanday qutilsam erkan?» degan o‘y birlan yolg‘on-yashiq gaplarni to‘qiy 
boshladim, uyimdagilardan ham mening gaplarimni tasdiqlamoqlarini so‘radim. «Janob 
Rasululloh qaytib kelib, soyai muboraklarini solibdilar» degan xabarni eshitishim 
birlanoq, to‘qib qo‘ygan bor yolg‘on-yashiq gaplarim miyamdan chiqib ketdi va men ul 
zotning g‘azablaridan yolg‘on-yashiq gaplar birlan qutula olmasli-gimni tushunib yotdim-
da, haqiqatni aytmoqqa qaror qildim. Odatda, ul zot safardan qayqalar, avval masjidga 
kirib, safardan omon-eson qaytganlari shukronasiga ikki rak’at namoz o‘qir erdilar, so‘ng 
odamlarga o‘girilib o‘ltirardilar. Bu gal ham shunday qilganlarida g‘azotdan qolganlar 
huzurlariga kelishib, ul zotdan uzr so‘rab ont icha boshlashdi, bundaylar sakson nechta 
erdi. Janob Rasululloh ularning ko‘pchilik oldida aytgan uzrlarini qabul qildilar, so‘ng 
ularni bay’at qildirib, gunohlarini Olloh taolodan so‘radilar, qalblaridagi sir-asrorlarini 
ersa yaratganning o‘ziga havola qildilar. Keyin, men ham qoshlariga borib salom bergan 
erdim, g‘azab aralash tabassum qildilar-da, «Beri kel!»—dedilar. Men ro‘paralariga borib 
o‘ltirdim. Ul zot: «Nechun g‘azotga bormading, buning uchun tuya ham sotib olgan 
erding-ku!» — dedilar. Men: «Ha, shunday! Olloh taolo haqi, agar men sizdan bo‘lak 
odamning qoshida bo‘lganimda, uzr aytibgina qutilib ketgayman, deb o‘ylagan bo‘lur 
erdim, ammo men bunday qilmoqchi ermasman. Lekin, xudo haqi, agar hozir sizga 
yolg‘on vaj ko‘rsaqam-u, siz ishonib meni kechirsangiz, Olloh taolo meni deb sizdan 
darg‘azab bo‘lgay va agar haqiqatni ayqam, mening haqimda yomon fikrda bo‘lgaysiz, 
ammo men Olloh taoloning mag‘firatidan umidvorman. Xudo haqi, mening hech bir uzrli 
vajim yo‘q erdi, siz birlan bormay, bu yerda qolgan chog‘imda mendan kuchli va boyroq 
odam yo‘q erdi!» —dedim. Ul zot: «Haq gapni aytding, endi Olloh taolo sening 
xususingda hukm chiqarguncha bu yerdan nari ket!»— dedilar. Men o‘rnimdan turdim. 
Shunda Banu Salama qabilasi kishilari ketimdan ergashib kelayotib: «Xudo haqi, biz 
sening ilgari bunday gunox qilmaganingni bilurmiz, sen ham boshqalar singari uzr aytib 
qo‘ya qolganingda, ul zot qabul qilib, Olloh taologa sening uchun istig‘for aytar erdilar» 
— deya menga shu qadar tanbih berishdiki, hatto ul zotning qoshlariga qaytib borib, 
avvalgi yolg‘on-yashik vajimni aytmoqchi bo‘ldim. Men ulardan: «Mendan bo‘lak biror 
kishi ham o‘z gunohini bo‘yniga oldimi?» — deb so‘radim. Ular: «Ha, ikki kishi sen kabi 
gunohini tan olib erdi, ularga ham senga aytgan gaplarini aytdilar»,— deyishdi. «Kim 
o‘sha ikki kishi?» — deb so‘radim.  
 
Ular: «Murora ibn ar-Rabi’ va Hilol ibn Umayya»,— deyishdi. Bular solih kishilar bo‘lib, 
Badr qatnashchisi va boshqalarga namuna bo‘larli fazilatga ega kishilar erdi. Menga bu 
ikkisining nomini zikr qilishgach, boyagi muddaomdan qaytdim. Janob Rasululloh Tabuk 
g‘azotidan qolgan biz uchchalamiz birlan musulmonlarning gaplashmoqlarini man’ 
qildilar. [Olloh taolo bular to‘g‘risida quyidagi oyatni nozil qilgan: «(Jihoddan) qolgan 
munofiqlar Ollohning rasuliga osiylik qilib (uylarida) qolganlaridan xushnud bo‘ldilar va 
ular Olloh yo‘lida molu jonlarini tikib jihod qilmoqni istamadilar va (o‘zaro): «Bunday 
issiqda urushga bormangizlar!» — dedilar. Siz aytingizki, «Agar ularning fahmlari yeqa, 
jahannam otashi (bundan) behad issiqroq-dur!]». Odamlar bizdan yuz o‘girishib, 
gaplashmay qo‘yishdi, hatto men dunyoga kelganimdan pushaymon bo‘lib ketdim. Bu 
axvol ellik kun davom etdi. Mening ikki sherigim (Murora va Hi-lol) uylaridan tashqariga 
chiqolmay qolishdi, tinmay yig‘lashardi. Men bo‘lsam, qavmni sog‘inib, ular birlan 
gaplashmoqqa intilar, masjidga chiqib birgalikda namoz o‘qir va bozorlarni aylanib yurar 
erdim, ammo hech kim men birlan gaplashmas erdi. Har safar namozga borganimda 
Janob Rasulullohg‘a salom berardim-da, ichimda «Salomimga alik olib lablarini 
qimirlatarmikanlar» deb umidvor bo‘lar erdim, so‘ng yonlariga yaqinroq borib namoz 

Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
93
o‘qiyotib, muborak yuzlariga o‘g‘rincha tikilar erdim. Bir kuni namozga kelsam, oldimdan 
chiqib qoldilar, u kishiga qaragan erdim, mendan yuzlarini o‘girib oldilar, bu mening jon-
jonimdan o‘tib ketib, amakimning o‘g‘li bo‘lmish Abu Qatodaning uyiga tomon ravona 
bo‘ldim, u mening uchun boshqalardan ko‘ra mahbubroq erdi. Uyiga kirgach, unga 
salom berdim, lekin u, xudo haqi, alik olmadi. Shunda men unga: «Ey Abu Qatoda, Olloh 
taologa yolborib so‘rayman, mening Olloh taolo birlan uning rasulini yaxshi ko‘rishimni 
bilasanmi, o‘zi?!» — dedim. Men boyagi gapimni yana takrorladim, yana indamadi, yana 
takrorladim, yana indamadi. So‘ng, shunday deb qayta murojaat qilgan erdim, u: «Olloh 
taolo va uning rasuli yaxshiroq bilgay!» — deb qo‘ydi. Shunda ko‘zimdan yosh tirqirab 
ketdi, uyidan otilib chiqib ketdim. So‘ng, Madina bozorida ketayotgan erdim, bu yerga 
taom sotgani kelgan Shom ahlidan bo‘lmish bir kishini ko‘rib qoldim, u odamlarga: «Kim 
menga Ka’b ibn Molikni topib bera oladi?» — der erdi. Odamlar men tomonga ishora qila 
boshlashdi, u oldimga kelib G’asson podshohi yo‘llagan bir maktubni menga topshirdi, 
unda «Ammo ba’d, menga ma’lum bo‘ldiki, sohibing senga jafo qilayotgan ermish, Olloh 
taolo seni inson kamsitiladirgan va uning haq-huquqi toptaladirgan dargoh uchun 
yaratgan ermas, kelgil, haqiqat biz tarafdadur, biz senga hamdardmiz! G’assoniylar 
podshohi bo‘lmish kamina sen Ka’bni, barchani sendan yuz o‘girtirgan payg‘ambarga 
«bir dars» bo‘lmog‘i uchun, islomdan qaytadi, degan fikrdaman» deb yozilgan erdi. 
Maktubni o‘qigach: «Bu ham balolardan biridur!» — dedim-da, u birlan tandirni 
tayammum qildim, ya’ni tandirga tutantiriq qildim. Ellik kundan qirq kuni o‘tgach, ul zot 
bir odam orqali: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ayolingdan o‘zingni chetga 
olmog‘ingni amr qiladilar»,— dedilar.  
 
Men: «Uni taloq qilayinmi, nima qilayin?»— dedim. Ul zot: «Yo‘q, aksincha, undan 
o‘zingni olib qochib yurgil, unga qo‘shilmay turgil!» — dedilar, ikki sherigimga ham 
shunday deb odam yubordilar. Men xotinimga: «Ota-onangning uyiga borgil, Olloh taolo 
bu ish yuzasidan o‘z hukmini chiqarguncha ular birlan birga tura turgil!» — dedim. Hilol 
ibn Umayyaning xotini Janob Rasulullohning huzurlariga borib: «Yo Rasu-lalloh, Hilol ibn 
Umayya yoshini yashab, oshini oshab bo‘lgan bir keksa odamdur, uning (mendan bo‘lak) 
qarab turadirgan kishisi yo‘qdur, unga xizmat qilmog‘imni man’ qilurmisiz?»—dedi Ul zot 
«Io‘q, lekin u birlan yotmagil!» — dedilar. Ayol «Xudo haqi uning biror narsa qilmoqqa 
majoli kelmaydi, xudo haqi, usha kundan shu vaqtgacha tinmay yig‘lamoqda!»— dedi. 
Oila a’zolarimdan biri menga «Hilol ibn Umaiyaning xotini Janob Rasulullohdan eriga 
xizmat qilmoqqa ijozat olgani kabi siz ham o‘z xotiningizga ijozat so‘rasangiz-chi!» — 
dedi. Men «Xudo haqi, men Janob Rasulullohdan xotinim menga xizmat qilmog‘i uchun 
ruxsat so‘ramagayman, agar ijozat so‘rasam, ul zotning qanday javob qilmoqlari menga 
qorong‘udir!» — dedim. Men o‘shanda kuchga tulgan yigit erdim Nihoyat, Janob 
Rasulullohning odamlarning biz birlan gaplashmog‘ini man’ qilganlariga ellik kun bo‘ldi. 
Bomdod namozini o‘qib bo‘lganimda elliginchi kunning tonggi ham otdi, men ersam 
uylarimizdan birining orqasida, Olloh taolo zikr qilganidek, jonim ham, jahon ham 
ko‘zimga ko‘rinmagan bir holda o‘ltirar erdim, nogahon Sal tog‘ining cho‘qqisidan «Ey 
Ka’b ibn Molik, xursand bo‘lgil!» degan baland ovozni eshitdim. Darhol, mukka tushib 
sajda qildim Bildimki, xursand bo‘ladirgan kun ham kelibdi, demak Janob Rasululloh 
sallallohu alayhi va sallom bomdod namozi vaqtida Olloh taoloning bizni mag‘firat 
qilganining xabarini ma’lum qilibdilar. Shundan keyin, namozxonlar bizni mamnun 
qilmoqqa otlanib, ikki sherigimga xushxabar yetkazgali odam yuborishibdi. Mening 
huzurimga ham bir kishi ot choptirib kelib qoldi, lekin chopar qanchalik harakat qilmasin, 
baribir ovoz otdan tezlik qilgandi. Huzurimga kelgan choparning xushxabar aytgan 
ovozini eshitishim birlanoq, kiyimimni yechdim-da, unga kiydirib qo‘ydim. Xudo haqi, 

Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
94
mening o‘sha kiyimimdan bo‘lak kiyimim yo‘q edi, keyin birovdan qarzga kiyim oldim-da, 
uni kiyib Janob Rasulullohning huzurlariga oshiqdim. Odamlar yo‘l-yo‘lakay meni Olloh 
taoloning mag‘firati birlan tabriklashar va menga «Olloh taoloning mag‘firati senga 
muborak bo‘lsin!»— deyishar erdi. Nihoyat, men masjidga kirib bordim, Janob Rasululloh 
o‘ltirgan erkanlar, atroflarida tumonat odam Talha ibn Ubaydulloh o‘rnidan turib tezda 
oldimga keldi-da, qo‘l berib meni tabrikladi. Xudo haqi, undan bo‘lak muhojirlardan 
birortasi o‘rnidan turib meni tabriklamadi, men abadul-abad Talhaning bu muruvvatini 
unutmagayman! Keyin, men Janob Rasulullohga salom berganimda, ul zot 
mamnunliklaridan chehralari balqigan holda «Onadan tug‘ilganingdan beri o‘zingga 
muyassar bo‘lmagan bugungidek xayriyatdan xursand bo‘lgil!» — dedilar.  
 
Men «Bul xushxabar sizdanmi yoki Olloh taolodanmi?» — dedim. Ul zot «Yo‘q, aksincha, 
Olloh taolodandur!» — dedilar. Agar Janob Rasululloh xursand bo‘lsalar, yuzlari oy 
parchasidek balqib ketar erdi, biz buni yaxshi bilar erdik Ro‘paralariga kelib o‘ltirgach 
«Yo Rasulalloh, mag‘firat qilinganim shukronasiga Olloh taolo birlan uning rasuli 
sallallohu alayhi va sallam yo‘liga mol-mulkimdan sadaqa qilayinmi?»—dedim. Ul zot 
«Mol-mulkingning bir qismini olib qol, bu senga yaxshi bo‘lgay!»—dedilar. «Bo‘lmasa, 
men Xaybardagi mulkimni olib qolgayman» deb xayolimdan o‘tkazdim-da, ul zotga «Yo 
Rasulalloh, Olloh taolo rost so‘zlaganim hamda dildan tavba qilganim uchun menga najot 
bergan erkan, men o‘la-o‘lgunimcha faqat rost gapirgayman!» — dedim. Xudo haqi, 
Janob Rasulullohga shunday deganimdan buen Olloh taoloning musulmonlardan biror 
kishini rost so‘zlagani uchun baloga giriftor qilganini bilmayman! Janob Rasu-lullohga 
shu gaplarni aytgan kunimdan hozirgacha yolg‘on gapirmoqqa qasd qilmadimki, yolg‘on 
so‘zlamaganim Olloh taoloning meni baloga giriftor qilganidan yaxshiroqdur! Darhaqiqat, 
men qolgan umrim davomida Olloh taolodan meni yelg‘on gapirmog‘imdan asramog‘ini 
iltijo qilgayman. Olloh taolo o‘z rasuliga «Olloh payg‘ambarni, muhojiru ansorlarni 
mag‘firat qildi ( rostgo‘ylar birlan birga bo‘lingizlar!» degan qavligacha)» degan oyati 
karimasini nozil qilgandur. Olloh taolo haqi rabbim meni islomga hidoyat qilganidan 
buyongi eng ulug‘ nemat ul zotga sadoqatimdur! Janob Rasulullohga yolg‘on 
gapirmaslikka dildan azm qilurman, aks holda, bilurmanki, Olloh taolo yolg‘on 
gapirganlarni halok qilgani yanglig‘ halok bo‘lgayman. Olloh taborak va taolo «Sizlar 
(g‘azotga bormagan munofiqlarning) oldiga (g‘azotdan) qaytib kelganingizda ular «Endi 
bizdan yuz o‘girishsa kerak» deb huzuringizda Olloh taologa qasam ichurlar. Ammo, 
sizlar ulardan yuz o‘giringizlar, ular nopok bo‘lib, joylari jahannamdurki, bu qilmishlari 
uchun jazodur. Ular sizlarni rozi qilmoq uchun qasam ichurlar, lekin sizlar rozi 
bo‘lsangizlar ham, Olloh taolo fosiq qavmdan sira rozi bo‘lmas!» — degandur. Biz uch 
kishi ulardan, ya’ni qasam ichgan, ul zotga bay’at qil-gan va bay’atlari ul zot taraflaridan 
qabul qilingan hamda Olloh taologa istig‘for aytgan kishilardan ajrab, xilof ish qildik. 
Shunda ul zot bizning masalamizni Olloh taoloning hukmiga topshirdilar. Shul boisdan 
Olloh taolo «Va alas-salosatillaziyna xullifuu», ya’ni «Xilof qildirilgan uch kishiga ham» 
deb bizni alohida zikr qildi. Bu yerdagi «Xilof» so‘zi g‘azotdan qolish ermas, balki ul 
zotning bizni qasam ichib uzr aytgan va uzri qabul qilingan kishilardan ajratib qo‘yishlari 
va masalamizni Olloh taologa havola qilishlari erdi». 
 

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   55


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling