Abu abdulloh


Download 5.13 Kb.

bet3/55
Sana25.04.2018
Hajmi5.13 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55

www.ziyouz.com kutubxonasi 
15
Mut’im ibn Adiy tirik bo‘lib, Badrda asir tushgan kofirlarni afv etilishini so‘raganda, men 
ularni uning ixtiyoriga topshirgan bo‘lardim!»—deganlar». 
 
Sa’id ibn Musayyab bunday deydilar: «Birinchi fitnaning sodir bo‘lishi birlan, ya’ni Hazrat 
Usmonning o‘ldirilishi birlan Badr ishtirokchilaridan birortasi qolmadi (Hazrat Usmon 
o‘ldirilganlaridan so‘ng ham Ali, Talha, Zubayr va boshqa ko‘plab Badr ishtirokchilari 
uzoq vaqt yashaganlar. Shuning uchun ham «Birortasi qolmadi» degan gapdan 
«Ularning halokati boshlandi» degan ma’no tushuniladi). Ikkinchi fitna sodir bo‘lishi 
birlan, ya’ni Harra voqe’asi sodir bo‘lishi birlan Hudaybiyya ishtirokchilaridan birortasi 
qolmadi. (Harra — Madina tashqarisidagi bir joy bo‘lib, hijratning 63- yili Mu’oviyaning 
o‘g‘li Yazid askarlari birlan bo‘lgan jangda muhojirlar va ansoriylardan 700 kishi halok 
bo‘lgan. Hudaybiyya — Makka atrofida joylashgan joy nomi. Hijratning 8- yili 
payg‘ambarimiz ko‘plab sahobalari birlan Makkaga Ka’ba ziyoratiga yo‘l olganlar. 
Hudaybiyya degan joyga kelib tushganlarida Makka kofirlari elchi yuborib, musulmonlar 
birlan sulh tuzganlar. Bu sulh sharti bo‘yicha Janob payg‘ambarimiz ashoblari birlan bu 
yil Makkaga kirmay qaytib ketishlari, kelasi yilda ersa Qurayshlar Makkani musulmonlar 
ziyorati uchun bo‘shatib berishlari kerak erdi, Janob Rasululloh bunga rozi bo‘lganlar). 
Keyin, uchinchi fitna sodir bo‘ldi, oradan ko‘p o‘tmay odamlarga tinchlik, farovonlik yetdi 
(Hijratning 130-yili, Marvon ibn Hakamning xalifalik davrida Madinadan Abu Hamza ismli 
kishi chiqib, Madina, Makka va Toif amiri bo‘lgan Abdulvohid ibn Sulaymon birlan 
hokimiyat talashdi va Makkani bosib oldi. Bu xabar xalifaga yetgach, Abdulmalik ibn 
Muhammad boshchiligida 4 ming kishilik qo‘shin yubordi. Xalifa qo‘shini birlan bo‘lgan 
jangda Abu Hamza va uning butun askarlari qirib tashlandi)». 
 
Oisha onamiz raziyallohu anho rivoyat tsiladilar: -Men Ummu Mistah birlan yonma-yon 
ketayotgan erdim, oyog‘i toyilib ketib, «Noumid bo‘lgur, Mistah!» deb o‘z o‘g‘lini 
qarg‘adi. Men: «Qanday yaramas so‘z aytding-a, Badr ishtirokchisi bo‘lgan kishini 
shunday qarg‘aysanmi?»—deb uni koyidim. Shunda Ummu Mistah mening haqimda 
ba’zilar tuhmat qilishayotganini, tuhmatchilardan biri ersa o‘zining o‘g‘li erkanligini 
so‘zlab berdi». 
 
Ibn Shihob rivoyat tsiladilar: «Janob Rasululloh Badrda o‘ldirilib, jasadlari chuqurga 
tashlangan kofirlarga xitob qilib: «Ey kofirlar, Olloh taolga sizlarga va’da qilgan 
narsaning rost erkanligini ko‘rdingizlarmi?»—dedilar. Sahobalar: «Yo Rasulalloh, 
o‘liklarga gapiryapsizmi?» — deyishdi. Janob Rasululloh «Xozir bular men aytayotgan 
gaplarni sizlardan yaxshiroq eshitib turishibdi»,— deb javob berdilar. Badrda ishtirok 
qilib, o‘lja olgan qurayshiylarning jami 81 kishi erdi. Lekin, Urva ibn az-Zubayr: «Ularga 
o‘ljalar taqsimlab berildi, ularning soni ersa, 100 kishi erdi»,— derdilar. Ammo. Olloh 
taolo eng biluvchidur!». 
 
Hishom ibn Urva otalaridan naql tsilib: «Badr kuni muhojirlarga 100 ta o‘lja bo‘lib 
berildi»,— deydilar. 
 
13-bob. 
 
Imom Buxoriy o‘z kitoblarida Badr ishtirokchilarini alifbo tartibida sanab o‘tganlar: An-
Nabiy Muhammad ibn Abdulloh al-Hoshimiy sallallohu alayhi va sallam, Abu Bakr as-
Siddiq, Umar raziyallohu anhu, Usmon raziyallohu anhu, Ali raziyallohu anhu, Iyos ibn 
al-Bakir, Bilol ibn Raboh, Hamza ibn Abdulmuttalib, Hotib ibn Abu Balta’a. Abu Huzayfa 

Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
16
ibn Utba, Horisa ibn ar-Rabi’ al-Ansoriy, Xubayb ibn Adiy al-Ansorii, Xanis ibn Huzofa, 
Rufo’a ibn Rofi’ al-Ansoriy, Rufo’a ibn Abdul-Munzir, Abu Luboba al-Ansoriy, Zubayr ibn 
Avvom, Zayd ibn Sahl Abu Talha al-Ansoriy, Abu Zayd al-Ansoriy, Sa’d ibn Molik az-
Zuhriy, Sa’d ibn Xavla al-Qurashiy, Sa’d ibn Zayd, Sahl ibn Xanif, Zahiyr ibi Rofi’, 
Abdulloh ibn Mas’ud, Utba ibn Mas’ud, Abdurrahmon ibn Avf az-Zuhriy. Ubayda ibn Hars 
al-Qurashiy, Uboda ibn Somit al-Ansoriy, Amr ibn Avf, Uqba ibn Amr al-Ansoriy. Omir 
ibn Rabi-a, Sobit al-Ansoriy, Uvaym ibn So’ida, Atbon ibn Molik, Qudoma ibn Maz’un, 
Qatoda ibn Nu’mon, Ma’oz ibn Amr, Mu’avviz ibn Afro’ va uning birodari, Molik ibn Rabia
Mirora ibn Rabi’. Ma’n ibn Adiy, Mistah ibn Usosa, Miqdod ibn Amr al-Kandiy, Hilol ibn 
Umayya. Olloh taolo ulardan rozi bo‘lsin! 
 
14-bob. Banu Nazir va Janob Rasulullohning ikki kishining xunini talab qilib 
Banu Nazirga borgan-lari, ularning Janob Rasulullohga xiyonat qilmoq-chi 
bo‘lganlari. Urva ibn az-Zubayrning rivoyat qilishicha, bu voqea Badr 
voqeasidan olti oy burun, Uhud jangidan avval sodir bo‘ldi. Olloh taolo bu 
haqda oyat nozil qildi. Uning ma’nosi: «Ahli kitoblardan bo‘lgan kofirlarni 
vatanidan haydab chiqargan zot Olloh taolodir. Kofirlar o‘z lashkarlarini ilk bor 
to‘plaganlarida sizlar ularni chiqib ketadi, deb o‘ylamagan erdingizlar» 
 
Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat tsiladilarki, Banu Nazir va Banu Qurayza 
musulmonlarga dushmanlik qildi. Buning uchun Banu Nazir vatanidan quvildi. Banu 
Qurayza ersa, erkaklari o‘ldirilib, xotinu bolalari va mol-dunyosi musulmonlar o‘rtasida 
taqsimlandi. Ularning ayrimlarigina Janob Rasulullohga ergashib, iymon keltirdilar va 
omon qoldilar. Madinadagi hamma yahudiylar badarg‘a qilindi. 
 
Sa’id ibn Jubayr aytadilar: «Men Ibn Abbosga Surai Hashr haqida so‘zlaganimda, u kishi: 
«Bu surani «Surai an-Nazir deb atagin!»—dedilar». 
 
Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat tsiladilar: «Janob Rasululloh Banu Nazir xurmozorini 
kestirib va yoqdirib yubordilar. Bu xurmozor Buvayra degan joyda erdi. Shunda Olloh 
taolo: «Qaysi daraxtni kesgan va qaysi daraxtni qoldirgan bo‘lsangizlar, hammasi 
Ollohning izni birlan bo‘ldi» degan oyatni nozil qildi». 
 
Ibn Umardan naql tsilinadiki, Janob Rasululloh Banu Nazir xurmozorini yoqdirib 
yuboribdilar. Bu haqda Hasson ibn Sobit bunday deb she’r bitgan erkan: 
«Zarra qiynalmay Luay sardorlari, 
Buvayra uzra yoqdi katta gulxan»  
 
Abu Sufyon ibn Hars ersa, unga javoban bunday deb she’r bitibdi: 
«Uzoq muddat ilohim gurkiratsin, 
Kuyib atrof, qolmasin hatto tikan! 
Omon qolgay qaysi yer, so‘ng bilursen,  
«Kim zarar ko‘rmay qolur, kim bevatan!» 
 
Molik ibn Avsdan nakl tsilinadiki, u kishi xalifa Umar ibn Xattobning huzurida o‘ltirgan 
erdilar. Shu payt Hazrat Umarning hojiblari Yarfo kirib, Usmon, Abdurrah-mon, Zubayr 
va Sa’d kirishga ijozat so‘rayotganlarini xabar qildi. Xalifa izn berganlaridan so‘ng, ular 
kirib o‘ltirdilar. Bir ozdan so‘ng, hojib yana kirib Ali birlan Abbos ham kirishga izn 
so‘rayotganlarini aytdi. Xalifa izn berganlaridan so‘ng, Ali birlan Abbos ichkariga kirdilar. 

Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
17
Shunda Abbos: «Yo amiyral-mu’minin, Ali birlan o‘rtamizni kelishtirib qo‘ysangiz!» —
dedilar. Ikkovlari Banu Nazirga tegishli musodara qilingan molning Olloh taolo Janob 
Rasulullohga xos qilib bergan qismi to‘g‘risida janjallashayotgan erdilar. Ultirganlar 
barobariga: «Ey amiyral-mu’minin. ikkovini yarashtirib, ajrim qilib qo‘yingiz!» — dedi. 
Xalifa Umar: «Shoshmangizlar, yeru osmonning mavjudligi izniga bog‘liq bo‘lmish Olloh 
taolo nomi birlan sizlarni guvohlikka chaqiraman! Aytingizlar~chi, Janob Rasulullohning 
«Biz payg‘ambarlar meros qoldirmaymiz, biz qoldirgan narsa sadaqadur!» deganlarini 
bilasizlarmi?» — dedilar. Hammalari baravariga: «Rost, Janob Rasululloh shunday 
deganlar»—deb javob berishdi. So‘ng, Xazrat Umar Ali birlan Abbosning oldilariga kelib: 
«Sizlar ham Janob Rasulullohning shunday deganlarini bilasizlarmi?» — deb so‘radilar. 
Ular ham tasdiq qilishdi. «Bo‘lmasa,— dedilar Hazrat Umar,— men sizlarga shu haqda 
so‘zlab berayin! Olloh taolo Banu Nazirdan musodara qilib olingan molning bir qismini o‘z 
payg‘ambariga xos qildi, o‘zga biror kishiga bermadi. Bu haqda Olloh taolo Qur’onda: 
«Olloh taolo o‘z rasuliga ulardan (kofirlardan) urush qildirmay olib bergan mol uchun 
sizlar na ot va na tuya choptirib (mehnatingiz singan ermas), lekin Olloh taolo o‘zi 
istagan bandalariga payg‘ambarlarini hukmdor qilgaydur. Olloh taolo har narsaga 
qodirdur!»— deydi. Olloh taolo ul molni o‘z payg‘ambariga maxsus ato etgandur. Olloh 
taologa qasamyod qilamanki, Rasululloh musodara qilingan molni o‘zlashtirib olmadilar, 
nimaiki bo‘lsa, barchasini sizlarga xolisona taqsimlab berdilar. Undan ana shul ozgina 
mol ortib qoldi. Shu ortgan mol orqali Payg‘ambar alayhissalom o‘z oilalarini boqar 
erdilar, ortiqchasini «Olloh taoloning moli» deb, Baytulmolga olib qo‘yardilar. Janob 
Rasululloh umr bo‘yi shunday qildilar, so‘ng vafot etdilar. Shunda Abu Bakr: «Men Janob 
Rasulullohning vorislaridurmen!» deb o‘shal molni o‘z qo‘llariga oldilar va uni Janob 
Rasululloh qanday tasarruf qilgan bo‘lsalar, shunday tasarruf qildi-lar, shu vaqtda sizlar 
ham bor erdingiz». Keyin, Hazrat Umar Ali birlan Abbosga yuzlanib bunday deb davom 
etdilar: «Eslaysizlarmi, o‘zlaringiz aytganlaringizdek, Abu Bakr xalifalik davrlarida 
rostgo‘y, yaxshilik qilguvchi, adolatli va haqiqatga bo‘ysunuvchi erdilar. Abu Bakr vafot 
laridan so‘ng, xalifalikni men qo‘lga oldim. Ikki yildan buyon amirlik qilib, Janob 
Rasululloh va Abu Bakr tutgan yo‘lni mahkam tutdim. Mening ham rostgo‘y, yaxshilik 
qilguvchi, adolatli, haqiqatga bo‘ysunuvchi erkanligimga Olloh taolo shohid! So‘ng, 
ikkovingiz mening oldimga keldingiz, ikkovingizning gapingiz ham, ishingiz ham birdur. 
Men sizlarga: «Janob Payg‘ambar «Biz payg‘ambar-lar mol-dunyo meros qoldirmaymiz, 
bizdan qolgan narsa «sadaqadur!» deganlar»—deb aytdim. Mening qat’iy so‘zim shuldur' 
Olloh taoloning ahdu miysoqi bo‘yingizda, agar istasangiz, Janob Rasululloh, Abu Bakr 
va men singari tasarruf qilmoq sharti birlan ul molni sizlarga bergay-man, ammo 
keyinchalik boshqacha hukm chiqarib bermog‘imni talab qilsangizlar, yeru osmonlarning 
mavjudligi izniga bog‘liq bo‘lgan zot haqi, qiyomatga qadar ham bunga yurmagay-men! 
Basharti, shartimni eplay olmasangizlar, ul molni menga qaytarib bergaysizlar, men 
ersam sizlarni bu yumushdan xalos qilgaymen». 
 
Zuhriy aytadilarki, «Men mazkur hadisni Urva ibn az-Zubayrga rivoyat qilganimda, ul: 
«Molik ibn Avs rost aitibdi men Oisha onamizning bunday deb aytganlarini eshitgan 
edim»,— dedi: «Janob Rasulullohning (mendan bo‘lak) xotinlari Hazrat Usmonni Abu 
Bakr Siddiqning huzurlariga yuborib, o‘shal moldan o‘zlariga ulush ajratib bermoqni 
talab qildilar. Men ularni bundan qaytarib' «Olloh taolodan qo‘rqmaysizlarmi? Janob 
Rasulullohning "Biz meros qoldirmagaymiz, bizdan qolgan narsa — sadaqadur!» 
deganlarini bilmaysizlarmi? «Biz» deganlari-da ul zot o‘zlarini nazarda tutgan erdilar. 
Ammo, payg‘ambar oilasi bu molni sadaqa ermas, nafaqa tarzida tasarruf qilaveradi»,— 
dedim Shunda, Janob Rasulullohning xotinlari mening aytganimga ko‘ndilar» 

Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
18
 
Zuhriy rivoyatlarini davom ettirib bunday deydilar: «Mazkur sadaqa Hazrat Alining 
qullarida bo‘lib, Abbosni unga yo‘latmadilar. keyin u Hasan ibn Ali qo‘liga o‘tdi, keyin 
Husayn ibn Ali, undan keyin Ali ibn Husayn va Hasan ibn Hasan qo‘liga o‘tib, ikkovlari 
uni navbat birlan tasarruf qildilar, so‘ng u Zayd ibn Hasan ixtiyoriga o‘tdi Bu Janob 
Rasulullohning o‘shal sadaqala-ri erdi». 
 
Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Bir kuni Fotima va Abbos Abu Bakr Siddiqning 
huzurlariga kelib, Fadakdagi yerdan hamda Xaybar g‘azotida olingan o‘ljalardan o‘z 
meroslarini talab qildilar. Shunda Abu Bakr Siddiq-«Janob Rasululloh sallallohu alayhi va 
sallam «Biz meros qoldirmagaymiz, bizdan qolgan narsa — sadaqadur, lekin Muhammad 
xonadoni uning orqali kun ko‘raveradi» deb aytganlar. Olloh taolo nomi birlan kasamyod 
qilurmen-ki, o‘zimni Payg‘ambar alayhissalomga yaqin tutib, ul zotning o‘gitlariga amal 
qilmog‘im qarindoshlarimga yon bosmog‘imdan afzaldur!»—dedilar». 
 
15-bob. Ka’b ibn al-Ashrafning qatli haqida 
 
Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat tsiladilar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi 
va sallam: «Ka’b ibn al-Ashrafni kim qatl qilib kelgay? Chunki ul Olloh taolo birlan uning 
rasuliga behad ozor yetkazdi»,— dedilar. Shunda Muhammad ibn Maslama o‘rnidan 
turib: «Yo Rasulalloh, uni men o‘ldirmog‘imni xohlaysizmi?» — dedi. «Ha»,— deb javob 
berdilar Janob Rasululloh. Muhammad ibn Maslama: «Unday bo‘lsa, (hiyla uchun) 
yolg‘on gapirmog‘imga ijozat beringiz!»—dedi. Janob Rasulul-loh: «Gapiraver!» — 
dedilar. Muhammad ibn Maslama Ka’bning oldiga bordi-da, Payg‘ambar alayhissalomdan 
shikoyat qilgan bo‘lib: «Anavi odam bizdan sadaqa so‘radi, bizni ko‘p qiynadi, men 
sening oldingga qarz so‘rab keldim»,— dedi. Shunda Ka’b: «Ollohga qasamyod 
qilurmen-ki, hali ko‘p qiynalasizlar»,— dedi. Muhammad ibn Maslama gapida davom 
etib: «Darhaqiqat, biz unga ergashdik, endi ko‘raylikchi, pirovardida nima qilar erkan? 
Sen bizga bir vasaq yoki ikki vasaq taom qarz bersang!» — dedi. (Sufyon bunday 
deydilar: «Amr bizga bu hadisni bir necha bor rivoyat qildi-yu, lekin «bir vasaq yoki ikki 
vasaq» degan so‘zlarni aytmadi, men unga: «Bu hadisda «bir vasaq yoki ikki vasaq» 
degan so‘zlar bormidi?» — deganimda, u: «Ha, bor erdi»,— deb javob berdi»). Ka’b: 
«Unday bo‘lsa, garovga biror narsa beringizlar»—dedi. «Nimani xohlaysan » — deb 
so‘radi Muhammad. Ka’b. «Xotinlaringizni garovga qo‘yingiz-lar!» — dedi. «Qanday qilib 
(xunuk) xotinlarimizni garovga qo‘yamiz, axir sen arablarning eng chiroylisisan-ku?!»—
dedi Muhammad. Bo‘lmasa, bolalaringizni garovga qo‘yingizlar!»—dedi Ka’b. Muhammad 
e’tiroz bildirib: «Bolalarimizni qanday garovga beramiz, axir odamlar: «Bir vasaq taom 
uchun bolalarini garovga qo‘yibdi»~deb aytmaydimi Bunday ta’na biz uchun or 
hisoblanadi Mayli senga qurol-yarog‘imizni garovga bera qolaylik'» — dedi Nihoyat, ular 
qurol-yaroqni garovga qo‘yishga va’dalashishdi. Shu kuni kechasi Muhammad ibn 
Maslama Ka’bning emishgan akasi Abu Noila (va yana bir kishi) brlan birga keldi, Ka’b 
chiqib ularni qo‘rg‘oniga taklif qildi Shunda, Ka’bning xotini «Bemahal tashqariga chiqma 
»—deb qarshilik bildirdi. Lekin, Ka’b «Bu kelganlarning biri ibn Maslama, ikkinchisi 
emishgan akam Abu Noila»,—dedi.Xotini, «Men qonning tomchilagan ovozini 
eshitayotgandekman», dedi.Ammo, Ka’b «Sixiy kishi kechasi o‘limga chaqirilsa ham, 
labbay deb javob beradi»,— deb unamadi. Muhammad ibn Maslama ikki sherigiga: «Men 
Ka’bning boshini mahkam ushlaganimda, sizlar unga tig‘ urasizlar»,deb ta’yinladi.Ka’b 
ularning oldiga tushib yo‘l boshladi, undan atir hidi anqib turardi Shunda Muhammad ibn 
Maslama «Men umrimda bugungichalik xushbo‘y hidni hidlamaganman » — deb soxta 

Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
19
tilyog‘lamalik qildi. Ka’b ersa uning so‘zidan erib ketib «Mening xotinim ayollarining eng 
xushbo‘yi va go‘zalidir'»— deb maqtandi. Muhammad ibn Maslama unga «Boshingizdagi 
atir bo‘yidan hidlamog‘imga ijozat berasizmi »— deb aytdi. Ka’b rozilik bildirgach, 
Muhammad va uning sheriklari Ka’bning boshini hidladilar. Shu asnoda Muhammad 
uning boshini ikki qo‘li birlan mahkam ushlab, sheriklariga ishora qilgan erdi, ular uni 
o‘ldirdilar So‘ng, Janob Rasulullohning xuzurlariga kelib, bo‘lgan voqeani so‘zlab 
berdilar» 
 
16-bob Abu Rofi’ning o‘ldirilishi haqida 
 
Barro ibn Ozib raziyallohu an.hu rivoyat tsilurlarki, Janob Rasululloh bir guruh kishilarni 
Abu Rofi’ning oldiga yuboribdilar. Abu Rofi’ kechasi uxlab yotganda Abdulloh ibn Atiyk 
uyiga kirib, uni o‘ldiribdilar. 
 
Barro ibn Ozib raziyallhuu anhu rivoyat tsilurlarki, Janob Rasululloh ansoriylardan bir 
necha kishini Abdulloh ibn Atiyk boshchiligida Abu Rofi’ning oldiga yuboribdilar. Abu Rofi’ 
yahudiylardan bo‘lib, Janob Rasulullohga ko‘p ozor yetkazar va ul zotning dushmanlariga 
yordam berar erdi, o‘zi ersa Hijoz yerdagi qo‘rg‘onida yashardi. Musulmonlar uning 
qo‘rg‘oniga yetganlarida kun botgan bo‘lib, odamlar podalarini uylariga qaytargan 
erdilar. Abdulloh sheriklariga «Sizlar shu yerda o‘ltira turinglar, men borib, darvozabon 
birlan tillashay, shoyad ichkariga kirolsam» — dedilar. Sung, asta darvozaga 
yaqinlashdilar-da choponlarini yelkalariga tashlab olib hojatga o‘ltirganday darvozaga tes 
kari qarab o‘ltirdilar, shunda hanuz ichkariga odamlar kirib turardi. Shu payt darvozabon 
chiqdi-da, «Ey Ollohning bandasi ichkari kiradigan bo‘lsang, kir, men darvozani yopaman 
- dedi. Abdulloh aytadilar «Men ichkari kirib berkinib oldim, darvozabon darvozani yopib, 
qulfladi-da, kalidlarni mixga osib ketdi. Men kalidlarni olib, darvozani ochdim Shunda 
Abu Rofi’ o‘z xonasida bo‘lib, boshqalar birlan suhbatlashib o‘ltirgan erdi. Hamsuhbatlari 
tarqalgandan so‘ng, men uning huzuriga ko‘tarildim. Qaysi eshikni ochib kirsam, 
ichkarisidan yana qulflab olardim, chunki odamlar meni sezib qolsalar, uni o‘ldirishga 
ulgurolmay qolaman, deb o‘ylardim. Nihoyat, u yotgan uyga yetib bordim-u, ammo 
qorong‘uda bola-chaqalari orasida bo‘lganidan uning aynan qaysi joyda yotganini 
bilolmadim, sekin «Ey Abu Rofi’'» —deb chaqirdim. Abu Rofi’ Men ovoz chiqqan joyga borib, zarb birlan qilich soldim, lekin hayajonlanganimdan 
o‘ldirolmadim, UNING baqirig‘idan qaytib chiqdim Biroz nafasimni rostlab, yana kirdim 
va «Ey Abu Rofi’, kim baqirdi'» — dedim Abu Rofi’ «Onangni g‘am bosgur, uyda begona 
erkak yuribdi, menga qilich urdi'»—dedi Shunda unga yana qilich urdim, ammo bu safar 
ham o‘ldira olmadim. Keyin qilichning tig‘ini qorniga shunday bosdimki, ikki bo‘lak qilib 
tashladim. Nihoyat, o‘ldirganimga ishonch xosil qilgach, eshiklarni bir-bir ochib, zinaning 
oxirgi pog‘onasiga tushdim. Yerga yetdim deb oyog‘imni qo‘ygan erdim, yiqilib tushdim, 
oyog‘imning boldir suyagi sinib ketdi. So‘ng, singan joyni sallam bilan bog‘lab ohista 
yurib ketdim. Darvozaga yetgach, o‘zimga-o‘zim «Biroz kutay, haqiqatan o‘ldirdimmi 
yoki yo‘qmi, bilayin'» — dedim Tong otib, xo‘roz qichqirtan paytda qo‘rg‘on tepasidan 
jarchining Hijoz ahlining savdogari Abu Rofi’ vafot etgani haqidagi xabari tarqaldi. Men 
sheriklarim huzuriga qaitdim-da «Ollox taolo Abu Rofi’ni o‘ldirdi, tezda bu yerdan 
ketaylik» — dedim Janob Rasulullohnin: huzurlariga borgach, bo‘lgan voqeani bayon 
qildim. Janob Rasululloh «Oyog‘ingni uzat »—dedilar, men oyog‘imni uzatdim, ul zot 
silab qo‘ydilar Muborak qo‘llarining sharofatidan keyin hech qachon oyog‘im og‘rimadi» 
 

Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
20
Barro ibn Ozibdan natsl kiladilarki, Janob Rasululloh Abdulloh ibn Atiyk va Abdulloh ibi 
Utba boshchiligida bir necha kishini Abu Rofi’ning huzuriga yuboribdilar Ular Abu 
Rofi’ning qo‘rg‘oniga yaqin borganlarida, Abdulloh ibn Atiyk «Sizlar shu yerda kutib 
turingizlar, men borib vaziyatni bilib kelay!»—debdilar. Abdulloh ibn Atiyk aytadilar: 
«Men qo‘rg‘onga kirishga urinib ko‘rdim, shu payt u yerdan mash’ala ko‘targan bir necha 
kishi chiqib qoldi, ular eshaklarini yo‘qotib, qidirib chiqqan erkanlar. Tanib qolishlaridan 
cho‘chiganimdan xuddi xojatga o‘ltirganday bosh-oyog‘imni libosim birlan yopib, teskari 
qarab o‘ltirdim. Shu payt eshik og‘asi' «Darvozani qulflamasimdan ilgari qo‘rg‘onga 
kiruvchilar bo‘lsa, kirsin!»—deb baqirdi. Men qo‘rg‘onga kirib, otxonaga yashirindim. Abu 
Rofi’ning hamsuhbatlari kechki ovqatni yeb bo‘lib uzoq suhbatlashib o‘ltirgach, tun 
yarmida uy-uyiga tarqaldi. Atrofga jimjitlik cho‘kkach, berkingan joyimdan chiqdim. 
Qorovulning darvoza kalitlarini bir kuvacha ichiga yashirganini ko‘rgan erdim, ularni olib, 
qo‘rg‘on eshiklarini ochdim. So‘ng, meni birov sezib qolmasin, deb tezda darvoza oldidan 
uzoqlashdim. Qaysi eshikka kirmay, ichkarisidan qulflab qo‘yib, Abu Rofi’ning huzuriga 
narvon birlan ko‘tarildim. U qorong‘u xonada yotgan erdi. Yotgan joyini topolmay: «Abu 
Rofi’!» — deb sekin chaqirdim. <'Kim u?» — deb Rofi’ ovoz berdi. Ovoz chiqqan joyni 
mo‘l qilich birlan qattiq urdim. Baqirgan ovoz keldi, lekin o‘ldirolmagan erdim. Unga 
yordam bermoqchi bo‘lgan kishiday ovozimni o‘zgartirib: «Ey Abu Rofi’, nima bo‘ldi?»—
dedim. «Uzing kimsan, onang g‘amga botgur, uyimga begona odam kirib olibdi, meni 
qilich birlan urdi»,— deb baqirdi Abu Rofi’. Shunda uning xotini ham uyg‘onib ketdi. Men 
yana ovozimni o‘zgartirib, unga yaqinlashdim, u osmonga qarab chalqancha yotgan erdi. 
Qilichimning tig‘ini qorniga shunday botirdimki, hatto suyaklarining qisirlagani ham 
egaitildi Keyin, men hayajonlanganimdan narvondan tushayotib, yiqilib tushdim. 
Oyog‘im sindi, uni bog‘lab sheriklarim oldiga bordim. Ularga: «Boringizlar, Janob 
Rasulullohga xushxabar yetkazingizlar, men ertaga o‘lim xabarchisining ovozini 
eshitmagunimcha joyimdan jilmayman!»—dedim. Subh vaqtida jarchi uning o‘lganini 
xabar qildi. Men xotirjam yo‘lga chiqdim. Sheriklarimga, hali ular Janob Rasulullohning 
huzurlariga yetib bormaslaridan yetib oldim-da, shaxsan o‘zim Janob Rasulullohga 
xushxabar aytdim». 
 
17-bob. Uhud g‘azoti 
 
Bu bobga Olloh taoloning «Oli Imron» surasidagi quyidagi oyati karimalari mazmunan 
taalluqlidur: «Ey Muhammad, siz ertalab ahlingiz oldidan chiqib, mo‘minlarni jangga 
shaylab qo‘ygan vaqtingizni bir eslangiz, Olloh hammasini ko‘rib, bilib turuvchidur» 
 
«Ruhan tushmangizlar, xafa bo‘lmangizlar, agar iymonda mo‘stahkam tursangizlar, 
haqiqiy g‘olib sizdursizlar. Agar bu safar sizlarga jarohatu musibat yetgan bo‘lsa, avvalgi 
jangda raqiblaringizga talofot yetgan erdi. Bu Dunyo hayotida g‘alaba qo‘ldan-qo‘lga 
o‘tib turgay, Olloh taolo (mana shunday) sinov birlan oralaringizdan haqiqiy mo‘minlarni 
bilib olgay va ayrimlaringizni shahid qilgay. Olloh taolo zolimlarni do‘st tutmagay, 
iymonli bandalarini avvalgi gunohlaridan poklab, kofirlarni halok qilgay. Olloh taolo 
sizlarni jihodda sinamay turib, sabr qiluvchi ekanliklaringizni aniqlamay turib, jannatga 
kiritadi, deb o‘ylaysizlarmi? Ulimga do‘ch kelmay turib shahid bo‘lmoqni orzu qilgan 
erdingizlar. Mana endi uni o‘z ko‘zingiz birlan ko‘rib turibsizlar!» 
 
«Olloh taolo, sizlar uning rizoligi uchun kofirlar birlan urushib turganingizda, o‘z 
va’dasining ustidan chiqdi. Ammo, Olloh taolo va’da qilgan zafarni ko‘rib turib ham 
o‘rtalaringizda nizo’ chiqdi, sizlar boshliqqa bo‘yinsunmadingizlar, zaiflashdingizlar, 

Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy 
 
 

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling