Abu abdulloh


Download 5.13 Kb.

bet5/55
Sana25.04.2018
Hajmi5.13 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55

25-bob. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning Uhud kuni yarador 
bo‘lganlari haqida 
 
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar-«Japob Rasululloh singan tishlariga ishora 
qilib «Uz payg‘ambarini shu kuyga solgan qavmga Olloh taoloning g‘azabi qattiqdir' 
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Olloh taolo yulida o‘ldirgan kishiga ham Olloh 
taoloning g‘azabi qattiqdir » — dedilar» (Uhud kuni Janob Rasululloh Ubay ibn Xalafni o‘z 
qo‘llari birlan o‘ldirganlar) 
 
26-bob 
 
Saxl ibn Sa’d rivoyat qiladilar. «Ollohga qasamyod qilurmenki, men Janob Rasulullohning 
yaralarini kim yuvganini, kim suv quyib turganini, nima birlan davo qilinganini yaxshi 
bilurman Janob Rasulullohning qizlari Fotima yaralarini yuvganlar, Hazrat Ali ersalar, 
qalqonlarida suv keltirib quyib turganlar Fotima raziyallohu anho qon ko‘p ketayotganini 
ko‘rib, darhol bir bo‘yrani kuydirganlarda, kulini yaraga bosganlar, qon shu ondaeq 
to‘xtagan. Ushanda Janob Rasulullohning kurak tishlari sinib, yuzlari yorilgan, 
boshlaridagi dubulg‘alari majaqlangan erdi» 
 
27-bob. «Olloh taolo va uning rasuli da’vatiga ijobat qilgan kishilar» haqida 
 

Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
28
Hishom raziyallohu anhu otalaridan naql qiladilar. «Oisha raziyallohu anho «Olloh taolo 
va uning rasuli da’vatiga, jarohatlanganliklariga qaramay ijobat qilib, amali solihlar 
hamda taqvo qilgan kishilar uchun buyuk savob bordur » degan oyati karimani o‘qidilar-
da, Urvaga bunday dedilar «Ey jiyan, sening otang Zubair ham, bobong Abu Bakr ham 
o‘shalardandur. Janob Rasululloh Uhud kuni jarohatlanib, mushriklar ketgach, ularning 
qaytib kelib qolishlaridan xavflandilar-da, «Dushman ortidan kim boradi '» — dedilar 
Shunda yetmish kishi bormoqqa ixtiyor bildirdi. Ular orasida Abu Bakr va Zubair ham bor 
erdilar». 
 
28-bob. Uhud kuni shahid bo‘lgan musulmonlar, jumladan Hamza ibn 
Abdulmuttalib, Al-Yamon, Anas ibn an-Nazr, Mus’ab ibn Umayrlar haqida 
 
Qatoda raziyallohu anhu «Biz Qiyomat kuni arab mahalladari ichida Ansorlar 
mahallasidan ko‘ra shahidlari ko‘proq va azizroq bo‘ladirgan mahalla borligini 
bilmaymiz»,— deydilar. 
 
Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Ansorlardan Uhud kuni 70 kishi, Bi’ri 
Ma’una kuni 70 kishi va Yamoma kuni 70 kishi o‘ldirildi. Bi’ri Ma’una voqeasi 
Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi va sallam davrlarida, Yamoma kuni ersa Abu Bakr 
Siddiq davrlarida sodir bo‘lgan». 
 
Jobir ibn Abdullohu xabar beradilarki, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Uhuddagi 
shahidlarning har ikkitasini bir qabrga qo‘ydirar erdilar. Avval: «Bulardan qaysi biri 
Qur’onni ko‘proq yod bilar erdi» —deb so‘rar erdilar, so‘ng qaysi mayyitni «Ko‘p bilar 
erdi» deb ko‘rsatishsa, o‘shani oldin lahadga kirittirar erdilar. Janob Rasululloh: «Bul 
kishilarga Qiyomat kuni men guvohlik bergaymen!»—deb aytar va ularning qonlarini 
yuvmay hamda janoza o‘qimay ko‘mmoqni buyurar erdilar». 
 
Jobir aytadilar: «Otam o‘ldirilganlarida men yig‘lab yuzlaridan kafanni ocha boshladim. 
Janob Rasulullohning ashoblari meni bundan qaytardilar, ammo ul zotning o‘zlari 
mone’lik qilmay: «Yig‘lama, otangni ko‘targunlaricha farishtalar qanotlari birlan soya 
solib turibdilar»,— dedilar». 
 
Abu Muso raziyallohu anu: «Fikrimcha, Janob Rasululloh bunday deb aytgan erdilar»,— 
deydilar: «Men tush ko‘rdim, tushimda qilichimni bir siltagan erdim, sopi sinib ketdi. Bu 
Uhud kuni musulmonlarga yetgan musibatdur. Keyin, yana bir siltagan erdim, 
avvalgidan ham yaxshiroq holga keldi. Bu musulmonlarga muyassar bo‘lgan fath va 
mo‘minlarning hamjihat bo‘lishidir. Tushimda bir so‘yilayotgan sigirni ham ko‘rgan 
erdim. Bu mo‘minlarning Uhudda shahid bo‘lishidir». 
 
Xabbob raziyallohu anhudan nakl qilinadi: «Biz Olloh taoloning rizoligi uchun Janob 
Rasululloh birlan birga hijrat qildik. Olloh, taolo bizga savob ato etmoqni o‘z zimmasiga 
oldi. Ba’zi birlarimiz o‘sha ajrdan ololmay dunyodan o‘tdik. Ulardan biri Mus’ab ibn 
Umayr erdi, Uhudda shahid bo‘ldi. Undan birgina libos qolgan bo‘lib, u birlan boshini 
o‘rasak, oeg‘i, oyog‘ini o‘rasak, boshi ko‘rinib qolardi. Janob Rasululloh: «Libosi birlan 
boshini o‘rangizlar, oyog‘iga ersa izxir yopib qo‘yingizlar!»—deb buyurdilar. Ammo, ba’zi 
birlarimiz hijratning samarasini ko‘rib, hosilini teryapmiz!» 
 

Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
29
29-bob. Uhud bizni yaxshi ko‘radi, biz ham uni sevamiz! 
 
Anas raziyallohu anhudan nakl qilinadi: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: 
«Bu tog‘ (Uhud tog‘i) bizni yaxshi ko‘radi, biz ham uni yaxshi ko‘ramiz!» — dedilar». 
 
Anas raziyallohu anhudan nakl -qilinadi: «Janob Rasululloh ro‘paralarida Uhud 
ko‘ringach". «Uhud gtog‘i bizni yaxshi kuradi, biz ham uni yaxshi ko‘ramiz! Yo Olloh, 
Ibrohim Makkani muqaddas qildilar, men ersam Madinani atrofidagi tog‘lari birlan birga 
muqaddas qildim!» — dedilar». 
 
Uqba ibn Omirdan nakl qilinadi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir kuni masjidga 
chiqib, Uhud ahliga duoi fotiha qildilar-da, so‘ng minbarga chiqib: *Men sizlardan avval 
o‘tgayman, u dunyoda sizlarga guvohman. Men hozir Xavzi Kavsarimni ko‘rib turibman. 
Menga Yer xazinalarining kalitlari berildi, Olloh taologa qasamyod qilurmanki, men 
sizlarni o‘zimdan keyin mushrik bo‘lib ketasizlar, deb ermas, balki mol-dunyoga aldanib 
qolmasangizlar, deb qo‘rqaman!» —dedilar». 
 
30-bob. Raji’, Ra’l, Zakvon, Bi’ri Ma’una g‘azotlari hamda Uzal, Qorra, Osim ibn 
Sobit, Xubayb va uning ashoblari haqidagi hadislar 
 
Osim ibn Amr rivoyat qiladilarki, Raji’ gazoti Uhud janggidan keyin sodir bo‘lgan erkan. 
 
Abu Hurayra raziyallohu anhudan naql kilinadi: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va 
sallam Osim ibn Umar al-Xattobning bobolari bo‘lmish Osim ibn Sobit al-Ansoriyning 
boshchiliklarida bir guruh kishilarni mushriklar orasiga ayg‘oqchi qilib yubordidar. Ular 
Makka birlan Asfon oralig‘idagi Xadda degan yerga yetganlarida Xuzayl qabilasiga 
mansub Banu Lihyon mushriklari sezib qoldilar, Mushriklar musulmonlar to‘xtab dam 
olgan yerda xurmo danagini topib olgan hamda uning Yasrib (Madina) xurmosi danagi 
erkanligini bilgan erdilar. Yuztacha mergan mushrik musulmonlarni ta’qib qila boshladi. 
Osim va boshqa musulmonlar buni bilib qolib, bir tepalik ortiga yashirindilar. Mushriklar 
ularni qurshab olib: «Tushingizlar, qo‘lni-qo‘lga berib yarashaylik, sizlardan birortangizni 
ham o‘ldirmaymiz, deb va’da berurmiz!»—deyishdi. Shunda Osim ibn Sobit: «Ey 
mushriklar, men siz kofirlardan panoh tilab tushmayman» — dedilar, so‘ng «Yo Olloh, 
bizning holimizdan rasulingni xabardor kilgaysen » — deb iltijo qildilar Mushriklar Osim 
birlan yana olti kishini otib o‘ldirdilar. Musulmonlardan uch kishi — Xubayb, Zaid va yana 
bir kishi dushmanning va’dasiga ishonib pastga tushdilar. Mushriklar ularni qurolsizlan-
tirgach, kiyimlarini yirtib, oyoq-qo‘llarini bog‘ladilar. Shunda musulmonlardan uchinchi 
kishi (Abdulloh ibn Toriq) «Xudo haki, bu xiyonatning boshidur!»~deb ular birlan birga 
ketishdan bosh tortdi. Mushriklar uni o‘sha joyning o‘zida o‘ldirishdi, Xubayb birlan 
Zaydni ersa Makkaga olib borib qul qilib sotishdi. Xubaybni Xars ibn Omirning o‘g‘illari 
sotib olishdi. Hubayb Hars ibn Omirni Badrda o‘ldirgan erdi. Shuning uchun uning 
o‘g‘illari Xubaybni biroz muddatdan so‘ng o‘ldirmoqqa qaror qildi-lar. Buni sezgan 
Xubayb Harsning qizidan ustara so‘rab olib, poklandi. Shu asnoda o‘shal ayolning 
o‘g‘ilchasi Xu-baybning huzuriga kirib keldi. Ayol bolasini izlab, uni Xubaybning tizzasida 
o‘ltirgan holda ko‘rdi, Xubaybning qo‘lida ersa ustara bor erdi «Mening qo‘rqib 
ketganimni sezib, Xubayb «Bolamni o‘ldiradi, deb qo‘rqyapsanmi, men hech qachon 
bunday qilmayman » — dedi,— deydi ayol,— Olloh taolo nomi birlan qasamed 
qilurmenki, men Xubaybdan ko‘ra yaxshiroq asirni ko‘rmaganman Qasamed qilurmenki, 
bir kuni men uning bir bosh uzum yeb turganini ko‘rdim, vaholanki shu vaqtda Makkada 

Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
30
uzum bo‘lmay, buning ustiga qo‘li ham kishanlangan erdi» Ayol buni mo‘‘jiza deb bilar 
va «Xubaybga Olloh taoloning o‘zi buni rizq qilib beryapti» — der erdi. Xubaybni qatl 
kilmoqqa olib chiqqanlarida, u « ikki rakat namoz o‘qimog‘imga ijozat beringiz-lar » — 
dedi. Namozni o‘qib bo‘lgach- «Ulimdan qo‘rqqanidan namoz o‘qiyapti, demaganingizda 
erdi, ko‘proq namoz o‘qigan bo‘lur erdim - deb aytdi. Shu-shu bo‘ldi-yu, o‘limga hukm 
qilingan har bir musulmonga o‘limi oldidan namoz o‘qimoq sunnat bo‘lib qoldi Xubaib 
«Yo Olloh, bu kofirlarning birortasini ham qoldirmay halok qilgin'»—dedi-da, quyidagi 
she’rni o‘qidi 
 
«Musulmon holda o‘lsam, zarra parvoyimga kelmas, Qaysi yon birla yiqilmog‘imni Olloh 
farqlamas. Saxovat sohibi bo‘lmish o‘zi tanho ilohimga, Qiyma-qiyma jismima bermoq 
savob hech gap emas» Keyin, Uqba ibn Hars Xubaybning oldiga bordi-da, uni o‘ldirdi. 
Osim Quraysh kattalaridan birini Badrda o‘ldirgan erdi.Shu boisdan Osimning 
o‘ldirilganini eshitgan Quraysh bunga ishonch hosil qilish uchun uning biror a’zosini kesib 
kelmoqqa odam yubordi. Shunda Olloh taolo bulutdek asalarilar to‘pini yo‘lladi, Quraysh 
mushriklari Osimning jasadiga yaqinlasha olmadi, arilar Osimni himoya qildi» 
 
Jobir ibn Abdulloh «Xubaybni o‘ldirgan kishi Abu Sirvaa erdi»—deydilar (Abu Sirva’a 
Uqba ibn Harsning laqabidir) 
 
Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat hiladilar. «Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallam 
70 kishini bir ish birlan yuborgan erdilar ularni «qorilar» deb atashardi. Bi’ru Ma’una 
degan yerda Ra’l va Zakvon ahli ularning yo‘lini to‘sib «Xudo haqi, biz sizlarni so‘ragan 
ermas erdik, aksincha o‘zimiz payg‘ambarning hojatini chiqara olamiz»—deb qorilarning 
hammasini o‘ldirdilar. Payg‘ambar alayhissalom bir oy davomida bomdod namozida 
xiyonatchilarni duoi bad qildilar. Shundan e’tiboran duoi «Qunut» o‘qiladigan bo‘ldi, ilgari 
biz «Qunut» o‘qimas erdik» 
 
Abdulaziz rivoyat qiladilar. «Bir odam Anas raziyallohu anhudan. «Qunut ruku’dan keyin 
o‘qiladimi yoki qiroatdan keyinmi»—deb so‘radi Anas «Yo‘q, aksincha, qiroatdan 
keyin»,— dedilar» 
 
Bu yerda yuqoridagi hadisga mazmunan yaqin xadislar keltirilgan. 
 
Anas raziyallohu anhudan naql kilinadi: «Payg‘ambar sallallohu alayxi va sallam 
Anasning tog‘asini, ya’ni Ummu Sulaymning akasini 70 otliqqa boshliq qilib yuborgan 
erdilar. Usha paytda mushriklarning boshlig‘i bo‘lmish Omir ibn Tufayl Janob 
Rasulullohning oldilariga kelib «Odamlarni ikkiga bo‘laylik, qishlok ahliga sen, shahar 
ahliga men boshliq bo‘layin yoki sen hammaga payg‘ambar va boshliq bo‘lsang, men 
senga noib bo‘layin, bansharti rozi bo‘lmasang, minglab G’atafon ahlini boshlab kelib, 
senga qarshi jang qilaman'»— dedi. Ko‘p o‘tmay, Omir Salul qabilasidan bo‘lgan bir 
ayolning uyiga borib o‘sha yerda xastalandi, badanida bo‘taloqda bo‘ladigan bezga 
o‘xshash bir shish paydo bo‘ldi Keyin, Omir. «Tezda otimni keltiringlar'» — deb otiga 
mindi-yu, jon berdi 
 
Ummu Sulaymning akasi Harom G’atafonga yetgandan keyin, hamroxlaridan ikki kishini 
(ulardan biri cho‘loq erdi) ajratib oldi-da ularga «Yaqinroq joyga yashirinib turingizlar. 
agar meni o‘ldirishmasa, oldimga kelasizlar, o‘ldirishsa, tezda qaytib, qolganlarga xabar 
qilasizlar»,— dedi So‘ng, mushriklar oldiga bordi-da «Menga omonlik bersangizlar, Janob 

Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
31
Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning meni qanday vazifa birlan yuborganliklarini 
sizlarga yetkazurman»,— deb gap boshladi. Shunda mushrik-lar bir kishiga ishora 
qilishib erdi, u Haromning ortiga o‘tib nayza sanchdi. Harom: «Ollohu akbar! Ka’ba egasi 
haqi, men zafar topdim!»—deya jon taslim qildi. Keyin, mushriklar uning barcha 
sheriklarini ham topib o‘ldirishdi, faqat tog‘ tepasiga chiqib yashiringan birgina cho‘loq 
kishi omon qoldi. Olloh taolo «Darhaqiqat, biz rabbimizni topdik, u bizdan rozi bo‘ldi va 
bizni rozi ham qildi» degan oyati karimasini nozil qildi, keyin bu oyat mansux bo‘lgan 
erdi. Janob Rasululloh Ra’l, Zakvon, Banu Lihyon va Usayya ahlini Olloh taolo birlan 
uning rasuliga osiylik qilganlari uchun o‘ttiz kun bomdodda duoi bad qildilar». 
 
Anas ibn Molik: «Harom ibn Milhon, ya’ni tog‘am Bi’ru Ma’unada nayza birlan yarador 
qilinganlarida, yaralaridan oqqan qonni boshlari va yuzlariga surtib: «Ka’ba egasi haqi, 
men zafar topdim!»—deb aytgan erdilar»,— deydilar. 
 
Oisha raziyallohu anhudan marviydurki, Abu Bakr Siddiq raziyallohu anhu 
dushmanlardan ko‘p ozor yetgandan so‘ng, Janob Rasulullohdan xijratga izn so‘radilar. 
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Sabr qilin-giz!» — dedilar. Abu Bakr: «Yo 
Rasulalloh, bu xususda Olloh taolodan izn bo‘lmog‘ini kutayotirsizmi?» — dedilar. Janob 
Rasululloh: «Men shuni umid qilib turibman»,— dedilar. Oisha raziyallohu anho bunday 
deydilar: «Shundan so‘ng, Abu Bakr kuta boshladilar. Bir kuni Janob Rasululloh peshin 
vaqtida kelib, baland ovoz birlan: «Ey Abu Bakr, xonangizdan chiqing!» — dedilar. Abu 
Bakr: «Huzurimda ikki qizimdan bo‘lak hech kim yo‘q»,— dedilar. Janob Rasululloh: 
«Bildingizmi, Makkaga yo‘l olmog‘imga Olloh taolo izn berdi!» — dedilar. Abu Bakr: 
«Sizga hamroh bo‘layinmi?—dedilar. Janob Rasululloh: «Ha, albatta, hamroh 
bo‘lgaysiz!»—dedilar. Abu Bakr: «Yo Rasulalloh, mening ikki tuyam bor, ikkovini safarga 
tayyorlab qo‘ygan erdim»,— deb bittasini Janob Rasulullohga berdilar, uning nomi Jad’o 
erdi. So‘ng, ikkovlari ikkita tuyaga minib jo‘nadilar va Savr tog‘idagi g‘orga borib 
yashirindilar. Oisha raziyallohu anhoning ona bir akasi bo‘lmish Abdulloh ibn Tufaylning 
Omir ibn Fuhayra ismli bir quli bo‘lib, u Abu Bakrning sut beradigan tuyalarini ertalab, 
peshindan keyin va kechasi yetaklab kelardi-da, ikkovlarini sutga to‘ydirib, yana haydab 
olib ketardi, boshqa cho‘ponlar ersa buni sezmay qolishardi. Janob Rasululloh va Abu 
Bakr yo‘lga chiqqanla-rida Omir ibn Fuhayra ikkovlarining tuyalariga navbatma-navbat 
mingashib Madinagacha birga keldi. U Bi’ru Ma’una voqeasida shahid bo‘lgan». 
 
Urva ibn Zubayr raziyallouu anuu otalari Zubayrdan bunday deb nakl kiladilar: «Bi’ru 
Ma’unada qorilar shahid bo‘lib, Amr ibn Umayya asir tushgan paytda (mushriklarning 
boshlig‘i) Omir ibn Tufayl Omir ibn Fuhayraning jasadini ko‘rsatib: «Bu kim?»—deb 
so‘radi. Amr ibn Umayya: «Bu Omir ibn Fuhayraning jasadi»,— dedi. Shunda Omir ibn 
Tufayl: «Bu o‘ldirilgandan keyin, jasadining ko‘tarilib yer birlan osmon o‘rtasida turganini 
ko‘rdim, keyin yana yerga qaytib tushdi»,— dedi. Qorilarning o‘ldirilgani haqidagi xabar 
Janob Rasulullohga yetib kelganda ul zot sahobalarga buni ma’lum qilib: «Birodarlaringiz 
boshiga musibat tushibdi, ular «Yo rabbimiz, sening bizdan va bizning sendan rizo 
bo‘lganimizni do‘stlarimizga xabar qilg‘il!» deb Olloh taolodan iltijo qilibdilar»,— dedilar. 
Shu kuni Urva ibn Asmo’ va Munzir ibn Amr ham shahid bo‘lgan erdilar. Keyinchalik, 
Zubayr ibn Avvom ikki o‘g‘liga shu ikki shahid ismini qo‘ydi». 
 
Anas raziyallohu anhudan naql kilinadi: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir 
oy davomida ruku’dan keyin duoi Qunutni o‘qib Ra’l va Zakvon qabilalarini duoi bad 
qildilar, nuqul: «Usayya Olloh taolo va uning rasuliga osiy bo‘ldi»,— der erdilar». 

Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
32
 
Bu yerda yuqoridagi hadis takrorlangan. 
 
Osim al-Ahvol bunday deydilar: «Men Anas ibn Molik raziyallohu anhudan: «Namozda 
Qunut duosi ruku’dan avval o‘qiladimi yoki keyinmi?» —deb so‘radim. Anas: «Ruku’dan 
oldin»,— dedilar. Men: «Bir odam sizning «ruku’dan keyin» deganingizni aytgan erdi»,— 
dedim. Anas: «Xato gapiribdi. Janob Rasululloh Qunutni faqat bir oy davomida ruku’dan 
keyin o‘qiganlar, xalos. Bunga sabab shuki, u kishi yetmishta qorini mushriklarga ta’lim 
bergani yuborgan erdilar, chunki ikki o‘rtada shu haqda shartnoma bor erdi. Ammo, 
mushriklar shartnomaga xiyonat qilib, yetmishta qorining hammasini o‘ldirdilar. 
Shundan keyin, Janob Rasululloh bir oy davomida ruku’dan so‘ng Qunutni o‘qib, 
mushriklarni duoi bad qilganlar»,— dedilar». 
 
31-bob. Xandaq, ya’ni Ahzob g‘azoti haqida 
 
(Izoh: Rasululloh sallallohu alayhi va sallam hijratning 4-yili Banu Nazir nomli yahudiylar 
qabilasini Madinadan haydab chiqargan vaqtlarida ularning kattalari Makkaga borib, 
Qurayshni musulmonlarga qarshi yana urush qilmoqqa ko‘ndirdi, shuningdek boshqa 
qabilalarga ham borib, ularni ham Madinaga qo‘shin tortishga rozi qildi. Shunday qilib, 
Abu Sufyon boshliq Quraysh, Sufyon ibn Abu Shams boshliq Banu Salim, Talha ibn 
Huvaylid boshliq Banu Asad, Uyayna boshliq Fizora, Mas’ud ibn Rajiyla boshliq Ashja’, 
Horis ibn Avf boshliq Banu Murra — hammasi bo‘lib o‘ng ming kishilik mushriklar qo‘shini 
Madinaga yana bostirib keldilar. Musulmonlarning soni ersa bor-yo‘gi mingta erdi. 
Shuning uchun ham bu gazot «Ahzob», ya’ni «Ko‘p jamo’a» deb ataldi). 
 
Muso ibn Uqba: «Bu gazot 4- yil shavvol oyida bo‘lgan erdi»,— deydilar. 
 
Nofi’ raziOllohu anhu bunday deydilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Uhud kuni 
Ubaydullohga jang qilmoqqa ijozat bermadilar, chunki u o‘n to‘rt yoshda erdi. Xandaq 
kuni ersa ijozat berdilar, shu vaqtda u o‘n beshga kirgan erdi». 
 
Saxl ibn Sa’d bunday deydilar: «Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga 
Xandaqda bo‘ldik. Boshqalar xandaq qazishar, biz ersak tuprogini yelkamizda tashir 
erdik. Shunda Janob Rasululloh: «Yo Olloh, haqiqiy hayot oxirat hayotidir! Muhojirlar 
birlan ansorlarni magfirat qilgin!»—dedilar». 
 
Anas ibn Molik raziyallohu anhu bunday der erdilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va 
sallam Xandaqqa kelganlarida muhojirlar birlan ansorlar ertalabki salqinda xandaq 
qaziyotgan erdilar. Ularning bu ishni qilib beradirgan qullari yo‘q erdi. Janob Rasululloh 
ularning charchab, ochiqib qolganlarini ko‘rib: «Yo Olloh, oxirat hayotidan o‘zga hayot 
yo‘qdur! Muhojirlar birlan ansorlarni magfirat qilgin!»—dedilar. Ular: «Biz Muhammadga 
bay’at qilganmiz, umrimiz boricha jihod qilgaymiz »—deb javob qilishdi». 
 
Anas raziyallohu anhudan bunday deb naql qilinadi.: «Muhojiru ansorlar Madina atrofida 
xandaq qazishib, tuprogini yelkalarida tashir erdilar va nuqul: «Muhammadga bay’at 
qilganmiz, umrimiz boricha islomga sodiqmiz!» — deyishar erdi. Janob Rasululloh ersalar 
ularga javoban: «Yo Olloh, oxirat xayriyatidan o‘zga xayriyat yo‘qdur! Ansoru 
muhojirlarga barakot ato etgil!»—dedilar». 
 

Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
33
Anas raziyallohu anhu deydilarki, bir hovuch arpa keltirishib, uni biroz hidlangan yoqqa 
solib qovurishibdi, so‘ng odamlarga tortishibdi. Ular och bo‘lganlaridan badbo‘yligiga 
qaramay o‘zlarini zo‘rlab tanovul qilishibdi. 
 
Jobir raziyallohu anhu bunday deydilar: «Biz Xandaq kuni chuqur qaziyotib qattiq yerga 
duch kelib qoldik. Shunda odamlar Janob Rasulullohning oldilariga borib: «Ey Ollohning 
rasuli, biz qattiq yerga duch kelib qoldik, (kavlab bo‘lmayapti)»,— deyishdi. Janob 
Rasululloh ularga: «Men tushaman»,— dedilar-da, o‘rinlaridan turdilar, lekin qorinlari 
juda och erdi, chunki uch kundan buyon tuz totmagan erdik. Janob Rasululloh cho‘kichni 
oldilar, SO’NG chuqurga tushib, zarb birlan qattiq yerga urdilar. Qattiq yer ushalib-
ushalib ketdi. Shunda men: «Yo Rasulalloh, menga izn bersangiz, uyga borib kelsam!» 
— deb javob oldim. Uyga borib, xotinimga' «Janob Rasulullohning juda och qolganlarini 
sezyapman, biror yegulik narsang bormi"» dedim. Xotinim: «Ha, ozgina arpa birlan bitga 
uloqcham bor», dedi. Men uloqni so‘ydim, xotinim arpani tuyib, UN qildi. Go‘shtni 
qozonga soldim-da, Janob Rasulullohning oldilariga bordim, bu vaqtda xamir ko‘pchib, 
non yasalgan, qozon ersa allaqachon o‘choqqa osilgan erdi. Men Janob Rasulullohga 
«Menga biroz taom tayerlab quyishgan erkan Ye Rasulalloh, o‘zingiz birlan bir-ikki 
kishini olib men borlai yuring dedim. Janob Rasululloh mendan: «Taomingiz qancha» -
deb so‘radilar. Men bor taomni aytdim «Ko‘p erkan, juda yaxshi Xotiningizga ayting, 
men borgunimcha go‘shtni qozondan, nonni tandirdan olmay gursin —dedilar. Janob 
Rasululloh. Keyin, barcha muhojiru ansorlarga «Turingizlar!» — dedilar-da, birgalaishb 
meniig uiimga keldilar. Men xotinimga: «Sho‘ring qursin, Janob Rasululloh o‘zlari birlan 
muhojiru ansorlarni hamda ular birlan birga yana bir qancha kishilarni olib keldilar* 
dedim. Xotinim menga. «Janob Rasulullox sizdan ovqatntng qanchaligini 
so‘raganmidilar'»—dedi. Men «Ha», dedim. Janob Rasululloh ersalar odamlarga Uyga 
kiringizlar, to‘planishmangizlar — deb nonni tandirdan uzib, sho‘rvani, suzib 
beraverdilar. Hamma tuygandan keyin ham qozonda go‘sht, tandirda non ortib qoldi. 
Keyin, mening xotinimga «Bu ovqatdan o‘zing ham yegin, qushnilarga ham tortiq, qilgin, 
chunki odamlar och»,— dedilar» 
 
Sa’id ibn Miyno’ Jobir ibn Abdulloxdan naql qiladilar: «Men Xandaq kavlangan kuni Janob 
Rasulullohning qattiq och qolganlarini ko‘rdim Xotinimning oldiga borib. «Janob 
Rasululloh qattiq ochlar, yegulik biror narsang bormi?» — dedim. Menga bir qop olib 
chiqib berdi, unda bir so’ arpa bor erdi. Bundan tashqari bir kichkina qo‘zichog‘imiz ham 
bor erdi. Men qo‘zini so‘ydim, xotinim arpani yanchib, un qildi. Keiin, go‘sht nimtalab 
qozonga soldim-da, Janob Rasulullohning oldilariga jo‘nadim. Keta.yotganimda xotinim 
«Meni Janob Rasululloh birlan sahobalar oldida uyaltirib qo‘ymang '» deb ta’yinlab qoldi. 
Men sekin borib «Yo Rasululloh, uyimizda bir qo‘zichoq bor erdi, so‘ydim, ozgina arpa 
yanchib un qildim, yoningtzga bir kishini olib, men birlan yuringiz!» — dedim. Janob 
Rasululloh qattiq ovoz birlan: «Ey xandaq kavlayotganlar, Jobir sizlarga dasturxon 
tayerlabdi, hammangiz bu yoqqa kelingizlar, (Ey Jobir), men borguncha qozonni 
o‘choqdan tushirmay va nonni yopmay turingizlar!» — dedilar. Men uyga bordim, Janob 
Rasululloh ham ashoblari birlan bordilar. Shunda xotinim: «Men aytganday qilmabsiz-
da?!»—dedi. Men: «Sen aytganday qildim», — dedim-da, Janob Rasulullohning oldilariga 
xamirni olib keldim, u kishi xamirga tupurib baraka tiladilar, keyin qozon oldiga borib, 
unga ham tupurib baraka tiladilar. So‘ng: «Nonvoyni (ya’ni, xotiningni) chaqir, men 
birlan birga non yopsin, qozonni ersa olovini pasaytirib, o‘choqdan tushirmangizlar!» — 
dedilar. Olloh taolo haqi, sahobalar yeb-ichib, to‘yib turib ketganlarida ham qozon to‘la 
go‘sht, tandir to‘la non qolgan erdi. Vaholanki, sahobalar roppa-rosa ming kishi erdilar». 

Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy 
 
 

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling