Abu abdulloh


Download 5.13 Kb.

bet55/55
Sana25.04.2018
Hajmi5.13 Kb.
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55

15-bob. Tik turgan holda (suv) ichmoq haqida 
 
Nizol ibn Maysara rivoyat qiladilar: «Hazrat Ali raziyallohu anhu masjid maydoni eshigi 
oldiga keldilarda, tik turgan hollarida (suv) ichdilar. So‘ng, odamlarga Ba’zi kishilar tik 
turib (suv) ichmoqlikni rad qilurlar, vaholanki men Janob Rasulullohning hozir ne 

Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
377
qilganimni ko‘rgan bulsangiz, shunday qilganlarini ko‘rganman»,— dedilar». 
 
Abdulmalik ibn Maysara rivoyat qiladilar: «Hazrat Ali raziyallohu anhu peshin o‘qib, so‘ng 
odamlar ishini hal qilmoq uchun Kufa maydonida asrga qadar qolib ketdilar. Keyin, ul 
kishiga suv keltirishib erdi, ichdilar yuz-qo‘llarini yuvdilar va boshlari birlan ikki 
oyoqlarini esladilar (ya’ni, boshlari birlan oyoqlariga mash tortishni unutgan erdilar, 
keyin ularga mash tortdilar) So‘ng, o‘rinlaridan turib tik turgan hollarida ortib qolgan 
suvni ichdilar. Keyin odamlarga «Ayrim odamlar tik turgan holda suv ichmoqlikni rad 
qilurlar, vaholanki Janob Rasululloh men qilgandek qilganlar»,— dedilar» 
 
Ibn Abbos rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam tik turgan holda 
Zamzam suvidan ichdilar». 
 
16-bob Tuyasini minib (Arafotda vuquf qilib) turgan holda sut ichgan kishi 
haqida 
 
Ibn Abbosning mavlolari Umayr rivoyat qiladilar: «Ummulfazl Rasululloh sallallohu alayhi 
va sallamga, ul zot kechqurun (tuyalariga minib) Arafotda (vuquf qilib) turganlarida, bir 
qadah sut yubordilar. Shunda Janob Rasululloh uni qo‘llariga olib ichdilar». 
 
Abunnazr raziyallohu anhu «tuyalariga minib» deb qo‘shimcha qiladilar 
 
17-bob. Ichishning (avval) o‘ngdagi, so‘ng (yana) o‘ngdagi (odamdan) 
boshlanmog‘i haqida 
 
Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va 
sallamga suv qo‘shilgan sut keltirildi, shunda ul zotning o‘ng yonlarida bir badaviy va 
chap yonlarida Abu Bakr as-Siddiq turgan erdilar. Janob Rasululloh sutni ichib, so‘ng 
(qolganini) badaviyga uzatdilar-da «(Avval) o‘ngdagi so‘ng (yana) o‘ngdagi (kishiga 
uzatmoq lozim)!» —dedilar» 
 
18-bob. Kishi biror ichimlikni uzatishda o‘zining o‘ng tomonidagi odamdan: 
«Avval sendan kattaroqlarga uzaqam, maylimi?» — deb izn so‘raydimi? 
 
ibn Sa’d raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga 
meva sharbati keltirishib erdi, undan ichdilar. Shunda ul zotning o‘ng tomonlarida bir 
yigit va chap tomonlarida keksalar o‘ltirishgan erdi. Janob Rasululloh yigitdan «Avval 
anavi keksalarga uzaqam, ruxsat berursanmi?» —deb so‘radilar. Yigit: «Olloh taolo haqi, 
yo Rasulalloh, sizdan tegadirgan nasibamdan voz kechmagayman!»— dedi. Shunda 
Janob Rasululloh uning qo‘lini chimchilab qo‘ydilar? 
 
19-bob. Hovuzdan suv ichmoq haqida 
 
Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va 
sallam bir sahobalari birlan birga bir kishining hovlisiga kirdilar-da, unga salom berdilar, 
saxobalari ham salom berdi. Xonadon sohibi alik olgach: «Yo Rasulalloh, ota-onam sizga 
fido bo‘lsinlar, shunday jazirama vaqtda nima qilib yuribsiz?!»—dedi. Shunda u bog‘ini 
sug‘orib turgan erdi. Janob Rasululloh: «Agar meshda tindirib qo‘yilgan suving 
bo‘lganida erdi! Bo‘lmasa hovuzdan ham nchib ketaveramiz!» — dedilar. Bog‘ini hanuz 

Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
378
sug‘orishda davom etib turgan xonadon sohibi: «Yo Rasulalloh, menda meshda tindirib 
qo‘yilgan suv bor»,— dedi-da, chorpoyaga (supaga) chikdi, so‘ng bir qadahda suv olib, 
unga sut qo‘shdi. Janob Rasululloh (undan) ichdilar, keiin qaytarib berib erdilar, 
(qolganini) o‘zlari birlan birga kelgan kishi ichdi» 
 
20-bob Kichiklarning kattalarga xizmat qilmog‘i haqida 
 
Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men yoshim kichik bo‘lsa-da, mahallada 
amakilarimga sharob quyib berib turgan erdim. Bir mahal, mast qilguvchi ichimlikning 
harom qilinganligi haqida ma’lum qilib qolishdi. Odamlar «Uni to‘kib tashlangizlar!» — 
deyishdi. Biz uni to‘kib tashladik» Mu’tamirning otalari bunday deydilar: «Men Anasga ; 
«Ular qanday ichimlik ichishayotgan erdi?» - - deb aytdim, Anas «Yangi uziltan va xom 
xurmolardan tayyorlangan ichimlik erdi» — dedi». Anasning o‘g‘li Abu Bakr «Ushanda 
Anas ularning xamri (mast qilguvchi ichimligi) bo‘lganini inkor qilmadilar», -deydilar 
 
21-bob. Idish ustini yopib qo‘ymoq haqida 
 
Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va 
sallam bunday dedilar. «Tun qorong‘usi tushishi birlanoq bolalaringizni uyda mahkam 
ushlab o‘ltiringizlar chunki bu vaqtda shaytonlar chor atrofga tarqaladir. Tun qorong‘usi 
tushgan-dan bir soat o‘tgach ersa, bolalaringizni uy ichida qoldiringizlar-da, tashqariga 
chiqib «Bismillohir rahmonir rahiym» deb eshiklarni yopib kelingizlar, shunda shayton 
yopiq eshikni ocholmaydi. Keyin, «Bismillohir rahmonir rahiym» deb meshlaringizning 
og‘zini bog‘lab qo‘yingizlar, so‘ng yana «Bismillohir rahmonir rahiym» deb 
idishlaringizning ustiga biror narsa yopib qo‘yingizlar, keyin chiroqlaringizni o‘chirib 
yotingizlar!» 
 
Ato Jobir raziyallohu anhudan naql qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 
bunday dedilar: «Tunda chiroqlarni o‘chirib, eshiklarni tambalab, meshlarning og‘zini 
bog‘lab hamda ovqatu ichimliklar ustini bir cho‘p birlan bo‘lsa ham yopib, so‘ng uyquga 
yotingizlar!». 
 
22-bob Meshlarning og‘zini buzib ulardan suv ichmoq haqida 
 
Abu Sa’id al-Xudriy raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va 
sallam meshlarning og‘zini buzib ulardan suv ichmoqdan qaytardilar» 
 
Ubaydulloh ibn Abdulloh Abu Sa’id al-Xudriyning bunday deb rivoyat kilganlarini 
eshitgan erkanlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam meshlarning og‘zini 
buzmoqdan qaytardilar». 
 
Mu’ammar yoki boshqa bir roviy. «Meshlarning og‘zini buzmoq, ya’ni bevosita ularning 
og‘zidan suv ichmoq demakdur»,— deydilar. 
 
23-bob. Meshning og‘zidan suv ichmoq haqida 
 
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 
«Garchi kishi qo‘shnisining o‘z hovlisida hatto qoziq qoqmog‘iga mone’lik qiladirgan 
darajadagi odam bo‘lsa-da, mesh og‘zidan suv ichmasin!» — dedilar» 

Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
379
 
Bu yerda yuqoridagi hadis qisqacha takrorlangan 
 
24-bob. Idish ichiga nafasni kiritmoq haqida 
 
Abu Qatoda otalaridan naql qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb 
aytdilar: 
«Birortangiz (suv yoki boshqa biror ichimlik) ichsangiz, idish ichiga nafasingizni 
chiqarmangiz va agar birortangiz peshob qilsangiz o‘ng qo‘lingiz birlan olatingizni 
poklamangiz va agar birortangiz (ketingizni) artadirgan bo‘lsangiz, o‘ng qo‘lingiz birlan 
artmangiz!» 
 
25-bob Idish og‘zidan ikki yoki uch bor suv ichib, har gal nafasni tashqariga 
chiqarmoq haqida 
 
Sumoma ibn Abdulloh rivoyat qiladilar: «Anas idish ogzidan ikki yoki uch bor suv ichib, 
har gal nafaslarini idish tashqarisiga chiqardilar-da, «Rasululloh idish og‘zidan uch bor 
suv ichib, har gal nafaslarini tashqariga chiqargan erdilar»— deb ta’kidladilar». 
 
26-bob. Oltin idishda ichmoq haqida 
 
Ibn Abu Laylo rivoyat qiladilar: «Huzayfa Madoin shahrida erdilar, chanqab qolib suv 
so‘radilar. Shunda qishloq oqsoqoli ul kishiga bir kumush qadahda suv uzatib erdi, uni 
olib otib yubordilar-da :«Men kumush qadahni undan foydalanmoqdan qaytarish 
maqsadidagina otib yubordim, u bo‘lsa buni anglamadi. Darhaqiqat, Rasululloh sallallohu 
alayhi va sallam bizni harir va deboj kiymoqdan, oltin va kumush idishda ichmoqdan 
qaytarib, « Harir va deboj kiyimlar, oltin va kumush idishlar bu dunyoda ular (ya’ni, 
oxirati yo‘qlar) uchun bo‘lib, oxiratda ersa sizlar uchundur!»—deb aytganlar»,— dedilar» 
 
27-bob. Kumush idish haqida 
 
Mujohid ibn Abu Laylodan naql qiladilar: «Biz Huzayfa birlan birga yo‘lga chiqdik. 
Shunda Huzayfa Janob Rasululloh haqlarida eslab aytdilarki, ul zot «Oltin va kumush 
idishlarda ichmangizlar, harir va deboj kiyim kiymangizlar, chunki bunday narsalar bu 
dunyoda ular (ya’ni, oxirati yo‘qlar) uchun bo‘lib, oxiratda ersa sizlar uchundur!» — 
degan erkanlar» 
 
Janob Rasulullohniig jufti halollari bo‘lmish Ummu Salama rivoyat qiladilar: «Rasululloh 
sallallohu alayhi va sallam «Kumush idishda (suv, ovqat va boshqalar) ichadirgan 
odamning qornida haqiqatan ham jahannam o‘ti gurkiraydi!» — dedilar». 
 
Barro ibn Ozib rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bizga yetti 
narsani (qilmoqni) buyurib, yetti narsani (qilmoqni) man’ qildilar, kasalni borib 
ko‘rmoqni, janozaga bormoqni (ergashmoqni), aksa urgan kishi «Alhamdu lilloh!» desa, 
unga «Iarhamukalloh va yashfiyk!» deb javob qaytarmoqni, taklifga ijobat qilmoqni 
salomga alik olmoqni, mazlumga yordam qilmoqni va qasamga vafo qilmoqni amr 
qildilar hamda tilla uzuk taqmoqni, kumush idishda ichmoqni (yoki kumush idish 
tutmoqni), miysara, qassiy, harir, deboj va istabraq (kiyimlar) kiymoqni man’ qildilar». 
 

Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
380
28-bob. Qadahlarda (suv, sut va boshqalar) ichmoq xususida 
 
Ummu Salama rivoyat qiladilar: «Odamlar Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning 
arafa kuni ro‘zador yoki ro‘zador ermasliklari haqida shubhalanishdi. Shunda men ul 
zotga bir qadah sut yuborib erdim, ichdilar» 
 
29-bob. Janob Rasulullohning qadah va idishlaridan ichmoq haqida 
 
Abu Burda rivoyat qiladilar: «Abdulloh ibn Salom menga: «Rasululloh sallallohu alayhi va 
sallamning muborak lablari tekkan idishda senga biror ichimlik quyib berayinmi?» — 
dedi». 
 
Abu Hozim rivoyat qiladilar: «Sahl ibn Sa’d raziyallohu anhu bunday deb aytgan erdi: 
«Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga bir arab ayoli haqida so‘zlashdi. Shunda ul zot 
Abu Usayd as-So’idiyga o‘shal ayolga odam yubormoqni buyurdilar, u odam yubordi. 
Keyin, ayol Banu So’ida bog‘iga kelib tushdi. Janob Rasululloh u tomon yo‘lga chiqib 
yetib bordilar-da huzuriga kirdilar, ayol boshini quyi solib o‘ltirar erdi. Janob Rasululloh 
ayolga gapirgan erdilar, u «Olloh taolo meni sendan qutqarsin!» — dedi. Janob 
Rasululloh «Seni o‘zimdan qutqarib bo‘lganman!»—dedilar. Sahobalar unga «Sen bul 
zotning kim erkanliklarini bilurmisan?»—deyishdi. Ayol: «Yo‘q»,— dedi. Sahobalar: «Bul 
zot Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdurlar, seni o‘zlariga xotinlikka so‘ragani 
kelganlar»,— deyishdi. Ayol «Men shundan iztirobdaman!»— dedi. Janob Rasululloh 
o‘shal zamonoq uydan qaytib chiqdilar-da, Banu So’ida ayvoniga borib o‘ltirdilar, 
sahobalar ham borib o‘ltirishdi. Keyin, ul zot menga «Ey Sahl, bizning tashnaligimizni 
qondirgil!»—dedilar. Men bir qadah olib chiqib, ularning barchasiga suv quyib berdim» 
 
 «Sahl bizga o‘shal qadahni olib chiqib berdi,— deydilar Abu Hozim — biz unda qonib 
(suv yoki boshqa biror ichimlik) ichdik. Keyin uni Umar ibn Abdulaziz o‘zlariga sovg‘a 
qilmoqni so‘radilar, Sahl sovg‘a qildi» 
 
Osim al-Ahval rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning 
qadahlarini Anas ibn Molikning uylarida ko‘rdim, u darz ketgan bo‘lib, darzi kumush 
zanjir birlan bog‘lab qo‘yilgan erdi (Afsus) u sof yog‘ochdan qilingan kattagina bir yaxshi 
qadah erdi. Anas Men bu qadahda Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga falon va falon 
martadan ortiq suv ichirganman» — deb aytgan erdi». 
 
Ibn Sirin bunday deydilar: «Uning (qadahning) temir halqasi bo‘lib, Anas uning o‘rniga 
oltin yoki kumush halqa o‘rnatmoqchi bo‘ldilar. Shunda Abu Talha ul kishiga «Rasululloh 
sallallohu alayhi va sallamning o‘rnatib qo‘ygan narsalarini o‘zgartirmagil!» — deb 
erdilar, temir halqani o‘z joyida qoldirdilar». 
 
30-bob Tabarruk qilib berilgan suvni ichmoq va tabarruk suv haqida 
 
Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhu Solim ibn Abu al-Ja’dga bunday deb aytgan erkanlar: 
«Sen o‘shanda meni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan ko‘rgan erding. Asr 
vaqti bo‘lib qolib, mesh tagida qolgan suvdan bo‘lak suvimiz yo‘q erdi. Shunda biz 
meshning og‘zini pastga qilib to‘nkargan erdik. Janob Rasululloh kelib qo‘llarini meshning 
og‘ziga tiqdilar-da panjalarini yozdilar. So‘ng «Ey tahorat olguvchilar Olloh taolodan 
baraka tilangan suvga oshiqingizlar!»—deb nido qildilar. Shunda men meshdagi suvning 

Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
381
ul zotning barmoqlari orasidan otilib chiqayotganini ko‘rdim. Odamlar o‘sha suvdan 
tahorat olishdi, ichishdi. Qani endi qornimdagi suvning menga naqadar huzur baxsh 
etganligini bilsangiz erdi! Men uning ichishim birlanoq haqiqatan ham tabarruk 
erkanligini sezdim!» Men Jobirga «Ushanda qancha kishi erdingizlar?» — dedim. Jobir 
«Bir ming to‘rt yuz kishi» — dedi». 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Online o’qish: 
http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=836.0
 
Internet uchun Laylo va Doniyor tayyorlagan. 
 
www.ziyouz.com
 
2007 


Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling