Abu abdulloh


Download 5.13 Kb.

bet6/55
Sana25.04.2018
Hajmi5.13 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55

www.ziyouz.com kutubxonasi 
34
 
Oisha raziyallohu anho rivoyat kiladilar: «-Ey Muhammad, dushman tepangizdan ham, 
pastingizdan ham bostirib kelgan paytda ko‘zlarning baqrayib, yuraklarning bo‘g‘izlarga 
tiqilib kolganini bir eslangiz-a!» degan oyati karima Xandaq kuni nozil qilingan erdi». 
 
Barro ibi Ozib rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Xandaq 
kuni tuproq tashigan ' erdilar, hatto qorinlari chang bo‘lib ketgan erdi. Ushanda ' 
quyidagi she’rni aytgandilar: 
 
«Xudo haqqi, xudovandim qilmaganda hidoyatlar, Ado etmas edik bizlar ro‘za birla 
ibodatlar! Esonlikni ato etg‘il, mudom bizga xudovandim, Rubaro‘ kelganda dushman 
bizga baxsh et matonatlar! Tajovuzla chiqib bizga urush qildi necha mushrik, , Agar fitna 
tilar, urdik yetkazib biz jarohatlar». Keyin, oxirgi satrdagi «urdik» so‘zini qayta-qayta 
takrorlagandilar». 
 
Ibn Abbos raziyallhuu anhu aytadilar. «Janob Rasululloh: «Men Sabo shamoli birlan 
nusrat topdim, Od qabilasi ersa Dabur shamoli birlan halok qilindi»,— dedilar. (Xandaq 
g‘azotida bor-yo‘g‘i 2 soat jang bo‘lgan. Bu jangda Sabo shamoli dushmanlar yuziga 
urilib, otgan o‘qlari orqaga qaytib ketgan. Od qabilasi ersa uzoq davom etgan Dabur 
bo‘roni sababli aqllaridan ozib, quloqlari kar bo‘lib, 'yoppasiga halok bo‘lishgan)». 
 
Ibn Umar: «Urushning ne erkanligin birinchi bor Xandaq kuni ko‘rdim»,— deydilar. 
 
Ibn Umar rivoyat qiladilar: «Men Xafsa raziyallohu anhoning huzurlariga kirdim. Shunda: 
«Odamlar o‘zingiz 'Ko‘rib turganingizday ish qilishdi, menga amirlikdan biror mansab 
tegmadi»,— dedim. Xafsa: «Odamlarga qo‘shil, chunki ular seni kutib turishipti, 
qo‘rqamanki, ularning oldida sen bo‘lmasang, yana ikki guruhga bo‘linib ketishadi»,— 
dedilar. Hafsa gaplarini tugatmay, chiqib ketdim. Odamlar ikki guruhga bo‘linib 
ketgandan keyin, Mu’oviya ularga: «Kimki bu ish yuzasidan gapirishni xohlasa, bu yerga 
chiqsin! Albatta, biz Abdulloh ibn Umardan ham, uning otasidan ham xalifalikka 
loyiqroqmiz!» —deb xitob qildi. Xabib ibn Maslama menga: «Mu’oviyaning so‘ziga javob 
qilmaysanmi?»—dedi. Men sallamning uchini qo‘yvorib: «Bu ishga sendan ko‘ra loyiqroq 
ana shu odam islom yo‘lida senga va otangga qarshi jang qilgan kishidur!» — demoqchi 
bo‘lib og‘iz juftladim-u, lekin «Biror nojo‘ya so‘zni aytib qo‘ysam, bu so‘z 
musulmonlarning bo‘linib ketishiga sabab bo‘lsa-chi? Kel, qo‘y, tag‘in qon to‘kilmasin, 
mening gapim o‘zim xohlaganimdan boshqacha tushunilmasin!» — dedim-da, o‘zim-ni 
tiydim, bu dunyoda sabr qilgan kishiga Ollohning jannatda beradirgan mukofotini 
o‘yladim. Habib ersa menga: «Jazodan qutulib qolding!» — dedi». 
 
Sulaymon ibn Surd rivoyat qiladilar: «Janob Payg‘ambarimiz Xandaq kuni bunday 
dedilar: «Biz Qurayshga qarshi g‘azot qilgaymiz, ular ersa bizga g‘azot qilolmagaylar!» 
 
Sulaymon ibn Surd rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam mushrik 
guruhlarni quvganla-ridan so‘ng: «Endi biz ularga g‘azot qilgaymiz, ular bizga g‘azot 
qilolmagaylar. Biz ularning yeriga borgaymiz!»— dedilar». 
 
Ali raziyallouu aihu rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh Xandaq kuni bunday dedilar: 
«Olloh taolo ularning (mushriklarning) uylari-yu qabrlarini o‘t birlan to‘ldirsin! Chunki 
ular bizning vusto (asr) namozimizni qazo qildirishdi, hatto quyosh ham botib ketdi». 

Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
35
 
Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladilar: «Umar ibn al-Xattob raziyallohu anhu Xandaq kuni 
quyosh botgandan so‘ng keldilar-da, Quraysh kofirlarini so‘kib: «Yo Rasulalloh, quyosh 
botib ketdi hamki, men namoz o‘qiyolganim yo‘k!» — dedilar. Janob Rasululloh: «Olloh 
taolo haqi, men ham o‘qiyolganim yo‘q!» — dedilar. Keyin, biz hammamiz Rasululloh 
birlan birga Bathon vodiysiga tushib, namozga tahorat oldik. Quyosh botgandan keyin, 
avval asr namozini, so‘ng shom namozini o‘qidik». 
 
Jobir ibn Abdulloh; bunday deydilar: «Janob Rasululloh Ahzob kuni: «Kim menga 
dushman haqida xabar olib kelgay?» — deb so‘radilar. Zubayr: «Men»,— dedilar. 
Ikkinchi bor: «Kim menga dushman haqida xabar olib kelgay?»—dedilar. Zubayr yana: 
«Men»,— dedilar. Uchinchi bor so‘raganlarida ham Zubayr: «Men»,— dedilar. Shunda 
Janob Rasululloh: «Har bir payg‘ambarning o‘z yordamchisi bo‘-ladi, mening 
yordamchim Zubayrdir!»—dedilar». 
 
Abu Hurayra raziyalloh;u anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: 
«Olloh taolodan bo‘lak tangri yo‘qdur, uning tanho o‘zi mavjuddir, u o‘z lashkariga kuch-
qudrat berib, bandasiga zafar ato etdi, ko‘pming kishilik jamoani yolg‘iz o‘zi mag‘lub 
qildi. Undan abadiyroq hech narsa yo‘qdir!»— dedilar». 
 
Abdulloh ibn Abu Avfo bunday deydilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 
mushriklarni duoi bad qilib, «Ey kitob nozil qilg‘uvchi, bu mushriklar jamoasini o‘zing 
mag‘lub etgil, xonavayron qilgil!»—dedilar». 
 
Abdulloh ibn Umar rivoyat 'qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam har gal 
g‘azotdan yoki hajdan yo umradan qaytayotganlarida avval uch marta takbir aytib, so‘ng 
quyidagi duoni o‘qir erdilar: «Olloh taolodan bo‘lak tangri yo‘qdir, uning tanho o‘zi 
mavjuddir, uning sherigi yo‘qdir, barcha mulk unikidir, barcha hamdu sano unga xosdir 
va u har ishga qodirdir! Biz tavba qiluvchilarmiz, ibodat qiluvchilarmiz, sajda 
qiluvchilarmiz, parvardigorimizga shukr aytuvchilarmiz. Olloh bergan va’dasida turib, 
musulmon bandasiga nusrat berdi. kofirlar jamoasini yolg‘iz o‘zi mag‘lub etdi!». 
 
32-bob. Payg‘ambar alayhissalomning Ahzob g‘azotidan qaytishlari, Banu 
Qurayza qabilasiga borib, ularni qamal qilishlari haqida 
 
Oisha raziyallohu anhodan rivoyat kilinadiki, «Paygambar alayhissalom Xandaq 
g‘azotidan kaytib, urush silohlarini yechdilar. Yuvinib turgan paytlarida Jabroil 
alayhissalom kelib Janob Rasulullohga: «Siz silohingizni yechibsiz, ammo biz hali 
yechganimiz yo‘q, ularga qarshi otlaning'»—deb buyurdilar. Janob Rasululloh: «Kimga» 
— deb so‘raganlarida, Jabroil alayhissalom: «'Banu Qurayza qabilasiga qarshi»,— 
dedilar. Shundan keyin, Janob Rasululloh Banu Qurayza qabilasi tomon yo‘lga chiqdilar» 
 
Anas ibn Molik raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Banu Qurayza 
qabilasiga yurish kilganlarida men Banu G’anam qabilasi ko‘chalarida Jabroil 
alayxissalom boshliq otliqlarning otlari tuyoqlaridan ko‘tarilaetgan chang-to‘zonni hozir 
ham ko‘rib turgandekmen», —dedilar. 
 
Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Payg‘ambarimiz alayhissalom Ahzob kuni: 
«Biror kishi bugun to Banu Qurayza yeriga bormaguncha asr o‘qimasin!»—dedilar. 

Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
36
Shunda ba’zilar «Banu Qurayzaga yetmagunimizcha o‘qimaymiz» — deyishdi, ba’zilar: 
«Namoz o‘qiyveramiz, chunki Janob Rasululloh «Hech kim orqada qolmasin» degan 
ma’noda aytganlar»,— deyishdi. Buni Rasulullohga aytishgan erdi, ul zot ulardan 
birortasini ham «Noto‘g‘ri qilgan»,— demadilar». 
 
Anas ibn Molik raziyallohu anhudan rivoyat kilinadi: «Bir odam Banu Qurayza va Nazir 
qabilalari fath qilinishidan ilgari Janob Rasulullohga bir qancha xurmo daraxtini tortiq 
qilgan erdi. Xotinim va bolalarim menga: «Janob Rasulullohning huzurlariga borib, o‘sha 
xurmo daraxtlarining hammasini yoki bir qismini so‘rasangiz, bizga bersalar!»—deyishdi. 
Men Janob Rasulullohning oldilariga borganimda u kishi xurmolarni Ummu Aymanga 
(Rasulullohning doyalari) hadya qilib qo‘ygan erkanlar. Shu payt Ummu Ayman kelib 
qoldi-da, mening gapimni eshitgach, yoqamdan tortib: «Xudo haqi, xurmolarni senga 
bermaydilar, ularni menga berganlar!» — deb janjal qila boshladi. Janob Rasululloh: 
«Usha xurmolarning hammasini sizga berganman, ular sizniki»,— desalar ham Ummu 
Ayman sira tinchimadi. Oxiri, Janob Rasululloh avvalgi berganlariga nisbatan o‘n barobar 
ko‘proq xurmo daraxti berib uni tinchitdilar». 
 
Abu Sa’id al-Xudriy, raziyallohu anhu rivoyat kiladilar: «Sa’d ibn Ma’ozga Banu Qurayza 
qabilasi ustidan hukm chiqarish huquqi berildi. Janob Rasululloh Sa’dga odam 
yubordilar, uni eshakka mindirib olib kelishdi. U masjidga yaqin kelganda Janob 
Rasululloh ansorlarga: «Sayyidingizning hurmati uchun turingizlar!» —dedilar, keyin 
Sa’dga: «Mana bularning ustidan hukm chiqarmoq huquqi senga topshirildi»,— deb 
yahudiylarga ishora qildilar. Sa’d: «Ularning urushga yaroqlisi qatl qilinsin, bola-chaqasi 
ersa asir olinsin!» — deb hukm etdi. Janob Rasululloh: «Olloh taoloning hukmi ham 
shunday erdi!» — dedilar». 
 
Oisha raziyallohu anhodai naql kilinadi: «Xandaq kuni Sa’d yaralandi, Quraysh 
mushriklaridan Xabbon ibn Araqa kamon birlan otib bilagidagi qon tomirini uzib tashladi. 
Payg‘ambar alayhissalom masjidga chodir tikib, tez-tez xabar olib turish maqsadida 
Sa’dni o‘sha yerga yotqizdilar. 
 
Janob Rasululloh Xandaq g‘azotidan qaytgach, aslahalarini yechib, yuvinib turgan 
paytlarida Jabroil alayhissalom keldilar, boshlaridagi changni qoqayotib: «Siz 
qurolingizni yechib qo‘yibsiz, biz hali yechganimiz yo‘q, ularga qarshi otlaning!» — deb 
buyurdilar Rasululloh «Kimga?»— deb so‘raganlarida, Jabroil alayhissalom «Banu 
Qurayzaga»,— deb aytdilar. 
 
Janob Rasululloh Banu Qurayzaga kelgach, ular ustidan hukm qilish ni Sa’d ibn Ma’ozga 
topshirdilar, shunda Sa’d: «Bularning urushga yaroqlisi qatl qilinsin, xotinlari va bolalari 
asir olinsin, molu dunyosi musodara qilinsin* -deb hukm chiqardi Keyin, u «Yo Olloh, 
albagta o‘zing yaxshi bilasan, qaysi qavm sening rasulingni yelg‘onchi degan bo‘lsa-yu, 
uni vatanidan quvib chiqargan bo‘lsalar, o‘sha qavmga qarshi seni deb jang qilish 
mening uchun eng maxbub ishdir' Yo Olloh, men o‘ylaymanki, biz birlan mushriklar 
o‘rtasida-gi urushga o‘zing chek qo‘yding, agar Quraysh birlan yana urushadirgan 
bo‘lsak, sening yo‘lingda ularga qarshi yana jihod qilmog‘im uchun meni salomat 
qoldirgin, agar urushni butunlay to‘xtatgan bo‘lsang jarohatimni kuchaytirgin-da, 
omonatingni olib qo‘ya qolgil!» — dedi. Shunda Sa’dning jarohatidan qon otilib chiqib 
ketdi. Chodirdan oqib chiqkan qonni ko‘rib masjiddagilar qo‘rqib ketdi. Ular: «Ey 
chodirdagilar, siz tomondan qon oqib kelyapti!» — deb chodirga qarasalar, Sa’dniig 

Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
37
jarohagidan qon oqayotgan erkan, Sa’dning o‘zi ersa shahid bo‘libdi» 
 
Barro raziyallouu anhu rivoyat kilidilar «Janob Rosululloh Qurayza kuni Hassonga: «Banu 
Qurayzani hajv qilgin Jabroil alayhissalom senga madad bergaylar!» — dedilar» 
 
Bu yerdagi xadis ham yuqoridagi hadisni lafzan va ma’nan takror qiladi 
 
33-bob. Zoturriqo g‘azoti haqida 
 
Bu g‘azot Muhoribi Xasfa va Banu Sa’laba g‘azoti ham deyiladi. Rasululloh sallallohu 
alaihi va sallam o‘shanda Naxl degan joyga tushganlar. Bu g‘azot Xaybar g‘azotidan 
keyin bo‘lgan, chunki shu g‘azot ishgirokchisi Abu Muso al-Ash’ariy Xaybar g‘azotidan 
keyin islomga kirganlar. 
 
Jobir ibn Abdulloh; «Paygambar alayhissalom ashoblari birlan birga yettinchi g‘azot, 
ya’ni Zoturriqo’ g‘azoti kuni xavf namozini o‘qidilar (Bu g‘azotning «Yettinchi g‘azot» deb 
atalishiga sabab u Badr, Uhud, Xandaq, Qurayza, Muraysa va Xaybar g‘azotlaridan keyin 
voqe’ bo‘lgan)»,— deydilar. 
 
Ibn Abbosdan rivoyat qilingan hadisda aytiladiki, Payg‘ambar alayhissalom xavf 
namozini Zuqarad degan joyda o‘qigan erkanlar. 
 
Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladilar «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Muhorib va 
Sa’laba kuni ashoblari birlan birga xavf namozi (salot ul-xavf) o‘qidilar» 
 
Vahb ibn Kayson rivoyat qiladilar: «Men Jobirdan eshitdimki, Payg‘ambar alayhissalom 
Naxlning Zoturriqo’ mavzesiga chiqibdilar. Shunda musulmonlar birlan G’atafon 
mushriklari to‘qnashib qolibdi, lekin jang bo‘lmabdi. Chunki, Olloh taolo har ikkala 
tomonni xavflantirib qo‘yibdi. Janob Rasululloh shu yerda ikki rakat xavf namozi 
o‘qibdilar» 
 
Salama ibn al-Akva’ raziyallohu anhu: «Men Payg‘ambar alayhissalom birlan birga Qarad 
kuni g‘azotda bo‘ldim»,— deydilar. 
 
Abu Muso al-Ash’ariy raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Biz Payg‘ambar alayhissalom 
birlan birga g‘azotga chiqdik, olti kishi erdik, bittagina tuyamiz bor erdi, ketidan ergashib 
borar erdik. Oyoqlarimiz qavarib ketgan erdi. Mening ham oyoqlarim qavarib, 
tirnoqlarim ko‘chib ketgandi. Oyoqlarimizga latta o‘rab olgan erdik. Shu boisdan ham bu 
g‘azot «Zoturriqo’» («Lattali») g‘azot deb nomlandi». 
 
Abu Muso shunday deb rivoyat qildilar-da, so‘ng: «Qilgan ishimni aytmasam bo‘lar erdi» 
— dedilar, 6u birlan go‘yoki qilgan amali solihlarini oshkor qilib qo‘yganlari uchun 
o‘zlaridan norozi bo‘ldilar. 
 
Solih ibn Xavvot Zoturriqo’da Janob Rasululloh birlan birga gazotda bo‘lgan kishidan 
eshitganlarini bunday deb rivoyat qiladilar: «Payg‘ambar alayhissalom shu kuni xavf 
namozi o‘qidilar. Avval bir guruh Janob Rasululloh birlan birga namozga saf tortdi, 
ikkinchi guruh ersa dushman birlan yuzma-yuz turdi Janob Rasululloh birinchi guruh 
birlan birga bir rakat o‘qib, tik turdilar, qavm ersa o‘zi mustaqil ikkinchi rakatni o‘qib, 

Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
38
namozni tugatdi. Keyin, ular borib dushman birlan yuzma-yuz turdilar. Shunda ikkinchi 
guruh kelib Janob Rasulullohga iqtido qildi, ul zot qolgan ikkinchi rakatni o‘qib bo‘lib, 
o‘ltirdilar, jamoat ersa o‘zi mustaqil namozni o‘qib tugatdi. So‘ng, Janob Rasululloh ular 
birlan birgalikda salom berdilar» 
 
Imom Molik: «Xavf namozini mana shu yo‘sinda o‘qimoqlik afzaldir» — deydilar. 
 
Bu yerda yuqoridagi hadis takroran keltirilgan. 
 
Qosim ibn Muhammad rivoyat qiladilar: «Payg‘ambar alayhissalom Banu Anmor g‘azoti 
vaqtida xavf namozi o‘qidilar» 
 
Sahl ibn Abu Xasma (xavf namozini o‘qish tartibi haqida) bunday deydilar: «imom 
qibilaga qarab tik turadi, shunda bir guruh imom birlan birga namoz o‘qiydi, ikkinchi 
guruh ersa dushman birlan yuzma-yuz turadi. Imom dastlabki guruh birlan birga birinchi 
rak’atni o‘qib, o‘rnida tik turadi, qavm ersa o‘zi mustaqil ikkinchi rak’atni tugatgach, 
dushman ro‘parasida turgan ikkinchi guruh birlan o‘rin almashadi. So‘ng, ikkinchi guruh 
kelib imomning qolgan ikkinchi rak’atiga iqtido qiladi, imom ular birlan namozni tugatib, 
o‘ltiradi, ammo qavm turib ikkinchi rak’atni ham o‘qib, keyin imom birlan birga salom 
beradi». 
 
Bu yerda yuqoridagi hadis takroran keltirilgan. 
 
Ibn Umar raziyallohu anhu: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga Najd 
tomonga g‘azotga bordim. Dushman birlan yuzma-yuz bo‘ldik, ularning ro‘parasida saf 
tortdik»,— deydilar. 
 
Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu otalaridan nakl hiladilar: «Raso‘lulloh sallallohu 
alayhi va sallam ikki guruhdan biriga imomlik qildilar, ikkinchi guruh ersa dushman 
ro‘parasida turdi Bir raka’tdan so‘ng, birinchi guruh dushman ro‘parasiga borib turdi. 
Ikkinchi guruh kelgach, Janob Rasululloh ular birlan ham bir rak’at o‘qidilar-da, salom 
berdilar. Ikkinchi guruh qolgan rak’atni o‘zi o‘qib oldi, so‘ng o‘rniga birinchisi kelib, u 
ham qolgan rak’atni o‘qib oldi». 
 
Jobir ibn Abdulloh raziyallozhu anhuning aytishlaricha, ul kishi ham Janob Rasululloh 
birlan birga Najd tomonga g‘azotga borib qaytgan erkanlar. Shunda bir daraxtzor 
vodiyga yetganlarida issiq haddan ortiq kuchayib ketibdi. Janob Rasululloh shu yerda 
tushibdilar, odamlar ham o‘zlarini daraxtlar soyasiga olishibdi. Janob Rasululloh bir 
serbarg daraxt tagiga joylashib, qilichlarini shoxga ilib qo‘yibdilar. «Endigina ko‘zimiz 
ilingan erkan,— deydilar Jobir,— shu vaqt Janob Rasululloh bizni chaqirib qoldilar, 
kelsak, u kishining yonlarida bir badaviy o‘ltiribdi. Janob Rasululloh bizga bunday 
dedilar: «Mana bu odam men uxlab yotganimda qilichimni qinidan sug‘uribdi. 
Uyg‘onsam, qilich yalang‘ochlangan, menga: «Seni mendan kim saqlay oladi?!» — deb 
do‘q urdi. Men unga: «Olloh!» — degan erdim, u yerga o‘ltirib qoldi». Janob Rasululloh 
o‘sha odamni jazolamadilar». 
 
Jobir raziyallohu anhu yana bunday deb rivoyat qiladilar: «Biz Rasululloh sallallohu 
alayhi va sallam birlan birga Zoturriqo’ga yo‘l oldik. Bir sersoya daraxt yoniga yetib 
kelib, uni Janob Rasulullohga qoldirdik. Shu asnoda bir mushrik kelib qoldi, Janob 

Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
39
Rasulullohning qilichlari ersa daraxt shoxida osig‘liq turar erdi. U qilichni qinidan sug‘irib 
oldi-da, ul zotga: «Mendan qo‘rqyapsanmi?» — dedi. Ul zot: «Yo‘q»,— dedilar. U: 
«Mendan seni kim himoya qila olardi?'»—dedi Ul zot: «Olloh'»— dedilar. Keyin, Janob 
Rasulullohning sahobalari do‘q qilib uni quvib yuborishdi. Birozdan so‘ng, namozga (salot 
ul-xavfga) takbir aytildi. Ul zot bir guruh birlan birga ikki rak’at va yana bir guruh birlan 
birga ikki rak’at namoz o‘qidilar. Shunday qilib, Janob Rasululloh to‘rt rak’at, qavm ersa 
ikki rak’at namoz o‘qidi». 
 
Abu Bishr: «Janob Rasulullohga tahdid qilgan kishining ismi G’avras ibn al-Hars bo‘lib, u 
mana shu g‘azotda Muhoribi Xasfa mushriklariga qarshi urushgan»,— deydilar. 
 
Jobir raziyallohu anhu: «Biz Janob Rasululloh birlan birga Naxlda bo‘ldik, ul zot u yerda 
xavf namozi o‘qidilar», — deydilar. 
 
Abu Hurayra raziyallohu anhu: «Men Janob Rasulullox birlan birga Najd gazoti vaqtida 
xavf namozi o‘kidim»,-deydilar. Darhaqiqat, Abu Hurayra Janob Rasulullohning 
huzurlariga Xaybar kunlari kirib kelgan erdilar. 
 
34-bob. Banu Mustaliq, ya’ni Muraysi’ g‘azoti haqida 
 
Ibn Ishoq: «Banu Mustaliq gazoti oltinchi hijriy yilda bo‘lgan»,— deydilar. 
 
Muso ibn Uqbaning aytishlaricha ersa, bu gazot hijratning to‘rtinchi yili sodir bo‘lgan 
ermish. 
 
Zuhriy raziyallohu anhuning aytiitaricha, Muraysi’ gazoti vaqtida Oisha onamizga tuhmat 
qilingan erkan. 
 
Ibn Muhayriz bunday deydilar. «Men masjidga kirib Abu Sa’id al-Xudriy raziyallohu 
anhuni ko‘rdim, yonlariga o‘ltirdim-da, ayolni homilador qilib qo‘ymaslik uchun maniyni 
tashqariga to‘kish haqida suradim. Shunda Abu Sa’id bunday dedilar: «Biz Janob 
Rasululloh birlan» birga Banu Mustaliq gazotiga chiqdik. Bir necha arab ayollarini asir 
oldik. Bo‘ydoqlik qattiq ta’sir qilib xotinlarni ko‘nglimiz tusab qoldi. Biz maniyni 
tashqariga to‘kmoqchi bo‘ldigu, ammo: «Janob Rasulullox oramizda mavjud bo‘laturib, 
so‘ramasdan bunday qilmaylik!» — dedik-da, ul zotdan shu haqda so‘radik. Janob 
Rasululloh bizga: «Bunday qilmasligingiz lozim, Olloh taolo qiyomatgacha dunyoga 
keladirgan tirik jonni allaqachon yaratib qo‘ygan!» — dedilar». 
 
Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladilar: «Biz Janob Rasululloh birlan birga Najd tomonga 
gazotga chiqdik. Kun qattiq isib ketib, serdaraxt bir yerga yotganda Janob Rasululloh 
ulovdan tushdilar. So‘ng, uning soyasiga o‘ltirib, qilichlarini daraxt shoxiga ilib qo‘ydilar, 
odamlar ham daraxtlar soyasiga o‘zlarini oldilar. Bir vaqt Janob Rasululloh bizlarni 
chaqirib qoldilar, borsak, u kishining oldilarida bir badaviy o‘ltiribdi. Janob Rasululloh 
bizga bunday dedilar: «Men uyquda erkanimda mana bu odam kelib qilichimni qinidan 
sugurib olibdi, men uygonib qarasam, qilich yalangochlab tepamda turgan erkan. U 
menga: «Seni mendan kim qutqara oladi?!» — dedi. Men unga: «Olloh!»—deb javob 
berdim. U qilichni qiniga soldi-yu, yerga o‘ltirib qoldi, o‘sha mana shu odamdir»,— 
dedilar. Lekin, Janob Rasululloh unga jazo bermadilar». 
 

Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
40
35-bob. Anmor g‘azoti haqida 
 
Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhu: «Men Anmor gazoti vaqtida Rasululloh sallallohu 
alayhi va sallamning tuyaga mingan holda yuzlarini mashriq tomonga qarata nafl namoz 
o‘qiganlarining guvohi bo‘lganman»,— deydilar. 
 
36-bob. Tuhmat haqidagi hadis 
 
Al-Ifk va al-Afk so‘zlari an-Najas va an-Najis so‘zlariga muvofiq keladi. Kimki 
«afakahum» deb ayqa, «ularni iymondan qaytardi, ularni yolgonchi qildi» degan bo‘ladi, 
oyatda «Qaytarilgan kishi undan yuz o‘giradi» deyilgani kabi. 
 
Ibn Shihob ushbu hadisni Urva ibn Zubayr, Sa’id ibn Musayyab, Alqama ibn Vaqqos va 
Ubaydulloh ibn Abdulloh ibn Utba ibn Mas’uddan naql qiladilar: «Munofiqlar 
paygambarimizning zavjai mutahharalari Oisha raziyallohu anho haqlarida bo‘hton 
to‘qidilar, bu bo‘hton haqidagi hadisni Urva, Sa’id, Alqama, Ubaydulloh rivoyat qilib 
berdi. Bularning ba’zilari Oishaning o‘zlaridan, ba’zilari ersa roviylardan eshitgan bo‘lsa-
da, juda ishonchli qilib aytdi. Men Oishaning o‘zlaridan eshitib rivoyat qilgan barcha 
kishilarning gapiga e’tibor berib quloq soldim, shunda roviylardan eshitib rivoyat qilgan 
kishilarning qadisi yuqoridagilarning hadisini tasdiq qildi. Ular rivoyat qilishlaricha, Oisha 
bunday debdilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qachonki safarga borishni 
xohlasalar, qur’a tashlar erdilar, qur’a qaysi xotinlariga chiqsa, o‘sha birlan birga safarga 
borar erdilar. Banu Mustaliq gazotiga ketayotib ham qur’a tashladilar, shunda qur’a 
menga chiqdi. men Janob Rasululloh birlan birga safar qildim. Bu vaqtda «Hijob oyati» 
nozil bo‘lgan bo‘lib, men tuyaga ortilgan kajavada yurardim. Janob Rasululloh g‘azotdan 
qaytayotib, Madinaga ikki manzil yul qolganda «Karvon dam olsin!» deb izn berdilar. Izn 
berilgandan so‘ng, men kajavadan tushib, lashkardan uzoqlashdim-da hojatga o‘ltirdim, 
keyin karvon yoniga kelgach, ko‘ksimni ushlasam, ziforiy munchog‘im yo‘q (Zifor — 
Yamandagi bir qishloq nomi), uzilib tushib qolibdi. Izimga qaytib borib, munchog‘imni 
qidira boshladim, uni topgunimcha ko‘p vaqt ushlanib qoldim. Bu orada karvon 
jo‘naydigan bo‘lib qolib, mening kajavamni tuyaga yuklaydirganlar kelib uni yuklab 
jo‘natibdilar, ichida meni bor deb o‘ylashibdi. Usha vaqtlarda xotinlar yengil bo‘lardi, 
semirmas erdi, badanlarini go‘sht qoplamas erdi, chunki oz ovqat yer erdi. Shu boisdan 
kajavani ko‘targan kishilar ichida odam bormi, yo‘qmi sezmay tuyaga yuklab 
yuborganlar, buning ustiga men u vaqtda jussasi kichik yosh qizcha erdim. Tuyani 
haydab, jo‘nab ketishavergan. Keyin, men munchog‘imni topib, kajavam turgan joyga 
borsam, lashkar allaqachon jilgan, birorta chaqiruvchi ham, unga javob beruvchi ham 
qolmabdi. «Men turgan yerimda kuqam, ular meni yo‘qligimni bilib, izlab qaytib 
kelishar» degan umitda erdim. Usha yerda o‘ltirib, uxlab qolibman. Safvon ibn Mu’attal 
as-Sulamiy lashkar ortidan kuzatib boruvchi etib tayinlangan erdi. Bir vaqt kelib qarasa, 
yerda bir odam uxlab yotibdi. U meni tanib (chunki, u meni hijobga kirmasimdan avval 
ko‘rgan erdi) oldimga kelganda, uyg‘onib ketdim, darhol ro‘molim birlan yuzimni 
to‘sdim. Olloh taolo haqi, bir og‘iz ham so‘zlashmadik, uning «Inno lillohi va inno ilayhi 
roji’uun» (ya’ni, «Hammamiz Ollohning bandasimiz va uning huzuriga qaytib boramiz») 
degan so‘zidan boshqa so‘zini eshitmadim. Safvon tezda tuyasini cho‘ktirib, oldingi 
oyog‘ini ushlab turdi, men unga minib oldim. Uzi ersa tuyani yetaklab ketdi, kun qizigan 
paytda lashkar orasiga kirib bordik, ular endigina manzilga yetib olishgan erkan. Shu 
voqeadan keyin, mening haqimda ba’zi kishilar tuhmat qilib yuzi qaro bo‘ldi. Eng katta 
tuhmatchi Abdulloh ibn Ubay ibn Salul erdi». 

Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy 
 
 

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling