Abu abdulloh


Download 5.13 Kb.

bet7/55
Sana25.04.2018
Hajmi5.13 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   55

www.ziyouz.com kutubxonasi 
41
 
Urva bunday deydilar: «Oishaning xabar berishlaricha, Abdulloh ibn Ubay bo‘hton 
tarqatardi, boshqalar shu haqda gapirsa, tasdiqlardi, yanada ko‘proq ovoza qilardi. 
Bo‘xtonchilardan faqat Hasson ibn Sobit, Mistah ibn Usosa, Hamna binti Jahshlarning 
nomi zikr qilingan bo‘lib, yana men tanimagan boshqa kishilar ham bor, ammo ular ham 
yuqoridagilarga qarindosh odamlardir. Olloh taolo o‘z oyatida bo‘htonchilarning kattasi 
Abdulloh ibn Ubay ibn Salul erkanligiga ishora qiladi Oisha ersalar huzurlarida Hassonni 
haqorat qilishsa, doimo qarshilik qilib «Hasson mana bu she’rni yozgan kishi'»—der 
erdilar «Otam birla bobom hamda obro‘yim, Muhammad obro‘yi uchun qalqon erur»  
 
Oisha bunday deydilar: «Men Madinaga kelib, bir oy kasal bo‘lib yotib qoldim Odamlar 
bo‘htonchilarning gapiga ishonib, shov-shuv tarqatishar, men ersam bundan mutlaqo 
bexabar erdim. Ilgari kasal bo‘lsam, Janob Rasululloh ko‘nglimga qarab, mehribonlik 
qilardilar, endi ersa o‘sha lutfu marhamatni ko‘rmay, o‘zimdagi kasallik ustiga shubha 
ichimni kemirardi Janob Rasululloh har gal huzurimga kirganlarida salom berib 
«Qalaysan» — deydilar-da, keyin yana qaytib chiqib ketadilar, «Mendan nima yomonlik 
o‘tdi erkan» — deb gumonga botaman Bir oz tuzalganimdan keyin, Ummu Mistah birlan 
bir kuni hojatxonaga chiqdim Hojatxona uyimizdan uzoqroq bo‘lgani uchun faqat kechasi 
chiqardik. Bu voqea uyimizga yaqin joyga hojatxona qurganimizdan ancha oldin bo‘lgan 
erdi. Chunki, ilgari biz ham qishloqilarga o‘xshab yashardik, uyimiz yoniga hojatxona 
qurishdan jirkanardik. Ummu Mistah Abu Rahm ibn al-Muttalib ibn Abdu Manofning qizi 
bo‘lib, onasi Saxr ibn Omirning qizi — Abu Bakr Siddiqning xolasi erdi. Ummu Mistahning 
ersa Mistah ibn Usosa ibn Ubod ibn Muttalib degan o‘g‘li bor erdi. Men Ummu Mistah 
birlan birga hojatxonadan uyimiz tomon qaytayotgan erdim, Ummu Mistah toyilib ketdi 
va «Noumid bo‘lgur, Mistah» deb o‘z o‘g‘lini qarg‘adi Men unga «Nega bunday yomon 
so‘z birla qarg‘aysan, Badrda ishtirok qilgan mujohidni ham shunday qarg‘aysanmi "» — 
dedim. Shunda Ummu Mistah «Ey sodda, eshitmadingmi, sening haqingda nima gap 
aytganini» — dedi Men «Qanday gap aytdi'»—dedim. Ummu Mistah bo‘htonchilarning 
mening haqimda aytganlarini gapirib berdi. Shundan so‘ng, kasalimga kasal qo‘shildi. 
Uyimga qaytib kirganimdan keyin, Janob Rasululloh huzurimga kirdilar-da, menga salom 
berganlaridan so‘ng, odatdagidek «Qalaysan» — deb ahvolimni so‘radilar. Men u kishiga 
«Ota-onamning oldiga borib kelishimga ijozat berasizmi?» — dedim. Men o‘zim 
haqimdagi gaplarni ulardan surishtirib bilmoqchi erdim. Rasululloh menga izn berdilar 
Onamga borib «Ey onajon' Odamlar nimalar deyi-shayotir»—dedim Onam menga «Ey 
qizalog‘im' Parvo qilmagil, xudo haqi, eri yaxshi ko‘rgan va kundoshlari bor go‘zal ayol 
haqida ko‘pincha odamlar har xil gaplarni chiqarishadi»,— dedilar Men «Subhonalloh, 
shunday gapni gapirishadimi?» —deb kechasi birlan yig‘lab chiqdim, tong otguncha 
yoshim ham to‘xtamadi, ko‘zimga uyqu ham kelmadi, yig‘lagan holda tong ottirdim. 
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘zlariga vahiy kelmay qolganda Hazrat Ali va 
Usoma ibn Zaydni huzurlariga chaqirib, ular birlan oilalaridan ajrash to‘g‘risida maslahat 
qildilar. Shunda Usoma ibn Zayd Oishadan bunday yomonlik chiqmasligini, uning pok 
erkanligini aytib «Yo Rasulalloh, oilangizdan ajramangiz, biz uni faqat yaxshi deb 
bilamiz'»—dedi. Ammo, Hazrat Ali raziyallohu anhu «Yo Rasulalloh, Olloh, taolo sizni 
xotindan qisgan ermas, undan boshqa xotinlar ham ko‘p-ku! Joriyani chaqirib so‘rangiz, 
sizga bor haqiqatni aytadi»,— dedilar. Janob Rasululloh (Oishaning xizmat-kori) 
Burayrani chaqirib «Ey Burayra, sen shubhaga soladirgan biror narsani sezdingmi'»—deb 
so‘radilar Burayra «Sizni payg‘ambar qilib yuborgan zotning nomi birlan qasamyod 
qilurmenki, uni biror gunoh ish qilganini ko‘rmadim, buning ustiga u hali juda yosh 
qizaloq-ku Axir, xamir qorsa ham, charchab uxlab qolib, xamirini qo‘y yeb ketadi-yu» — 

Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
42
dedi. Janob Rasululloh bu gapni eshitib o‘rinlaridan turdilar-da, minbarga chiqib, 
Abdulloh ibn Ubaydan uzr talab qildilar va «Ey musulmonlar, oilamga tuhmat qilib 
menga ozor yetkazgan kishini kim uzr aytkizadi' Olloh taolo haqi, men oilamni yaxshi 
deb bilaman, yana bir odamga tuhmat qildilarki, u odamni ham yaxshi deb bilaman, u 
kishi oilam huzuriga qachon kirsa, men birlan birga kirar erdi» — dedilar. Shunda Banu 
Abdulashhalning birodari Sa’d ibn Ma’oz o‘rnidan turib «Yo Rasulalloh, men uni sizga uzr 
aytkizaman, agar o‘sha odam Avs qabilasidan bo‘lsa, bo‘ynini uzaman' Mobodo u Xazraj 
qabilasiga mansub birodarlarimizdan bo‘lsa, siz nima deb buyursangiz, shuni ado 
etgaymiz!» —dedi. Shu payt Xazraj qabilasiga mansub bir odam irg‘ib turdi, Ummu 
Hasson ana shu odamning amakisining qizi bo‘lib, uning ismi Sa’d ibn Uboda erdi. Xazraj 
qabilasining boshlig‘i bo‘lmish bu odam ilgari solih kishi bo‘lgan bo‘lib, oriyati tutib ketib, 
Sa’d ibn Ma’ozga «Yolg‘on aytayotirsan, Olloh taolo haqi, uni o‘ldirolmaysan, o‘ldirish 
qo‘lingdan kelmagay, agar u o‘z qavmingdan bo‘lganida erdi, o‘limini xohlamagan bo‘lar 
erding»—deb baqirdi. Shunda Sa’d ibn Ma’ozning amakivachchasi Usayd ibn Hazir 
o‘rnidan turib, Sa’d ibn Ubodaga «Uzing yolg‘onchi erursan, Olloh taolo haqi, uni 
o‘ldirgaymiz, sen g‘irt munofiqdursan munofiqlarning yonini olayotirsan» — dedi. 
Natijada ikki qabila — Avs va Xazraj qizishib ketib, bir-birini o‘ldirishga qasd qilib qoldi. 
Janob Rasululloh ersalar hanuz minbar ustida turardilar. Nihoyat, ul zot ikki qabila 
o‘rtasidagi alangaga suv quyib tinchlantirdilar. Men shu kuni kechgacha yig‘ladim, 
ko‘zimga uyqu kelmadi, hatto yig‘i jigarimni ezib yuborgan-dek bo‘ldi, men yig‘lardim, 
ota-onam ersalar yonimda o‘ltirardilar. Shu payt bir ansoriya ayol kelib, ruxsat so‘rab 
ichkariga kirdi, u ham menga qo‘shilib yig‘lay boshladi. Biz shu holatda erdik, Janob 
Rasululloh kirib keldilar, salom bergach, o‘ltirdilar. Ul zot menga tuhmat qilingandan 
buyon yonimga o‘ltirmay qo‘ygan erdilar. Bir oy bo‘layotirki, u kishiga mening haqimda 
biror vahiy kelmadi. Janob Rasululloh yonimga o‘ltirayotib kalimai shahodatni aytdilar, 
keyin menga: «Ey Oisha, sening haqingda menga bunday va bunday xabar yetdi, agar 
sen pok bo‘lsang, Olloh taolo seni tez kunda bu tuhmatdan xalos qilgay, basharti biror 
gunoh qilgan bo‘lsang, Ollohga istig‘for ayt, tavba qil, chunki banda o‘z gunohini e’tirof 
qilib, tavba qilsa, Olloh taolo uning tavbasini albatta qabul qilgay!» — dedilar. Janob 
Rasululloh shu gaplarni aytib bo‘lganlaridan keyin, birdan ko‘z yoshim qurib, bir qatra 
ham yosh chiqmay qo‘ydi. Shunda men otamga: «Mening nomimdan Janob Rasulullohga 
siz javob qilingiz!» — dedim. Otam. «Janob Rasulullohga men nima deyman?» — 
dedilar. Onamga: «Bo‘lmasa, siz javob beringiz!» — dedim. Onam ham: «Janob 
Rasulullohga nima ham derdim» — dedilar. Shundan so‘ng, o‘zim: «Men yoshman, hali 
Qur’ondan ko‘p sura yod olganim yo‘q, lekin men, Olloh taolo haqi, aniq bildimki, sizlar 
eshitgan mazkur tuhmat dilingizga qattiq o‘rnashib olibdi, unga ishonch ham hosil 
qilibsizlar. Agar men: «Bunday ishni qilganim yo‘q»,— desam, sizlar baribir 
ishonmaysizlar, ammo Olloh taolo mening pokligimni bilib turibdi. Vaholanki, sizlar o‘zim 
qilmagan gunohni e’tirof qilsam, ishonasizlar. Shunday erkan, Olloh taolo haqi, men 
sizlar birlan o‘zim o‘rtamdagi voqeani Yusuf birlan uning otasi o‘rtasidagi voqeaga 
taqqoslayman-da, «Sabr go‘zaldur, Olloh o‘zingiz ta’riflaganingizdek, madadkordur!» 
degan oyati karimadan bo‘lak o‘zimga yupanch topolmayman!» — dedim-da, teskari 
o‘girilib, to‘shagimga yotib oldim. «Olloh taolo mening pokligimni yaxshi bilur, u albatta 
meni bu tuhmatdan xalos qilgay!» — der erdim. Ammo, men Olloh taoloning mening 
haqimda oyat nozil qilajagini bilmas erdim, chunki «Men bunga arzimayman, yaxshisi 
Janob Rasululloh tush ko‘rsalar-u, tushlarida mening pokligim ayon qilinsa!» — der 
erdim. Buni qarangki, Janob Rasululloh joylaridan jilmaslaridan turib, oila a’zolarimdan 
birortasi tashqariga chiqib ulgurmay turib, Olloh taolo ul zotga vahiy nozil qilib qoldi. 

Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
43
Vahiyning yukidan Janob Rasulullohning badanlari bezgak tutgandek titrab, vujudlaridan 
marjon-marjon ter oqdi. 
 
Janob Rasululloh vahiy qabul qilib olganlaridan so‘ng, menga kulib qaradilar va eng 
dastlab aytgan so‘zlari shu bo‘ldiki. «Ey Oisha! Olloh taolo sening pokligingni xabar 
qildi»,— dedilar. Shunda onam menga- «Turib, Rasulullohga qulluq qil!»— dedilar. Men 
ersam «Yo‘q, Olloh taolo haqi, men bu kishiga turib qulluq qilmayman, balki Olloh 
taoloning o‘ziga hamd aytaman!»—dedim Olloh taolo «Innallaziyna jo’u bil-ifki usbatun 
minkum» (ya’ni, «Bo‘hton to‘quvchilar o‘zlaringizning qarindoshlaringizdur») deb 
boshlanadirgan jami o‘nta oyat nozil qilgan erdi. Olloh mening pokligim haqidagi ana shu 
oyatlarni nozil qilgach, otam «Olloh haqi, Oishaga tuhmat qilgani uchun bundan buyon 
Mistahga bir chaqa ham bermayman!»—dedilar. Shunda Olloh taolo ushbu oyatni nozil 
qildi: «Oralaringizdagi fazlu saxovat egalari o‘z qarin-doshlariga, miskinu muhojirlarga 
mablag‘ birla yordam qilmaslikka ont ichmasinlar, ularning gunohlarini avf qilsinlar, 
do‘stlashsinlar! Ollohning sizlarni mag‘firat qilmog‘ini istamaysizlarmi? Olloh gunohlarni 
kechiruvchi, mehribon zotdur!». Bu oyatni eshitib, otam Abu Bakr: «Olloh taolo haqi, 
albatta men Ollohning meni mag‘firat qilmog‘i-ni istayman!»—dedilar, so‘ng Mistahga 
ilgarigidek yana yordam bera boshladilar-da: «Olloh haqi, men bu yordamimni umrim 
boricha to‘xtatmayman» — dedilar. Janob Rasululloh mening haqimda Zaynab binti 
Jahshdan: «Oisha haqida nima bilasan yoki ko‘rgansan?» — deb so‘rabdilar: «Ey 
Ollohning rasuli, men qulog‘im birlan ko‘zimni doim ehtiyot qilurman, Oishani ersa faqat 
yaxshi deb bilurman'»— debdi. Zaynab doimo meni Janob Rasulullohning boshqa 
xotinlaridan himoya qilib yurar erdi, buning uchun Olloh taolo uni taqvodor qilib, yomon 
ishlardan saqladi. Uning singlisi Hamna binti Jahsh ersa doim onasi birlan urushib 
yurardi, Olloh uni ham bo‘htonchilarga qo‘shib sharmanda qildi». 
 
Ibn Shihob: «Bo‘htonchilar haqidagi hadis mana shundan iboratdur»,— deydilar. 
 
Urva rivoyat qiladilar: «Bo‘htonchilardan biri: «Subhonalloh, meni yaratgan 
parvardigorim haqi, bundan buyon hech qachon ayolni malomat qilmayman!» —dedi. 
«Ozgina vaqtdan keyin shu kishi Olloh yo‘lida shahid bo‘lib ketdi»,— deydilar Oisha 
onamiz» 
 
Zuhriy rivoyat qiladilar: «Menga Valid ibn Abdulmalik «Eshitdingmzmi' Ali ham Oishani 
xaqorat kilgan kishilar ichida bor erkan»,— dedi. Men: «Io‘q, lekin sizning qavmingizdan 
ikki kishi — Abu Salama ibn Abdurrahmon va Abu Nakr ibn Abdurrahmon ibn al-Harsning 
menga xabar berishlaricha, Oisha raziyallohu anho ularga: «Ali mening haqimda xech 
narsa demagan»,— debdilar»,— dedim». Bu masala xaqida Zuhriydan qayta 
so‘ralganda, u kishi Validning gapi xato erkanligini, Hazrat Ali Oisha xaqlarida bo‘hton 
qilmaganliklarini aytgan. «Asl ul-Atiq» kitobida ham shunday deb rivoyat qilingan. 
 
Oisha raziyallohu anhoning onalari Ummu Rumon bunday deb rivoyat hilidilar: «Men 
Oisha birlan birga o‘ltirgan erdim bir ansoriya ayol kirib keldi-da: «Falonchining Olloh 
taolo jazosini bersin!» — deb qayta-qayta qarg‘andi. 
 
Nechun qarg‘ayotirsiz?» — deb so‘radim. Ayol: «Ug‘lim ig‘vogarlarga ko‘shilib qolibdi»,— 
dedi. «Qanday ig‘vo?» — deb so‘radim. Shunda ayol Oisha haqida to‘qilgan, hammaga 
tarqalgan bo‘hton haqida so‘zlab berdi. Oisha: «Bu gapni Janob Rasululloh ham 
eshitganmilar?»—deb so‘radi. Ayol: 

Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
44
 
«Ha», - dedi. Oisha: «Abu Bakr Siddiq ham xabardordirdirlar?»~dedi. Ayol. «Ha, 
xabardorlar»,— dedi. Bu gapni yeshitgach, Oisha behush bo‘lib yiqildi. Uzoq yotib, 
ko‘zini ochganda qattiq isitma butun vujudini titratar erdi. Men UNI qalin libosi birlan 
o‘rab qo‘ydim. Janob Rasululloh kelganlarida: «Yo Rasulalloh, uni bezgak tutib, isitma 
olayotir!»— dedim. «Anavi gaplarni eshitgandur-da?!» — dedilar Janob Rasululloh. «Ha, 
eshitdim!» — dedi Oisha va o‘rnidan turib o‘ltirdi, keyin: «Olloh taolo haqi, qasam 
ichganim birlan menga ishonmagaysizlar, uzrimni ayqam, qabul qilmagaysizlar, men 
birlan sizlar Ya’qub birlan uning o‘g‘illariga o‘xshaymiz, Olloh taolo: «Olloh o‘zingiz 
ta’riflagaiingizdek, madadkordur!» — deganku!» — dedi. Janob Rasulullox bu gapni 
eshitib, indamay chiqib ketdilar. Olloh taolo oyat nozil qilib, Oishaning pokdomon 
erkanligini xabar qildi. Shunda Oisha Janob Rasulullohga: «Men buning uchun biror 
kishiga, hatto sizga ham minnatdorchilik bildirmayman, faqat Olloh taologa shukr 
qiliman. 
 
Ibn Abu Mulayka bunday deydilar: «Oisha raziyallohu anho oyatdagi «Iz talaqqavnahu 
bi-alsinatikum» («Vaqtiki sizlar tillariigiz ila uni naql qilur erdingizlar...») degan so‘zlarni 
«Iz taliquunahu bi-alsinatikum...» («Vaqtiki sizlar tillaringiz ila unga tuhmat qilishingizni 
quymas erdingizlar ...» deb qiroat qilar erdi-da, «Al-Valqu al-kazibu» («Al-Valq 
tuhmatdir») deb qo‘yar erdi». 
 
Ibn Abu Mulayka: «Oisha tuhmat haqidagi oyatlarni boshqalardan ko‘ra yaxshiroq bilur 
erdi, chunki bu oyatlar uning xususida nozil bo‘lgan erdi-da!»—deydilar. 
 
Urva ibn Zubayr bunday deydilar: «Men Oishaning huzurida Hassonni so‘ka boshladim, 
Oisha meni qaytarib, bunday dedi: «So‘kma uni, chunki Hasson Janob Rasulullohning 
obro‘larini himoya qilib she’r yozadi. Bir kuni Hasson Janob Rasulullohdan mushriklarni 
hajv qilmoqqa ruxsat so‘radi. Janob Rasululloh: «Quraysh mushriklarini hajv 
qilayotganingda mening nasabimga ham til tekkizursanmi?»— dedilar. Hasson: «Sizni 
ular orasidan hamirdan qil sug‘urgandek ajratib olgayman!» — deb javob berdi». 
 
Hishom otalari Urvadan nakl qiladilar: «Men Hassonni so‘kkanman, chunki u Oishaga 
eng ko‘p bo‘hton qilgan kishi erdi». 
 
Masruqdan nakl qilinadi: «Biz Oishaning huzuriga kirsak, Hasson ibn Sobit yonida 
o‘ltirib, unga bag‘ishlagan quyidagi she’rini o‘qib berayotgan erkan: 
«Hayolidur, vafolidur, iboli. Sira bilmas nadur ig‘vo xayoli!» 
 
Hasson yuqoridagi baytni o‘qib bo‘lishi hamonoq, Oisha unga: «Ammo, o‘zing shunday 
odam ermassan!»—dedi. Men Oishaga: «Nima uchun huzuringizga kirmoqqa unga ijozat 
berdingiz? Axir, Olloh taolo: «Pokdomon ayollarga tuhmat qilib, o‘ziga katta gunoh 
orttirgan kishiga qattiq azob bordur!» — degan-ku?!» — dedim. Oisha: «Ko‘r bo‘lib 
qolmoq-dan ortiqroq azob bormi?!» — dedi (Hasson ko‘r bo‘lib qolgan erdi). Keyin, 
Oisha: «Ilgarilari u Janob Rasulul-lohning obro‘larini himoya qilib mushriklarni hajv qilur 
erdi»,— deb qo‘ydi». 
 
37-bob. Hudaybiya g‘azoti hamda Olloh taoloning «Olloh taolo daraxt tagida 
sizga bay’at qilgan mo‘minlardan rozi bo‘ldi» degan oyati karimasi haqida 
 

Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
45
Zayd ibn Xolid aytadilar: «Biz Hudaybiya yili Janob Rasululloh birlan birga safarga 
chiqdik. Tunlardan birida yomg‘ir yog‘di. Janob Rasululloh ertalab bomdodni 
o‘qiganlaridan so‘ng, yuzlarini bizga qaratdilar-da: «Bilasizlarmi, parvardigoringiz nima 
deyayotir?»—dedilar. Biz: «Olloh va uning rasuli bilur»,— dedik. «Olloh aytur-ki,— 
dedilar Janob Rasululloh,— bandalarim ikki toifaga bo‘lindi, biri — menga iymon 
keltirganlar va yana biri — kofir bo‘lganlar. Qaysi bandam: «Bizga yomg‘ir Ollohning 
rahmati, rizqi va fazli sababidan yog‘di»,— desa, menga iymon keltirgan kishidur. Agar: 
«Falon yulduz sababli yog‘di»,— desa, yulduzga iymon keltirib, menga kofir bo‘lgan 
kishidur». 
 
Anas ibn Molik raziyallohu anhu xabar beradilar: «Janob Rasululloh to‘rt marta umra 
qilganlar, uchtasi zulqa’da oyida bo‘lib, (zulhijja oyida) bir marta haj birlan birga umra 
ham qilganlar. Zulqa’da oyida qilgan umralari — Hudaybiya umrasi, kelgusi yildagi 
umralari, Ji’rona umrasi (bu yerda Hunayn g‘azotida olingan o‘ljalar taqsimlangan erdi) 
va oxirgisi haj birlan birga qilgan umralaridir». 
 
Abdulloh ibn Abu Qatoda otalaridan naql qiladilarki, otalari bunday degan erkanlar: «Biz 
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga Hudaybiya yili (Makka tomon) yo‘lga 
chiqdik, barcha sahobalar ehrom kiyib olishgan, men ersam ehrom kiymagan erdim». 
 
Barro raziyallohu anhu bunday deydilar: «Sizlar fath deb Makka fathini aytasizlar, 
darhaqiqat Makka fathi ham fathdur, ammo biz Hudaybiya kunidagi Bay’atur-rizvonni 
fath deb ataymiz. Payg‘ambar alayhissalomni qo‘shib hisoblasak, bir ming to‘rt yuz kishi 
erdik. Xudaybiya bir quduq bo‘lib, biz uning suvini oxirgi qatrasigacha qo‘ymay tortib 
oldik. Janob Rasululloh buni eshitib keldilar-da, quduqning labiga o‘ltirdilar, keyin bir 
idishda suv so‘radilar, u birlan tahorat qildilar, og‘iz chayqadilar, qolganini duo o‘qib 
quduqqa quydilar. Bir oz muddat kutdik, keyin quduqdan o‘zimiz ham, otlarimiz ham 
qonadirgan miqdorda suv chiqdi». 
 
Bu yerda yuqoridagi hadis takroran keltirilgan. Jobir raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: 
«Hudaybiya kuni odamlar tashna bo‘ldilar, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning 
oldilarida bir idishda suv bo‘lib, tahorat qildilar. Odamlar Janob Rasulullohning qoshlariga 
kelishdi, ul zot ulardan: «Ne ishingiz bor?» — deb so‘radilar. Odamlar: «Yo Rasulalloh! 
Tahoratga ham, ichishga ham qo‘lingizdagi suvdan bo‘lak suv yo‘qdur»,— deyishdi. 
Shunda Janob Rasululloh panjalari birlan idish og‘zini yopib erdilar, barmoqlari orasidan 
buloq yanglig‘ suv qaynab chiqa boshladi. Undan hammamiz to‘yib ichdik, tahorat ham 
qilib oldik». 
 
Solim raziyallohu anhu: «Men Jobirdan: «Usha kuni necha kishi erdingizlar?» — deb 
so‘rasam, u: «Agar yuz ming kishi bulganimizda ham hammamizga yetar erdi, biz ersak 
o‘shanda bir ming besh yuz kishi erdik»,— dedi»,— deydilar. 
 
Qatoda raziyallohu aihu rivoyat qiladilar: «Men Sa’id ibn Musayyabga: «Eshitishimcha, 
Jobir Hudaybiyada bir ming to‘rt yuz kishi bo‘lganliklarini aytibdi»,— dedim. Sa’id 
menga: «Jobirning menga aytishicha, Hudaybiya kuni payg‘ambarimizga bay’at qilgan 
kishilarning soni bir ming besh yuz kishi bo‘lgan»—dedi». 
 
Jobir raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Hudaybiya kuni Rasululloh sallallohu alayhi va 
sallam bizga: -Sizlar yer yuzi ahlining eng yaxshisidursizlar»,— dedilar. Biz o‘shanda bir 

Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
46
ming to‘rt yuz kishi erdik. Agar hozir ko‘zim ochiq bo‘lganda, o‘sha tagida bay’at qilingan 
daraxtni ko‘rsatar erdim». 
 
Abdulloh ibn Abu Avfo rivoyat qiladilar: «Daraxt tagida bay’at qilgan kishilarning soni bir 
ming uch yuz kishi erdi. Aslam qabilasi muhojirlarning sakkizdan bir qismini tashkil 
qilardi». 
 
Daraxt tagida bay’at qilganlardan biri bo‘lmish Mirdos al-Aslamiy: «Yaxshi odamlar birin-
ketin bu dunyodan o‘tib ketyaptilar. Xurmo va arpaning chiqiti tagida qolgandek, Olloh 
taolo huzurida e’tibori yo‘q kishilar qolyapti»,— deydilar. 
 
Marvon va Misvar ibn Maxrama rivoyat qiladilar: «Payg‘ambar alayhissalom bir ming 
qanchayam ashoblari birlan Hudaybiya kuni yo‘lga chiqdilar. Zulhulayfa degan joyga 
kelganda qurbonlikka atalgan tuyalari bo‘yniga qurbonlik erkanligini anglatadirgan 
nishon osib hamda o‘rkachini qonatib qo‘ydilar. Keyin, shu yerda turib ehrom 
bog‘ladilar». 
 
Ali ibn Abdulloh rivoyat qiladilar: «Men bu hadisni Sufyondan necha marta eshitganman, 
hatto u kishi: «Qonatiladirgan va nishon osiladirgan joyning qaerda erkanligini 
Zuhriydan eshitdi-mu, ammo eslab qololmadim»,— deb aytgandilar». 
 
Abdurrahmop ibn Abu Laylo Ka’b ibn Ujra haqida bunday deb rivoyat qiladilar: «Janob 
Rasululloh uning boshidagi bitlar yuziga o‘rmalab tushayotganini ko‘rib: «Bu jonivorlar 
seni qiynayaptimi?»—deb so‘radilar. Ka’b: «Ha»,— degandan keyin, Janob Rasululloh 
unga sochini oldirib tashlashni buyurdilar. Shunda u Hudaybiyada turgan erdi. Janob 
Rasululloh boshqa sahobalarning ham shu yerda ehromdan chiqish yoki chiqmasliklari 
haqida aniq bir gap aytmadilar, sahobalar Makkaga kirish niyatida erdilar. Shu asnoda 
Olloh taolo fidya (jarima, tovon) haqida oyat nozil qildi. Janob Rasululloh Ka’bga bitlab 
ketgani uchun olti miskinning qornini to‘yg‘azishni yoki bir qo‘y qurbonlik qilishni yohud 
uch kun ro‘za tutishni amr qildilar». 
 
Yazid ibn Aslamning otalari rivoyat qiladilar: «Men Umar ibn al-Xattob raziyallohu anhu 
birlan birga bozorga chiqdim. Shunda Hazrat Umarga bir yosh ayol duch kelib « Ey 
mo‘minlar amiri' Erim halok bo‘ldi, bir necha sag‘ir go‘daklar birlan qoldim. Olloh taolo 
haqi, ularga berishga na suyak-saloq na don-dun va na sut yo‘q, (erkagim yo‘qligidan) 
ularni qashqirlar yeb ketmasaydi, deb qo‘rqaman Otam Janob Rasululloh birlan birga 
Hudaybiyada bo‘lganlar, men Xufof ibn Aymo al-G’iforiyning qiziman»,— dedi Hazrat 
Umar ayol birlan biroz suhbatlashgandan keyin, «O’z qarindoshing oldiga xush kelibsan 
» deb uylari yonida bog‘liq turgan bahaybat tuyalari oldiga bordilar-da unga yeguliklar 
to‘la ikki meshni yukladilar, meshlar orasiga kiyim-kechak va pul ham joyladilar, so‘ng 
tuyaning tizginini ayol qo‘liga tutqazib «Tuyani yetakla, Olloh taolo biror xayriyat 
yuborguncha senga yetib turadi'»—dedilar. Shunda bir kishi «Ey amiralmu’minin, unga 
ko‘p narsa berib yubordingiz!» —dedi. 
 
Hazrat Umar «Ey onang sendan ajrab qolgur Olloh taolo haqi, men bu ayolning otasi 
birlan akasining bir necha vaqt qo‘rg‘onni qamal qilib, so‘ng uni fath qilishganini 
ko‘rganman Biz o‘sha ikkovining nasibasidan bu ayolga ozgina berdik, xolos», - dedilar». 
 

Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
47
Sa’id ibn al-Musayyabning otalari «Tagida bay’at qilingan daraxtni ko‘rgan erdim, keyin 
o‘sha daraxtni qidirib topolmadim», - deydilar. Imom Buxoriy «Mahmud ham «Usha 
daraxt yodimdan chiqartirildi» deb aytgan»,— deydilar (Sahobalar Hudaybiyada bir katta 
daraxtnish ostida Janob Rasulullohning qo‘llariga qo‘llarini qo‘yib, «Hayotimning 
oxirigacha sizga itoat qilurman, Olloh taolo nimani buyurgan ersa, ado qilurman, 
nimadan qaytargan ersa undan saqlanurman » deb bay’at qilgan bo‘lib, bu bay’at 
Bai’aturrizvon deb ataladi Keyinchalik, bu daraxt Olloh taolo tomonidan sahobalarning 
eslaridan chiqarilgan, chunki Janob Rasulullohdan keyin musulmonlar mazkur daraxtni 
muqaddas bilib, uni tavof qilib, yo‘ldan ozib ketishlari mumkin erdi). 
 
Toriq ibn Abdurrahmon bunday deydilar «Men haj safariga ketayotgan erdim, yo‘lda 
namoz o‘qiyotgan bir qavmni ko‘rdim. Odamlardan «Bu qanday (masjid) sajdagoh» — 
deb so‘radim. Ular «Bu Janob Rasululloh tagida sahobalarni bay’at qildirgan o‘sha 
daraxtdir»,— deyishdi So‘ng, men Sa’id ibn Musayyabning huzuriga borib, buni aytgan 
erdim, u «Otam o‘sha daraxt tagida bay’at qilgan sahobalardan biri bo‘lganlar, u kishi 
menga «Bay’atdan bir yil keyin, biz qaytib borib o‘sha daraxtni qidirdik, lekin eslay 
olmadik, Olloh taolo uni topishga imkon bermadi»,— deb erdilar. Muhammad sallallohu 
alayhi va sallamning sahobalari topolmagan daraxtni sizlar topgan bo‘lsangizlar, unda 
sizlar o‘ta «bilimdon» bo‘lib ketibsizlarku!»- dedi kesatib. 
 
Bu yerda yuqoridagi hadis takroran keltirilgan. 
 
Toriq bundai deydilar «Sa’id ibn Musayyabning oldida mazkur daraxt haqida gapirildi. 
Shunda Said kuldi-da: « Mening otam o‘sha bay’atda qatnashgan erdilar, bu haqda 
menga gapirib bergan erdilar», — dedi». 
 
Daraxt tagida bay’at qilganlardan biri bo‘lmish Abdulloh ibn Abu Avfo rivoyat qiladilar 
«Rasululloh sallallohu alayxi va sallamning odati shariflari shunday erdiki, agar u kishiga 
biror qavm sadaqa olib kelsa, «Ey Olloh, bularni o‘zing yarlaqagaysan! — derdilar 
Chunonchi, mening ogam u kishiga sadaqa. olib kelganlarida «Ey Olloh, Abu Avfoning 
oilasini O’zing yarlaqagaysan'» — deb duo qildilar» 
 
Ibod ibn Tamim rivoyat qiladilar: «Harra kuni odamlar Abdulloh ibn Hanzalaga bay’at 
qildilar, shunda Abdulloh ibn Zayd ibn Osim Nechun odamlar Ibn Hanzalaga bay’at 
qilayotirlar?» — deb so‘radi Odamlar «Ulimga» — deyishdi. Ibn Zayd Men Janob 
Rasulullohga shunday deb bayat qilganman, endi hech kimga bundan deb bay’at 
qilmagaiman'» — dedi. U Janob Rasululloh birlan birga Hudaibiyada qatnashgan erdi. 
 
Daraxt tagida bay’at qilganlardan bo‘lmish Salama ibn al-Akva’ «Biz Payg‘ambar 
alayhissalom birlan birga juma namozini o‘qib uy-uyimizga tarqab ketar erdik. Usha 
vaqtlarda kunning nihoyatda . tikligidan devorlarning soyasi bo‘lmas, o‘zimizni soyaga 
ololmas erdik», — deydilar. 
 
Yazid ibn Abu Ubayd rivoyat qiladilar: «Men Salama ibn al-Akva’dan «Hudaybiya kuni 
Janob Rasulullohga nima uchun bay’at qildingizlar» — deb so‘radim. U kishi menga 
«Ulimga», — deb javob berdilar». 
 
Musayyab ibn Rofi’ bunday deydilar: «Men Barro ibn Ozibga duch kelib, u kishiga 
«Baraka topingiz, Janob Rasulullohga sahobiy bo‘ldingiz, daraxt tagida u kishiga bay’at 

Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy 
 
 

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   55


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling