Abu abdulloh


Download 5.13 Kb.

bet9/55
Sana25.04.2018
Hajmi5.13 Kb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   55

www.ziyouz.com kutubxonasi 
55
Bu yerdagi hadis ham yuqoridagi hadislarni takrorlaydi.  
 
Ibn Imron rivoyat qiladilar: «Anas ibn Molik raziyallohu anhu jum’a kuni ko‘pchilik 
odamlarning taylason (yahudiy millatiga xos bo‘lgan kiyim) kiyib olganini ko‘rib (norozi 
ohangda) «Xrzir bular Xaybar yahudiylariga o‘xshab qolibdi'»—dedi» 
 
Salama ibn al-Akva’ rivoyat qiladilar: «Hazrat Ali raziyallohu anhu Xaybar safarida Janob 
Rasulullohdan orqada qolgan erdilar, ko‘zlari og‘rir erdi. Uz-o‘zlariga «Men Janob 
Rasulullohdan orqada qolayotirman»,— dedilar-da, tezroq yurib Rasulullohga yetib 
oldilar Xaybar fath qilingan kundan avvalgi kechada dam olayotgan vaqtimizda Janob 
Rasululloh «Ertaga bayroqni Olloh taolo va uning rasuli yaxshi ko‘radirgan kishi oladi, 
Xaybar o‘sha odamning boshchilshida fath qilinadi»,— dedilar. Shunda har birimiz «Usha 
odam men bo‘lsam erdi!» — deb umid qildik. Lekin u Hazrat Ali erkanlar, Xaybar 
ertasiga u kishi boshchiligida fath qilindi» 
 
Sahl ibn Sa’d rivoyat qiladilar «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Xaybar kuni «Men 
ertaga mana shu bayroqni shunday bir odamga beramanki, Olloh taolo uning qo‘li birlan 
Xaybarni fath qiladi, o‘sha odam Ollohni va uning rasulini yaxish ko‘radi Olloh va uning 
rasuli ham uni yahshi ko‘radi» - dedilar. Odamlar «Bayroq kimga berilar erkan?» deb tun 
bo‘yi o‘ylab chiqishdi. Tong otganda hammalari Janob Rasulullohning huzurlariga kelib, 
«Shoyad, bayroq menga berilsa!» deb umid qilishdi. Lekin, Janob Rasululloh «Ali ibn Abu 
Tolib qaerda?»—deb so‘radilar. Odamlar « Yo Rasulalloh, ko‘zlari og‘riyapti»,— deyishdi 
Janob Rasululloh «Odam yuborib, chaqiringiz-lar!» — dedilar. Hazrat Ali kelganlaridan 
keyin, Janob Rasululloh u kishining ko‘zlariga tupurib, haqlariga duo qildilar, Ali ko‘z 
og‘rshidan mutlaqo xalos bo‘ldilar. So‘ng, Janob Rasululloh Hazrati Aliga bayroqni 
berdilar. Hazrat Ali «Yo Rasulalloh, men yahudiilarga qarshi bizdek musulmon 
bo‘lgunlaricha urushaveraman!»—dedilar. Janob Rasululloh «Boringiz, Xaybarning bir 
chekkasiga tushib, avval ularni islomga da’vat qilingiz, so‘ng Olloh taolo nelarni 
buyurganini ularga tushuntiringiz!. Siz sababli Olloh taolo bir odamga hidoyag qilsa, 
sizga bu «Humrun-ni’am»dan yaxshiroqdur!»— dedilar». («Humrun-ni’am»— eng chiroili 
guyalardan iborat bo‘lgan poda. Bunday podaga ega bo‘lmoqlik arablar uchun faxr 
hisoblangan). 
 
Anas ibn Molik raziyallohu anhu bunday deydilar: «Biz Xaybarga keldik. Olloh taolo 
inoyati birlan Xaybar qal’asi zabt etilganidan keiin, Janob Rasulullohga asira Safiyyaning 
go‘zalligi haqida gapirishdi. U yosh kelinchak bo‘lib, eri jang paytida halok bo‘lgan erdi. 
Janob Rasululloh uni o‘zlariga tanlab oldilar. So‘ng, uni olib Sahbo qo‘rg‘oniga 
borganlarida iddadan chiqdi. Janob Rasululloh uni nikohlariga olib, kichik bir dasturxon 
yozdilar, unga xurmo yog‘i aralashtirilgan taom qo‘ydilar-da, menga «Atrofingdagilarni 
chaqir!»—dedilar. Mana shu dasturxon Safiyyaga uylanganlari uchun to‘y ziyofati bo‘ldi».  
 
Anas ibn Molik raziyallohu anhu bunday deydilar: «Payg‘ambar alayhissalom Xaybar 
yulida Safiyya birlan uch kun birga bo‘lib, unga qo‘shildilar. Safiyya ham hijob kiyish 
buyurilgan ayollardan erdilar. (Xijob kiyish, ya’ni barcha a’zolarii berkitadigan keng libos 
kiyish faqat hur ayollarga buyuriladi. Safiyya ham cho‘ri ermas, balki onalarimizdan 
hisoblanadi)». 
 
Anas ibn Molik bunday deydilar: «Janob Rasululloh Xaybar birlan Madina o‘rtasida 
Safiyyaga qo‘shilib, uch kecha birga bo‘ldilar Men musulmonlarni to‘y ziyofatiga taklif 

Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
56
etdim. Janob Rasululloh Bilolga dasturxon yozishni buyurdilar, unga xurmo, pishloq va 
yog‘ qo‘ydilar, ammo non va go‘sht yo‘q erdi. Musulmonlar «Safiyya Rasulullohga cho‘ri 
bo‘ldimikin yoki mo‘minlarning onalaridan biri bo‘ldimi-kin?. Agar Janob Rasululloh unga 
hijob kiydirsalar, u onalarimizdan biri, agar hijob kiydirmasalar, cho‘rilari bo‘ladi»,— deb 
o‘zaro so‘zlashishdi. Jo‘nayotgan paytimizda tuyalarining ustiga joy tayyorlab atrofiga 
hijob tortdilar». 
 
Abdulloh ibn Mugaffal raziyallohu anzhu bunday deydilar. «Biz Xaybarni qamal qilib 
turgan erdik, bir odam yog‘ to‘la bir meshni yerga tashladi. Men uni olish uchun yugurib 
borgan erdim, qarasam oldimda Janob Rasululloh turibdilar, men u kishidan uyalib 
ketdim». 
 
Ibn Imron rivoyat qiladilar «Paig‘ambar alayhissalom Xaybar kuni sarimsoq piyoz va 
eshak go‘shti yeyishdan qaytardilar». Sarimsoq yeyishdan qaytarganlarini Nofi’, eshak 
go‘shti yeyishdan qasharganlarini ersa Solim ham rivoyat qilganlar 
 
Ali ibn Abu Tolibraziyallohu anhu bunday deydilar. «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 
Xaybar kuni ayollarni mut’a qilishdan va eshak go‘shti yeyishdan qaytardi-lar» (Mut’a — 
biror ayolni ma’lum muddatga va kelishilgan mablag‘ evaziga o‘z nikohiga olish. 
Keyinchalik, buning makruhligiga fatvo berilgan bo‘lib, faqat shiy’a mazhabida mavjud). 
 
Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat kiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 
Xaybar kuni eshak go‘shti yeyishni man’ qildilar» 
 
Bu yerda yuqoridagi hadis takrorlanan. 
 
Jobir ibn Abdulloh bunday deydilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Xaybar kuni 
eshak go‘shti yeyishdan qaytardilar, ammo ot go‘shti yeiishga ijozat berdilar». 
 
Ibn Abu Avfo bunday deydilar «Xaybar kuni ocharchilik bo‘ldi. Bir necha qozonlarda 
eshak gushti qaynatilib, pishay deb qolganda Janob Rasulullohning jarchilari «Eshak 
go‘shtidan bir tishlam ham yemangizlar, qozonlarni ag‘darib to‘kib tashlangizlar! —deb 
ovoza qildi. Shunda biz o‘zimizcha « Eshak go‘shtining harom qilinishi uning o‘lja sifatida 
taqsimlanmasligida yoxud uning tezak yeyishida bo‘lsa kerak» — deb taxmin qildik». 
 
Barro va Abdulloh ibn Abu Avfo raziyallohu anhumo rivoyat qilgan hadislar ham eshak 
go‘shti Xaybarda harom qilinganligidan dalolat beradi. 
 
Ibn Abbos raziyallohu anhu bunday deydilar: «Janob Rasululloh eshak naqliyot vositasi 
bo‘lgani uchun go‘shtini harom qildilarmi yoki haqiqatan ham go‘shti harom bo‘lgani 
uchun harom qildilarmi, buni bilolmadim». 
 
Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh Xaybar kuni otliqqa ikki 
hissa, piyodaga bir hissa o‘lja taqsim qildilar». 
 
Jubayr ibn Mut’im rivoyat qiladilar: «Men va Usmon ibn Affon Payg‘ambar 
alayhissalomning huzurlariga borib, u kishiga: «Siz Xaybar o‘ljasidan Banu Muttalib 
qabilasi kishilariga berdingiz, bizni ersa unutdingiz, vaholanki biz sizga yaqinlikda ular 
birlan teng darajada-miz»,— dedik. Janob Rasululloh bizga: «Ha, albatta, Banu Hoshim 

Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
57
birlan Banu Muttalib bir narsa»,— dedilar». Jubayr: «Janob Rasululloh Banu Abdi Shams 
va Banu Navfal qabilalariga ham hech narsa taqsim qilmadilar»,— deydilar. (G’azotlarda 
tushgan o‘ljaning beshdan bir qismi Baytulmolga qoldirilib, qolgani lashkar o‘rtasida 
taqsimlangan. Baytulmol (o‘sha davr davlat xazinasi)ga qoldirilgan qismidan 
muhtojlarga nafaqa berilgan. Janob Rasululloh o‘shanda ham faqat muhtojlarga bergan 
erdilar). 
 
Abu Muso al-Ash’ariy raziyallohu anhu bunday deydilar: «Biz Yamanda erkanligimizda 
Payg‘ambar alayhissalomning yo‘lga chiqqanlari haqida xabar yetdi. Biz vatanimizni tark 
qilib Janob Rasululloh tomon jo‘nadik. Men, birodarlarim Abu Burda va Abu Rahm 
qavmimizdan ellik ikki yoki ellik uch kishi birlan birga kemaga mindik. Kemamiz bizlarni 
Najoshiy podshohlik qilayotgan Habashistonga eltdi. U yerda biz Ja’far ibn Abu Tolib 
birlan uchrashib qoldik, u birlan birga istiqomat qilib, keyin birgalikda qaytdik. Xaybar 
fath qilingan kuni biz Payg‘ambar alayhissalom birlan uchrashdik. Ba’zi odamlar: «Biz 
sizlardan oldin hijrat qilganmiz!» — deb bizni, ya’ni kema ahlini kamsitar erdi. Ushanda 
biz birlan birga Yamandan Asmo binti Umays ismli ayol ham kelgan bo‘lib, u 
Habashistonga hijrat qilgan erdi. U Janob Rasululloh-ning xotinlari Hafsa raziyallohu 
anhoning ziyoratlariga kirganda, Hazrat Umar ham kirdilar, Asmoni ko‘rib: «Kim bu 
ayol?» — deb so‘radilar. Hafsa: «Bu ayol Asmo binti Umays» —deb javob berdilar. Umar 
raziyallohu anhu: «Bu habashistonlik ayolmi, bu dengiz orqali kelgan ayolmi?» — 
dedilar. Asmo o‘zi: «Ha»,— deb javob berdi. Umar raziyallohu anhu. Biz sizlardan oldin 
hijrat qilganmiz, biz Janob Rasulullohga sizlardan ko‘ra haqliroqmiz!»— dedilar. Asmo 
achchig‘lanib. «Io‘q, Olloh haqi! Sizlar Janob Rasululloh birlan birga erdingizlar, 
ochlaringizni tuyg‘azardilar, johillaringizga pandu nasihat qilardilar, biz ersak dindan 
uzoq bo‘lgan bir yerda — Habashistonda erdik. Bizning islom yo‘liga kirganimiz Olloh 
taolo va uning rasuli uchundur. Olloh taolo haqi, toki sen aytgan gapni Janob 
Rasulullohga aytmagunimcha, yeb-ichmagayman! Biz doim shunday gaplardan ozor 
chekib, xavfda yurar erdik, endi buni Janob Rasulullohga aytaman. Olloh taolo xaqi. 
yolg‘on qo‘shmayman, qisqartmayman, bor gapni qanday bo‘lsa, shundayligicha 
yetkazaman!—dedi-da, Rasulullohning xuzurlariga kelib, yo Rasulalloh, Umar menga 
bunday dedi, deb shikoyat qildi. «Sen nima deding'»— dedilar Janob Rasululloh. Asmo 
o‘zining nima deganini aytib berdi. Janob Rasululloh: «Umar sendan va sheriklaringdan 
ko‘ra menga haqliroq ermas, chunki Umar va uning sheriklari bir hijrat sohibidurlar, 
sizlar, yani kema ashoblari ersangiz ikki hijrat sohibidursizlar, ya’ni Yamandan 
Habashistongacha va undan Madinagacha-»,- -dedilar. «Abu Muso va boshqa kema 
ashoblari to‘p-to‘p bo‘lib oldimga kelishib mazkur hadisni mendan so‘rashardi, keyin 
Janob Rasulullohning ular hakida aytgan so‘zlaridan shunday quvonishardiki, dunyoda 
ular uchun Janob Payg‘ambarimizning ana shu gaplaridan ulug‘roq va quvonarliroq hech 
narsa yo‘q erdi!» — deydilar Asmo. Abu Burda: «Asmoning gapiga qaraganda Abu Muso 
bu hadisni qayta-qayta aytkizar erkan»', — deydilar. Abu Musoning gaiiga qaraganda 
Payg‘ambar alayhissalom bunday degan erkanlar. «Men ash’ariylar jamoasining ovozini 
kechasi masjidga kirib qilgan qiroatlaridan taniymai. Ularning yashaydirgan joylarini 
kunduzi ko‘rmagan bo‘lsam ham. kechasi Qur’on o‘qigan ovozlaridan manzillarini bilib 
olaman. Ularning ichida Hakim ismli bir kishi bo‘lib, u dushmanga yo‘liqqanda: «-
Do‘stlarim ularni kutib turmog‘ingizni sizlarga amr qiladilar!» — deydi». (Bu birlan 
Hakimning nihoyatda jur’atli ekaniga, hatto u yo‘lda ketayotgan dushmanni to‘xtatib, 
sheriklari kelguncha yakka o‘zi jang boshlayverishiga ishora qilinadi). 
 

Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
58
Abu Muso rivoyat qiladilar: «Biz Xaybar fatx, etilgandan so‘ng Janob Rasulullohning 
zieratlariga keldik. Uljalardan bizga ham taqsim qildilar. G’azotda qatnashmagan 
kishilarga o‘ljadan nasiba bermadilar. 
 
Abu Hurayra raziyallohu anhu bunday deydilar: «Xaybarni zabt etdik. Oltin, kumush o‘lja 
olmadik. mol, tuya,mato’ va xurmozorlarni o‘lja qildik. Keyin. Janob Rasululloh birlan 
birga Vodiyul-Quroga keldik. Banu Zabob qabilasidan bir kishi ul zotga bir qul hadya 
qilgan bo‘lib, ismi Mid’am erdi Mid’am Janob Rasulullohning tuyalarini yetaklab 
ketayotgan vaqtda daydi o‘q tegib yiqildi. Hamma barobariga «Shahidlik muborak 
bo‘lsin!» deb tabrik aytishdi. Shu payt Janob Rasululloh kelib «Yuq, aslo, Olloh taolo 
haqi, bu qulning ustidagi libos Xaybarda o‘lja olingan liboslardan bo‘lib, biz unga taqsim 
vaqtida bergan ermasmiz, u buni o‘g‘irlab olgan. Ana shu libos uni do‘zaxda kuydirgay'» 
— dedilar. Shunda bir kishi kovush ko‘tarib kelib «Mana buni topib olgan erdim, lekin 
ko‘rsatmagandim»,— dedi Janob Rasululloh «Unday bulsa bu kovush ham seni do‘zaxda 
kuydirgay» - dedilar». 
 
Zayd ibn Aslam bunday deydilar «Umar ibn al-Xattob raziyallohu anhu aytar erdilarki, 
«Agar kelajakda odamlarning hech narsasiz, faqir bo‘lib qolishini o‘ylamaganimda, qaysi 
qishloqni fath eqam uning yerlarini mujohidlarga taqsimlab bergan bo‘lur erdim, xuddi 
Janob Rasululloh Xaybarni bo‘lib berganlaridek. Lekin, men fath etilgan yerlarni vaqf 
qilib qoldiryapman hosilidan teng foidalansinlar deb» 
 
Bu yerdagi hadis takroran keltirilgan. 
 
Anbasa ibn Sa’id bunday deydilar «Abu Xurayra raziyallohu anhu Payg‘ambar 
alayhissalomning huzurlariga kelib, Xaybar o‘ljasidan nasiba bermoqlarini so‘radilar. Shu 
yerda hozir bo‘lgan Banu Sa’id ibn al-Os qabilasi kishilaridan biri: «Yo Rasulalloh, Abu 
Hurayraga hech narsa bermangiz1» — dedi. Shunda Abu Xurayra «Bu odam Ibn Qav-
qalning qotilidur»,— dedilar. Boyagi odam: «Vo ajabo, bizga tog‘dan vabr (mushukka 
o‘xshash xayvon) tutib kelibdi-da» — dedi» (Abu Hurayraning qavmlari tog‘lik yerda 
yashagan). 
 
Sa’id ibn al-Os bunday deb xabar bergan erkanlar. «Janob Rasululloh Abon ibn Saidni bir 
guruhga bosh qilib Madinadan Najd tarafga yubordilar. Xaybar fath qilingandan keyin, 
Abon qaytayotib Janob Rasululloh birlan uchrashdi. Ularning otlarining ayili xurmo 
novdasidan qilingan erdi (ot ayilining xurmo novdasidan qilinganligi ularnit 
kambag‘alliklarini anglatadi) Abu Hurayra Janob Rasulullohga «Yo Rasulalloh, Abonga 
o‘ljadan ulush bermangiz» - dedilar. Abon (g‘azablanib) «Shu gapni sen aityapsanmi ' Ey 
tog‘dan tushib kelgan vabr »— dedi Janob Rasululloh «Ei Abon, o‘ltir!» — deb uni 
tinchlantirdilar, lekin ularga o‘ljadan nasiba bermadilar». Sa’id ibn Amr rivoyat qiladilar: 
«Abon ibn Sa’id Janob Rasulullohning qoshlariga kelib u kishiga salom berdi. Uni ko‘rib 
Abu Hurayra: «Yo Rasulalloh, bu odam Ibn Qavqalning qotili-ku'»—dedilar. Abon Abu 
Xurayraga (achchiqlanib): «Vo ajabo! Manavi tog‘dan tushib kelgan vabrga qarangizlar! 
Olloh taolo mening qo‘lim birlan (shahid qilib), izzat-ikromga sazovor etgan kishi 
xususida menga ayb quyayotir, vaholanki parvardigor (o‘shanda) mening uning quli 
birlan kamsitilmog‘imga yo‘l bermagan erdi!» 
 
Oisha raziyallohu anho bunday deydilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning 
qizlari Fotima Abu Bakr Siddiqqa odam yuborib, Madina, Fadak va Xaybarda tushgan 

Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
59
o‘ljalardan, Olloh taolo o‘z rasuliga nasiba qilib bergan mablag‘lardan ul zotdan kolgan 
meros sifatida berilishini talab qildi. Shunda Abu Bakr «Payg‘ambar alayhissalom «Biz 
payg‘ambarlar hech kimga meros qoldirmagaymiz, bizdan keyin nima qolsa, u 
sadaqadur», — degan erdilar, ammo Muhammad xonadoni mana shu sadaqadan 
yeyaveradi. Olloh taolo haqi, Janob Rasulullohning sadaqalari ul zotning hayotliklarida 
qanday tasarruf qilingan bo‘lsa, men ham xuddi o‘shanday tasarruf qilgayman!» dedilar-
da, Fotimaga Janob Rasulullohdan qolgan narsalardan hech nima bermadilar. Fotima 
Abu Bakrdan qattiq ranjib bordi-keldini uzdi, bir so‘z ham gapirmay olamdan o‘tib ketdi, 
Janob Rasulullohdan so‘ng olti oy yashadi, xalos. Fotima vafot etganda eri Ali yolg‘iz o‘zi 
kechasi janozasini o‘qib dafn qildi, Abu Bakrga xabar ham qilmadi. Ali Fotima hayotligida 
odamlardan istihola qilib yurgan bo‘lsa kerak, u vafot eiandan keiin ularAa lnibor 
bermay, Abu Bakr birlan yarashish, u kishiga ba’yat qilish imkonini qidirib qoldi, shu 
vaqtgacha, yani o‘tgan oylar mobaynida hanuz bay’at qilmagan erdi. Shu boisdan u 
«Yolg‘iz o‘zingiz uyimga kelsangiz, yoningizda biror kishi bo‘lmasa'» deb Abu Bakrga 
odam yubordi, chunki Umarning u kishi birlan!» birga kelishini yoqtirmagan erdi. Umar 
bu gapdan voqif bo‘lib «Yo‘q, xudo haqi, yolg‘iz o‘zingiz ular oldiga bormangiz'» — dedi 
Abu Bakr «Olloh taolo haqi, ular menga yomonlik qilmaydilar, degan umiddaman, o‘zim 
tanho boraveraman», — dedilar Keyin, Abu Bakr Ali huzuriga kirib bordilar, Ali kalimai 
shahodatni aytgandan so‘ng «Albatta, biz sizning layoqatingizni, Olloh taolo sizga ato 
etgan ne’matni tan olamiz, Olloh taolo sizga in’om etgan martabaga hasad qilmaymiz, 
lekin siz bizga bir masala xususida zulm qildingiz, Janob Rasulullohga qarindosh 
bo‘lganimiz uchun ul zotdan qolgan narsalardan bizga meros tegadi, deb umid qilgan 
erdik», — dedi Abu Bakr Siddiq ko‘zlariga yosh olib «Mening jonim qulida bo‘lgan zot 
haqi, Janob Rasululloh vasiyatlariga sodiq qolmog‘im qarindoshlarimga yen bos-
mog‘imdan afzalroqdur! Ammo, men sizlar birlan o‘zim o‘rtamizda tortishuvga sabab 
bo‘lgan mol-mulkga xiyonat qilmadim, Janob Rasulullohning hayotliklarida uni qanday 
tasarruf qilganlarini ko‘rgan bo‘lsam, shunday tasarruf qildim»,— dedilar. Ali Abu Bakrga 
«Bay’atni peshin vaqtiga ta’yin qilurmisiz?»—dedi. Abu Bakr peshinni o‘qigach, minbarga 
chiqib, kalimai shahodat aytdilar, so‘ng Ali haqida so‘zlab, uning hanuzgacha bay’at 
qilmaganligini, uning shul xususda aytgan uzrini qabul qilganliklarini ma’lum qildilar. Ali 
shahodat keltirib, istig‘for aytdi va Hazrat Abu Bakrning adolatli erkanliklarini maqtadi, 
keyin Abu Bakrga hasad qilmayotgani, Olloh taolo u kishiga ato etgan martaba haqlig‘ 
erkanligi haqida gapirdi So‘ng «Bizga meros berilishi kerak, Abu Bakr ersalar zulm 
qilyaptilar, deb hisoblab yurgan erdik, qarasak nohaq erkanmiz» — dedi. Bu gapni 
eshitgach, musulmonlar xushnud bo‘lishib. «Haq gapni aytding!» — deyishdi. 
Musulmonlar Ali amri ma’ruf qilayotganda o‘zlarini unga yaqin his etdilar». 
 
Oisha onamiz. «Xaybar fath qilinganda «Endi xurmoga to‘yar erkanmiz-da!» deb 
quvonganmiz»,— deydilar. 
 
Ibn Umar. «Xaybarni fath etmagunimizcha xurmoga to‘ygan ermasmiz»,— deydilar. 
 
41-bob Payg‘ambar alayhissalomning Xaybar ahliga omil ta’yin qilganlari 
haqida 
 
Abu Hurayra raziyallohu anhudan naql qilinadi: « Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 
Xaybarga bir odamni omil qilib ta’yinladilar. Usha kishi Janob Rasulullohga nuqul 
saralangan xurmo olib keldi. Janob Rasululloh u odamdan «Xaybarning hamma xurmosi 
shunday sarxil erkanmi?»—deb so‘radilar. U odam: «Yo‘q, yo Rasulalloh! Biz ikki-uch so 

Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
60
yomon xurmo o‘rniga bir so’ yaxshi xurmo olurmiz»,— dedi. Janob Rasululloh: «Unday 
qilmangizlar, yomon xurmoni olingiz-da, sotib puliga yaxshisini xarid qilingizlar!»—
dedilar». 
 
Abu Sa’id va Abu Hurayra rivoyat qilurlarki, Paygambar alayhissalom Banu Adiyning 
akasini Xaybar ahliga omil qilib jo‘natibdilar. 
 
42-bob Janob Rasulullohning ahli Xaybarga qilgan muomalalari haqida 
 
Abdullohdan naql kilinadiki, Janob Rasululloh olingan hosilning qoq yarmini topshirish 
sharti birlan yahudiylarga Xaybar yerlarida dexqonchilik qilib, ekin zkishga ijozat 
beribdilar. 
 
43-bob. Janob Rasulullohga Xaybarda zaharlangan qo‘y berishgani haqida 
 
Abu Hurayra aytadilarki, Xaybar fath qilingandan keyin, Janob Rasulullohga (yahudiylar) 
go‘shti zaharlangan bir qo‘ini hadya qiliishbdi. 
 
Abdulloh ibn Dinor rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Usoma ibn 
Zayd ibn Horisani bir qavmga amir qilib tayinladilar. Ba’zi bir odamlar uning amir 
qilinganiga e’tiroz bildirdi. Shunda Janob Rasululloh «Gar uning amir bo‘lganiga e’tiroz 
bildirursiz, demak bundan ilgari uning otasi amir bulganiga xam e’tiroz bildirursiz. Olloh 
taolo haqi gar u amir qilinmoqqa munosib ko‘rilgan erkan, demak u mening uchun eng 
mahbub kishidur va bundan keyin ham shunday bo‘lib qolgay!» — dedilar». 
 
45-bob. Qazo (bo‘lgan) umra haqida 
 
Barro raziyallohu anhu bunday deydilar: «Janob Rasululloh Zulqa’da oyida umra qilish 
uchun Makkaga jo‘nadilar. Makka ahli ikki o‘rtada shartnoma tuzilguncha, ul zotni 
Ka’baga kiritishdan bosh tortdi. Shartnomaga binoan musulmonlar Makkada uch kun 
turib qaytib chiqib ketishlari zarur erdi. Shartnoma matni yozilgach, musulmonlar uning 
ostiga «Bu Olloh taoloning rasuli Muhammadning qaroridur!» deb yozib qo‘yishdi. 
Ammo, mushriklar «Biz sizni payg‘ambar deb bilmaymiz, agar shunday deb iqror 
bo‘lganimizda, sizga zarracha mone’lik qilmagan bo‘lur erdik, siz paig‘ambar ermas, 
balki Abdullohning o‘g‘li Muhammadsiz, xalos!»—deyishdi. Janob Rasululloh «Men Olloh 
taoloning rasuli hamda Abdullohning o‘g‘li Muhammaddurman!» — dedilar. Keyin, Hazrat 
Aliga «Olloh taoloning rasuli» degan so‘zlarni o‘chirib tashlagil!»—dedilar. Hazrat Ali 
«Xudo haqi, aslo o‘chirmayman!» — dedilar Janob Rasululloh shartnomani o‘zlari 
qo‘llariga olib, yaxshi yozishni bilmasalar-da, «Muhammad ibn Abdulloh bunday deb 
qaror qiladi: qiniga solingan qilich birlangina Makkaga kiriladi, agar Makka ahlidan biror 
kishi ergashsa, uni o‘zi birlan birga olib chiqib ketmaydi, biror sahobiysi Makkada 
qolmoqni xohlasa, unga mone’lik qilmaydi» deb yozib qo‘ydilar. Janob Rasululloh 
Makkaga kirib, uch kun muhlat o‘tgach, mushriklar Hazrat Aliga kelib: «Sohibingga ayt, 
uch kun muhlat tugadi, bizni tark zqin!» — deyishdi. Janob Rasululloh Makkadan chiqib 
ketayotganlarida Hamzaning qizi «Ey amaki, ey amaki!» deb ul zotga ergashdi. Hazrat 
Ali qizning qo‘lidan ushlab turib Fotima alayhossalomga: «Jiyaning sen birla keta 
qolsin!»—dedilar. Fotima alayhossalom qizni kajavaga chiqarib oldilar. Hazrat Ali, Zayd 
va Ja’far uchchalalari qizni talashib tortishib qolishdi. Hazrat Ali: «Qizni men oldim, 
chunki u amakimning qizi!» — desalar, Ja’far: «Qiz meniki, chunki u mening 

Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
61
amakimning qizi, xolasi ersa mening xotinim!»—derdi. Zayd ersa: «Qiz meniki, chunki u 
akamning qizi!»- deb talashardi. Janob Rasululloh qizni xolasiga (ya’ni, Ja’farga) hukm 
qildilarda, «Xola ona o‘rnidadur!» -dedilar. Keyin, Hazrat Aliga: «Ikkovimiz 
qarindoshmiz»,— dedilar, Ja’farga ersa: «Ikkovimiz qiyofada ham, xulqda ham 
o‘xshashmiz» — deb aytdilar, so‘ng Zaydga qarab: «Sen birodarimiz va mavlomizsan»,- 
deb qo‘ydilar. Hazrat Ali ul zotdan: «Hamzaning qizini nikohingizga olmaysizmi?» — deb 
so‘ragan erdilar, «U emishgan akamning qizidur»,— deb javob berdilar». 
 
Ibn Umardan bunday deb naql qilinadi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam umra 
qilmoqqa chiqib erdilar, Quraysh kofirlari u kishi bilan Ka’ba o‘rtasini to‘sib qo‘yishdi. 
Shunda Janob Rasululloh Hudaybiyada jonliqlarini so‘yib, sochlarini oldirdilar. Keyin, 
kelgusi yili umra qilganda qiniga solingan qilichdan bo‘lak qurol olib kelmaslikka, 
Quraysh xohlagandan ortiq turmaslikka ular birlan shartnoma tuzdilar. Kelgusi yil 
umraga kelganlarida Makkaga kirdilar. Shartnomaga ko‘ra uch kun turganlaridan so‘ng, 
mushriklar chiqib ketishni buyurishdi, Janob Rasululloh chiqib ketdilar». 
 
Mujohid raziyallohu anhu bunday deydilar: «Men Urva ibn Zubayr birlan masjidga 
kirdim, Oisha raziyallohu anhonichg hujralarida Abdulloh ibn Umar o‘ltirgan erkan. Urva: 
«Janob Rasululloh necha marta umra qilganlar?» — deb so‘radi. Abdulloh: «To‘rt marta, 
shundan biri rajab oyida»,— deb javob berdi. Shunda biz Oisha onamizning e’tiroz 
bildirganlarini eshitdik Urva: «Eshityapsizmi, ey mo‘minlar onasi! Abu Abdurrahmon: 
«Janob Rasululloh to‘rt bor umra qilganlar, biri rajab oyida» — deyapti»,— dedi. Oisha 
onamiz: «Janob Rasululloh doim u birlan birga umra qilganlar, o‘zi yaxshi biladi, rajabda 
xech qachon umra qilgan ermaslar»—dedilar». 
 
Ibn Abu Avfo: «Janob Rasululloh umra qilayot"an paytlarida mushrik bolalar ozor 
yetkazmasin, deb ul zotni himoya qilib yurar zrdik»,— deydilar. 
 
Ibn Abbos: «Janob Rasululloh sulh tuzilgan yili Makkani tavof qilgani kelganlarida 
sahobalarga: «Lo‘killab yuguringizlar, mushriklar kuch-quvvatingizni ko‘rib qo‘ysinlar!»—
dedilar. Mushriklar ularni Qu’ayqi’on tog‘i tomonida turib tomosha qilur erdilar»,— 
deydilar. 
 
Ibn Abbos: « Payg‘ambar alayhissalom Maymuna raziyallohu anhoga ehromdaliklarida 
uylanib, ehromdan chiqqach, qo‘shilganlar. Maymuna onamiz Sarif degan joyda vafot 
etganlar»,— deydilar. 
 
Ato va Mujohid: «Janob Rasululloh Maymunaga qazobo‘lgan umra vaqtida 
uylanganlar»,- deydilar. 
 

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   55


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling