Abu ali ibn sino buyuk qomusiy alloma


EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH


Download 0.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana02.11.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1740711
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
V2I5-646

EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH 
Innovative Academy Research Support Center 
UIF =
 8.1 | SJIF = 5.685 
www.in-academy.uz
 
Volume 2 Issue 5, May 2022 ISSN 2181-2020 
Page 649 
yotishlar olimning salomatligiga jiddiy taʼsir 
etdi. U qulanj (Kolit) kasalligiga chalindi. 
Alouddavlaning Hamadonga yurishi vaqtida 
Ibn Sino qattiq betobligiga qaramay, u bilan 
birga safarga chiqadi. Yoʻlda dardi qoʻzgʻab 
olimning tamomila madori quriydi va 
oqibatda u shu darddan 57 yoshida vafot 
etadi. Olim Hamadonda dafn etiladi. Uning 
qabri ustiga 1952-yilda maqbara ishlangan 
(meʼmori X. Sayxun). Maqbara Ibn Sinoga 
bagʻishlangan muzey xonalarini ham oʻz 
ichiga oladi. Zamondoshlari Ibn Sinoni 
„Shayx ar-Rais“ („donishmandlar sardori, 
allomalar raisi“); „Sharaf al-mulk“ („Oʻlka, 
mamlakatning obroʻsi, sharafi“), „Hujjat al-
haqq“ („Rostlikka dalil“); „Hakim al-vazir“ 
(„Donishmand, tadbirkor vazir“) deb 
ataganlar. Jahon fani tarixida Ibn Sino 
qomusiy olim sifatida tan olingan, chunki u 
oʻz davridagi mavjud fanlarning qariyb 
barchasi bilan shugʻullangan va ularga oid 
asarlar yozgan. Olim asarlarini oʻsha davrda 
Yaqin va Oʻrta Sharqning ilmiy tili boʻlgan 
arab tilida, baʼzilari (sheʼriy va ayrim 
falsafiy asarlari)ni fors tilida yozgan. Turli 
manbalarda uning 450 dan ortiq asar 
yozganligi qayd etilgan, lekin bizgacha 
ularning 242 (160) tasi yetib kelgan. 
Shulardan 80 tasi falsafaga, 43 tasi 
tabobatga oid boʻlib, qolganlari mantiq, 
psixologiya, 
tabiiyot, 
astronomiya, 
matematika, musiqa, kimyo, axloq, adabiyot 
va tilshunoslikka bagʻishlangan. Lekin bu 
asarlarning 
hammasi 
ham 
olimlar 
tomonidan bir xilda oʻrganilgan emas. Ibn 
Sinoning koʻproq falsafa va tibga oid 
kitoblari jahonning koʻpgina tillariga 
tarjima etilib, asrlar davomida qayta qayta 
nashr qilib kelinmoqda, lekin shu bilan bir 
vaqtda, boshqa koʻp asarlari hali qoʻlyozma 
holida oʻz tadqiqotchilarini kutmoqda. 
Ibn Sinoning ilmiy merosini shartli ravishda 
4 qismga, yaʼni falsafiy, tabiiy, adabiy va 
tibbiy sohalarga boʻlish mumkin, olim 
shularning har birida chuqur iz qoldirgan. 
Lekin Ibn Sino asarlarining miqdoriy 
nisbatiga nazar solsak, olimning qiziqish va 
eʼtibori 
koʻproq 
falsafa 
va 
tibga 
qaratilganini 
koʻramiz. 
Garchi, 
uni 
„Avitsenna“ sifatida Gʻarbda mashhur qilgan 
uning tibbiy merosi, xususan, „Tib 
qonunlari“ boʻlsada, „Shayh ar-Rais“ nomi, 
avvalambor, uning buyuk faylasufligiga 
ishoradir. Ibn Sinoning yana bir falsafiy 
asari „Kitob annajot“ „Kitob ash-shifo“ ning 
qisqartirilgan shakli boʻlib, u ham qisman 
jahonning bir necha tillariga tarjima 
qilingan. Olimning falsafiy qarashlari yana 
„Al-ishorat vattanbihot“ („Ishoralar va 
tanbihlar“), 
„Hikmat 
almashriqiyn“ 
(„Sharqchilar falsafasi“), „Kitob al-ishorat 
filmantiq va lhikmat“ („Mantiq va 
falsafaning ishoralari“), fors tilida yozilgan 
„Donishnoma“ („Bilim kitobi“) va boshqa 
turli hajmdagi falsafiy risolalarda hamda 
„Tayr qissasi“, „Salomon va Ibsol“, „Hayy ibn 
Yaqzon“, „Yusuf qaqida qissa“ kabi falsafiy 
mazmunli badiiy qissalarda oʻz aksini 
topgan. 
Ibn 
Sinoning 
dunyoqarashi 
Aristotel taʼlimoti va Forobiy asarlari 
taʼsirida 
shakllandi. 
Uning 
fikricha, 
falsafaning vazifasi mavjudotni, yaʼni 
barcha mavjud narsalarni, ularning kelib 
chiqishi, tartibi, oʻzaro munosabati, bir-
biriga oʻtishini zaruriyat, imkoniyat, 
voqelik, sababiyat omillari asosida har 
tomonlama oʻrganishdan iborat. Olamda 
mavjud barcha narsalar ikkiga boʻlinadi: 
zaruriy vujud (vujudi vojib) va imkoniy 
vujud (vujudi mumkin). Zaruriy vujud eng 
irodali, qudratli, dono tangridir. Qolgan 
narsalar imkoniyat tarzida mavjud boʻlib, 
Tangridan kelib chiqadi. Zaruriy vujud bilan 
imkoniy vujud munosabati sabab va oqibat 
munosabatidir. Bu jarayonda olamdagi 
hamma narsalar emanatsiya tarzida, yaʼni 



Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling