Abu ali ibn sino ijodida oila tarbiyasi
Ibn Sino ijodida oilada bola tarbiyasi
Download 121.82 Kb.
|
ABU ALI IBN SINO IJODIDA OILA TARBIYASI
1.2. Ibn Sino ijodida oilada bola tarbiyasi
Inson aslida baxt va ezgulik uchun dunyoga keladi, shu orzu- umid bilan yashaydi. Lekin bu bilan ish bitmaydi, u shu niyatiga yetishi uchun harakat qilishi, mehnat qilishi, yaxshilik ko‘rishi uchun yaxshilik qilishi lozim. Insonning inson bo‘lib yetishuvida hayotda o‘z o‘rnini topishida, el-yurt ichida izzat-hurmatga sazovor bo‘lishida, yuksak axloq-odob qoidalarini o‘zida mujassam etishida oila asosiy o‘rinni egallaydi. Oila shunday makonki, unda hayotning davomiyligini ta’minlovchi shaxs shakllanadi, etnik madaniyat, urf-odatlar, axloqiy – ma’naviyat rivojlantiriladi, jamiyat taraqqiyotini belgilovchi iqtisodiy va ma’naviy hayot poydevori qo‘yiladi va mustahkamlanadi. Sharq mutafakkirlarining ilmiy merosida ta’lim-tarbiya masalalari muhim o’rin egallaydi. Ayniqsa, ular oila va oilada farzand tarbiyasiga katta e’tibor berganlar. Zero yosh avlod tarbiyasi insoniyatning kelajak taqdirini belgilaydigan, ularni ijobiy mezon bilan qurollantiradigan sifatlar bo’lganligi uchun ham mutafakkirlar bu muammoni hal qilishga harakat qilib kelganlar. Muhamad ibn Muso al Xorazmiy, Abu Nosr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn sino, Muhamad Qoshg’oriy, Yusuf Xos Hojib, Kaykovus, Umar Xayyom, Ahmad Yugnakiy, Sa’diy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Jaloliddin Davoniy, Husayn Voiz Koshifiy kabi mutafakkirlarning qator asarlarida bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash masalalari o’rtaga qo’yilgan va ularni hal etish yo’llari ko’rsatib berilgan. Umuman, oilada bola tarbiyasi masalasi juda qadimdan mutafakkirlarni qiziqtirib kelgan, ular bu masalaga hayotiy faoliyatning muhim bir tomoni sifatida qaraganlar va uni hal etishni o’zlarining vazifasi deb hisoblaganlar. Oila va oilada bola tarbiyasi masalasi Abu Ali ibn Sinoning ilmiy merosida ham muhim o’rinni egallaydi. U o’zining qator asarlarida bolani salomatligi, uning tarbiyasi haqida eng muhimi bola – ruhiyatini o’rganish borasida ko’plab qimmatbaho fikrlarni asoslagan. Ularning hammasi bir butun bo’lib, muayyan pedagogik qarashlar tizimini tashkil etadi va u ma’naviy axloqiy barkamol insonni shakllantirish haqidagi g’oyaga borib taqaladi. Ibn Sinoning “Inshorat”, “Donishnoma”, “Xay ibn yaqzon”, “Salamon va ibsol”, “Tib qonunlari”, “Tadbir ul-manozil” kabi asarlarida tarbiyaning barcha shakllariga oid qarashlari mavjud. Bu qarashlar yuz yillar davomida avlodlar uchun tarbiyalash maktabi bo’lib kelmoqda. Masalan, uning “Tadbir ul-manozil” nomli asarida katta bir bob oila va oilaviy tarbiya masalasiga bag’ishlangandir. Ibn Sino oilada bola tarbiyasi ancha murakkab va nozik bo’lib, uni bolaning yoshligidan boshlash va izchillik bilan olib borish lozimligini uqtiradi. U ona allasining tarbiyaviy ahamiyati haqida to’xtalib “Alla” ikki vazifani bajaradi, deydi. Birinchisi, uni tebratish orqali bolaga jismoniy orom bag’ishlanadi; Ikkinchisi, beshikni bir maromda tebratishdan onaning mehri jo’sh uradi, bolasiga bo’lgan muhabbatidan onaning orzu-umidi yurak to’ridan siqilib chiqaradi. Bu o’ziga qo’shiq bolasiga qasidadek yangraydi va u farzandining murg’ak qalbiga, butun shuuriga singib boradi. Shu tarzda bolada o’zi ham anglamagan holat paydo bo’ladi. U asta-sekin bu yorug’ olamni anglay boshlaydi. Ana shu anglashdan o’rganish boshlanadi. Xuddi shu o’rganish tarbiyalanishdir. Zotan, o’rganish sezishdan boshlanadi. Ibn Sino ana shu holatga e’tiborini qaratib, “Yosh bolaning sezgirlik quvvati katta odamga teng keladi”9, - degan fikrni bildirgan. Ibn Sino “Tib qonunlari”nomli asarida bolaga tug’ilmasdan turib g’amxo’rlik qilish uchun onaning salomatligi, jismoniy va ruhiy pokligi zarurligini ta’kidlab, shaxs salomatligini saqlashni faoliyatning boshqa tomonlari bilan birga olib borish g’oyasini ilgari suradi. Ibn Sino bola tarbiyasida oila boshlig’i – otaning roliga alohida e’tibor beradi. “Aga oilada, - deydi u, - oila boshlig’i tajribasizlik, no’noqlik qilsa, u oila a’zolarini yaxshi tarbiyalay olmaydi va oqibatda undan yomon natijalar kelib chig’ishi mumkin”. Bola tarbiyasi yaxshi yo’lga qo’yilsa, oila baxtli bo’ladi. Oilaning eng muhim vazifasi bola tarbiyasi hisoblanadi. Ota-ona kim bo’lishidan qat’iy nazar bu vazifani mas’uliyat bilan ado etishi lozim. Ibn Sino bola tarbiyasida otaning burchi haqida to’xtalib o’tadi. Eng avvalo, ota farzandi tug’ilgach unga yaxshi ism qo’yishi va tarbiyalashga kirishmog’i lozim. Ayniqsa, bola tarbiyasida ota-onaning yaxshi fazilati, ular o’rtasidagi o’zaro munosabatlar esa yuksak axloqiylik asosida bo’lishini ta’kidlaydi. Yurtboshimiz aytganlaridek, xalqimiz qadimdan oilani muqaddas deb bilgan. Axir oila ahil va totuv bo‘lsa, jamiyatda tinchlik va hamjihatlikka erishiladi, davlatga osoyishtalik va barqarorlik hukm suradi. Oilada tarbiyaning negizlariga asos solinadi. U bolada shakllanishi lozim bo‘lgan barcha insoniy munosabat va fazilatlarni tarbiyalovchi hayot maktabi hisoblanadi. Oilada farzand tarbiyasi u paydo bo‘lmasidan boshlamog‘i zarur. Ya’ni, homilador ayolning kayfiyati doimo ko‘tarinki asablari sokin, iste’mol qiladigan taomlari bola organizmi uchun foydali bo‘lmog‘i lozim. O’z vaqtida mehnat qilib, dam olib, sayr qilib, ovqatlanib tug‘ilajak bola taqdirini o‘ylash onaning vazifasidir. Er-xotin, oilaning boshqa a’zolari o‘rtasidagi sog‘lom ma’naviy muhit, ahillik, xushmuomililak, xursandchilik bolarining bexavotir, sog‘lom turmush garovidir. Bolani u tug‘ilmasdan tarbiyalamoq xususida xalq donishmandlariga amal qilmog‘i zarur. Bir kishi yangi tug‘ilgan chaqoloqnt donishmand oldiga olib keldi: “Taqsir, bolamdan qachondar tarbiya bera boshlay”, -debdi. “bolangizni dunyoga kelganiga necha kun bo‘ldi?”-debdi donishmand. “Ikki oy, taqsir”, -debdi ota. “Attang, siz ancha kech qolibsiz, tarbiyani oansining qornidaligidan boshlashingiz kerak edi”,-debdi donishmand. Oilada farzand tarbiyasida oilaning har bir a’zosi, ya’ni, bobo, buvi, ota-ona, opa, uka, aka, amma, xola, tog‘a, qo‘ni-qo‘shni, mahalla, maktab, jamoatchilik birdek mas’uldir. Xalqimizda “Bir bolaga yetti qo‘shni ota-ona”, “Bir tog‘a yetti ota o‘rnidi”, “Mahallang ota-onang” kabi maqollar bejiz aytilmagan. Shuning uchun bola tarbiyasida barchaning talabi, munosabati bir xil bo‘lmog‘i zarur. Oila va mahalla har tomonlama bir-birlari bilan bog‘liq. Zotan, mahalla oilalardan tashkil topgan. Farzandlar oila bag‘rida kamol topganlari kabi oila ham mahalla ichida ravnaq topadi, nurli kelajak sari intiladi. Kerak bo‘lsa, mahalla oilaning eng yaqin maslahatchisi, tog‘day tayanchidir. Mahalla-tarbiya o‘chog‘idir. Mahallada o‘sayotgan har bir yigit-qizning ahloq-odobi uchun butun mahalla ahli mas’uldir. Shuning uchun ham “Bir bolaga yetti qo‘shni ota-ona”, “Bir bola tarbiyasiga yetti mahalla ota-ona” kabi naqllar bejiz paydo bo‘lmagan. Yoshlarning har bir hatti-harakati barchaning deqqat markazida bo‘ladi. Mahalladoshlarning har bir yosh taqdiriga javobgarligi, ularni nazorat qilishi barkamol insonni tarbiyalab yetishtirishning negizidir. Xulqi-odobi yaxshi, har tomonlama namunali farzand mahallaning obro‘sidir, noqobil, axloqan nomaqul farzand mahalla uchun qora dog‘dir. Inson bolasi o‘zi tug‘ilib o‘sgan oilasida ilk bor ijtimoiy munosabatlarga kirishadi. Uning ijtimoiylashuvi avvalo o‘z oilasidagi shaxslararo munosabatlar tizimida amalga oshadi. U bilan dastlabki ijtimoiy munosabatlarga kirishuvchi odamlar: uning ota-onasi, aka-opasi va oilasidagi boshqa aozolardir. Bolaning kelajakda shaxs sifatida shakllanib, yetuk inson bo‘lib yetishuvida, hayotda o‘z o‘rnini topib ketishida uning qanday oilada tarbiyalanganligi, oilada qanday psixologik iqlim hukm surganligi, o‘z ota-onasi bilan bo‘lgan o‘zaro munosabatlarining qanday tarzda kechganligi muhim ahamiyatga egadir. Shuning uchun ham insoniyat madaniyati tarixining ilk davrlaridanoq shaxslararo munosabatlarning aynan shu turiga, yaoni oiladagi shaxslararo munosabatlarga, ayniqsa, ota-ona va farzandlar munosabatlariga, oilada bolalarning o‘zaro munosabatlariga alohida eotibor berib kelingan. Bu mavzuning uzoq o‘tmishga ega ekanligini biz deyarli barcha millatlar xalq og‘zaki ijodiyoti namunalari misolida ko‘rishimiz mumkin. Masalan, xalqimizning ming yillik tarixga ega bo‘lgan buyuk dostoni «Alpomish», «Go‘ro‘g‘li», shuningdek, Sharq mamlakatlari xalqlari uchun katta maonaviy manba bo‘lmish hind xalq dostonlari «Maxob’orat», «Ramayana» kabilarda mazkur munosabatlar tizimi yorqin tasvirlangan. Ular ming yillar davomida xalq og‘zaki ijodiyoti namunalari tarzida avloddan-avlodga uzatilib, kelajak avlodlar maonaviy dunyosi, ruhiy olami, milliy qadriyatlarining shakllanishida munosib o‘rin egallab kelmoqda. Xalqimizning shunday maonaviy meroslaridan biri bo‘lmish «Shirin bilan Shakar» dostonida ham oila, oilada bola tarbiyasi, bunda ota-ona maosuliyati va burchi, farzandga nisbatan halollik va muhabbat, farzandning ota-onaga hurmati, ota-ona qadrini yuqori tutishi kabi masalalarga alohida e’tibor berilgan. Doston qahramonlari aka-uka Shirin bilan Shakar obrazi orqali farzandlarning ota-onaga muhabbati, aka-ukaning bir-biriga qon-qarindoshlik munosabati tasvirlangan. Shuningdek, dostonda oilaviy bir janjal asosida ota-bola mojarosi maydonga chiqadi. Shoh Qosimxon xotini Kenjaoyning tuhmatiga ishonib, Shirin bilan Shakarni o‘limga hukm qiladi. Otasidan jabr ko‘rgan Shirin va Shakar undan yuz o‘giradilar. Biroq ular onalarini sadoqat bilan sevadilar, uning farzandlari uchun chekayotgan iztiroblari, ko‘z yoshlariga achinadilar, ona diydorini qo‘msaydilar. Doston xotimasi sharqona anoana va tarbiya qoidalari bilan yakunlanadi. Begunoh farzandlarini hech o‘ylamay-netmay o‘limga hukm qilgan ota jazoga loyiq, albatta. Biroq qadimiy sharqona tarbiya meozonlari bunga yo‘l qo‘ymaydi. Chunki bu mezonlar mazmunida imon-eotiqod, hurmat, muruvvat kabi tushunchalar mavjud bo‘lib, odamlarni kechirimli bo‘lishga undaydi. Bunday sharqona tarbiya talablariga ko‘ra, ota-piri buzrukvor, qiblagoh, duogo‘y, mo‘otabar zot hisoblanadi. Farzand otaga e’tiqodli, muruvvatli, samimiy itoatgo‘y bo‘lishi lozim. Otaning duoibadi, qarg‘ishi yomon. Bunga «Ota rozi – xudo rozi» qabilidagi maqollarning ko‘plab tilga olinishi ham misol bo‘ladi. Xalq og‘zaki ijodiyotiga oid deyarli barcha asarlarda ota-onani hurmat qilish, odob bilan ularning xizmatlarini bajarish farzandning vazifasi ekanligi uqtiriladi. Masalan, rivoyatlarning birida, ota-onalarning farzandlariga insonlarni ranjituvchi so‘zlar aytishdan, yomon ishlardan saqlanish lozimligi taokidlangan holda farzandlarning ota-onaga qanday xizmat qilishi kerakligini quyidagi tarzda bayon etiladi: «Bir kishi kechasi uyqudan uyg‘onib o‘g‘lidan «suv ber» deb so‘radi. O’g‘li suv keltirguncha, otasi yana uxlab qolgan edi. O’g‘li «otam balki yana suv so‘rar», deb uxlamasdan otasinig uyg‘onishini kutib tong otguncha o‘tirdi». Bu kabi rivoyatlarning deyarli barchasida farzand o‘z ota-onasini hurmat qilishga, uning olqishlarini olishga daovat etiladi. Insoniy g‘oyalar ruhida tarbiyalangan farzand ota-onasi qilgan nasihatlariga amal qilgan, ota-onasi hurmatini joyiga qo‘ygan. Ota-onaning farzandlariga va farzandlarning ota-onasiga mehr-oqibatli bo‘lishlari, ularning ota-onalik va farzandlik burchi, masouliyatini his qilish masalalari xalqimiz milliy qadriyatlarining shakllanishida muhim maonaviy manba bo‘lib xizmat qilganligi shubhasiz. Shariat qonunlarida, islom taolimotida, Qurooni Karim va Hadisi shariflarda oilaviy munosabat qoidalari asosiy o‘rin egallaydi. Zotan, ota-ona farzandni dunyoga keltiruvchi, tarbiyalovchi, hamfikr, do‘st, hayotda yo‘lboshlovchi, oilaning moddiy va maonaviy taominotchisi tarzida ulug‘lanadi. Shuning uchun ham Quroon taolimotiga ko‘ra oilada ota-ona eng muqaddas zot. Quroonda: «Parvardigoringiz, yolg‘iz Uning O’ziga ibodat qilishlaringizni hamda ota-onaga yaxshilik qilishlaringizni amr etdi. Agar ularning birovi yoki har ikkisi sening qo‘l ostingda keksalik yoshiga yetsalar, ularga qarab «uf» tortma va ularning (so‘zlarini) qaytarma! Ularga (doimo) yaxshi so‘z ayt! Ular uchun, mehribonlik bilan, xorlik qanotini past tut – hokisor bo‘l va: «Parvardigorim, meni (ular) go‘daklik chog‘imdan tarbiyalab o‘stirganlaridek, Sen ham ularga rahm-shafqat qilgin, deb (haqlariga duo qil!)» (Isro surasi, 22-24-oyatlar), deya takidlaydi. Bu oyat mazmuniga ko‘ra: Alloh taolo ota-onaga yaxshilik qilishni bevosita o‘ziga ibodat qilish bilan teng qo‘ygan, ota-onalar keksayib, zaiflashib qolgan hollarda ularga qanday muomala qilish kerakligini uqtiruvchi quyidagi Oilaviy munosabatlar, ota-ona va farzandlar hamda qon-qarindoshlik aloqalari kabi masalalar nafaqat diniy, balki boshqa ijtimoiy munosabatlar doirasida ham muhim o‘rin tutgan. Shuningdek, hadislarda oila va oila aozolari, ota va ona, ota-ona va farzandlar, oilaning boshqa aozolari, ayollar va erkaklar, shaxs va jamiyat o‘rtasidagi amaliy muomala tizimi imon talablari asosida bayon etiladi. Hadislarda ota-onaga hurmat, mehr-muhabbat, eozoz, moddiy va maonaviy yordam, ularning amriga bo‘ysunish, ota-ona dunyodan ko‘z yumgach, ularning qarindosh-urug‘lari, do‘stu-birodarlari bilan munosabatlarining iltifotini davom ettirish, vasiyatlariga amal qilish yoshlar ongiga singdirilib kelingan. So‘nggi yillarda bu borada ko‘plab asarlar chop etilib, keng kitobxonlar ommasiga, yoshlar e’tiboriga havola etilmoqda. "Qobusnoma"da ilgari surilgan fikrlar mashhur hind masali "Kalila va Dimna", Nizomul Mulkning "Siyosatnoma", Nosir Xisravning "Saodatnoma", Ahmad Yugnakiyning "Xibatul xaqoyiq", Alisher Navoiyning "Mahbub-ul-qulub", "Vaqfiya"si kabi asarlar qatorida hozirgi kunda ham ota-onalar uchun, ayniqsa, o‘smir va o‘spirinlik yoshidagi yigitlarni tarbiyalashda muhim qo‘llanma vazifasini o‘tay oladi. XIII asrda Eronda yashab ijod etgan Shayx Saodi Sheroziy o‘zining "Guliston" va "Bo‘ston" asarlarida bola tarbiyasi, ota-ona va farzandlarning o‘zaro munosabatlari masalalariga alohida ahamiyat qaratgan. "Bola mevadir, umrning lazzati" – deydi. Har bir ota-ona o‘z farzandiga kichik yoshdan boshlab ta’lim-tarbiya berishi va ilm-hunar o‘rgatishi zarur. "Kimda kim yoshlikdan tarbiya olmasa, katta bo‘lgach, baxtli bo‘la olmaydi. Ho‘l novdani istagancha bukish mumkin, quruq novdani esa faqat olov bilan to‘g‘rilash mumkin" – deb ta’kidlaydi u. Bu bilan Sa’di bolalar kichik yoshidagina tarbiya ta’siriga beriluvchan bo‘lishlarini, shuning uchun ularni kichiklikdan boshlab tarbiyalash kerakligini katta bo‘lgach, tarbiyalash g‘oyat qiyin bo‘lishligini qayd etadi. Alisher Navoiyning (1441-1501) asarlari bu mavzuga oid fikrlarga boydir. Har bir oila farzand ko‘rmog‘i va uni tarbiyalab voyaga yetkazmog‘i kerak. Farzand ota-onaning o‘rinbosari. Farzand ko‘rmoq, uni tarbiyalab o‘stirmoq har bir ota va onaning burchidir. Shuningdek, inson uchun kelajak avlodni yaratishdan, uni tarbiyalab yetuk inson qilib yetishtirishdan ko‘ra xayrli va lazzatli narsa yo‘qdir. Uningcha farzand "mehri anvor" (yorug‘ quyosh)dir. Uyni yorug‘lantirgan va obod qilgan bolani Navoiy – "chu farzand erur jonga payvand erur" – deydi. Shuning uchun farzand ko‘rgan har bir kishi uni sevishi kerak. Navoiy bolaning rivojlanishida unga beriladigan to‘g‘ri tarbiyaning ahamiyatiga alohida e’tibor qaratadi. Tarbiya bilan bolaning kelajakda foydali va mukammal kishi bo‘lib yetishishiga ishonadi. Navoiy ota-onalarni ulug‘lab, ayniqsa, onalarni muqaddas inson sifatida quyidagicha ta’riflaydi: Ulug‘ shoirning "Saddi Iskandariy" dostonidagi shox Iskandar onasi bosib o‘tgan ostonaning tuprog‘i bo‘lmaganidan afsuslanadi. Joni ajal iskanjasida zo‘rg‘a qalqib turganda o‘kinchlarini ifodalab onasiga yo‘llagan maktubida shunday deydi: "...Esimni tanigan, aql miyamga borgan kundan boshlab senga o‘g‘illik qilsam, ya’ni senga xuddi quldek xizmat qilsam bo‘lar ekan, aslida sening oyog‘ing tuprog‘iga aylansamu, uning otini men shoxlik deb bilsam bo‘lur ekan...". Navoiyning oilaviy baxt, sevgi va er-xotin munosabati, ota-ona va farzandlarlik munosabatlarida zarur bo‘lgan fazilatlar borasidagi fikrlari juda katta pedagogik va psixologik ahamiyatga ega. Shoirning turmush etikasi va psixologiyasi bo‘yicha o‘z fikrlarini qator asarlarida yozib qoldirgan. Zahiriddin Muhammad Bobur (1483-1539) asarlari etnopsixologiya va oilaviy munosabatlar psixologiyasi ta’limotlarini rivojlantirdi. "Boburnoma"da keltirgan tarixiy voqealarning manzarasi, tarixiy shaxslarning portreti va xarakteri, tabiat lavhalarini chizib berish bilan birga shoh va amir-amaldorlar turmushidagi ota va farzandlarning, aka va ukalarning o‘zaro munosabatlarini ro‘yi-rost ifodalaydi. Masalan, ota va o‘g‘illarning, aka va ukalarning saltanat, toju-taxt uchun talashishlarini Sulton Husayn Boyqaroning o‘z o‘g‘li Badiuzzamon bilan urushi; Abdullatif Mirzoning otasi Ulug‘bek Mirzoni shahid qilishi va boshqa bir qancha misollarda ko‘rish mumkin. Bularning barchasi bu tarixiy manbadan tanqidiy foydalanish zarurligini taqozo etadi. Bobur Ulug‘bekni buyuk donishmand sifatida ta’riflab, uning padarkush o‘g‘li Abdullatifni la’natlaydi va "... bu besh kunlik o‘tar dunyo uchun andoq donishmand va qari otasini shahid qildi. Bu padarkush podsholikka munosib emas, agar podsho bo‘lib qolsa ham, 5-6 oydan nariga o‘tmaydi", – deydi. Boburning farzandlariga otalik mehri va muhabbati haqidagi ma’lumotlar uning qizi Gulbadanbegimning "Humoyunnoma"sida batafsil bayon etilgan. Unda Boburning mehribon va hamxo‘r padar ekanligi, farzandlarining har birini jonidan ham aziz ko‘rishi; ayniqsa o‘g‘li Humoyun betob bo‘lib qolganida, Bobur "...Xudoyo, agar jon o‘rniga jon berish mumkin bo‘lsa, menki Boburman, umri-jonimni Humoyunga bag‘ishlayman", – deb nola qilganligi, o‘zi o‘lim to‘shagida yotganida esa, lahza o‘tmay o‘g‘li Hindolni so‘rab, uning kelishiga intizor bo‘lganligi to‘g‘risida gapiriladi. Bobur o‘g‘illarini hamjihat bo‘lishga, bir-biriga mehribon va sadoqatli bo‘lishga undaydi. XVI-XVIII asrlarda yashab ijod qilgan Sharq mutafakkirlarining ijodini ilmiy tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, ular fan taraqqiyotiga, jumladan, ijtimoiy fanlar taraqqiyotiga o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shib, axloq-odob, oila masalalari bo‘yicha qator ilg‘or fikrlarni bayon etganlar. Ularning barchasida o‘ziga xos milliylik, sharqona dunyoqarash ko‘zga tashlanadi, ularda oilaviy munosabatlar borasidagi uyg‘unlik targ‘ib qilingan. Fan va ilmu-ma’rifat taraqqiyotida muhim o‘rin tutgan XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida yashab ijod qilgan olimlar va ma’rifatparvarlar – Ahmad Donish, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdurauf Fitrat va Abdulla Avloniy kabilar ham o‘tmish mutafakkirlari qoldirgan ma’naviy merosga asoslangan holda oilaviy munosabatlar psixologiyasiga oid qator asarlar yaratdilar. Ularning asarlarida ham xalq hayoti, turmush tarzi, oilaviy hayot, ayniqsa, ota-ona va farzandlar munosabati masalalariga alohida ahamiyat berilgan. O’rta Osiyo xalqlari ijtimoiy-madaniy hayotida chuqur iz qoldirgan maorifatparvar Ahmad Donish (1827-1897) "Navodirul-vaqoe", "Risola yo muxtasare va tarixi saltanati xonadoni manitiya", "Muntaqabul-ahkom" kabi asarlarida oila va oilaviy munosabatlar to‘g‘risida falsafiy – axloqiy va ma’rifiy qarashlarini ifoda etadi. Ahmad Donish ota-onalar huquqini belgilash haqida gapirar ekan, ular bilan bolalari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar haqida to‘xtalib, o‘z huquqlarini suiste’mol qiladiganlarning chegarasiz huquqqa ega ekanligini aytib, ularning huquqlarini chegaralashni taklif etadi. Uning fikricha, shunday qilgan taqdirdagina ular hurmatga sazovor bo‘ladilar va agarda bolalarini to‘g‘ri yo‘lga yo‘naltira olmasalar, bolalar ularning topshiriqlarini bajarmaslikka haqlidirlar. Shuningdek, Ahmad Donish barcha oilaviy kelishmovchiliklarni ota-ona huquqi bilan bolalar huquqining chegarasi aniq bo‘lmaganligidan, bolalarning o‘z ota-onasiga qachon va qanday vaqtda, qanday masalada itoat qilishi kerakligi, oilada ichki hayot qoidalari to‘g‘ri belgilanmasligidan kelib chiqadi, - degan fikrni bildiradi. Yuqorida keltirilgan barcha mutafakkirlar singari Mahmudxo‘ja Behbudiyni ham ota-ona va farzandlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar, oilada bola tarbiyasi, ta’lim-tarbiya sohasida ota-onaning roli kabi muammolar qiziqtirib kelgan. Behbudiy yashayotgan davrdagi oilaviy muhit va ota-o‘g‘il munosabatlari "Padarkush" asarining yaratilishiga asos bo‘ldi. Asardagi voqea Boy bilan uning o‘g‘li Toshmurod (ota-bola) o‘rtasidagi oddiy bir muomaladan boshlanadi. Asarda boy o‘zi savodsiz bo‘la turib, o‘g‘li Toshmurodni ham o‘qitmaganligi, uning tarbiyasiga befarqligi, natijada bola odobsiz, maqtanchoq, o‘jar, mol-dunyoga o‘ch bo‘lib voyaga yetayotganligi tasvirlanadi. Asarning ichiga chuqurroq kira borgan sari bolaning otaga, otaning bolaga o‘zaro juda mos, bir-biriga juda munosib, bir olmaning ikki pallasiday o‘xshash ekanini idrok etamiz. Asar Toshmurodning ichkilikbozlikka va maishiy buzuqchilikka berilib ketishi, Boyning o‘z o‘g‘li qo‘lida o‘ldirilishi bilan yakunlanadi. Behbudiy asardagi bu voqeani tasvirlash bilan bola shaxsining shakllanishida asosan oila, ota-ona mas’ul ekanligini ko‘rsatib o‘tadi. Download 121.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling