Sochlarni parvarish qilish.
Nazariy tushuncha. Bemorlar sochini har 7-10 kunda sovo‘nlab yoki shampunlab yuvib
turishlari zarur. Og‘ir axvoldagi bemorlarning sochi kirlanishidan tashqari unda sirka va
bitlar paydo bo‘lishi mumkin. Tibbiyot hamshirasi bemorning sochini sinchiklab tekshirib
turishi va toza tutishi shart. Uzoq muddat kasalxonada yotadigan erkaklar sochlarini kalta
qilib oldirib, boshlarini 7-10 kunda yuvishlari
mumkin. Sochi uzun ayollarning sochi har kuni mayda tishli tarokda taraladi. Yuradigan
bemorlar boshlarini gigiyenik vanna qabul qilgan paytda yuvadilar. Bemor uzoq vaqt
o‘rinda yotsa, boshi o‘rinda yuvib quyiladi. Ishdan maqsad. Og‘ir yotgan bemorlarning
sochlarini parvarish qilish bo‘yicha
amaliy malakalar orttirish. Kerakli jixozlar. Tog‘ora, sovun yoki shampun, taroq, iliq suv,
taglik, sochiq.
Ishni bajarish tartibi. Bemor yotgan karavotning bosh tomoniga tog‘oracha quyiladi.
Bemorning boshini bo‘yni satxidan Orqaga tashlatirib quyiladi va tagiga taglik quyiladi.
Boshga sovun surtib, sochlar tagidagi teri yaxshilab ishqalanadi. So‘ngra sochlar chayiladi
va quriguncha artiladi. Shundan so‘ng qunt bilan taraladi. Bemorning boshiga sochiq yoki
rumol o‘rab quyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |