Abu ali ibn sino nomidagi buxoro davlat tibbiyot instituti ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasi "tasdiqlayman"


Download 1.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/128
Sana02.01.2022
Hajmi1.6 Mb.
#184800
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   128
Bog'liq
tibbiyot kasbiga kirish (1)

BANKALAR 
Nazariy tushuncha. Bankalar vrach tomonidan tayinlanadigan davo 
muolajalaridan biri xisoblanadi. Ular yalig‘lanish xodisalarini surilishi, og‘riqni 
kamayishiga yordam beradi. Bankalar chetlari silliq, tubi yumaloq kolbasasimon 
shisha stakanchalardir. 
Kursatmalar. Ko‘krak qafasi organlaridagi yalig‘lanish jarayonlari, qovurg‘alararo 
nevralgiyalar, radiqo‘litlar, o‘tkir va surunkali miozitlar. 
Moneliklar. O‘pkadan qon oqishi, o‘pka sili, ko‘krak qafasi o‘smalari, teri 
kasalliklari, allergik xolatlar, epilepsiya. 
Ishdan maqsad. Banka qo‘yish texnikasini o‘zlashtirish va amaliy ko‘nikma hosil 
qilish. 


Zarur jixozlar: Bankalar, sochiq, spirt, paxta, gugurt, vazelin, metall, sterjin  
Ishni bajarish tartibi. Odatda bankalar bemor yotgan xolatda 10 tadan 20 tagacha 
qo‘yiladi. Ishlatishdan oldin ularni iliq suv bilan yaxshilab yuviladi, quruq qilib 
artiladi. So‘ngra bankalar qo‘yiladigan soxa ko‘zdan kechiriladi. Ko‘pincha 
bankalarni ko‘krak qafasining Orqa tomoniga, Orqaga, belga qo‘yiladi. Banka 
qo‘yiladigan soxa terisini jun bosgan bo‘lsa, u qirib tashlanadi va yaxshilab 
yuviladi, vazelin surtiladi. Bunda bankalar teriga zich yopiladi va teri kuyib 
qolmaydi. Metal sterjenga yaxshilab paxta o‘raladi va uni spirtga botiriladi. 
Suyuqlikning ortiqchasi tampondan silkitib to‘shiriladi. Shundan keyin metal 
sterjenga o‘ralgan paxta yoqiladi. Bankani bemorni tanasiga yaqinlashtirib, yonib 
turgan tamponni 2-3 sekundga banka ichiga tikib, uning havosi chiqariladi. Zudlik 
bilan kerakli soxaga bug‘zi bilan qo‘yiladi. Banka ichida vaakum hosil bo‘lganligi 
sababli, uning tagidagi teri 1-3 sm balandlikkacha turtiladi va tiniq kung‘ir tusga 
kiradi. Bankalar terida 15-20 daqiqagacha turishi kerak. Belgilangan muddat 
o‘tgandan keyin, banka olinadi. Buning uchun bankani extiyotlik bilan bir oz 
chetga burib, ikkinchi qo‘l barmoqlari bilan banka chetidagi teri bosiladi. Banka 
ichiga havo kirishi bilan osonlikcha teridan ajraladi. Banka olingandan keyin teri 
artiladi, bemorni issiq o‘rab yotqizib qo‘yiladi. Bankalar kun osha yoki har uch 
kunda qo‘yiladi. 
Bankalar ishlatilgandan keyin yaxshilab artiladi va maxsus yashikchalarga 
terib qo‘yiladi.. Boshqa kerakli jixozlar ham shu yashikda saqlanadi. 

Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling