2. Diagnostik - asbob-uskunali yatrogeniyalar;
3. Xirurgik yatrogeniyalar;
4. Narkoz – og‘riqsizlantirish yatrogeniyalari;
5. Buzuq texnik asboblardan foydalanish oqibatida vujudga keladigan
yatrogeniyalar;
6. Transfuzion - infuzion yatrogeniyalar;
7. Septik yatrogeniyalar;
8. Nurlar oqibatida vujudga keluvchi yatrogeniyalar;
9. Reanimatsion yatrogeniyalar;
10.Profilaktik yatrogeniyalar;
11 .Informasion - ma'lumot yatrogeniyalar;
12.Boshqalar
Amaliyotda eng kop uchraydigan yatrogeniya turi bu informasion - ma'lumot
yatrogeniyalardir. Bu asosan noto‘g‘ri muloqotdan yuzaga keladigan yatrogeniyaning bir
turidir. Medikamentoz, ya'ni dori darmonlar ta‘sirini yaxshi bilmasdan qo‘llash va ularni
bemor organizmi qanday qabul qilishini o‘rganmay ishlatish natijasida vujudga keladigan
yatrogeniyalarni orasida eng ko‘p uchraydigani teri va shilliq pardalar shikastlanishidir.
Bunday dori - darmon toksikodermiyalari o‘zining ko‘rinishi, kechishi bo‘yicha ko‘pincha
ma'lum teri kasalliklari singari kechadi.Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan patologik xolatlar
ichida xamma soxa shifokorlarini diqqatini jalb etuvchisi toksik epidermal nekrolizdir
(Layel sindromi). Chunki bu xolat juda tez shakllanib og‘ir kechadi va yomon oqibat bilan
tugaydi.
Nazorat savollari:
1.
Yatrogeniya tushunchasiga ta‘rif bering.
2.
Yatrogeniya muammosining dolzarbligi nimada?
3.
Yatrogeniya turlari va ularni kelib chiqish sabanlari.
4.
Yatrogeniyani tibbiyot xar xil ixtisosliklarida uchrashi variantlari.
5.
Yatrogeniyani xozirgi zamon tibbiyotida uchrash sabablari.
6.
Yatrogeniyani kasalliklar tanatogenezidagi o‘rni.
7.
Yatrogeniyani oldini olish chora tadbirlari.
Do'stlaringiz bilan baham: